Yillarda tug’ilgan qizlar o’rtasida shaxmat bo’yicha bolalar, o’smirlar shaxmat


Download 265.5 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi265.5 Kb.
#1276050
Bog'liq
yengil atletika




2009-2010-yillarda tug’ilgan qizlar o’rtasida shaxmat bo’yicha bolalar, o’smirlar shaxmat
1-tur Surxondaryo viloyat chempionati musobaqasining
N I Z O M I

TErmiz sh 2023-y
2009-2010-yillarda tug’ilgan qizlar o’rtasida sportning Shaxmat turi bo’yicha bolalar, o’smirlar Shaxmat turneri 1-tur Surxondaryo viloyat chempionati musobaqasining

N I Z O M I
1. Maqsad va vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” PF 6099-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo’yicha sportchilar zahirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”
PQ-5279-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sportning Shaxmat turi bo’yicha Surxondaryo viloyati chempionati (bundan buyon matnda musobaqa deb yuritiladi) tashkil etish va o’tkazishni belgilaydi;
Shuningdek, o’quvchi sportchilarda va uyushmagan yoshlarda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan xavas va intilishini hamda jamiyatimizda sog’lom turmush tarsi tamoyillarini kuchaytirish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’usini yanada oshirish;
Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, sportning Shaxmat turini alohida aholi o’rtasida ommalashtirish.


2. Musobaqaga rahbarlik.
Musobaqaga umumiy rahbarlik Surxondaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi viloyat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi;
Musobaqaga bevosita rahbarlik O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi viloyat bo‘limi tasdiqlangan hakamlar hay’ati zimmasiga yuklatiladi
Musobaqa bosh hakami: ________________
Musobaqa kotibi: ________________
Musobaqa hakamlar:
____________________________________________________________


3. Musobaqa o’tkazish joyi va vaqti
Musobaqa joriy yilning 18-fevral kuni Termiz shahar “Barkamol avlod” da bo’lib o’tadi.
Jamoalar kelish kuni va vaqti; 2023 yil 18-fevral kuni soat 9:00 gacha
9:00 dan 9:30 gacha mandat komissiyasi o’tkaziladi;
Soat 9:30 dan 10:00 gacha qur’a tashlash.
Musobaqa soat 10:00 da boshlanadi.
4. Musobaqa ishtirokchilari.
Musobaqada shahar va tuman ishtirokchilari ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Musobaqada ishtirokishtirokchilar ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
5. Musobaqaga ishtirok etish shartlari
Musobaqaga ishtirok etadigan jamoalar belgilangan tartibda to’ldirilgan talabnoma (tibbiy ko’rikdan o’tganligini tasdiqlovchi shifokor muhri) ishtirokchilar tug’ilganlik haqidagi guvohnomani (kattalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, pasport) musobaqa o’tkazilishidan bir kun oldin hakamga taqdim etilishi shart.
Musobaqa ishtirokchilarini sanitariya qoidalariga rioya etishlari, shuningdek texnika xavfsizligi bo’yicha tushsuntirish ishlari olib borish bo’yicha musobaqaga tashrif buyuradigan trenerlari mas’ul hisoblanadilar.


6. Moliyalashtirish va taqdirlash
2009-2010-yillarda tug’ilgan qizlar o’rtasida sportning Shaxmat turi bo’yicha bolalar, o’smirlar Shaxmat turneri 1-tur Surxondaryo viloyat chempionati musobaqasining g‘olib va sovrindorlari musobaqa tashkilotchilarining qimmatbaho sovg‘alari, kubok va diplomlari bilan taqdirlanadi.
Jamoalarning yo‘l xarajatlari xizmat-safariga yuboruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.


7. Musobaqa o’tkazish qoidalari.
Musobaqa Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi qoidalari asosida o’tkaziladi. Qur’a tashlash orqali ishtirokchilar bellashadilar.
Ushbu Nizom Musobaqaning rasmiy taklifnomasi hisoblanadi.
Murojaat uchun tel: __________________________________
_____________________________________


Tashkiliy qo‘mita
Download 265.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling