Yevro pul birligi va uning tarixi


Download 0.56 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1057548
Bog'liq
Yevro pul birligi.


YEVRO PUL BIRLIGI VA UNING TARIXI.
Yevro (Yeigo) — Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolarining pul birligi. Xalqaro ifodasi Yevropa Ittifoqi 1999-yil 1-yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1 Yevro=100sent. 1999-yili 1-yanvardan 2002-yil 1-yanvarga kadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. 
Dastlabki uch yil yevro naqd pul ko‘rinishida bo‘lmagan.
Yevrozonaga dastlab YeIning 15 mamlakatidan 11 tasi kirdi. Valyuta ittifoqi tuzish harakati 1969-yilda Fransiya GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg iqtisodiy va valyuta ittifoqi tuzish tashabbusini tasdiqlaganidan so‘ng boshlangan.
Oradan 10 yil o‘tib valyuta ayirboshlash mexanizmi ishga tushdi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YeI dan oldingi tashkilot)ga a’zo mamlakatlar valyuta kurslari bir-biriga bog‘lab qo‘yildi.
1998-yili Bryusselda yagona valyuta kiritilishiga qancha vaqt qolganini ko‘rsatuvchi soat o‘rnatildi.
Yevro $1,1747 nisbatda muomalaga chiqarildi. Yevro dastlabki ikki yilda ancha kuchsizlandi. Dollarga nisbatan eng yuqori kursi 2008-yil 18-iyulida kuzatildi: 1 yevro — 1,6 dollar.
Yevrogacha nemis markasi eng kuchli Yevropa puli edi. 
2002-yil yanvarida yevro qog‘oz pul shaklida chiqdi. Banknotalar dizayni tanlovida Avstriya milliy banki rassomi Robert Kalina g‘olib chiqdi.
Yevrozona qatnashchilari soni 11 tadan 19 taga yetdi. Yevroga o‘tgan oxirgi mamlakat — Litva (2015-yil).
Yevrozona mamlakatlarida 340 million atrofida aholi yashaydi. Yevro dunyo valyuta bozoridagi savdo hajmi bo‘yicha AQSh dollaridan so‘ng ikkinchi, muomaladagi banknotalar va tangalar hajmi bo‘yicha esa birinchi o‘rinda (Yevropa markaziy banki ma’lumoti bo‘yicha 1,2 trln. yevrodan ortiq).
Yevropa markaziy banki birinchi raisi golland Vim Duzenberg (suratda: chapda) edi. To‘rt yillik boshqaruvdan so‘ng 2003-yili uning o‘rnini fransuz Jan-Klod Trishe (suratda: o‘ngda) egalladi va Yevropa markaziy bankini 8 yil boshqardi.

Siyosatchilar o‘z mamlakatlari mummolarida yevroni ayblashsa-da, Yevropa aholisi ushbu valyutani integratsiyalashuvning ajralmas qismi sifatida ko‘rmoqda. «Eurobarometer» so‘rovnomasiga ko‘ra, yevroni qo‘llab-quvvatlovchilar aholi o‘rtasida 74 foiz, qarshilar esa 20 foizdan kam.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling