Yaratilgan sanasi: Tue, 28 Mar 2023 13:54:57 +0500
Page 1
1-savol:
.
Bir-biridan
bexabar holda Hindiston, Xitoy va Misrda 3 ming yillar oldin yaratilgan buyum 1850-yil
Angliyada patentlangan. Qadimda boylar undan foyalansa ham uni deyarli qo‘llariga ushlashmagan,
chunki
u doim qulning qo‘lida bo‘lar edi. Savol: Gap qaysi buyum haqida ketmoqda?
Javob:Soyabon
2-savol:
.
17 asrda Jon Bulver notiqlar uchun qo‘llanma ishlab chiqdi. Unda qanday qilib omma oldiga chiqishni
mazmunliroq qilish haqida yozilgan edi.
Keyinchalik, bu qo‘llanma Britaniyada UNGA asos bo‘ldi. Savol: Uni
ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Imo-ishoralar tili.
Izoh: Qo‘llanmada so‘zlar ommaga kuchli ta’sir qilishligi uchun imo ishoralardan foydalanish tavsiya
qilingan edi.
3-savol:
.
NBA (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) ning gruziyalik basketbolchisi Zaza Pachuliya AQSHda o‘zini o‘z
uyidagidek his qilgan. Savol: U qaysi shtat sharafini himoya qilgan?
Javob:Jorjiya.
Izoh: Ingliz tilida Gruziya ham Jorjia deb talafuz qilinadi.
4-savol:
.
1913-yildan beri Rio-de-Jeneyro katolik yeparxiyasi
vaqti-vaqti bilan ishlatilib, foydalanilib turadigan tosh
zaxirasini saqlab keladi. Bu toshlar ularga chaqmoqli ob-havodan keyin zarur bo‘ladi. Savol:
Aytinchi, ular
bu toshlarni nimani restavratsiya qilishga ishlatadilar?
Javob:Iso haykalini.
Izoh: 1931-yilda o‘rnatilgan haykal bir yilda o‘rtacha to‘rtta kuchli chaqmoq zarbiga duchor bo‘ladi.
Masalan, 2013-yil dekabrida haykal o‘ng qo‘lidagi barmoqdan ayrilgan. Uni vaqtida ta’mirlash uchun
yeparxiya tosh zahirasini saqlaydi.
5-savol:
.
Yaratilgan sanasi: Tue, 28 Mar 2023 13:54:57 +0500
Page 2
Professor Kaytlin Kratter Ularning o‘lchamlarni aniq tasavvur etish uchun avval yerga bir kilogramm tosh,
so‘ngra
ikki kilogramm, keyin o‘n to‘rt kilogramm tosh qo‘ydi. Eng katta yetti tonnalik ob’yekt esa uni
ifodalar edi. Savol: Nimani?
Javob:Yupiter.
Izoh: Professor sayyoralarni bir-biriga nisbatan kattaligini tasavvur qilish uchun shunday usul qo‘llaydi.