9-ma`ruza. Ohak shlakli bog`lovchi moddalar. Ohak-shlakli portlantsement ishlab chiqarish


Download 216.48 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi216.48 Kb.
#1334712
Bog'liq
9-maruza. Ohak shlakli boglovchi moddalar. Ohak-shlakli portlantsement ishlab chiqarish.


9-ma`ruza. Ohak shlakli bog`lovchi moddalar. Ohak-shlakli portlantsement ishlab chiqarish.

Reja:
1.Ohak – shlakli bog‘lovchi.


2.Ohak-shlaksement
3. Ohak-shlaksement texnologik jarayoni


Ohak – shlakli bog‘lovchi. Bu gidravlik bog‘lovchi so‘ndirilmagan ohak va granulalangan domna yoki elektrotermfosfor shlakni va gips birgalikda tuyish bilan olinadi. Ohak – miqdori shlakning sifatiga qarab 10 – 30% oraliqda o‘rnatiladi.
Ohak – shlakli bog‘lovchi moddalar ohak tarkibidagi qo‘zg‘atgich Ca(ON)2 ta’sirida qotadi. Bunda shlakoportlandsement shlak va suv o‘zaro ta’sirlashganda kechadigan jarayonlar sodir bo‘ladi.
So‘ndirilmagan ohakni 80% miqdordan ortik qo‘shilsa unda tez tutib qolishi va qotishida hajmini notekis o‘zgarishi kuzatiladi. Bu xodisani bartaraf etish uchun tutib qolishni sekinlashtiruvchi beton va qorishma aralashmalarini qayta aralashtiradi yoki bog‘lovchida ohak miqdori kamaytiriladi. Ohak – bog‘lovchi sementlar uchun eng yaxshi shlaklar – bu tarkibida yuqori miqdorda glinozemli va past miqdorda (3 – 4%) Mn2O2 bo‘lgan shlaklar.



Ohak – shlakli bog‘lovchini ishlab chiqarish jarayoni quydagilardan iborat: xom – ashyoviy moddalarni omborga joylashtirish, shlakni quritish ohakni maydalash, tuyishdan oldin xom – ashyoni o‘lchash, birgalikda tuyish, tayyor mahsulotni ishlatish joyiga jo‘natish. SHlakni 600–700 °С haroratda quritish barabanlarda quritiladi.


Ohak va gipsni odatda bolg‘ali yoki zarb beruvchi maydalagichda zarrachalari 5– 10 mm o‘lchamgachan maydalanadi.
Shlak namligi (3 – 4%) bo‘lganda texnologik jarayondan quritishni olib tashlash mumkin, chunki shlakdagi suv ohak bilan aralashtirganda ohakni so‘ndirishi uchun sarflanadi va shlak quruq holatda qoladi.
Ohak – shlakli bog‘lovchi sharli, trubali tegirmonlarda №008 elakda 3 – 5% qoldig‘ qolguncha maydalanadi.
Ohak - shlakli sement ohakdagi СaO – shlakni qo‘zg‘atuvchi ta’sirida qotadi, bunda shlak suv bilan ta’sirlashuv natijasida sement birikmalar hosil qiladi, gips esa shlakni giltuproqli moddalariga ta’sir qilib bog‘lovchini qotishini tezlashtiradi.
Xossalari: zichligi 2,5–2,9g/sm3 ni tashkil etadi va tarkibidagi ohak turiga va miqdoriga bog‘lik.
Hajmiy og‘irligi: sochiluvchan holatda 800–900 zichlatilgan holatda 1200 – 1400 kg/m3 .
Tutib qolish muddatlari: tarkibidagi ohak miqdoriga bog‘langan holda tutib qolish boshlanishi 25 min oldin emas, oxiri 24 soatdan kech emas.
Mustahkamligi: bo‘yicha 50, 100, 150, 200 markalarga bo‘linadi. Sovuqqa chidamligi 25 – 50 siklarga teng. Bu bog‘lovchi moddadan past markali er – suv osti buyumlari ishlab chiqariladi, faqat navbatma-navbat muzlash va erish, qurish, namlanish sharoitlarda ishlatishi man etiladi.
Hajmini tekisligini o‘zgarishi – bu xossasi ohakdan keyin so‘nadigan zarrachalar miqdoriga bog‘liq. Bu sement boshqa shlakli sementlardan yuqori cho‘kishi va shishishi ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi, chunki oddiy haroratda va suv issiqlik ishlovida 900 –950 °С da yuqori dispers gelsimon birikmalar hosil bo‘ladi. Avtoklavda qotishda cho‘kish va ishishi kamayadi, chunki sement mahsulotlari qayta kristallanadi, yirik kristalli tuzilish hosil qiladi.
Ohak-shlaksement.
Ohak-shlaksement bu kuritilgan donador domna shlagi va ohakni birga tuyib yoki aloxida-aloxida mayda poroshok xoligacha tuyilgan shlak bilan ohakni quruqligicha yaxshilab aralashtirib tayyorlanadigan gidravlikbog‘lovchi moddalar. Ohak og‘irligi buyicha 10 dan 30% gacha bo‘ladi. Tishlashish va qotish muddatlarini keragicha o‘zgartirish uchun aralashmaga gips qo‘shiladi. Sementda kalsiy sulfatidan 5% gacha bo‘lishi mumkin.
Texnologik jarayon. Ohak-shlaksement olish texnologik jarayoni shlak-portlandsementnikiga juda uxshaydi (tayyor klinker ishlatilsa).
Asosiy farki shundaki, portlandsement klinker urniga ohak qo‘shiladi. Ohak-shlak sement ishlatilayotganda ohak-pushonka, shuningdek, kaynama ohak xam ishlatilishi mumkin.

Nazorat savollari.


1.Ohak-shlaksement deb nimaga aytiladi.
2. Ohak-shlaksement texnologik jarayoni qanday.
3. Ohak-shlaksement qotishini tariflab bering
4. Ohak-shlaksement xossalari
Asosiy adabiyotlar
1. Qosimov I.K. Qurilish materiallari. Darslik. Mexnat. T., 2004.
2. Maxmudova N.A. Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. TAQI, T., 2012.
3. Nuritdinov X.N., Qodirova D.Sh. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. O‘quv qo‘llanma. TAQI, T.,2012.
4. Voljenskiy A.V. Mineralnыe vyajuщie veshestva. M., Stroyizdat. 1979.
Qo‘shimcha adabiyotlar
5.Samigov N.A. Bino va inshoatlarni tamirlash materialshunosligi. TAQI. T., 2005.
6.O‘zRST 22266-94 Sulfatga chidamli sement. Texnik shartlar.
7.O‘zRST 762-96 Rangli portlansement.
8.O‘zRST 767-97 Oxak va oxak aralashgan bog‘lovchilar. Sinash usullari.
9.O‘zRST 768-97 Gips bog‘lovchilar. Sinash usullari.
10.O‘zRST 305-97 Sementlar. Umumiy texnik shartlar.
11.O‘zRST 872-98 Betonlar. Buzmasdan mustaxkamligini aniqlash usullari.
12. D.SH. Kadirova (BOG‘LOVCHI MODDALAR VA MAXSUS SEMENTLAR) Toshkent -2019
Download 216.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling