Yalqovlar


Download 15.91 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi15.91 Kb.
#1288702
Bog'liq
Yalqovlar


Yalqovlar— chala tishlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasining uz. 50—65 sm, ogʻirligi 4–7 kg. Boshi 270° gacha burilishi mumkin. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlaridan uzun. Barmoqlari 2 yoki 3 ta, oʻzaro yopishgan, tirnoqlari uzun va egilgan. Tanasining yunglari qorin tomondan orqasiga qayrilgan. Tana harorati tashqi muhit haroratiga qarab 24° dan 35° ga oʻzgarib turadi. 2 uruqqa mansub 5 turi Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Ya. daraxtda yashaydigan kam harakat hayvonlar. Odatda, daraxt shoxlarida orqasi pastga qarab osilib turadi. Oʻsimlikxoʻr. Yilda 1 bola tugʻadi. Goʻshti, terisi va bezak sifatida ishlatiladigan tirnoqlari uchun ovlanadi. Soni kamayib ketmoqda. Boʻyinbogʻli yalqov Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Qunduzlar—suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy -Gʻarbiy Afrikada choʻllardan boshqa joylari-datarqalgan. Gavdasining uzunligi 55—95 sm, nisbatan ingichka va egiluvchan, vazni 10 kg gacha. Dumi 45 sm gacha. Oyoqlari kalta, barmoqlari orasida suzgich parda boʻladi. Oʻzbekmstonda 1 turi — qunduz tarqalgan. Q. Chuchuk suv havzalari yaqinidagi inlarida yashaydi. Shoʻngʻiganida quloq va burun teshiklari maxsus klapanlar bilan bekiladi.
Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin tullaydi. Yumshoq toʻshamali uyasini suv havzasining baland qirgʻoqlariga yasaydi. Boʻgʻozlik davri 8— 10 oy. Ikki yilda bir marta — aprel — mayda, koʻpincha 3 ta bola tugʻadi. Asosan, baliq, baqa, baʼzan oʻrdak va boshqa bilan oziqlanadi. Moʻynasi (ayniqsa, qishki) qimmatbaho hisoblanadi. Soni keskin kamayganligi uchun ovlash taqiqlangan.
Download 15.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling