Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki


Download 404.24 Kb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi404.24 Kb.
#1293583
  1   2   3   4
Bog'liq
Yevropa tiklanish va taraqiyor banki


Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; islab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi.

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan[1Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv



Download 404.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling