Yangi samarali ftalosinin pigmentlarini olish texnologiyasi


Download 134.88 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi134.88 Kb.
#1540965
Bog'liq
Qarshi YANGI SAMARALI


YANGI SAMARALI FTALOSININ PIGMENTLARINI OLISH TEXNOLOGIYASI
Sodiqov Sardorbek Husanovich,
doktorant, Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
E-mail: sardorbek.sodiqov.90@bk.ru Tel: 995867008
Beknazarov Hasan Soyibnazarovich
Texnika fanlari doktori, professor.
Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Djalilov Abdulahat Turapovich
Kimyo fanlari doktori,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi,
Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Turayev Xayit Xudaynazarovich
Kimyo fanlari doktori, professor.
Termiz davlat universiteti
Bugungi kunga kelib nafaqat mamlakatimiz balkim MDH mamlakatlarida organik kelib chiqishiga asoslangan pigmentlarga talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Shu kelib chiqib ftalosiyanin organik pigmentlarini olish usullari va ularning xususiyatlarini o'rganish dolzarbdir[1].
So‘ngi yillarda ftalotsianin Ps birikmalarining juda ko‘p turlari o‘rganilgan, bu turdagi pigmentlar o‘tgan asrning 30-yillarida kashf qilingan. Ftalotsianin birikmalarining bir nechta vakillari yuqori sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib, bulardan: metallsiz H2Pc, mis kompleks CuPc va xlor hosilali CuPc-Cln (n = 1-15) [2] birikmalar. Olinish usullari yaxshi o‘rganilgan va tannarxini arzonlashtirish maqsadida sanoat miqyosida ishlab chiqarilmoqda (H2Pc uchun 7-15 € yevro) [3].
Ftalotsianinlarning tarkibiy xususiyatlari. Ftalotsianin barqaror 18 elektronli aromatik π-tizimga ega bo‘lib, elektron zichligi makrosikl bo‘yicha teng taqsimlangan. Makrosiklning simmetriyasi metallning markaziy atomiga bog‘liq va makrosikl tekisligida metall atomi bo‘lgan metall ftalotsianinlar H2Pc xarakteristikasi bo‘lgan D2h simmetriyasiga nisbatan D4h simmetriyasiga ega. Metall MPc atomiga ega bo‘lib, u kattaligi tufayli tekislikni tark etadi, simmetriya C4v ga kamayadi. Metall ftalotsianinlar ikkita polimorfik modifikatsiyada mavjud bo‘lib, ularni IQ spektroskopiyasi va rentgen nurlari difraksiyasi yordamida ajratib ko‘rsatish mumkin. [4].
Ishlab chiqarish sharoitlarining o‘zgarishi muayyan almashtirilgan ftalogenlarning o‘ziga xosligi va barqarorligi bilan belgilanadi. Pc sinteziga oid bir qator yangi yondashuvlar, masalan, mikroto‘lqinli nurlanish ostida yoki ionli suyuqliklar muhitida aks ettirilgan [5].
Tajribaviy qism: Qaytar sovutgich va avtomatik aralashtirgich o‘rnatilgan uch og‘izli kolbaga 14,8 gr ftalangidrid qo’shildi va 24 gr karbamid qo‘shib 120-145 °C haroratda 6 daqiqa qizdirildi. Reaksion arashma bir xil suyuq massaga aylangandan so’ng, 8 gr ammoniy nitrat qo’shildi va 165-180 °C haroratgacha oshirildi. 10-12 daqiqada reaksion aralashmabir xil massaga (oq ko’pik sifat) aylangandan keyin 5% natriy gidroksidda yuvib olindi va 10,8 g 1,6-geksametilendiamin qo‘shildi va reaksion aralashma 200 °C haroratgacha qizdirib turilib katalizator va mis (I) xlorid qo’shiladi natijada, 15-20 daqiqa vaqtdan so‘ng bir jinsli to’q kok rangli suyuq massa aylanadi. So’ngra hosil bo‘lgan massa 1─1,5 soat 95-100 °C haroratda qizdirilib intensiv aralashtirish, davom ettiriladi reaksiya so’ngida ko’k rangli g’ovaksimon modda hosil bo’ladi.
Hosil bo‘lgan massa xona haroratiga qadar sovitiladi va chinni hovonchada maydalanadi, unga 50 ml (90 %) li sulfat kislota erituvchi sifatida qo‘shiladi. Bu jarayonda ko’k rangli g’ovaksimon massa eriydi. Erish jarayonida eritma qizishni boshlaydi, shuning uchun erigan mahsulotga distillangan suv qo‘shilib aralashtiriladi. Bunda reaksiyaga kirishmay qolgan boshlang‘ich mahsulotlar hamda oraliq mahsulotlar erib chiqadi. Eritmani neytrallash uchun distillangan suvda yuvildi. Neytrallangan eritmani byuxner voronkasida filtrlab, olingan mahsulot pechda 80 °C haroratda quritiladi. Olingan mahsulot 31.2 g ni tashkil qildi.
Natija va ularning muhokamasi:

1-Rasm. Reaksiyaga kirishgan ftalotsian va ftalangidridning tarkibini IQ-spektri.
Reaksiya natijasida olingan moddaning IQ-spektr “IR Tracer-100” (SHIMADZU CORP., Yaponya,) analizlari tahlilidan kelib chiqib 3059.10 sm-1 sohada (-CH2-) bog’lari, 1689 sm-1 sohada (R`C=CR`) bog’lari mavjudligi, 1602 sm-1 sohada (C=C) bog’lar bolishi, 1467 sm-1 sohada izoindol mavjudligi, 1257 sm-1 sohada pirrol mavjudligi, 1215 sm-1 tekislikda (C-H) mavjudligi, 975sm-1 sohada benzol halqa maavjudligi, 744sm-1 sohada ftalosian halqalari mavjud bo’lishi o’rganildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Сoдиков С.Х., Бекназаров Х.С., Джалилов А.Т. Синтез и термический анализ фталоцианинового пигмента черного цвета на основе парафенилдиамина // Universum: 2022. 12(105). URL:
2. Herbst W., Hunger K. Industrial organic pigments: production, properties, applications.Weinheim: Wiley-VCH, 2004. 672 p.
3. Erk P., Hengelsberg H. Phthalocyanine dyes and pigments // The porphyrin handbook. Netherlands: Elsevier Science, eds.: Kadish K. M., Smith K. M., Guilard R. 2003. V.
4. Kobayashi T. The metal-ligand vibrations in the infrared spectra of various metal phthalocyanines / T. Kobayashi, F. Kurokawa, N. Uyeda, E. Suito //Spectrochimica Acta Part A: Molecular Spectroscopy. – 1970. – Т. 26 – № 6– P. 1305–1311.
5. Patton T. C. Paint flow and pigment dispersion. New York: Wiley, 1979. 656 p.
Download 134.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling