Yakuniy loyiha ishini himoyasini


Download 15.13 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi15.13 Kb.
#1392279
Bog'liq
Taqdimoq qilish bo'yicha yo'riqnoma


YAKUNIY LOYIHA ISHINI HIMOYASINI
TAQDIMOT QILISH BO’YICHA REGLAMENT

Umumiy taqdimot qilish vaqti 10 daqiqa;


Taqdimot sahifalari soni 10-12 ta;
Taqdimot qilish dasturi Microsoft PowerPoint.

Taqdimot loyiha ishining asosiy mazmunini aks ettiradi. Taqdimot ishida quyidagi asosiy masalalar ko’rsatib o’tiladi.


titul;
mavzuning dolzarbligi (kirish);
mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili;
tadqiqot metodologiyasi, maqsadi va vazifalari;
tahlil va natijalar;
xulosa va takliflar.


Titul qismi (1 slayd)
Taqdimotning titul qismi quyidagilardan tashkil topadi.
Yuqori qismda Universitet nomi (30 yozuv o’lchami);
O’rta qismning yuqorisida talaba F.I.O. (30 yozuv o’lchami);
O’rta qismda Mavzu nomi (36 yozuv o’lchami);
O’rta qismning quyida Yakuniy lohiha ishi taqdimoti (30 yozuv o’lchami);
Quyi qism o’ng tarafda Ilmiy rahbar va Ilmiy maslahatchi F.I.O. (30 yozuv o’lchami)
Quyi qism o’rtada Qo’qon - 2022 (30 yozuv o’lchami)


Mavzuning dolzarbligi/kirish (1 slayd)
Mavzuning dolzarbligi uch qismga jaratib olinadi.
1-qismda tanlangan mavzu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Taraqqiyot Strategiyasi ko’rsatib o’tilgan muhim vazifalardan iqtibos keltiriladi.
2-qismda tanlangan mavzu bo’yicha xorijda olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar ko’rsatib o’tiladi.
3-qismda tanlangan mavzu bo’yicha O’zbekistonda olib borilishi lozim bo’lgan ishlar ko’rsatib o’tiladi.

Yozuv o’lchami 30 dan oshmagan holda qisqa va aniq bayon etilishi tavsiya etiladi.


Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili (1 slayd)
Tanlangan mavzu bo’yicha 4 nafar mahalliy hamda xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan asosiy ilmiy yo’nalishlari ko’rsatiladi. Tadqiqot mavzusi va unda olib borilgan asosiy izlanish ko’rsatib o’tiladi.


Tadqiqot metodologiyasi, maqsadi va vazifalari (1 slayd)
Tadqiqot ishida qo’llanilgan asosiy usullar ko’rsatib o’tiladi.
Tadqiqotning maqsadi hamda ushbu maqsadga erishish uchun kamida 4 ta vazifalar ko’rsatib o’tiladi.


Tahlil va natijalar (4 slayd)
Tadqiqot jarayonida o’tkazilgan so’rovnoma, kuzatuv, statistik ma’lumotlar hamda natijalar aks ettiriladi.


Xulosa va takliflar (2 slayd)
Tadqiqot ishi bo’yicha asosiy aniq bo’lgan xulos va takliflar ko’rsatib o’tiladi. Xulosa va takliflar tartib raqami bo’yicha keltiriladi.
Download 15.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling