Yangi o’zbekiston bog’I


Download 134.92 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi134.92 Kb.
#1194860
  1   2   3
Bog'liq
“YANGI O’ZBEKISTON BOG’I” yaratilish tarixi va mazmuni haqida ilmiy-falsafiy insho yozing.



Mamadaliyeva Gulhumor

YANGI OZBEKISTON BOGIyaratilish tarixi va mazmuni haqida ilmiy-falsafiy insho yozing.




Yangi Oʻzbekiston“ bogʻi — Oʻzbekistonning eng yirik va koʻlamdor madaniyat va istirohat bogʻlaridan biri. Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanidagi 104 gektar maydonda bunyod etilgan. Bogʻning markaziy qismida Mustaqillik monumenti barpo etilgan. „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻining qurilishi Toshkent shahrining maydoni kengayishiga sabab boʻldi. Madaniyat va istirohat bogʻining maydoni Mirzo Ulugʻbek tumaniga qoʻshib berildi[2].
„Yangi Oʻzbekiston“ bogʻi va Mustaqillik monumentining tantanali ochilish marosimi 2021-yil 31-avgustda oʻtkazilgan[3][4], unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq soʻzlagan[5]. Shundan soʻng Oʻzbekistonning boshqa hududlarida „Yangi Oʻzbekiston“ nomi bilan yoppasiga yangi bogʻlar qurila boshladi.
2022-yildan Oʻzbekistonga kelgan oliy va yuqori darajadagi mehmonlar tomonidan „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyish marosimi anʼanaga aylandi.
Bogʻning qurilishi tarixi
„Yangi Oʻzbekiston“ bogʻiga ilk koʻchatlar oʻtqazilib, koʻkalamzorlashtirish ishlari 2021-yil 1-mayda boshlab yuborildi. Keyinchalik keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. 2000 dan oshiq quruvchi va ishchi, 200 dan koʻproq maxsus texnika jalb qilindi. Kashtan, eman, chinor, lola, nastarin kabi manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekildi.
Bogʻning markaziy qismida Mustaqillik monumenti barpo etilgan. Dastlab „Istiqlol“ majmuasi deb nomlangan monument Toshkentning markaziy qismidagi „Moviy gumbazlar“ xiyobonida qurilishi rejalashtirilgan edi[7], 2021-yil 3-fevralda majmua konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan. „Moviy gumbazlar“ xiyobonining buzilishi va uning oʻrnida yangi monument qurilishi haqidagi gaplar mahalliy aholida norozilik uygʻotib, „Moviy gumbazlar“ni buzishga qarshi imzolar yigʻilgan[8] va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar boshlanib, xiyobonni saqlab qolishga chaqiruvchi fleshmoblar uyushtirilgan edi[9].
„Yangi Oʻzbekiston“ bogʻi va Mustaqillik monumenti qurilishining pudratchisi Mimar Group hisoblanadi. Qurilish-montaj ishlari qiymati mos ravishda 146,5 milliard va 47,8 milliard soʻmga baholangan[10].
Quruvchi tashkilot va Turkiyaning Outdoor Factory (Açıkhava Fabrikası) kompaniyasi oldida ushbu monument loyihasini qisqa muddatlarda barpo qilish vazifasi yuklatiladi.[11] Ammo Turkiyada COVID-19 pandemiyasi sababli belgilangan karantin cheklovlari natijasida zarur mutaxassis va xom ashyo mahsulotlarini oʻz vaqtida Oʻzbekistonga olib kelish imkoniyati boʻlmaydi. Natijada monumentda muhim boʻlgan tarixiy shaxslar, davlat arboblari va hodisalarni aks etuvchi detallari toʻliq oʻrnatilmaydi. Muddatning qisqaligi sababli bu ishlarni amalga oshirish Mustaqillik bayrami oʻtkazilganidan keyin amalga oshirilishi rejalashtiriladi[10].
Bogʻ qurilishining birinchi bosqichi tugatilib, 2021-yilning 31-avgustida „Yangi Oʻzbekiston“ majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[5]. Bir haftadan soʻng esa bogʻ qurilishining ikkinchi bosqichiga start berildi[2].
Turkiyada COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq cheklovlar yumshatilgandan keyin, 2021-yilning kuzida Turkiyaning Outdoor Factory (Açıkhava Fabrikası) kompaniyasi tomonidan Mustaqillik monumentida Turkiyadan olib kelingan materiallardan qayta rekonstruksiya ishlari olib borildi.
Bogʻda oʻtkazilgan tadbir, bayram va marosimlar.
„Yangi Oʻzbekiston“ bogʻi umumxalq bayramlari, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun ham moʻljallangan[5].
2022-yilgi Yangi yil bayrami asosiy tantanalari „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻida boʻlib oʻtdi, Oʻzbekistonning eng katta archasi shu bogʻda oʻrnatildi[12]. Yangi yil bayrami munosabati bilan 2021-yil 20-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha Toshkentning „Doʻstlik“ metro bekatidan „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻigacha bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi[13].

Download 134.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling