Yasashga doir masalalarni yechish metodlari
Download 143.12 Kb.
|
Yasashga doir masalalarni yechish metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yasashga doir masalalarni yechish metodlari
19-variant. 1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Yasashga doir gеomеtrik masalalar haqida tushuncha. Gеomеtrik figuralarni sirkul va chizg‘ich yordamida yasash bosqichlari. Yasashga doir masalalarni yechish metodlari Yasashga doir masalalarni yechishning turli metodlari mavjud bo’lib, quyidagilari asosiylaridir. To’g’rilash metodi. Geometrik o’rinlar metodi. Geometrik almashtirishlar metodi. Algebraik metod. 1. To’g’rilash metodi. Bir to’g’ri chiziqda yotmagan kesmalarning, masalan siniq chiziq bo’g’inlarining algebraik yig’indisiga teng kesma yasash, kesmalarni to’g’rilash deb ataladi. To’g’rilashdan foydalanib masala yechish – yasashda to’g’rilash metodi deyiladi. Yasashga doir masaladagi ma’lum elementlar qatorida izlanayotgan figura chiziqli noma’lum elementlarining yig’indisi yoki ayirmasi berilgan bo’lsa, bunday masala To’g’rilash metodi bilan oson yechiladi. Misol: Balandligi, peremetri va asosiga yopishgan bitta burchagi berilgan uchburchak yasang. CA=AD, CB=BF deb olsak, DF=2p, CH=hc, 1-chizma U holda ∆CDF () yordamchi figura bo’ladi. Undan izlangan ∆ABC ga o’tish uchun DC va CF ning o’rta perpendikulyarlarini o’tkazib A va B nuqtalarni topamiz. Masala bo’lishi shart. 2. Geometrik o’rinlar metodi. Geometrik o’rinlar metodida masala quyidagi ikki shartni qanoatlantiruvchi nuqtani topishga keltiriladi: birinchi shartni qanoatlantiruvchi nuqtalarning geometrik o’rni F1 figuradan; ikkinchi shartni bajaruvchi nuqtalarning geometrik o’rni F2 figuradan iborat bo’lsin. Har ikki shartni qanoatlantiradigan nuqtalar F1F2 kesishmaga tegishli bo’ladi. Tekislikning ma’lum talablarga javob beruvchi biror yoki bir nechta nuqtasini topishga doir masalalar yoki shunday nuqtalarni topishga keltirib yechiladigan masalalar geometrik o’rinlar metodi bilan yechiladi. Bu metod bilan masala yechish uchun o’rta maktabda ma’lum bo’lgan quyidagi asosiy geometrik o’rinlarni puxta bilish zarur: Tekislikning biror O nuqtasidan ma’lum r uzoqlikda yotgan nuqtalarning geometrik o’rni shu O nuqtadan r bilan chizilgan aylana bo’ladi. Berilgan to’g’ri chiziqdan ma’lum masofada yotgan naqtalarning geometrik o’rni shu to’g’ri chiziqdan ikki tarafda unga parallel va berilgan masofada joylashgan ikki to’g’ri chiziqdir. Kesma uchlaridan teng uzoqlikdagi nuqtalarning geometrik o’rni shu kesmaning o’rta perpendikulyari bo’ladi. Burchak tekisligida burchak tomonlaridan teng uzoqlikda yotuvchi nuqtalarning geometrik o’rni shu burchakning bissektrisasidir. O’zaro parallel ikki to’g’ri chiziqdan teng uzoqlikdagi nuqtalarning geometrik o’rni bu to’g’ri chiziqlarning istalgan ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma o’rtasidan shu to’g’ri chiziqlarga parallel qilib o’tkazilgan to’g’ri chiziqdir. Berilgan AB kesma berilgan burchak (900) ostida ko’rinadigan nuqtalarning geometrik o’rni berilgan kesmani diametr qilib chizilgan aylanadan iboratdir (bu geometrik o’ringa A, B nuqtalar kirmaydi). Berilgan kesma (AB) berilgan (α) burchak ostida ko’rinuvchi nuqtalarning geometrik o’rni birilgan burchakni sig’diruvchi ikkita teng sigmentning berilgan kesma bilan tortilib turuvchi yoylaridan iboratdir (geometrik o’ringa A,B nuqtalar kirmaydi). Bundan keyingi geometrik o’rinlar asosiy geometrik o’rinlardan biriga keltiriladi yoki ularning bir nechtasidan foydalanib topiladi. 2-chizma Geometrik o’rinlar metodi bilan yechiladigan masalalarga misol tariqsida qiyidagi masalani yechaylik. Masala: Aylanada shunday nuqta topilsinki, u berilgan ikki nuqtadan teng masofada yotsin. Agar bizga A,B nuqtalar va ω aylana berilgan bo’lsa, izlanayotgan nuqta [AB] kesmaning o’rta perpendikulyari bilan aylana kesishgan nuqtasidan iborat bo’ladi. 3. Geometrik almashtirishlar metodi. Geometrik almashtirishlardan foydalanib, geometrik masalalarni yechish mumkin. Bu metod bilan masala yechishni analiz bosqichida, berilgan va izlangan figuralardan tashqari, berilgan figuraning yoki uning biror qismini u yoki bu geometrik almashtirishlar natijasida hosil qilingan figuralar ham qaraladi. Bu figura qaysi geometrik almashtirishni qo’llab hosil qilingan bo’lsa, yasashga doir masala o’sha metod bilan yechilgan deb ataladi. Jumladan, simmetrik metodi, parallel ko’chirish metodi, gomotetiya metodi, inversiya metodi va h.k. Misollar:
MN to’g’ri chiziqning bir tarafida A va B nuqtalar joylashgan. MN to’g’ri chiziqda shunday X nuqta topilganki, bu nuqtadan A,B nuqtalargacha bo’lgan masofalarning yig’indisi eng kichik bo’lsin. (simmetrik metodi). Asoslari va diognallari bo’yicha trapetsiya yasang (parallel ko’chirish metodi). A va B burchaklari va C uchidan chiqqan bissektrisasi bo’yicha uchburchak yasang (gomotetiya). Boshlang`ich matematika kursida ko`riladigan boshqa miqdorlar: massa, baho, vaqt, tezlik, yo`l. Ularning o`lchov birliklari va ular orasidagi bog`lanishlar. Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang‘ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi. Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqiylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi. 1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar1. Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz. Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m). Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-qayta takidlanishi lozim. Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; “385 va 481 sonlarini qo‘shing”, yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing” kabi. U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni aloxida takidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi O‘qituvchi harbir miqdorni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib,o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etish mumkin. Download 143.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling