Yakunda shohsupa quyidagicha ko‘rinish oldi


Download 21.5 Kb.
Sana17.09.2020
Hajmi21.5 Kb.
#129997
Bog'liq
Armiya 2020


2020 yilning 23 avgustidan 5 sentyabrigacha davom etgan «ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yinlarida 30 dan ortiq davlatning 160 dan ziyod jamoasi qatorida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16 yo‘nalishda, ya’ni “Merganlik marrasi”, “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Yo‘l patruli”, “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari”, “Tank biatloni”, “Elburs halqasi”, “Sodiq do‘st”, “Xavfsiz marshrut”, “Dala oshxonasi”, “Harbiy ralli”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Merganlar marrasi”, “Otliq marafon”, “Avtozirxli tanktexnika ustasi” musobaqalarida faol ishtirok etdiQ deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.

O‘tgan yil hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 32 mamlakat harbiylari o‘rtasida jami 14 yo‘nalishda – 2 ta birinchi, 4 ta ikkinchi, 5 ta uchinchi o‘rinni egallab, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, joriy yilga 3-pog‘onaga ko‘tarildi.Sharqiy harbiy okrugi poligoni birinchi bor mezbonlik qilgan “Yo‘l patruli” musobaqasida ham yurtdoshlarimizga teng keladigani topilmadi.

Natijada jamoamiz Rossiya va Belarusdan kelgan hamkasblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni egallab, shohsupaga ko‘tarildi.

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Sodiq do‘st” musobaqasida 2017 yilda 3-o‘rinni, 2018 yilda 4-o‘rinni 2019 yilda 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston harbiy kinologlari joriy yilda 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Eng muhim mutaxassisliklardan biri “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqasi Novosibirsk shahri yaqinidagi “Kolsovo” poligonida bo‘lib o‘tdi.

Yakunda shohsupa quyidagicha ko‘rinish oldi:

I o‘rin – Rossiya;

II o‘rin – O‘zbekiston;

III o‘rin – Belarus.

“Elburs halqasi” xalqaro musobaqasida ishtirokchi davlatlar harbiy xizmatchilari bir necha shartlarni o‘ta murakkab tog‘ sharoitida va kuchli bosim ostida bajardilar. Kabardin-Bolqordagi Elburs cho‘qqisiga uyushtirilgan marsh harbiy alpinistlarni jiddiy sinovdan o‘tkazdi.Vakillarimiz ushbu musobaqalarda 2017 va 2018 yil 4- va 5-o‘rinlarni egallagan edi. 2019 yilda esa 12 041 ball jamg‘argan O‘zbekiston jamoasi shohsupaning ikkinchi pog‘onasini egalladi. Joriy yilda ham hamyurtlarimizga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

“Artilleriya olovi ustasi” musobaqasi Rossiyaning Saratov viloyatida o‘tkazildi. Ushbu tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi “Individual poyga” bosqichida minomyot hisoblari umumiy uzunligi 4 kilometrlik (2 km dan 2 aylana) to‘siqlardan o‘tib, belgilangan nishonlarni yo‘q qilishi lozim. Ikkinchi bosqich “Tungi sprint” harakatlar xuddi birinchi bosqichdagi kabi amalga oshiriladi. Farqi, harakatlar qorong‘ida bo‘lib o‘tadi.

“Estafeta” – uchinchi bosqichda ikkala minomyot hisoblari ishtirok etadi. Bunda birinchi minomyot hisobi finishga 50 metr qolganda ikkinchi minomyot hisobiga tartib raqamini uzatadi. Tartib raqamlari qo‘lga uzatilmay turib, ikkinchi minomyot hisobi start chizig‘ini kesmay turadi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra yurtimiz vakillari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. VI Xalqaro armiya o‘yinlarining o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ishtirok etgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar quyidagicha:

· “Sodiq do‘st” — 1-o‘rin;

· “Yo‘l patruli” — 1-o‘rin;

· “Harbiy tibbiy estafeta” — 1-o‘rin;

· “Qo‘shin razvedka a’lochisi” — 2-o‘rin;

· “Harbiy ralli” — 2-o‘rin;

· “Otliq marafon” — 2-o‘rin;

· “Elbrus halqasi” — 2-o‘rin;

· “Xavfsiz marshrut” — 2-o‘rin;

· “Artilleriya olovi ustasi” — 2-o‘rin;

· “Qurolsoz usta” — 2-o‘rin;

· “Merganlik marrasi” — 2-o‘rin;

· “Dala oshxonasi” — 3-o‘rin;

· “Xavfsiz muhit” — 3-o‘rin;

· “Avtozirxli tanktexnika ustasi” — 3-o‘rin.



Artilleriya yong'in ustalari: artilleriya brigadalari uchun tanlov; jamoa 21 kishidan iborat bo'lishi mumkin, musobaqalar ikki turdagi uskunalar - 120 mm li ohak, engil ko'p maqsadli zirhli MT-LB traktori yordamida o'tkaziladi. Musobaqaning o'zi uch bosqichda o'tkaziladi - yakka tartibdagi kunduzgi poyga, tungi sprint va jamoaviy estafeta, bu musobaqani yakunlaydi [19].

Ochiq osmon: zenit artilleriyasi va zenit-raketa bo'linmalari ekipajlari o'rtasida raqobat; jamoaning tarkibi 18 kishigacha, shulardan asosiy ishtirokchilari har biri 5 kishidan iborat ikkita bo'linma, qolgan sakkiztasi qo'mondon va qo'llab-quvvatlovchi guruhdir [20]. Tanlov uchta alohida poyga bosqichini o'z ichiga oladi
Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling