Mualliflar Davlat xususiy sektor hamkorligi


Download 59 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi59 Kb.
#1000941
  1   2   3
Bog'liq
1-оралиқ, 2-топшириқ. Магистрлар учун.Танқидий назар методини қўллаш


IB-3 guruh talabasi
Abdusamatov Azizbek



Mualliflar

Davlat xususiy sektor hamkorligi

V.G. Varnavskiy

“Davlat va xususiy sektor hamkorligi” atamasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Konsessiya – bu nafaqat hamkorlikning shakllaridan biri, balki konsession jarayon tomonlari –davlat va biznes –o‘rtasidagi jamiyat manfaatlarini ifoda etuvchi munosabatlardir”.

V.V. Maksimov

“Davlat va xususiy sektor hamkorligi” atamasiga ta’rif berishda quyidagicha yondashgan: “Davlat va xususiy sektor hamkorligi – bu ko‘p qirrali muammo bo‘lib, u o‘z ichiga davlat va xususiy investorlarning roli va funksiyalarini aniq belgilashni, tomonlar o‘zaro harakatlarining xusuiyatlari va tamoyillarini, hamkorlik jarayonlarini uning amalga oshish davrining barcha bosqichlarida institusional ravishda tartibga solib turishni qamrab oladi”

V.V. Yevenko

“Davlat va xususiy sektor hamkorligi” atamasiga mana shunday ta’rif bergan: “Davlat va xususiy sektor hamkorligi – bu butun mamlakat yoki alohida olingan hududlar miqyosidagi, iqtisodiyotning strategik muhim tarmoqlaridan tortib to jamiyat xizmatlari ob’yektlarining rivojlanishigacha bo‘lgan keng ko‘lamli faoliyat sohalaridagi jamiyat uchun ahamiyatli loyihalarni amalga oshirish maqsadidagi jamiyat hokimiyati va xususiy biznes o‘rtasidagi institusional va tashkiliy alyansdir”

M.V. Vilisov

“Davlat va xususiy sektor hamkorligi” atamasiga huquqiy jihatdan ta’rif bergan: “Davlat va xususiy sektor hamkorligi –davlatning boshqaruv maqsadlariga erishishiga qaratilgan iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish doirasida davlat va biznesning teng huquqliligini ta’minlovchi va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi huquqiy mexanizmdir”.


Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling