Yillik, oylik istiqbol rejalar.. Yillik, oylik istiqbol rejalar
Download 101.77 Kb.
|
Yillik, oylik istiqbol rejalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Эътиборингиз учун рахмат!
Yillik, oylik istiqbol rejalar. . Yillik, oylik istiqbol rejalar. Yillik reja, asosan, bog'cha mudirasi, metodist-tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar bog'chasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi. Istiqbol rejasi — 1—3 oyga mo'ljallangan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maqsadga qaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda «Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo'limlari o'z aksini topadi. Istiqbol rejasida dasturning hamma bo'lumlari bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faohyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha belgilab chiqiladi. Kalendar reja 10—12 kunga tuziladi. U kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlari mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha tarbiya muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasawurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa, buyumlar to'g'risida umumlashgan bilimlarni shakillantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongni shakillantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi. Bolalar bog'chasida tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir. Pedagog va ruhshunos olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi. Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog'i zarur. Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi va keyingi guruhlar dasturi talablari hamda mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarni hayvonlar, o'simliklar va shunga o'xshashlar tog'risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan. O'rta guruhda dastur bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-hodisalarga nisbatan qiziqishni o'stirish va shu asosda eng oddiy tasawur-tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa kuzatuvchanlikni, narsa-buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasawur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bola shaxsini rivojlantirish yo'llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak. Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati — uning metodik qo'llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikki tarbiyachi birgalashib, bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqt-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining maxsus hujjati hisoblanadi. Dasturga muvofiq hamma ta'lim-tarbiya ishlari bolalar fao-liyatining barcha turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg'ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining jami turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin olishi lozim. Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo'lib shakillanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi. Эътиборингиз учун рахмат!Эътиборингиз учун рахмат! Download 101.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling