Yarim o’tkazgichlarda zonalar nazariyasi
Download 18.26 Kb.
|
Yarim o\'tkazgichlarda zonalar nazariyasi
Yarim o’tkazgichlarda zonalar nazariyasi Qattiq jismlarning zonaviy nazariyasining asosiy qoidalaridan foydalanib, nima uchun qattiq jismlar o‘tkazgichlar, yarimo‘tkazgichlar va dielektriklarga bo‘linish sabablarini ko‘rib chiqamiz. Yuqorida ko‘rib o‘tdikki, N ta atomdan tashkil topgan kristalldagi har bir ruxsat etilgan energiyaviy zona tarkibida N ta kvaziuzlukli energiyaviy sathlar bo‘ladi. Bu sathlarda Pauli prinsipiga ko‘ra qarama-qarshi spinli jami 2N ta elektron joylashishi mumkin. Kristalldagi elektronlarning cheklangan sonida energiyaning minimallik prinsipiga ko‘ra elektronlar bilan avval atomlar yadrolariga eng yaqin quyi zonalar to‘ldiriladi. Yuqori zonalar butunlay yoki qisman bo‘sh qoladi. Sathlari alohida atomlaridagi valent elektronlar bilan butunlay yoki qisman to‘ldirilgan eng yuqorigi zona valent zonasi hisoblanadi. Valent zonadan keyingi qisman to‘ldirilgan yoki butunlay bo‘sh qolgan zona o‘tkazuvchanlik zonasi yoki bo‘sh zona deyiladi. Valent zonasining yuqorigi so‘nggi sathi bilan bo‘sh zonaning pastki eng quyi sathi orasidagi energiya farqi taqiqlangan zona hisoblanadi, ya’ni elektronlar bu oraliqdagi energiyalarga ega bo‘la olmaydi. Temperatura ortishi bilan taqiqlangan zonaning kengligining bir muncha kamayishi kuzatiladi. Buning sababi temperaturaning ortishi bilan panjara doimiysining kattalashishib, kristallning potensial energiyasining kamayishidir. O‘z navbatida buning natijasida taqiqlangan zonaning kengligi kamayadi. Valent zonasining elektronlar bilan to‘ldirilish darajasi va bu zona bilan o‘tkazuvchanlik zonasining orasidagi taqiqlangan zonaning kengligiga qarab, qattiq jismlar o‘tkazgichlarga, yarimo‘tkazgichlarga va dielektriklarga bo‘linadi. Umuman, zonalarning elektronlar bilan to‘ldirilishining 7.15- rasmda tasvirlangandek, har xil variantlari bo‘lishi mumkin. 1.Valent zona bilan o‘tkazuvchanlik zonasi qo‘shilib, gibrid zona hosil qiladi (7.15 - a rasm). Bu gibrid zonaning quyi sathlarida elektronlar bo‘lib, yuqorigi sathlar bo‘sh bo‘ladi. Bunday zona tuzilishiga ega bo‘lgan qattiq jismlar elektr tokini yaxshi o‘tkazadi va Download 18.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling