Yangi diniy harakatlarning noqonuniy faolyatlari. O’zbekistan respublikasida aniqlangan norasmiy jamoalar


Download 0.67 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1533633
Bog'liq
Yangi diniy harakatlarning noqonuniy faolyatlari . O’zbekistan respublikasida aniqlangan norasmiy jamoalar


Yangi diniy harakatlarning noqonuniy faolyatlari . O’zbekistan respublikasida aniqlangan norasmiy jamoalar
O’zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik. Din-larning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo’lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag’rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko’plab misollar keltirish mumkin.
Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilgan. O’sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o’rganganlar, ustoz-shogird bo’lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.
Hozirgi vaqtda O’zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o’z faoliyatini o’zaro teng huquqlilik, hamdo’stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo’stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko’ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir
Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin deganda, dunyoqa-rashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limot-lar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo’lishga undaydi.
Diniy bag’rikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojla-nishi barcha kishilarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy g’oya va mafkurani amalga oshirish yo’lida birlashtiradi. U mafkurani milliy g’oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi.
Aksincha, diniy bag’rikenglikni tor ma’noda tushunish, bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg’itib, kishilarni o’zaro guruhlarga bo’lib yuborishi mumkin. Shuningdek, ayrim guruhlarning g’arazli manfaat-lariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga keltiradi.
O’zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o’tish davrida diniy bag’rikenglik qanchalik muhim bo’lsa, diniy bag’rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g’oyalari, o’z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini anglab olishga yordam beradi
Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat SHarq emas, balki, Farb tsivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e’tiqod, an’ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma’naviy mezonlarni o’zida aks ettiradi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo’yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasi, Evangel xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rim katolik cherkovi, To’liq injil xristianlar markazi, O’zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta Krishnanani anglash jamiyati va 13 ta diniy o’quv yurti (1 ta Islom masjidi, 10 madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta to’liq injil xristianlari seminariyasi) davlat ro’yxatidan o’tgan.
O’zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o’rtasida andoza sifatida qo’llash mumkin bo’lgan yangi nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bag’rikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlangani, qolaversa, tabarruk zaminimizning azaldan umumjahon tamadduni markazlaridan biri bo’lgani barchaga ayon.
So’nggi yillarda butun dunyo, shu jumladan, mintaqamizda kuchayib borayotgan diniy aqidaparastlik va jangarilik islomning asl mohiyati bo’lgan bag’rikenglikka zid bo’lgan harakatlarga sabab bo’lmoqda. Bu harakat va g’arazli oqimlarning nomlari va shiorlari turlicha bo’lishiga qaramay, maqsadlari bir - dindan niqob sifatida foydalanib, davlat siyosatiga aralashish, hokimiyatni qo’lga kiritishdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezi-denti I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida, jumladan, shunday deydi: “Biz din bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, milliy bag’rikenglik - turli millatga mansub kishilarning bir-birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va an’analarini, milliy-madaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadr-qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali amalga oshadigan o’ziga xos ma’naviy kenglikni (bag’rikenglikni) anglatadi. Milliy bag’rikenglik bunga zid bo’lgan, milliy manfaatga ziyon etkazish hisobiga ta’minlanmaydi. U turli millat manfaatlarini uyg’un ko’rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling