Yangi o‘zbekiston yoshlarini tarbiyalashda musiqa ta’limining maqsad va vazifalari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1602122
  1   2
Bog'liq
yangi-o-zbekiston-yoshlarini-tarbiyalashda-musiqa-ta-limining-maqsad-va-vazifalari



YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI TARBIYALASHDA MUSIQA 
TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Asal Farhod qizi Xayriddinova 
Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Zokir o‘g‘li Mo‘minmirzo 
mominmirzoxolmominov@gmail.com 
O‘zbekiston davlat san’at va ma’daniyat instituti 
Annotatsiya: Maqolada musiqaning inson salomatligi, tarbiyasi va ruhiyatidagi 
o‘rni, ahamiyati, shuningdek Prezidentimizning musiqiy ta’limning rivojlantirish 
xususidagi qarorlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Musiqa, Cholg‘u asboblari, ma’naviyat, “Besh tashabbus”, 
Prezident qarori, musiqa maktablari, madaniyat markazlari.
GOALS AND TASKS OF MUSIC EDUCATION IN EDUCATING THE 
YOUTH OF NEW UZBEKISTAN 
Asal Farhod kızı Khayriddinova 
Research advisor: Muminmirzo Kholmumminov 
mominmirzoxolmominov@gmail.com 
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
Abstract: The article talks about the role and importance of music in human 
health, education and psyche, as well as the President's decisions regarding the 
development of musical education. 
Keywords: Music, musical instruments, spirituality, “Five Initiatives”, 
Presidential Decree, music schools, cultural centers. 
Musiqa - hech narsa bilan o‘lchab, solishtirib bo‘lmaydigan beqiyos ilohiy 
ta’sir kuchiga ega. Shavkat Mirziyoyev 
Musiqa ellarni-ellargga, dillarni-dillarga bog‘lovchi, kishi estetik didini 
tarbiyalovchi hamda madaniy saviyasini oshiruvchi mo‘jizaviy vositadir. Musiqa bu 
tarbiyaning eng faol turi hisoblanadi Bola tug‘ilgandan so‘ng ilk bor ona allasini 
tinglab orom oladi. Ona allasiga Vatanga muhabbat, ona yurtiga sadoqat kabi insoniy 
tuyg‘ular mujassamdir. Musiqa ta’limi va tarbiyasi o‘quvchi yoshlarni komil inson 
qilib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda biz o‘zbek xalqining musiqa 
madaniyati juda uzoq, boy tarixga ega ekanligini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Sababi, 
tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq 
bastakorlik yo‘llari, shuningdek, folklor- havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
36
http://oac.dsmi-qf.uz


va usluban bir-biriga yaqin ijrochilk ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib kelmoqda va 
ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma’naviy madaniyatimizning bir 
bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tarixdan ma’lum ma’naviyatimizning asosiy 
bo‘g‘ini bo‘lgan musiqiy madaniyatimiz, an’anaviy qo‘shiqlarimiz, maqom ijrolari 
hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma’naviy ozuqa sifatida e’tirof etib 
kelingan. Xalq og‘ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham 
musiqa ularga hamroh bo‘lgan. Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan 
kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma’naviyatimizning bir 
bo‘lagi bo‘lgan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy 
madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir 
holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma’naviy 
dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy musiqa va 
qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab 
kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda mustaqillikka, 
mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita 
sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi 
san’ati milliy musiqa san’atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq 
holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san’at turlaridan hisoblanadi. 
Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha 
davrlardagidek bugun ham “labbay” deb javob bermoqda. Lekin, shu bilan bir 
qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar 
yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlanishida bosh omillardan bo‘lmish musiqiy 
san’at bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va san’atkorlarga muhim vazifa 
qilib qo‘yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va 
yangi hayotni boshlab yuubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida 
o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, 
“Ma’naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, 
an’ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy 
o‘zlikni anglash singari ko‘p omillarni o‘z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini 
belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi”.
Biz yangi jamiyat qurar ekanmiz, Vatanimizning kelajagi bo‘lmish barkamol 
avlodning tarbiyasi biz uchun juda muhimdir. Uning dunyoqarashini rivolantirish, 
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash bizning asosiy vazifalarimizdandir. Shuningdek 
XXI asrni “Intellektual yoshlar asri” deb nomlanishi ham bejiz emas. Ertangi kun 
egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama bilimli va salohiyatli, tanlagan kasbining 
ustasi bo‘lishi uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Shunday ekan, 
yoshlarning to‘g‘ri tarbiya topishida, millatimiz va Vatanimizga sadoqat ruhida 
ulg‘ayishida musiqa va san’atning o‘rni beqiyosdir.[1:168] Yuqorida aytganimizdek, 
bola tarbiyasida eng faol yo‘l bu - musiqa. Ma’lumki, yaxshi oilaviy muhitda 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
37
http://oac.dsmi-qf.uz


tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi turli voqea-hodisalar, urf-odat, madaniyat va 
san’atga oid taassurotlari ko‘pincha ijobiy kechadi. Oiladagi birlikda televizor 
ko‘rish, konsert tomosha qilish, teatr tomosha qilish va o‘z taassurotlarini 
o‘rtoqlashish kabi muloqotlar bolalar dunyoqarashini o‘stirib, hayotiy voqealarni aks 
ettiruvchi adabiyot, san’at, musiqani mohiyatini tushunish va badiiy idrok etishga 
olib keladi. O‘ylashimcha, musiqa tarbiyasini avvalo oiladan boshlash eng ma’qul 
yo‘l sanaladi. Chunki, musiqaga qiziqish oiladagi muhitga bog‘liq. Agar oilada 
o‘zaro san’atga bo‘lgan munosabat yuqori ruhda, baland ishtiyoq hamda hurmatda 
bo‘lsa bolada o‘z-o‘zidan qiziqish, ijtimoiy-psixologik muhit paydo bo‘ladi. 
Xususan, eng avvalo musiqaga oilaviy muhiti yiroq bo‘lgan bolalarni qiziqtirish 
uchun ham va qiziqqan bolalarni yanada dunyoqarashini oshirish uchun ham o‘rta 
ta’lim maktablarida, maktabgacha ta’lim muassasalarida san’at ustalari bilan ijodiy 
uchrashuvlar, ko‘ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish, ularning musiqa haqidagi 
tasavvurlarini kengaytirish, o‘quvchi yoshlarning qiziqishini o‘stirib, bo‘sh vaqtlarini 
behuda sarflamasliklarini oldini olishimiz mumkin. Bejizga davlatimiz rahbari 
Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan “Besh muhim 
tashabbusni” joriy qilmadi. Aynan shu besh tashabbusning birinchi yo‘nalishi musiqa 
va san’atga bag‘ishlangan. Mana shundan ham ko‘rinib turibdiki, musiqaning yosh 
avlod tarbiyasidagi o‘rni kattaligi.
Biz insonning ruhiy komoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga 
musiqa san’atisiz erishib bo‘lmaydi.
Musiqa - o‘z tabiatiga ko‘ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg‘otuvchi. 
Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi.
Musiqa - tinglovchini ham ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka 
undovchi kuchli vosita.
Shu o‘rinda yana bir fikrni aytib o‘tish joiz. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida :”Eng muhimi 
bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodlarimizning ma’naviyat ruhida kamol 
topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir 
ko‘rsatmoqda”, - deb musiqa san’atining yosh avlodning ma’naviy barkamol bo‘lib 
yetishishidagi muhim ahamiyatini ta’kidlab o‘tganlar. 
Mustaqillikning 31 yillik davri mobaynida mamlakatimizda ko‘p sohalar qatori 
musiqa san’atida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar 
so‘nggi olti yillikda ham davom etib kelmoqda. Buning samarasi o‘laroq, musiqa 
san’atini keng ko‘lamda rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Yosh 
avlodga milliy va jahon musiqalari asosida ta’lim-tarbiya berish yo‘lida muhim ishlar 
amalga oshirildi. Xususan, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
“Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-
taddbirlar to‘g‘risidagi” qarori imzolandi.[2:1] Mazkur qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
38
http://oac.dsmi-qf.uz


ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini 
chala olish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi 
hujjatlari (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. Musiqa fanining o‘qituvchilari 
esa milliy cholg‘ulardan kamida bittasini, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab esa 
kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi. Ularga 
asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars o‘tish va 
to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida 
“Hayotimga hamrohdir cholg‘u” shiori ostida “cholg‘u ijrochiligi” mashg‘ulotlari 
yo‘lga qo‘yiladi. Maktablarni notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar 
bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
2022-2024-yillar davomida 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 
826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamda ta’minlanadi. 
Buning uchun respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda jami 205 mlrd 
so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar uchun milliy musiqa cholg‘ulari, 
tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar tashkil 
etish uchun 2022-yilning o‘zida 92 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. O‘zbekistonda 
ishlab chiqarilmaydigan cholg‘u asboblari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, texnik 
jihozlar, chiroqlar, maxsus liboslar O‘zbekistonga olib kiritilishiga 2025-yilning 25-
yanvarigacha bojxona bojidan ozod etiladi. Bulardan ko‘zlangan maqsad ta’lim 
muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, 
qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish, yosh iste’dodlarni 
aniqlashdir. 
Bundan tashqari, musiqa nafaqat insoning tarbiyasiga, balki, uning salomatligiga 
ham ulkan ta’sir qiladi. Hatto qadimgi odamlar ham san’atning shifobaxsh ta’siri 
borligini bilishgan! Masalan, Qadimgi Yunonistonda Pifagor o‘zining Krotone 
universitetida kunni qo‘shiq kuylash bilan boshlar ekan. Sababi, musiqa ertalab - 
ongni uyqudan tozalash va faollikka rag‘batlantirishga, kechqurun - tinchlanish va 
dam olishishiga xizmat qilar ekan. Qadimgi zamonlarda musiqa va tibbiyot 
markazlari odamlarni melankolik, asab kasalliklari va yurak-qon tomir tizimi 
kasalliklaridan davolagan ekan. Musiqa aqliy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi, inson 
aql-zakovatini uchun ma’sul bo‘lgan hujayralar o‘sishini tezlashtiradi. Pifagor 
maktabida matematika darslari musiqa sadolari bilan birga olib borilishi bejiz emas, 
bu esa miyyaning samaradorligi va aqliy faoligini oshiradi. Nafaqat qadimda, biz 
yashab turgan jamiyat taraqqiyotida musiqa va san’atning o‘rni beqiyosdir. Har bir 
millat va ellatlarni birlashtiradigan, an’analarimizni mustahkamlaydigan ham mana 
shu hisoblanadi. Har qanday ko‘ngilni o‘ziga rom eta oladigan, insonlarning qalbiga 
ezgulik urug‘ini ekib, boshqa yomon illatlarga qarshi kurashadigan ham musiqa 
desak mubolag‘a emas. “Komil musiqa qalbni shunday larzaga keltiradiki, bu 
hissiyotni sevimli mavjudotlardan bahra olayotgan kabi holatda bo‘lgandek his etasiz, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
39
http://oac.dsmi-qf.uz


ya’ni musiqa so‘zsiz, dunyoda bor bo‘lgan eng yorqin baxtni ato etadi”, - degan edi 
Stendal.[3:7] Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi va aniqki, so‘zsiz 
uni bizga bo‘lgan ta’siri beqiyosdir. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, musiqa tarbiyasi shaxs sifatida 
shakllanayotgan bolalarning qalbida milliy ruhni kamol toptirish, ma’naviy va 
axloqiy madaniyatni, musiqiy didni shakllantirish, musiqiy tasavvurlarini yanada 
boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini, tashabbuskorlik 
qobiliyatlarini kamol toptirishdir. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling