Ayollar plashi assortimentini o’rganish
Download 0.61 Mb.
|
Ayollar plashi assortimentini o’rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ort bo’lak yelka vitochkasi kattaligi 1-jadval. S k 3, S
- Izoh: Birinchi raqam yupqa gazlamalar uchun, ikkinchisi qalin gazlamalar uchun qo’shimcha qiymatini bildiradi.
Ayollar plashi assortimentini o’rganish Ayollar plashi to’g’ri, sal yopishgan, yopishgan va trapetsiya siluetli bo’ladi. Konstruktsiyasiga ko’ra esa bir bortli va ikki bortli bo’lishi mumkin. Bort taqilmasi tugma va izmali, tugma-knopkali, knopka-tugmali yoki molniya taqilmali bo’ladi. Ayollar plashining yengi biriktirma, reglan, old va ort bo’lak bilan yaxlit bichilgan bo’ladi. Yeng etagiga qaytarma yoki biriktirma manjet, shlitsa, mag’iz, qiya mag’iz va boshqalar bilan ishlov berish mumkin. Modelga ko’ra cho’ntaklar qirqma yoki qoplama bo’lishi mumkin. Ular old bo’lakning bezak va biriktirma choklarida, yon choklarda joylashib, qopqoqlar, listochka, ramkali obtachka va bezak choklar bilan ishlanadi. Astarning o’ng adip bilan birlashtiruvchi chokda ham ichki cho’ntak ishlanishi mumkin. Kiyimlarning etak qismida astari ko’tarma yoki avra bilan birlashgan qalar – yotqizma, tik, kapyushonli, sharf yoqali bo’ladi. Ayollar plashini bezatish uchun turli konstruktsiyadagi taxlamalar, rel’eflar, bezak choklar, bostirma yo’llar, turli bezak gazlamalar (teri, hamma, lentalar) va kashtalar qo’llaniladi. Kiyimning tashqi ko’rinishi uchun furnitura (tugmalar, pryajka, molniya taqilma, turli metall elementlar, yelim, yog’och, norm, zamsha va boshqalar) katta ahamiyatga ega. Kiyim uzunligi zamonaviy moda yo’nalishi asosida, etak qismi modelning texnik tavsifi asosida ishlanadi. Hozirgi paytda plashlik gazlamalar assortimenti quyidagi guruhlarga bo’linadi: yarim jun ipli, viskoza ipli, plyonka qoplamali, ipli plyonka qoplamali, kapron ipli. Kiyim formasini saqlash uchun plash tayyorlashda qotirma gazlamalar adipda, etak qismida, yoqada, listochkada, klapanlarda, patlarda ishlatiladi. Qotirma gazlamalar sifatida noto’qima yelimli gazlamalar yoki yelim surilgan qotirma gazlamalar qo’llaniladi. Astarlik gazlamalar assortimenti viskoza va viskoza-atsetatli astarlik gazlamalar, kapron astarlik gazlamalar, shuningdek, kapron trikotaj gazlamalardan iborat. Ort bo’lak yelka vitochkasi kattaligi 1-jadval. Sk3, Sbel, Sbo’ksa ko’krak, bel, bo’ksa chiziqlarining o’lchamlari uchun qo’shimchalar Izoh: Birinchi raqam yupqa gazlamalar uchun, ikkinchisi qalin gazlamalar uchun qo’shimcha qiymatini bildiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling