9-DARS
FE’L. FE’L O‘ZAKLARI. O‘TGAN VA HOZIRGI ZAMON FE’L O‘ZAKLARINING YASALIHI
Reja:
Fors tilida fe’l.
Fors tilida fe’l asoslari.
O’tgan zamon fe’li asoslari.
Hozirgi zamon fe’li asoslari.
Tayanch so‘zlar:
Fe’l, fe’l asoslari, o’tgan zamon asosi, hozirgi zamon asosi, noaniq shakl,
Fors tilida fe’l.
Fe’l predmet yoki shaxsning ish-harakatini ko‘rsatadi. Bu ish- harakat ma’lum zamonda, ma’lum shaxs tomonidan bajariladi. Fe’lda zamon, shaxs-son ma’nosi o‘z aksini topadi. Fe’lning bunday shakli fe’lning aniq shakli deyiladi. Masalan: ketyapman (men - I shaxs, birlik, hozirgi zamon). Fe’lning noaniq shaklida zamon tushunchasi ham, shaxs-son ma’nosi ham anglashilmaydi, masalan: ketmoq (qachon? qaerga? kim?). Fors tilida fe’llar lug‘atlarda noaniq shaklda, ya’ni infinitiv shaklda beriladi. Fe’lning noaniq shakli (infinitiv) fors tilida doimo -an qo‘shimchasi bilan tugaydi va “masdar” deb ataladi.
دیدن - didan - ko'rmoq
گرفتن-gereftan - olmoq
دادن - dadan -bermoq va hokazolar.
Fors tilida fe’llar tuzilishiga ko‘ra uch turga bo’linadi: 1. Sodda fe’llar. 2. Prefiksli fe’llar. 3.Мuгаккаb fe’llar yoki qo‘shma fe’llar. Sodda fe’llar bitta butun so‘zdan iborat bo‘ladi. Fors tilida fe’llarning aniq zamon shakllarini hosil qilish uchun fe’llarning negizlaridan foydalaniladi. fe’l asoslari esa 2 xil boladi: Fe’lning o‘tgan zamon asosi. Fe’lning hozirgi zamon asosi.
Fors tilida fe’l asoslari. O’tgan zamon va hozirgi zamon fe’l asoslari.
Fors tilida fe’l lug‘atlarda doimo masdar shaklida beriladi. Fe’lning bu shakli shaxs, son va zamon ma’nolarini bildirmagani uchun fe’lning noaniq (masdar) shakli deb ataladi. Masdar fe’lning otga yaqin shakli bo‘lib, ham fe’llik, ham otlik belgilariga ega. Masdarning fe’llik belgisi harakat, holat, o‘timli – o‘timsizlik, boshqa so‘zlarni boshqarish bo‘lsa, uning otlik belgilari esa otlar singari turlanishi va gapda ot bajargan sintaktik vazifalarni bajarishidir.
Forscha fe’llarning masdar shakli doimo دن – dan (unlilar va jarangli undoshlardan so‘ng تن – tan, jarangsiz undoshlardan so‘ng یدن – idan) bilan tugallangan bo‘ladi:
نوشتن naveshtan – yozmoq, دیدن didan – ko‘rmoq, پرسیدن po‘rsidan –so‘ramoq.
Fors tilida har bir fe’l ikki (hozirgi va o‘tgan zamon) asosiga ega bo‘ladi.
Masdar shaklidagi fe’ldan o‘tgan zamon fe’l asosini yasash uchun ن – an qismi tushirib qoldiriladi. Masalan, دیدن – دید didan – ko‘rmoq, رفتن – رفت raftan – bormoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |