Yarim o’tkazgich rezistorlarning tuzilishi. Reja


Download 157 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi157 Kb.
#1525861
  1   2   3   4   5
Bog'liq
rezistorlar


YARIM O’TKAZGICH REZISTORLARNING TUZILISHI.


REJA:



  1. Rezistorlar va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar hamda ularning turlari.

  2. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas rezistorlar va ularning xossalari.

  3. Rezistor tuzilishi va ulanishini o`rganish.

  4. Rezistolar o`zaro ulanishi.

  5. Xulosa.



Rezistorlar va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar hamda ularning turlari.

Rezistorlar elektron qurilmalarning muhim detallaridan biri hicoblanadi va ularning deyarli hammasida ishlatiladi.


Rezistorlar sxemalarning ba’zi bir nuqtalariga keltirilgan kuchlanishni pasaytirish uchun, ya’ni kamaytiruvchi sifatida ishlatiladi. Ular reaktiv elementlar bilan birga har xil filtrlarni tashkil qiladi, kuchaytirgichlar sxemasida yuklama qarshiligini va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
O‘zgaruvchan rezistorlar yordamida radioqurilmalarning turli zanjirlaridagi tok va kuchlanishni sozlash mumkin bo‘ladi.
Quyidagilar rezistorlarni tavsiflovchi asosiy parametrlar hisoblanadi:
1) qarshilikning nominal miqdori;
2) nominal miqdordan yo‘l qo‘yilgan og‘ish;
3) nominal tarqalish quvvati;
4) ish harorati oralig‘i, yo‘l qo‘yilgan nisbiy namlik va atmosfera bosimi;
5) o‘ziga xos shovqin darajasi.
Rezistorning n o m i n a l miqdori uning ustida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Miqdori 999 Om gacha bo‘lgan qarshilik Om (om, Ώ ) bilan, 1000 dan 99 000 Om gacha — ming Om (ming om, m. Ώ) yoki kiloom (kom,kΏ) bilan, 100 000 Om va undan oshig‘i — megom (MOm, MΏ) bilan ifodalanadi.
Nominal miqdordan yo‘l qo‘yilgan og‘ish miqdori rezistorning ustida ko‘rsatiladi va aniqlik sinfiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p rezistorlar uch aniqlik sinfiga ega:
1-sinf, nominal miqdordan og‘ish ± 5%;
2-sinf, nominal miqdordan og‘ish ± 10%;
3-sinf, nominal miqdordan og‘ish ± 20%.
Nominal tarqalish quvvati rezistorda ajraladigan quvvat bo‘lib, bunda rezistor yo‘l qo‘yilgan miqdorda qiziydi.
Tok (I) qarshilik (R) orqali o‘tganda rezistorda vujudga keladigan quvvatni quyidagi formula biln aniqlash mumkin:

Bu quvvatning miqdori rezistor ustida ko‘rsatilgan nominal tarqalish quvvatidan oshmasligi kerak.
Ish haroratlari oralig‘i rezistorning radioapparaturada normal ishlashiga imkon beradigan haroratlar oralig‘ini ko‘rsatadi.
Ish haroratlari oralig‘idan tashqari, qarshilik miqdorining o‘zgarishini haroratning o‘zgarib turishiga bog‘liqligini ham hisobga olish kerak. Bu o‘zgarish harorat 10S ga o‘zgarganda qarshilik miqdori qanchalik o‘zgarishini ko‘rsatuvchi harorat koeffisiyenti bilan tavsiflanadi.

1-rasm. Rezistorlarning tashqi ko‘rinishi:
a - VS turidagi; b- MLT turidagi; v - ULM turidagi.

Rezistorlar sezuvchanligi yuqori radiopriyomnik qurilmalar va o‘lchash apparaturasida ishlatilganda o‘ziga xos shovqin darajasi muhim o‘rin o‘ynaydi. Qarshilik vujudga keltirgan signallar uning o‘ziga xos shovqini hisoblanadi. O‘ziga xos shovqin darajasi mikrovolt (mkv) bilan o‘lchanadi. Radioqurilmalarning yuqori sifatli ishlashi uchun rezistorlarning o‘ziga xos shovqin darajasi mumkin qadar past bo‘lishi kerak.





Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling