Yangi alifbo


Download 1.17 Mb.
Sana27.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1298865
Bog'liq
yangi alifbo

Yangi alifbo

  • Bilamizki, o‘zbek tili turli tarixiy davrlar va tuzumlar hukmronligi davomida turlicha - 1929 yilgacha arab yozuvi asosida, so‘ng 1929 – 1940 yillar oralig‘ida lotin yozuvi asosida, 1940 yildan boshlab to 1993 yilgacha kirill yozuvi asosida, 1993 yildan boshlab esa yana lotin yozuvi asosida ishlatib kelinmoqda.
  • Katta avlod vakillari hamon kirill yozuvidan foydalanayotgan bo‘lsa, maktab ta'limini 1994 yildan boshlagan va savodi lotin yozuvida chiqqan yosh avlod esa, tabiiyki, lotin yozuvidan o‘zi bilganicha foydalanib kelyapti.
  • Lotin yozuvida yozayotgan aholi qatlamining bir qismi uni imlo qoidalariga rioya qilgan holda ishlatayotgan bo‘lsa, boshqa qismi yozuvni o‘zi uchun qulaylashtirib, kirill yozuvidagi harflar bilan almashtirib yozib keladi.
  • 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida» Qonuni, mazkur qonunning o‘ziga o‘zgartirishlar kiritish haqida 1995 yil 6 mayda Qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, lotin yozuviga to‘liq o‘tish uzil-kesil hal bo‘lmagani sabab jamiyat aro yo‘lda sarson.
  • 2018 yilning may oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Prezidentning o‘sha vaqtdagi davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov imzolagan Harakatlar rejasida O‘zbekiston hukumati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish qoidalarining istisnosiz va so‘zsiz bajarilishini ta'minlash choralarini ko‘rishi haqida so‘z boradi.
  • Bunga qadar ham turli platformalarda lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosini takomillashtirish bo‘yicha turli taklif va fikrlar ilgari surilgan, ayni kunga kelib esa bu boradagi muhokamalar yana kuchaydi, chunki 2019 yilning yanvar oyiga qadar yuqorida keltirilgan qonun moddalarining istisnosiz bajarilishini ta'minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlar ishlab chiqiladi.
  • Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, undagi ba'zi harflarni o‘zgartirish borasidagi muhokamalar kundan-kunga qizimoqda. Kun.uz sayti alifboga kiritilajak o‘zgartirishlar va u bilan bog‘liq o‘zgarish keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan masalalarning texnik tomonlama yechimi, jamiyatga ta'siri, bu masalada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida mutaxassis va blogerlarning munosabati bilan qiziqib ko‘rdi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling