1-ma`ruza: tuproq va agroekologiyasi fanining predmeti, vazifalari va o’rganish usullari
Download 198.32 Kb.
|
Туп агро экол 1-маруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1-MA`RUZA: TUPROQ VA AGROEKOLOGIYASI FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA O’RGANISH USULLARI. Reja: 1 Tuproq va agroekologiya to’g’risida tushuncha 2. Fanning predmeti; ob’ekti va o’rganish uslublari; maqsadi va vazifalari; 3.Tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan bog’liqligi Tayanch iboralar: tuproq ekologiyasi, tuproq generatsiyasi, agroekologiya, iqlim, bioiqlim, mintaqa, tuproq zonalari, tuproqning vertikal tuzilish, ,tuproq hosil bo’lishi, 1. Tuproq va agroekologiya to’g’risida tushuncha Tuproq ekologiyasi va agroekologiya “Umumiy ekologiyaning asosiy qisimlaaridan biri hisoblanadi. Tuproq ekologiyasi va agroekologiya tuproqlarda va agroseno’zlarda uchraydigan tuproqlarni turli ifloslahishi,yemirilishi,sho’rlanishi, tirik arganizimlarni bir-biri bilan va ularning tuproq muhiti dagi abiotik va bio’tik omillar bilan bo’lib o’tadigan munosabatlarini o’rganish jarayonida edafik omillar ro’lini tuproq usti va tuproq qatlamlarida uchraydigan tirik o’rganizimlarning o’sish, ko’payish, rivojlanish va tarqalish qonunlarini yoritadi. Undan tashqari tuproqni fizikaviy tuzilishi, kimyoviy va biologik hususiyatlari va uning mahsuldorligiga salbiy Hamda ijobiy tasir qiladigan turli antropogen omillarning mohiyati har tomonlama o’rganiladi va bu holat fanning asosiy yo’nalshlaridan biri hisoblanadi.Tuproq ekologiyasi va agroekologiya tabiiy va madaniy tuproqlarni paydo bo’lishi, tabiy bioseno’zlarda bo’lib o’tadigan tabiiy tanlanish emas, balki suniy tanlanish larayonida yuzaga kelgan o’simlik navlari,hayvon zotlarini inson tomonidan yangi muhitga moslashtirilishi bilan xar bir joyningomillari va tuproqdagi organizmlar o’rtsidagi turli munosabatlar qonuniyatlarini xar tomonlama yechishga iqlimshunoslik botanika, zologiya, ekologiya, agrabiologiya tuproqshunoslik agrokimyo, agromiliratsiya, agrotexnika, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqa fanlar bilan hamjihatlikda rivojlanadi, va turli fanlarning yutuqlaridan foydalanadi. Keyingi vaqqtda tuproqda uchraydigan organizmlarga edafik omillarning tasirini o’rganish jarayoni ancha kengaydi va bu jarayon turli antropogen omillarni tinimsiz tuproqga o’tkazilayotgan xar xil salbiy ta’sirlarni yerga ortiqcha mineral o’g’it berish turli zaxarli moddalarni qo’llash yer osti sizot suvlarining ko’tarilishi va foydali yerlarning sho’rlab ketishi og’ir tehnikadan foydalanish natijasida tuproqning fizikaviy tuzulishining buzilishi va uni shamol hamda suv erroziyasiga tezroq uchrashi kabi holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Keying vaqtlarda inson tomonidan ozlashtirilgan yerlarning tuproqlari ekologik jihatdan mutloq o’zgargan. Qishloq xo’jaligini jadallashtirish jarayonida tuproqning ekologik talablari mutlaqi inobatga olinmagan. Hozirgi zamon agroekologiyasining asosiy masalasi tuproqda bo’lip turadigan fizikaviy, kimyovi va biologik jarayonlarni xar tomonlama o’rganish edafik omillarni tuproq usti va tuproq qatlamlaridagi organizmlarga doimiy yoki davriy bevosita yoki bilvosita tasirini yoritish. Shu bilan bir qatorda organizmlarning rivojlanish jarayonida ularning bir birlari va tuproq muhitidagi omillar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash yo’li bilan malum joydagi tuproqning ekologik holatini va uning maxsuldorligini oshirish, ekologiyasi bizilgan tuproqning biologiyasi tiklash chora tadbirlarini ishlab chiqishdir. Hozirgi vaqtda insonlar ehtiyojini qondirish uchun yuqori maxsylor beruvchi yangi nav va zotlarni kopaytirish uchun yangi progressiv ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llash kata ahamiyatga egadir
Download 198.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling