Yapon-ingliz guruhi filologiya. Ashropov Yusuf


Download 39 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi39 Kb.
#138604
Bog'liq
3-variant


Yapon-ingliz guruhi. filologiya. Ashropov Yusuf

3-variant

1. O'zbekiston Respublikasida davlat milliy budjetining taqsimoti va soliq siyosati.

2. Fuqarolik jamiyati - insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi.

3. O'zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi.

1. Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudejeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi va hujjat 10-dekabrdan kuchga kirgani haqida xabar berilgandi. Qonunga koʻra, davlat byudjetining jami miqdori 100 trillion soʻmdan oshgan.

Davlat byudjetining jami miqdori – 100 trillion 830 milliard 566,4 million soʻmni tashkil etadi.Undan:

Joriy xarajatlarga — 74 trillion 26 milliard 964,4 million soʻm;

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga — 12 trillion 441 milliard 609,1 million soʻm;

davlat maqsadli fondlariga transfertlar — 9 trillion 248 milliard 82,8 million soʻm;

Oʻzbekiston Respublikasi byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar — 5 trillion 113 milliard 909,9 million soʻm.

Moliya vazirligi — 27 trillion 588 milliard 744,1 million soʻm;

Xalq taʼlimi vazirligi — 18 trillion 616 milliard 652,2 million soʻm;

Maktabgacha taʼlim vazirligi — 5 trillion 178 milliard 570,5 million soʻm;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi — 3 trillion 314 milliard 709,3 million soʻm;

Sogʻliqni saqlash vazirligi — 3 trillion 70 milliard 202,4 million soʻm;

Suv xoʻjaligi vazirligi — 2 trillion 682 milliard 3,5 million soʻm;

Transport vazirligi — 2 trillion 668 milliard 331,5 million soʻm;

Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi — 2 trillion 284 milliard 205 million soʻm;

Vazirlar Mahkamasi — 1 trillion 480 milliard 696,8 million soʻm;

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — 1 trillion 457 milliard 430,6 million soʻm;

Davlat soliq qoʻmitasi — 1 trillion 38 milliard 509,6 million soʻm;

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi — 893,5 milliard 535,9 million soʻm;

Madaniyat vazirligi — 746 milliard 516,2 million soʻm;

Prezident Adminstratsiyasi — 742 milliard 577,9 million soʻm;

Bosh prokuratura — 734 milliard 184,7 million soʻm;

Innovatsion rivojlanish vazirligi — 604 milliard 557,8 million soʻm;

Qishloq xoʻjaligi vazirligi — 535 milliard 749,6 million soʻm;

Oliy sud — 448 milliard 920,4 million soʻm;

Tashqi ishlar vazirligi — 421 milliard 426,5 million soʻm;

Milliy teleradiokompaniya — 420 milliard 216,5 million soʻm;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 408 milliard 182,6 million soʻm;

Yoshlar ittifoqi — 372 milliard 52,5 million soʻm;

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — 235 milliard 138,6 million soʻm;

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — 224 milliard 590,6 million soʻm;

OʻzFA — 218 milliard 352,6 million soʻm;

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — 188 milliard 245,1 million soʻm;

Davlat statistika qoʻmitasi — 151 milliard 260,1 million soʻm;

Adliya vazirligi — 130 milliard 378 million soʻm;

Xotin qizlar qoʻmitasi — 121 milliard 518 million soʻm;

Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 120 milliard soʻm;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 115 milliard 155,8 million soʻm;

Qurilish vazirligi — 98 milliard 551,8 million soʻm;

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi — 98 milliard 113,8 million soʻm;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi— 95 milliard 34,9 million soʻm;

Gidrometeorologiya xizmati markazi — 73 milliard 862,7 million soʻm;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 65 milliard 590,4 million soʻm;

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi — 42 milliard 188,9 million soʻm;

Energetika vazirligi — 41 milliard 59,5 million soʻm;

Oliy Majlis Senati — 20 milliard 962,8 million soʻm;

Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qoʻmitasi — 19,9 milliard 916,2 million soʻm;

Sudyalar oliy kengashi — 18 milliard 709,7 million soʻm;

“Oʻzstandart” agentligi — 16 milliard 367,1 million soʻm;

Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi — 14 milliard 432,1 million soʻm;

OʻzA — 11 milliard 695,7 million soʻm;

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi — 9 milliard 669,1 million soʻm;

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi — 9 milliard 446,2 million soʻm;

“Oʻzarxiv” agentligi — 8 milliard 627,9 million soʻm;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 8 milliard 442 million soʻm;

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz — 7 milliard 530,2 million soʻm;

Markaziy saylov komissiyasi — 4 milliard 315 million soʻm;

Ombudsman — 3 milliard 943,6 million soʻm;

Konstitutsiyaviy sud — 3 milliard 766,4 million soʻm;

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — 3 milliard 478,7 million soʻm;

Innovatsion sogʻliqni saqlash palatasi — 2 milliard 437,9 million soʻm;

“Nuroniy” jamgʻarmasi — 1 milliard 743,4 million soʻm;

Boshqa tashkilotlar — 22 trillion 938 milliard 85,5 million soʻm.

Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.

Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.

Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.

Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:

Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi.

2.Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.

Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.

3.Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.

Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi.

XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi.



Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.

Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi — bu davlat va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali faoliyati bilan bogʻliq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa moʻljallangan maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib boʻlmaydi. Modernizatsiya oʻz umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini yangi sifat va talablar darajasiga koʻtarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib keladi. Bu jarayonlar bevosita mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling