Xushboqova Muqaddasning "Tilshunoslik va tabiiy fanlar"


Download 15.39 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi15.39 Kb.
#1002421
Bog'liq
Fanlar tasnifi 2


Termiz davlat universiteti


O’zbek filologiyasi fakulteti
III bosqich 120-guruh talabasi
Xushboqova Muqaddasning
“Tilshunoslik va tabiiy fanlar”
Fanidan tayyorlagan

Mustaqil ta’limi

Mavzu: Fanlar tasnifi


Fanlar tasnifi tilshunoslikdagi ilk o'raganadigan zarur bilimlarimizdan biridir. Bu ilm qadim-yunon yozuvchilarining,olimlarning e'tibor markazida bo'lgan va ko'plab qarashlar kelib chiqqan. Fanlarning ilk muayyan darajada mukammal tasnifini biz Aristotel falsafiy merosida ko‘rishimiz mumkin. U falsafaga mos kelgan barcha bilimlarni uch qismga: nazariy, amaliy va ijodiy bilimlarga ajratadi.
Aristotel nazariy bilimlarni “birinchi falsafa” – metafizika, matematika va fizikaga ajratadi. Bunda u metafizikaga aqliy mushohada yuritish orqali anglab etiladigan oliy asoslar haqidagi fan deb qaraydi.
Aristotel taklif qilgan fanlar tasnifi (mil. av. IV asr)
Falsafa—(butun bilim)
Amaliy bilim—(etika va siyosat)
Nazariy bilim
Ijodiy bilimga ajratgan.
Birinchi falsafa (metafizika)
Matematika
Fizika (tabiat haqidagi fan)
Aristotel formal mantiqqa asos solgan bo‘lsada, uni falsafa (fanlar) tarkibiga kiritmaydi. Uningcha, formal mantiq bilim emas, balki bilishning oliy qurolidir.

Aristoteldan keyin qadimgi Rim qomusiy olimi Mark Varron ham fanlarni tasniflashga urinib, ularni quyidagi o'z bilimlariga tayangan holda ifodalaydi: grammatika, dialektika, ritorika, geometriya, arifmetika, astrologiya, musiqa, meditsinava arxitektura. Ammo Varron fanlarni tasniflashda ularni umumlashtirmay, balki alohida holatda taqsimlaydi.


O‘rta asrlarda musulmon arab olimlari fanlarni arab fanlari (poetika, notiqlik san’ati) hamda g‘ayriarab fanlariga (astronomiya, meditsina, matematika) ajratadi.
SHuningdek, O‘rta asrlarda Yevropa olimlari, xususan Didaskalikonlik Gugo Sen-Viktorskiy tomonidan ham fanlarni tasniflashga urinib ko‘rildi. U fanlarni to‘rtta guruhga ajratadi:
Nazariy fanlar (matematika, fizika);

Amaliy fanlar;


Mexanik fanlar (kema boshqaruvi, qishloq xo‘jaligi, ov, meditsina, teatr);
Mantiq, shu bilan birga grammatika va notiqlik.
Aristoteldan so‘ng eng izchil fanlar tasnifini taklif qilgan olimlar Markaziy Osiyodan chiqqan buyuk mutafakkirlar – Forobiy va Ibn Sinodir.
Forobiy Aflotun va Aristotel ta’limotiga tayanib, fanlarning turkumlashni o‘z tasnifini taklif qildi: 1) til haqidagi fan; 2) mantiq; 3) matematika; 4) fizika (metafizika); 5) siyosat; 6) huquqshunoslik; 7) ilohiyot. Aristoteldan farqli o‘laroq, Forobiy metafizikani “nazariy tafakkur fanlari” bilan “amaliy tafakkur fanlari” o‘rtasidagi bog‘lovchisi deb ko‘rsatdi.
Bir so’z bilan aytsak Aristotelning mukammal tasmifi orqali biz hozirgi kunda ko’plab bilimlarimizni sitemaga solib o’rganyapmiz va bu kelajakda ham asqotadi.
Download 15.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling