Yillik hisobot


Download 437.89 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi437.89 Kb.
#267369
Bog'liq
hisobot 2021 marfa


BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASIGA QARASHLI GIJDUVON TUMANI MAKTABGACHA TA’LIM BO`LIMIGA QARASHLI

63 –DMTTDA 2020 O`QUV YILI UCHUN TAYYORLANGAN

YILLIK HISOBOT



GIJDUVON -2020

Gijduvon tumanidagi 63-DMTT da 2020 yil 16 martdan 2020 yil dekabr oyigacha bajarilgan ishlar yuzasidan yillik hisobot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067,tuman hokimining 2020 yil 14 fevral ” Gʻijduvon tuman maktabgacha ta’lim tasarrufidagi 21,68,56,31-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filiallariga yuridik maqom berish to‘g‘risida” gi № 165-sonli karoriga asosan Gijduvon tumanidagi maktabgacha ta’lim bulimi tasarrufidagi 63-DMTT ga yuridik makom berildi Tumanda 3-7 yoshli bolalar qamrovini ko‘tarish,maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash,har tomonlama yetuk barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadida 63-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2020 yil 16 martdan boshlab 3 ta 9 soatli (75 nafar bola) 2 ta qisqa muddatli guruhga (50 nafar bola) tashkil etib ish faoliyatini boshladi.Ta’lim tashkiloti 2020 yil mart oyida karantin e’lon kilingandan so`ng tashkilotda ta’mirlash ishlari olib borildi

63—DMTT dagi eshiklar almashtirildi,fasad qismi ta’mirlandi ,gurux xonalari tozalanib 5 ta gurux faoliyat olib borishi uchun tayyor xolda keltirildi.

63-DMTT tozalik va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida “Obodlik kungildan boshlanadi”mavzusida tuman miqiyosidagi seminar bulib o`tdi.Seminarda tumandagi DMTT raxbarlari tuman maktabgacha ta’lim bulimi xodimlari,bo`lim mudiri Z.Fuzaylov,tuman xokimi o`rinbosari Sh.Gaybullayev,maxalla oqsoqollari va barcha ishchi xodimlar ishtirok etdi.

Karantin xolatlari yumshatilgandan so`ng 2020 yilning 9 noyabrdan boshlab 63-DMTTda ish faoliyatini boshlashga ruxsat berildi.Shunda 125 nafar bolani yo`llanma bilan tashkilotga qabul qilish imkoniyati borligi aytildi.2020 yil 7 noyabr kuni tashkilotda xududning ota oanalari chaqirilib 3-7 yoshli bolasi bor ota onalarga ta’lim tashkilotining shart sharoitlari tushuntirildi.

Ota –onalar Davlat xizmatlari tashkilotiga ariza bilan murojaat kilishlari va bolalari uchun yo`llanma olishlari to`g`risida ma’lumotlar berildi.

2020 yil 9 noyabrdan boshlab ta’lim tashkilotiga ish taqsimoti asosida ishchi xodimlar qabul qilindi va 5 ta guruxga uz mutaxassisliklariga ko`ra ishchi xodimlar berkitildi.

2020 yil 18 noyabr kuni Uzbekiston Respublikasi davlat bayrogi qabul qilingan kun munosabati bilan ta’lim muassasasida “Bayrogim –nomusim orim”mavzusida bayram tadbiri bo`lib o`tdi.



2020 yil 3 dekabr kuni “Xalqaro nogironlar ”kuni munosabati bilan Qarabog MFY Mirzaxovli qishlogida istiqomat qilayotgan 3 ta nogiron xolidan xabar olindi va shu oilaning nogironlariga kishgi issik kiyimlar sovgalari topshirildi issiq



2020 yilning 7 dekabr kuni ta’lim tashkilotida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi»mavzusida tadbir bo`lib o`tdi.Tadbir xududning 3-son kasb xunar maktabining faollar zalida bo`lib o`tdi.Tadbirga faol ishtirok etgan bolajonlar kasb xunar maktabining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Ta’lim tashkilotida yangi yil archasini o`tkazish uchun ta’lim tashkilotini bezash ishlari rejalashtirilgan bo`lib ,har bir guruxda aloxida yangi yil bayram tadbirini o`tqazish rejalashtirilgan.

63-DMTT da 2020 yil 10 dekabr xolatida 125 nafar reja asosida qabul bo`lishi kerak bo`lgan tashkilotda 116 nafar bola 5 ta guruxga jumladan 3 ta 9 soatlik va 2 ta kiska muddatlik guruxlar faoliyati shakllantirilgan.



63-DMTT direktori: M.Bobomurodova
Download 437.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling