Yorug’lik Interferensiyasi yorug‘likni to‘lqin tabiatini namoyon bo‘lishining bir isbotidir. Interferensiya so‘zi lotin tilida interfere "xalaqit bermoq" degan ma’noni anglatadi


Download 17.39 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi17.39 Kb.
#107863
Bog'liq
fizika


  1. Yorug’lik Interferensiyasi - yorug‘likni to‘lqin tabiatini namoyon bo‘lishining bir isbotidir. Interferensiya so‘zi lotin tilida interfere – “xalaqit bermoq” degan ma’noni anglatadi. Bu juda qiziq va chiroyli manzara ma’lum shartlar bajarilganda, ikkita yoki bir nechta to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida kuzatiladi. Ikki yorug‘lik to‘lqini qo‘shilib, bir-birini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Natijada ekranda markazi bir nuqtada yotuvchi yorug‘ va qorong‘i halqalar navbat bilan joylashadi. Bular interferension maksimum va minimum deb yuritiladi. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko‘p kuzatganmiz. Masalan, suv betiga to‘kilgan neft maxsulotlarining har xil rangda tovlanishi, kapalaklar qanotining tovlanishi, «Havoga uchirilgan sovun pufagi atrofdagi narsalarga xos bo‘lgan barcha ranglar bilan tovlanadi. Sovun pufagini tabiatning eng ajoyib, eng nozik mo‘jizasi desa bo‘ladi» deb ta’riflagan edi Mark Tven. Sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga xuddi ana shu yorug‘lik interferensiyasi sababdir. Ingliz olimi Tomas Yung yupqa pardalarning har xil rangda tovlanish sababini biri pardaning tashqi yuzasidan, ikkinchisi esa ichki yuzasidan qaytuvchi 1 va 2 to‘lqinlarning (2.1-rasm) qo‘shilishidan deb tushuntirish mumkin, degan genial fikrni maydonga tashladBunda yorug‘lik to‘lqinlarining interferensiyasi sodir bo‘ladi - ikki to‘lqin qo‘shiladi, buning oqibatida natijaviy (yig‘indi) yorug‘lik tebranishlari fazoning turli nuqtalarida kuchayadigan yoki zaiflashadigan vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan manzara ko‘zatiladi. Interferensiya (yig‘indi tebranishlarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan manzara ko‘zatiladi. kuchayishi yoki zaiflashuvi) natijasi yorug‘likning pardaga tushish burchagi, pardaning qalinligi va to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Agar singan ikkinchi to‘lqin qaytgan birinchi to‘lqindan to‘lqinlar uzunligining butun soni qadar kechiksa, yorug‘lik kuchayadi (2.2a-rasm). Agar ikkinchi to‘lqin birinchi to‘lqindan to‘lqin uzunligining yarim to‘lqinlarining toq soni qadar kechiksa, yorug‘lik zaiflashadi (2.2b-rasm). To‘lqinlarning qo‘shilishida turg‘un interferension manzara hosil bo‘lishi tuchun to‘lqinlar kogerent bo‘lishi, ya’ni ularning to‘lqin uzunliklari bir xil va fazalari farqi o‘zgarmas bo‘lishi kerak.

2. Yadroning boʻlinishi — o’zo’zidan (spontan) yoki bombardimon qiluvchi zarralar ta’sirida atom yadrosining deyarli teng ikki bo’lakka parchalanishi. Atom yadrolarida nuklonlar yadro kuchlari tufayli bog’langan. Yadrolarning bog’lanish energiyasi turli yadrolar uchun turlicha. Solishtirma (bitta nuklonga to’g’ri keladigan) bog’lanish energiyasi atom yadrolarining barqarorligini ifodalaydi: solishtirma bog’lanish energiyasi qancha katta bo’lsa, yadro ham shunchalik barqaror bo’ladi.

Kimyoviy elementlar davriy sistemasida oxirgi o’rinlarni egallagan atomlar yadrolarining solishtirma bog’lanish energiyasi jadvalning o’rtasida joylashgan atomlar yadrolarining solishtirma bog’lanish energiyasidan taxminan 1 MeV kam (qarang Mendeleyev davriy sistemasi). Shuning uchun og'ir yadrolarning jadvalning o’rta qismi elementlari yadrolariga bo’linishi (energetik jihatdan qulay) bo’ladi. Sistema bo’lingandan so’ng ichki energiyasi minimal holatga o’tadi. Chunki yadroning bog’lanish energiyasi qancha katta bo’lsa, yadroning hosil bo’lishida shuncha katta energiya ajralib chiqishi va demak, yangidan hosil bo’lgan sistemaning ichki energiyasi shunchalik kam bo’lishi kerak. Yadroning o’z-o’zidan (spontan) bo’linishi 92s7 uran yadrosida rus olimlari G.N.Flyorov va K.A.Petrjak tomonidan kashf etilgan (1940). Tashqi taʼsir natijasida yadrolarning bo’linishini nemis olimlari O. Gan, F. Shtrassman hamda E. Fermi va J. Kyuri (1938—39) kashf etgan. Yadrolarga, odatda, proton, neytron, deytron kabilar bilan ta’sir etiladi. Neytronlar bilan ta’sir etish, ayniqsa, samaraliroq bo’ladi. Spontan bo’linishida ham, tashqi ta’sir natijasida bo’linishida ham yadro elementlar davriy sistemasi o’rtalaridagi yadrolarga parchalanadi. Parchalanish mahsulotlari turlituman bo’lib, ularning massalari ko’pincha 2:3 nisbat kabi bo’ladi.




Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling