Мavzu. Yaylovlar maxsuldorligini oshirish Reja
Download 61.5 Kb.
|
мavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Demak, Yaylovlardan foydalanishning birinchi vao‘ta mu h im ekologik prinsipi deb Yaylovlar tabiiy sig‘imining unda boqiladigan mol tuyog‘i soniga mos kelishi hisoblanishi lozim.
Мavzu. Yaylovlar maxsuldorligini oshirish Reja: 1. Yaylovlardan foydalanishning nazariy va xo‘jalik asoslarini. 2. Yaylovlar mahsuldorligining va ozuqaviy qimmatining pasayish sabablari. 3. Har bir zagonda mol boqish bosh soni va muddatlarini aniqlash. Tayanch iboralar:Efimir, efirimoitlar, butalar, yarim butalar, butachalar, Qandimlar, cherkezlar YAylovlardan to‘g‘ri foydalanish uchun quyidagilar talab qilinadi; 1) o‘simliklar qoplamidan yuqori mahsulot olabilish darajasida edirilishi; 2) imkoniYat boricha ko‘p miqdorda mol boqish; 3) Yaylov hosildorligi uzoq muddat davomida saqlanishiga erishish. YAylovlardan samarali foydalanishning bir necha nazariy va amaliy asoslari mavjudki, ularga e’tiborni qarataylik: Qorako‘lchilik Yaylovlaridan foydalanishda muhim bir fundamental masalani uno‘tmaslik zarurki, har kanday tabiiy mintaqa o‘simlik qoplamiga xos bo‘lgan har yili kayta tiklanish va har yili tegishli miqdordagi o‘simlik massasini to‘plash qobiliYatiga ega bo‘lishi lozim. CHunonchi, mineral resurslar yillar bo‘ylab asta-sekin kamaYa borish, kambag‘allashish xususiYatiga ega bo‘lsa, o‘simliklar biomassasi biologik resurs sifatida tugamas va eng muhimi har yili qayta tiklanish xususiYatiga ega. Faqat uning muhim bir sharti shundaki, bu resurs samarali, oqilona va ekologik to‘liq jihatdan bo‘zilmasdan foydalangan taqdirdagina o‘z xususiYatini to‘liq namoyon etaoladi. Bu borada tuplangan ko‘p yillik va muntazam bajarilgan ilmiy kuzatuv va tadqiqotlar cho‘l o‘simlik qoplamining turli variantlaridan ma’lum tartibda, me’yordan oshirmasdan foydalanib kelinsa, ular har yili vegetativ yoki urug‘lari vositasida kayta tiklanib turadi va ma’lum miqdorda har yili ozuqa zahiralari to‘playveradi. Demak, Yaylovlardan foydalanishning birinchi vao‘ta muhim ekologik prinsipi deb Yaylovlar tabiiy sig‘imining unda boqiladigan mol tuyog‘i soniga mos kelishi hisoblanishi lozim. Bundan, u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala ham vujudga keladi. Xo‘sh, har yili Yaylovda to‘planadigan oziqa zahiralarining kancha qismidan foydalanilsa ekologik rejim buzilmasdan ular qayta tiklanaoladilar? Bu savolga ham ilm-fan, ma’lum ma’noda, o‘z echimiga ega desa bo‘ladi. Akad. I.V.Larinning (1971) ta’kidlashicha, turli tabiiy mintaqalar bo‘ylab ular bir yil davomida to‘plagan ozuqa zahiralarining 25 dan 75% gacha bo‘lgan qismidan foydalanilsa, (edirilsa) ularning keyingi yil hosildorlik ko‘rsatkichiga ziyon keltirilmaydi. CHunonchi, qorako‘lchilik Yaylovlarida to‘planadigan yillik ozuqa zahiralarining 65-73% qismi mollarga edirilsa yoki pichan sifatida foydalanilsa, ularning qayta tiklanishi uchun ziyon etkazmaydi (GaevskaYa, Krasnopolin, 1957). Yillik oziqa miqdori-ning 75% dan oshirib foydalanilgan taqdirda Yaylov holati 4-5 yil davomida inqirozga uchrashi prof. L.S.GaevskaYa va N.T.Nechaevalar kuzatishlari asosida aniqlangan. Bu boradagi O‘zQCHEITIda uzoq yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini shuvoq-barra va efemer o‘tli Yaylovlar misolida ko‘rib chiqaylik. Kuzatuvlar mazkur Yaylov tiplariga me’yoridan oshirib mol boqilgan maydonlarda kuchli salbiy ta’sir qilishidan dalolat beradi. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling