Xususiy vaqt 2 Lorens almashtirishlari va ulardan kelib chiqadigan xulosalar


Download 355.88 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi355.88 Kb.
#1790007
  1   2   3
Bog'liq
3 -ma\'ruza


Reja
1
    • Xususiy vaqt

2

3-mavzu. LORENS ALMASHTIRISHLARI
Sanoq sistemalarning inersiallik chegarasini aniqlash tajriba natijalarini talqin qilishda juda muhimdir. Har bir sanoq sistemasining inersiallik chegarasi mavjud. Buni ko’z oldimizga keltirish uchun erkin tushayotgan raketa bilan bog’liq bo’lgan sanoq sistemasini ko’rib chiqamiz. Odatda, bunday raketadagi ixtiyoriy jism bilan bog’langan sanoq sistema ideal inersial sanoq sistema hisoblanadi.
Demak, har qanday jism bilan bog’langan sanoq sistemani ma’lum aniqlikda inersial deyish mumkin ekan.
Intervalning vaqtsimon, yorug’liksimon va fazosimonlarga bo’linishi bir qator muhim natijalarga olib keladi.
Vaqtsimon intervalni "xususiy vaqt" deb atash mumkin.
Bunday deb atashning ma’nosini ochish uchun birorta inersial (K) sanoq sistemasida turib ixtiyoriy harakatlanayotgan soatni kuzatamiz. Soat bilan bog’langan sanoq sistema (К') umuman olganda inersial emas, lekin yuqoridagi ma’noda har bir oniy vaqt momentida uni inersial deb qarash mumkin. Harakatdagi soatning dt' farq bilan ketma-ket ikkita ko’rsatishi ikkita voqea bo’lsin. Bu voqealar K' sanoq sistemada bir nuqtada sodir bo’ladi va ular orasidagi interval vaqtsimon bo’lib, quyidagiga teng bo’ladi:
К sistemada tinch turgan soat bo’yicha bu ikki voqea orasidagi vaqt dt ga teng. Harakatdagi soat dt vaqt ichida tinch turgan kuzatuvchiga nisbatan
masofaga ko’chadi. Bularga asosan intervalni К sanoq sistemasida yozamiz:
Endi (1) - (3) ifodalardan foydalanib, К va K' sistemalardagi soatlarning ko’rsatishlarini bog’lovchi tenglamani hosil qilamiz:
Ifoda (4) ni integrallash natijasida tinch turgan soat bo’yicha t2–t1 vaqt o’tganda, harakatdagi soat bo’yicha o’tgan vaqtni topamiz
Shunday qilib, tinch turgan soat bo’yicha t2-t1 vaqt o’tganda harakatdagi soat bo’yicha vaqt o’tadi.
Harakatdagi jism bilan bog’langan soat bo’yicha hisoblangan vaqt “xususiy vaqt” deyiladi.
Endi xususiy vaqt masalasini har ikkala sanoq sistema inersial bo’lgan holda ko’rib chiqamiz.
К inersial sanoq sistemadagi soatga nisbatan boshqa soat to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan bo’lsin. Bu holda (4) ga asosan К sistemadagi kuzatuvchi uchun K' sistemadagi soat orqada qoladi. Harakat nisbiy bo’lganligi sababli K' sistemadagi kuzatuvchi uchun К dagi soat harakatda bo’ladi va u orqada qoladi. Yuzaki qarashda ichki qarama-qarshilik bordek ko’rinadi.
Qarama - qarshilikning paydo bo’lishiga К va K' sanoq sistemalarining bir-biridan farqlash mumkin emasligidadir.
Shunday qilib, soatlarning yurishini solishtirish uchun birinchi sanoq sistemada bir nechta, boshqasida esa bitta soat kerak bo’lar ekan. Shuning uchun bu jarayon ikkala sanoq sistema uchun simmetrik emas.
Xulosa: doimo turli soatlar bilan taqqoslanayotgan soat orqada qoladi.
“Vaqt” yoki “egizaklar” paradoksi

Download 355.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling