Мavzu. Yaylovlar maxsuldorligini oshirish Reja


Download 61.5 Kb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1301543
1   2   3   4   5
Bog'liq
мavzu.

SHunday qilib, Yaylovlardan oqilona, samarali foydala-nishning uchinchi asosiy holati deb - har yili foydalaniladigan ozuqa miqdori va mol boqish chastotasining jadalligidir.
Yillik ozuqa miqdorining 65-75% qismidan foydalanilsa, uqayta tiklanish jarayoniga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi; boshqacha qilib aytganda, shu darajada foydalanilgan fitomassa o‘simliklarning vegetativ va urug‘lar vositasida qayta tiklanishida qulay holatni vujudga keltiradi, o‘simliklar uyushmasidagi ekologik aloqalarning buzilishining oldi olinadi va oqibat natijada butun Yaylov ekosistemasining barqarorligi ta’min-lanadi. Bunday muhim xulosa O‘zQCHEITIda bajarilgan eksperi-mental tadqiqotlar asosida qilingan.
Mollarga har yili edirilishi mumkin bo‘lgan Yaylov o‘simligining darajasi shu ekosistemani tashkil qiluvchi oziqabop turlarning biologik talabi hisoblanadi va bu kritik chegaradan nari o‘tish Yaylov inqirozining in’ikosi bo‘lib Yaylov buzilishining boshlanilishidan darak beradi.
YAylov ekosistemalarining inqirozi anchagina-murakkab va bekaror cho‘l muhiti va inson tomonidan mazkur maydonlarni tartib-qoidasiz o‘zlashtirish bilan bog‘liq o‘zaro harakatlar muammolari hisoblanadi.
YAylovlarning inqiroz jarayoni hayvonlarning trofik ta’si-rining darajasi va tezligi, o‘simliklarning kayta tiklanish xusu-siYatlariga keltiriladigan ziyonidan keyin boshlanadi. Inson o‘zi bir vaqtning o‘zida Yaylov inqirozini vujudga keltiruvchi asosiy omil va uning asosiy qurboni ham desa bo‘ladi.
Inson aksariYat hollarda cho‘llarning imkoniYat doirasi chegarasiz degan fikr hayol asosida qilayotgan xatti-harakatlariga etarli hisobot bermasligi oqibatidafojea chegarasini o‘zi kengay-tirib yubormoqda va undan o‘zi ham ziyon ko‘rmoqda. Buninng Yaqqol misoli sifatida orol fojiasini ko‘rsatish kifoYa.l
Mollar yosh, protein va boshqa muhim ozuqa moddalarga boy bo‘lgan o‘simliklarni istemol qilgandagina yuqori va sifatli mahsulot berishi ko‘pchilikka ayon masala. Biroq shu narsa ham ayonki o‘simliklarning o‘sish fazasi o‘zgarishi bilan undagi protein miqdori o‘zgaraborib, ozuqaning to‘yimliligi ham kamaYaboradi. Masalaning biologik jihati shundaki; yosh novdalar bahorda zapas ozuqa moddalar hisobidan qayta tiklana pichan bo‘lsa u rivojlana boshlagandan 12-15 kun o‘tgach sarflangan ozuqa moddalarining o‘rnini koplay olish holatiga o‘tishi mumkin. Maysa o‘tlar juda erta mollarga edirilaboshlansa, birinchi navbatda, barglar, nozik yumshoq qismlar iste’mol qilinadi. Bundan keyingi o‘sish jarayoni esa Yanada ko‘proq oziq moddalarning sarflanishiga olib keladi.
Ma’lumki, o‘simlik o‘z navbatidabargi fotosintez sodir bo‘ladigan asosiy va muhim organ hasoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, barglar erta va me’yoridan oshirib edirilsa, fotosintez jarayoniga putur etmay qolmaydi. Aniqlanganki, kuzda ildizlarida juda ko‘p miqdorda zapas ozuqa moddalari to‘playolgan o‘simliklar o‘rilgan yoki edirilgan o‘simliklarga nisbatan kelasi yili ancha ko‘p hosil tuplay olishi qobilYatiga ega bo‘ladi.
SHuning uchun ko‘p yillik o‘tlar kukargandan so‘ng darhol emas, balki kamida 12-15 kun o‘tgach mol boqila boshlanishi va o‘simlik-larning vegetatsiYasi tugashiga kamida bir oy qolganda to‘xtatilishi maqsadgamuvofiq.
SHuvoqning ko‘karish ko‘rtaklari bahorda hosil bo‘lib jazirama yoz davomida ular anabioz (uyqu) holatida bo‘ladi; kuzda ular Yangi qayta ko‘kara boshlaydi va urug‘ berish pallasiga kiradi.
SHu mavsumda shuvoqli Yaylovlarda me’yoridan oshirib mol boqqilgan taqdirda bir qism ko‘rtaklar zararlanib yoki Yaxshi shakl-lanmay qolsa yili ularning hosili pasayib ketishi ko‘zatiladi.
YAna bir muhim masala-yillik o‘sish balandligining qancha qismi mollarga edirilishi tavsiYa etilishi masalasini ko‘rib chiqaylik.
Bu masala tabiiy iqlim mintaqalari va o‘simlik turlariga qarab har xildir; chunonchi, dasht, adirlarda o‘tlarning balandligi tuproq yuzasidan kamida 5-6 sm, cho‘llarda 3-4 sm balandlikda bo‘lishi lozim. (Larin va boshqalar, 1990)
Ko‘pchilik Yarim butalar, masalan, shuvoqlar yillik novdalarining 6-8 sm dan kam bo‘lmagan qismi; izen, keyrovuqning 10-15 sm balandlikdagi qismi edirilsa saqlanib qolgan qismidan kelasi yili qoniqarli miqdorda Yangi poYalar (novdalar) ko‘karib chiqishi kuzatilgan.
Birinchi marta me’yorida edirilgan o‘simliklarda iqlim sharoitiga qarab aksariYat o‘simliklarda qayta ko‘karish (tiklanish) xususiYati mavjud. CHunonchi, o‘rmon zonasida tarqalgan o‘simliklar 3-4, dashtda - 2-3 marta kayta ko‘karaoladi. Biroq, cho‘l sharoitidagi ekologik muhit o‘ta noqulay bo‘lganligi sababli bu xususiYat, aksariYat Yarim buta va buta tur o‘simliklargagina xos; u ham ma’lum muddatlarda amalga oshirilgan taqdirda kuzatiladi.
Efemer va efemeroid turlar o‘z o‘sish davrini tugatgach kurib qolib aksariYat kuz oylariga borib maysalashi va qayta ko‘karishi mumkin, xolos.
SHunday qilib, ochiqdan-ochiq ziddiYat yuzaga keladi; Ya’ni, o‘simliklar intensiv foydalanishga bardosh bera olmaydi, Yaylovlardan ma’lum tartibda foydalanmasak biz mollardan ko‘zda tutilgan yuqori va sifatli mahsulot olabilmaymiz. Bu ziddiYatni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuasi ishlab chiqarilgan bo‘lib oqilona qo‘llanilgan taqdirdagina bir vaqtning o‘zida Yaylovlardan ham uzoq muddat foydalana va ulardan olinadigan mahsulot ko‘rsatgichlarining pasaymasligi erishish mumkin.
Azal-azaldan hozirga qadar 2 usulda Yaylovlardan foydalanish usuli mavjud;
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling