Yangairiq tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i A. Rajabovga


Download 18.91 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi18.91 Kb.
#1491855
Bog'liq
Yangairiq tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig

Yangairiq tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i A.Rajabovga


ARIZA
Beramiz arizani biz Yangiariq tumani Do’stlik mahallasi Yangi kuch ko’chasida yashovchi A.Ibodullayev O.Matyoqubov O.Yoqubov, S.Yoqubov, M.Ro’zmetova, Ozod Matyoqubov, A.Abdullayev, Maqsud Saaidov, Mansur Saidov, Sh.Raxmonov, Q.Raxmonovlar “Yangi kuch ko’chasidan oqib o’tgan Ostoa kanali bo’yidan o’tgan ichki yo’lga 2022-yil kuz oyida asphalt qilish maqsadida tuproq, sement aralash tosh yotqizilib, tekislandi. Yo’l tekisligidan foydalanib yuk va yengil avtomobillarni to’xtovsiz o’tib kechish natijasida chang – to’zondan shu yo’l yoqasida yashayotgan xonadon aholisi yashashi qiyinlashmoqda, chang – to’zondan nafas olib bo’lmaydi. Bu ichki yo’lni torligi uchun maktab bolalarini, piyodalarni yurishi uchun yo’l yo’q. Piyodalar yurish uchun yo’l qurish imkoniyati yo’q. Og’ir yuk avtomobillarni yuk bilan o’tishi natijasida yo’l larzaga kelib yo’l yoqasida yaqiin joylashgan xonadonlarda paxsa devorlari ayrilib, uylar yiqilish, yaroqsiz holatga kelib qolmoqda. Chang to’zonda maktab bolalarini avtomobillar urib ketish holatlari ro’y berdi. Ushbu yo’lga yuk avtomobillarini kirish chiqish ta’qiqlanish belgisi o’rnatilishiga qaramasdan yuk avtomobillarini oqimi to’xtamadi. Hurmatli A.Rajabov Yangi kuch ko’chasida yashovchi aholini chang – to’zondan nafas olish qiynalayotganligini yo’lga yaqin joylashgan xonadonlarni paxsa devorlari ayrilib yaroqsiz holatga kelayotganini, bizni murojatimizni inobatga olib Yangiariq tumani hokimini ruxsati bilan oldindan o’rnatilgan temir darvozalarni o’z holatida qolishini sun’iy notekislar o’rnatilishini Yangi kuch ko’chasini ichki yo’llariga asphalt to’shalishida yordam berishingizni so’raymiz. Hurmatli prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev davlat idoralari xalqqa xizmat qiladi deb ko’rsatma berib kelmoqda, qani davlat idoralari biz xalqqa xizmat ko’rsatgani Yangi kuch aholisini dardini tinglagani? Viloyat IIB JXX IXXB yo’l nazoratchisi podpolkovnik Izzat Ro’zmetov 2023-yil 1-may kunisi Yangi kuch ko’chasida aholini iltimosini aytgan dardini inobatga olmasdan xalqni dardini so’ramasdan temir to’siqni olib tashladi buning bilan yanada yuk avtomobillarini yo’lini ochib berdi. Bizni talabimizni iltimosimizni inobatga olmasangiz yuqori rahbariyatga prezidentga internetlarga chiqishga majbur bo’lamiz. Yangi kuch ko’chasi aholisi chang – to’zonda aziyat chakkanligi sababli mustaqil ko’chasini transportlar harakatlanish yo’lini berkitib tuman hokimiyati oldiga borib norozichilik namoyish qilamiz. Tuman hokimiyati oldidan piyodalar urganch shahriga viloyat hokimi oldigacha yo’lni to’sib borishga majbur bo’lamiz. Sizdan iltimos Yangi kuch ko’chasida yashovchi aholini xonadonlariga kirib dardlarini tinglab, keyin xulosa chiqaringizni iltimos qilamiz. Bizni arzimizni tuman hokimiga, tuman prokuroriga, tuman IIB boshlig’iga xabar qilishingizni so’raymiz”
ILOVA:

  1. № 1, 1.1, 1.2 suratlar A.Ibodullayev xonadoni

  2. № 2, 2.1, 2.2 suratlar S.Yoqubov xonadoni

  3. № 3, 3.1 surat M.Ro’zmetova xonadoni

  4. № 4 surat Ozod Matyoqubovni xonadoni




  1. A.Ibodullayev 97 600 09 62

  2. S.Yoqubov 97 518 46 82

  3. O.Matyoqubov 93 758 57 70

  4. O.Yoqubov 99 064 62 68

  5. M.Ro’zmetova

  6. Ozod Matyoqubov

  7. A.Abdullayev

  8. Maqsud Saidov

  9. Mansur Saidov

  10. Sherifboy Raxmonov

  11. Quramboy Raxmonov


02.05.2023
Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling