Yer to'g'risidagi faktlar


Download 9.05 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi9.05 Kb.
#1188246
Bog'liq
Yer to\'g\'risidagi faktlar


Yer to'g'risidagi faktlar
Sayyoramiz Quyosh tizimidagi hayot mavjud bo'lgan yagona ajoyib va betakror sayyoradir. Koinotda aylanib turadigan ushbu katta tosh boʻlagi haqida har doim yangi narsalarni oʻrganish va kashf etish imkoniyati bor, shu sababli sizga Yer toʻgʻrisida hayratlanarli faktlarni taqdim etmoqchimiz.
1. Koʻpchilik Yer Quyosh tizimidagi hayotni qoʻllab-quvvatlaydigan atmosferaga ega boʻlgan yagona sayyora ekanligini biladi. Lekin Yer yuzasida togʻlar, toshlar va hokazolari bor toʻrtta sayyoradan biri ekanligi koʻpchilik bilmasa kerak. Venera, Mars va Merkuriy bu guruhning qolgan uch sayyorasi.
2. Ajablanarlisi, Yerning katta qismi oʻrganilmagan. Yer yuzining taxminan 71 foizi suv bilan qoplangan va okeanlar ham juda kam oʻrganilgan. Shunga qaramay, Yerdagi chuchuk suvning 68 foizi togʻlar va muzliklarda muz qatlamlari shaklida doimiy ravishda saqlanib turadi.
3. Yer butunlay dumaloq emas, doimiy aylanish tufayli biroz shakli deformatsiyalangan. Hozirda biz maketlarda koʻrishga odatlanib qolgan shakl biroz tekislanib qolgan.
4. Hozirgacha Yer yuzida qayd qilingan eng qattiq zilzila 1960-yil 22-mayda Chili janubidagi Valdiviya shahri yaqinida sodir boʻlgan. U «Buyuk Chili zilzilasi» nomini olgan va kuchi 9,5 ballni tashkil etgan.
5. Antarktida meteoritlarni topish uchun eng yaxshi joylardan biridir. U yerdagi qorning koʻpligi va oʻsimliklarning yoʻqligi tufayli ularni topish juda oson.
6. Yerning magnit qutblari doimiy harakatlanishda. Ular ilgari ham, hozir ham siljib turadi va oxir-oqibat oʻz joylarini teskari tomonga oʻzgartiradi, keyin yana oʻz joyiga qaytadi.
7. Yerda qaynab turadigan daryolar bor. Peru oʻrmonlarining Mayantuyaku mintaqasidagi uzunligi 6 kilometrdan oshadigan Shanay-timpishka daryosi suvining harorati 91°Sga yetadi va baʼzi joylarda u chindan ham qaynab turadi. U yerga yiqilgan kishining halok boʻlishi tayin.
8. Yerning turli (kamida 30) joylarida kuy taratadigan qumtepalar bor. Bu kuy asalarining gʻuvillashi va rohiblarning hayqirigʻiga oʻxshaydi. Buning sababini bilish barchaga qiziq boʻlsa kerak, lekin hozirgacha hech kim aniq bila olmagan.
9. Yerda har kuni kechqurun momaqaldiroq boʻlib turadigan joy bor. Venesuelaning shimoli-gʻarbida Marakaybo koʻliga quyiladigan Katatumbo daryosi ustida har kuni momaqaldiroq oʻn soat davom etishi mumkin va daqiqada oʻrtacha 30 ga yaqin chaqmoq boʻladi.
10. Har yili sayyoramizga kislorod, nikel, temir, uglerod va boshqa elementlardan iborat 40 ming tonna kosmik chang tushadi. Tom maʼnoda bu sayyora u bilan qoplangan kosmik changdir.
Download 9.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling