Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Download 28.51 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi28.51 Kb.
#164514
Bog'liq
Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Reja:


  1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari.

  2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi Yalpi talabi va Yalpi taklifi nisbati.

  3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash.

  4. O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.


1-savol. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari

Ishchi kuchi - bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o’zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklash, ya‘ni uning va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish mustaqil va ijtimoiy muammo bo’lib bu muammo aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo’ladi . Demak, ishchi ko’chini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko’payishidir.

Respublikada mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni 12,6 mln kishini tashkil etadi. Bu mamlakat aholining o’otacha 51,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bo’lgan aholining o’rtacha yillik soni 9,0 mln kishiga teng bo’lib, ishchi kuchi resurslari tarkibiga 71,3 foizni tashkil qiladi.

Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo’lgan qimi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham yuritiladi. Ishchi kuchi resurslariga kiritilishining asosiy mezoni bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi . Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo’lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.



Ishchi kuchi resurslarinig faol va potentsial qismi bo’lib, ular farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo’jaligida band bo’lganlar potentsial qismini tashkil etadi. Mamlakatda doimiy aholi soni 2009 yilning birinchi yanvar holatiga ko’ra 27,6 mln kishini tashkil etib, u oldingi yilga nisbatan 483,1 ming kishiga yoki 1,8 foizga o’sgan. Aholining tabiiy o’sishi 508,9 ming kishini tashkil etib, shundan 331,8 ming kishi yoki 65,2 foiz qishloq joylariga to’g’ri keladi.
O’zbekistonda aholining tabiiy harakati qo’yidagi ma‘lumotlar bilan tavsiflanadi.

Respublika aholisining tabiiy harakatlanishi

Yillar

Ko’rsatkichlar (har 1000 ming kishi hisobiga)

tug’ilish

o’lish

tabiiy o’sish

1991

34.5

6.2

28.3

1995

29.8

6.4

23.4

1996

27.3

6.2

21.1

1997

26.0

5.9

20.1

1998

23.0

5.8

17.2

1999

22.3

5.3

17.0

2000

21.5

5.5

16.0

2001

20.4

5.3

15.1

2002

20.9

5.4

15.5

2003

19.8

5.3

14.5

2004

20.4

5.0

15.4

2005

20.3

5.4

14.9

2006

20.9

5.3

15.6

2007

22.6

5.1

17.5

2008

23.6

5.0

18.6

2009









Respublikada ishchi kuchi resurslarining o’rtacha yillik soni 2008 yilda 16,3 mln kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bo’lgan ishchi kuchi o’rtacha yillik soni 11.0 mln kishidan ortiq bo’lib, jami ishchi kuchi resurslari tarkibida 67,5 foizni tashkil qiladi.

Aholining tabiiy harakatlanish, uni takror ishlab chiqarish xususiyati kupgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar madaniyat va maishiy turmush ananalari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi. Ular jumlasi demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta‘minlash, homiladorlik va bola tug’ilgandan keyingi ta‘tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma‘naviy muhitni yaxshilash kiradi.

Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga tabiiy o’sishdan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta‘sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta‘sir ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k) ishchi kuchining bir hududidan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya‘ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:



Tugal migratsiya - aholinig doimiy yashash joyini o’zgartirish bilan bog’liq migratsiya;

Tebranuvchi migratsiya –ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qaynab ishlashi bilan bog’liq migratsiya;

Mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya;

Tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba‘zi hollarda boshqa hududlarga birib kelishi bilan bog’liq migratsiya.

Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro’y-bermay, uning negizada ma‘lum ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo’ylab mehnat resurslari samarali ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.



Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi - aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va maqeini yanada yuksaltirishdan iborat. Aholini ish bilan to’la band bo’lishni mutloq ma‘noda tushunmalik ham kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma‘lum darajasi iqtisodiyot uchun me‘yordagi hol xisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to’la band bo’lish mehnatga layotqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida ) ishlab chiqarishag jalb etilishi zarurligini anglatmadi. Ularning bir qismi o’zini oilada xizmat ko’rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamga xo’jalikda mehnat qilishag, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanishning ajratadilar. Uchunchidan, ish bilan tula band bo’lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g’oyat oqilona foydalanish bilan kuchib olib borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
2-savol. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi Yalpi talabi va Yalpi taklifi nisbati

Ishchi kuchi bozori - bu xo’jalik faoliyati arayonida “ishchi kuchi” tovari egalari va uning asosiy iste‘molchilari-davlat va tadbirkorlar o’rtaisda mehnat sharoitlari va unga haq to’lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va masuliyat darajasi bo’yicha tarkib topuvchi ijtimoiy –iqtisodiy munosabatlarining murakkab tizimi. Ishchi qiymati va iste‘mol qiymati (nafligi) bor.

Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarni yetarli darajada ta‘minlash uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy ne‘matlarning jami qiymatini o’z ichiga oladi.

Ishchi kuchi qiymati o’zgaruvchan ko’rsatigich bo’lib, u turli omillar ta‘sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruchi omillar qatoriga quyidagilarni keritish mumkin:

ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojlarning ob‘ektiv ravishda o’sishi;

mehnat intensivligining oshishi;

o’qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko’payishi va h.k.

Ishchi kuchini qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo’lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorliginig o’sishi hisoblanadi. Bu esa ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi. Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo’ladi.

Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo’jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga egadir.



Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil sub‘ekt-kapital egasi va ishchi kuchi egasi magfaatlarinng o’zaro to’qnashish munosabatlari hisoblanadi. Ularni bozorga o’zaro qarama – qarshi istak va maqsadlar yetaklaydi.

Ikkinchidan, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o’rtasida bo’sh ishchi o’rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.



Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifning unga bo’lgan yalpi talabdan doimiy ravishda to’proq bo’lishi tendentsiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo’lmagan qismi (ishsizlar) ning paydo bo’lishiga olib keladi.

To’rtinchidan, bozor iqtisodiyotining tsiklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Ya‘ni ishchilar hayot darajasining pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to’lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo’ladi.

Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik oz bo’lsa narxlarning inflyatsiya ta‘siri ostida o’sish sur‘atlari shunchalik yuqori bo’ladi.

Ingliz iqtisodchisi A. Fillij ishsizlik va inflyatsiyaning o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib berib, bu bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq Filips egri chizig’i deb nom oli. Unga ko’ra, inflyatsiya darajasini 1% ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2% ga o’stirish lozim bo’ladi.

Filips egri chizig’i

W, P %

U.%



W-nominal ish haqining o’sish surati;

R-inflyatsiya darajasi;

U-ishsizlik darajasi.

Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o’ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o’rtasidagi oqilona nisbatni ta‘minlash nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qishilish, balki ularning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta‘sirining oldini olish ham mumkin bo’ladi.


3- savol. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash

Mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta‘minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.

Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlikni quyidagi turlari mavjud:

1) friktsion;

2) tarkibiy;

3) tsiklik;

4) institutsional;

5) texnologik;

6) regional;

7) yashirin;

8) turg’un ishsizlikdir.

Bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik deyiladi.

Yangi kasb va mutaxasislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.

Tsiklik ishsizlik - iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lmib, u ishlab chiqarishnig pasayish va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi.

Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya‘ni ishchi kuchini ish bilan ta‘minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajasida rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kirishi mumkin.

Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarining kirib kelishi bilan bog’lik bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnalogini qo’llash hisoblanadi.



Hududiy ishsizlik muayyan hududagi tarkibiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy – ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta‘siri ostida ishchi kchi talabi va taklifi o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.

Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida tuliq band bo’lmaslik xos.



Turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan, ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ish kuchi tartibidagi foizi sifatida hisoblanadi.

Ishsizlik darajasi = ishsizlar soni х 100 %.

ishchi kuchi soni

Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo’ladi. Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaMI hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonun sifatida tanilgan bo’lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, YaIM hajmining orqada qolishi 2,5 % ni tashkil qilishini ko’rsatadi.


4 – savol. O’zbekiston bandlik muammosi va

ishsizlarni ijtimoiy himoyalash

Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat aholining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta‘minlashni ham o’z ichiga oladi. Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhimi masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohatlar daridagi ushbu masalani hal etish uchun malkatda bir qator tadbirlarni amlaga oshirish rejalashtirilgan.



Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste‘mol mollarini, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag’batlantirish.

Prezident Islom Karimov ta‘kidlab utganidek “...Kichik o’rta va xususiy tadbirkorliknig yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, oyni vaqtida uning aholi farovonligi va daromadlari ortishida, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylanishiga erishmog’imiz lozim”.[1]



Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo’yicha hizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarida xizmat sohasini rivojlantirishna ustunlik beriladi.

Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish oylarini ochish yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.

To’rtinchidan, ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni tashkil etishni tubdan o’zgartirish.

Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash.

Aholining ish bilan bandligi masalasi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta‘minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini iqtisodiyotda tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalrni ham o’z ichiga oladi.
Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling