Мavzu. Yaylovlar maxsuldorligini oshirish Reja
Download 61.5 Kb.
|
мavzu.
erkin mol boqish-Yaylov maydoni va ularning ayrim qismlaridan ma’lum tartibga amal kilmasdan foydalanish;
tartibli (sistemali) mol boqish-Yaylovmaydoni ma’lum zagonlar, qo‘ralarga ajratilib va o‘simlik qoplami ularning o‘sish, rivojlanish darajasi, floristik tarkibiga qarab ma’lum tartib yoki mavsumlar bo‘ylab molboqish. Bu ikkala usul asosida Yaylovlardan foydalanishning bir-biriga nisbatan ancha farqi mavjud, albatta. Qorako‘lchilik xududlarida, aksariYat xollarda, erkin mol boqish ustivorlik qiladi; biroq tajribali cho‘ponlar o‘z Yaylov maydonlarini bo‘laklarga, mavsumlarga bo‘lib foydalanishga intiladilar. Erkin mol boqishda, tabiiyki, mollar harakati chegaralanmaganligi sababli, birinchi navbatda, yosh, nozik, yumshoq, xushta’m o‘simliklarni tanlab eydi. 5-6 kundan keyin o‘tchil turlar Yana qayta Yaxshi ko‘karishi mumkin. Albatta, endigi Yangi ko‘kargan o‘t, birinchi boqishda eyilmagan o‘tdan yumshoqroq, tashki ko‘rinishidan ham chiroyliroq bo‘ladi. SHu sababli bu safar ham mollar ularni xush ko‘rib va ko‘proq istemol qiladi. Butun yil davomida xush ko‘rib eyiladigan turlar jadal istemol qilinganligi sababli kelasi yil uchun etarli miqdorda ozuqa zahiralari to‘plab ulgiraolmaydi va keyingi yillari hosildorligining keskin pasayib ketishicha olib keladi. Qorako‘lchilikni Yanada ravnaq toptirish va undan olinadigan mahsulotlar sifatini Yaxshilashning muhim omillaridan biri bu oziqa bazasini Yanada Yaxshilash va Yaylovlardan oqilona foydalanishni takomillashtirish hisoblanadi. Jumladan, qorako‘lchilikda qo‘rilgan madaniy Yaylovlar barpo etish soxaning mahsuldorligini oshiribgina qolmasdan, balki, qo‘l mehnati unumdorligini oshiruvchi, mexanizatsiYa jarayonini qo‘llash, mehnat unumdorligini keskin oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini ham beradi. Yiriklashtirilgan brigadalar usulida mol boqish qorako‘lchilikni sanoat usuliga ko‘chirish tomon Yakinlashtiradi. Utgan asrning 70-nchi yillaridan e’tiboran O‘zQCHEITI xodimlari tomonidan Samarqand viloYatining Nurobod tumani Karnob naslchilik zavodi (hozirgi R.Jahongirov nomli shirkat xo‘jaligi) shuvoq-efemerli Yaylovlari misol ishlab chiqilib dastlab 6800 ga maydonda, keyinchalik 32 ming gektardan ortiqroq maydonda sinovdan o‘tkazilgan qo‘rilgan madaniy Yaylovlar barpo etib cho‘l Yaylovlaridan foydalanish tartibi Yangi progressiv texnologiYaga iboratli misol bo‘lsaoladi. TexnologiYaning mohiYati shundaki, u sim to‘siqlar bilan qo‘rilgan zagonlardan (24) iborat bo‘lib Yaylovlarda suv ta’minoti suv o‘tkazuvchi tizim vositasida skvajinadan olinadi. Har bir zagonning umumiy sathi 265 gektardan kam emas. Ushbu zagonlarda boqiladigan qo‘y-qo‘zilar miqdori 4000 boshdan ortiq yiriklashtirilgan otarlar shaklida mol boqish tashkil etilgan. YAngi texnologiYaning eng muhim tomoni shundaki, unda Yaylov maydonlaridan foydalanishning Yaylov almashinuvi prinsiplariga amal qilib vaqti-vaqti bilan (mavsumlar va yillar bo‘ylab) dam berish va mahsuldorligini oshiruvchi fitomeliorativ chora-tadbirlar tizimi qo‘llanilib boriladi. CHo‘l xududlarida madaniy Yaylovlar barpo etishga oid maxsus qo‘llanmalar mavjudligini e’tiborga olib (S.A.Asomov, L.S.GaevskaYa, Z.SH.SHamsutdinov, N.A.Ibodov va boshqalar, 1980) Yangi texnologiYaga oid barcha turkum masalalarga batavsil to‘xtalib turmasdan yo‘nalishning 2 muhim qirrasi–Yaylov maydonini tashkil etish va undan foydalanish masalasiga e’tiborni qarataylik. CHo‘l xududlari uchun asosan yirik zagonli Yaylovlardan foydalanish tavsiYa etiladi. CHunonchi, shuvoq-efemerli Yaylovlardan foydalanishda uni 2 dalali 6 mol boqish zagonlariga ajratib bir yil davomida 2 martadan qorako‘lchilikda qabul qilingan kalendar muddatlarda mol boqiladi. Har bir zagonda mol boqish bosh soni va muddatlarini quyidagi formula asosida hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi: Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling