“Yoshlar oitsga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi


Download 370.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2020
Hajmi370.38 Kb.
#150135
Bog'liq
“Yoshlar-OITSga-qarshi”-tarbiyaviy-tadbir-ssenariysi@nambiolog.zn .uz


http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     

https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     



https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

Muallif:

 

Namangan  viloyat  Mingbuloq  tumani  



xalq ta’limi boʻlimiga qarashli 43 – umumiy o‘rta 

ta’lim  maktabi  biologiya  fani  o‘qituvchisi



 

Qaxorova Gulchexra

 

 

“Yoshlar OITSga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi 

 

Tadbir  zali  “Yoshlar  OITSga  qarshi”  shiori  ostidagi  turli  xil  plakatlar  bilan 

bezatilgan. 

Sahnaga boshlovchi chiqib keladi. 

Sog‘lom oilaning sog‘lom bolasi,  

Yurtning iftixori, gul-u lolasi. 

Sensan Vatanimning suyangan tog‘i, 

Ey zakiy dilbandim, elim ardog‘i! 



Boshlovchi: Assalomu alikum qalbi qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan 

aziz ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar. “Yoshlar OITSga qarshi” nomli tadbirimizga 

hush  kelibsiz!  Bugun  1-dekabr  jahon  hamjamiyati  Xalqaro  OITSga  qarshi  kurashish 

kunini nishonlaydi. 

Salomatlik-kishilar  turmush  darajasi  va  sifatining  ko‘rsatkichidir  va  shu  jihatdan 

inson  salohiyatini  rivojlantirish  maqsadlari  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Har  bir 

fuqaroning  salomatligi  ham  davlatning  strategik  maqsadi,  milliy  xavfsizlgining  garovi 

sanaladi. 

Ham  jismonan,  ham  ma’naviy  sog‘lom  avlodning  turmush  tarzini  yaratish  davr 

taqozosidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “Buyuk maqsad 

yo‘lidan og‘ishmaylik” nomli asarida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun 

kurashamiz.  Har  taraflama  sog‘lom  avlodga  ega  bo‘lgan  xalqni  hech  qachon  yengib 

bo‘lmaydi”  deb  ta’kidlaganlar.  Darhaqiqat,  sog‘lom  avlodni  shakllantirish  masalasi 

davlat  siyosati  darajasiga  ko‘tarilgan  bo‘lib,  uni  amalga  oshirish  uchun  O‘zbekiston 

OITSga  qarshi  kurashishga  qaratilgan  say-harakatlarni  har  tomonlama  qo‘llab  –

quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir. 



http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     

https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     



https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

Biz  avval  OITS  haqida  to‘liq  ma’lumotga  ega  bo‘lsak.  OITS  qanday  kasallik  va 



qanday  yo‘llar  orqali  yuqadi?  Bu  haqida  “Sog‘lom  hayot”  hamda  “Sog‘lom  jism” 

guruhlarini  taklif  etsakda  ularni  tinglasak.  (Sahnaga  uchta  o‘quvchidan  iborat  guruh 

ishtirokchilari chiqib kelishadi). 

 

I-“Sog‘lom jism” guruhi. 



 

1-o‘quvchi

OIV-  Odamning  immunitet  tanqisligi  virusi  OITSni  qo‘zg‘atuvchisi 

hisoblanib, bu infeksiya inson tanasining kasalliklarga qarshi himoya qobiliyatini ishdan 

chiqaradi.  Kasallikni  keltirib  chiqaruvchi  virusni  1983-yil  OITS  bilan  kasallangan 

insonlardan  Amerikalik  olim  Robert  Gallo  va  Fransiyalik  Lyuk  Montan’elar  mustaqil 

ravishda aniqlaganlar. Hozir OITS deyarli barcha davlatlarda tarqalganligi uchun u “XXI 



asr vabosi” deb ataladi.  

 

2-o‘quvchi

Kasallikning  yashirin  davri  o‘rtacha  3-4  haftadan  5-6  oy,  hatto  5-7 

yilgacha davom etadi, so‘ng OIV infeksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘ladi. Bunda 

kamquvvatlik,  ishtaxaning  pasayishi,  kechalari  terlash,  uzoq  vaqt  sababsiz  tana 

haroratining  ko‘tarilishi,  limfa  bezlari,  jigar,  taloqning  kattalashuvi  kuzatiladi,  terida 

toshmalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ich ketishi, sababsiz o‘pka shamollashlari holatlari, 

odamning  keskin  ozib  ketishi,  xavfli  o‘smalarning  rivojlanishi  yuzaga  keladi.  Ba’zan 

OITS bilan kasallangan insonlar sog‘lom ko‘rinishlari va o‘zlarini bardam-baquvvat his 

etishlari  mumkin.  Biroq  ular  shunday  kasallikni  boshqalarga  yuqtirishlari  mumkin. 

Kasallikning avj olish davrida bemor gepatit, sil, nafas yo‘llari va oshqozon ichak tizimini 

zararlovchi turli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi. 

 OIV  infeksiyasining  so‘nggi  bosqichi  OITS  hisoblanadi.  OITSga  chalingan 

shaxslar  zaiflashib  qoladilar,  chunki  ularning  tanasi  kasallikka  qarshi  qobiliyatini 

yo‘qotgan bo‘ladi va buning natijasida inson hayotdan ko‘z yumadi. 

 

3-o‘uvchi

Kasallik uch xil yo‘l bilan yuqadi.  



Birinchi - tabiiy jinsiy yo‘l bilan.  

Ikkinchi  -  sun’iy  yo‘l  ya’ni  teri  va  shilliq  qavat  butunligining  buzilishi  bilan 

kechadigan  muolajalarda  nostril  tibbiy  va  notibbiy  asboblardan  foydalanganda,  soqol 

olish uskunalari va  tish  yuvish  vositalari umumiy ishlatilganda, teriga tatuaj qilib rasm 


http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     

https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     



https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

solganda, kosmetika muolajalarida, tekshirilmagan qon va qon mahsulotlari quyilganda, 



a’zo va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda.  

Uchinchisi-  OIVni  yuqtirib  olgan  homilador  ayoldan  homilaga  yoki  chaqaloqqa 

yuqishi.  Shuni  ham  ta’kidlash  zarurki,  u  so‘lak,  ko‘z  yoshi  ter,  siydik  tarkibida  ham 

aniqlangan,  lekin  ularda  virus  konsentrasiyasi  juda  kam  miqdorda  bo‘lgani  sababli 

kasallik  chaqirish  qobiliyatiga  ega  emas.  OITS  organizmning  infeksiyaga  va  saraton 

kasalliklariga  qarshi  kurashiga  to‘sqinlik  qiluvchi  yuqumli  kasallikdir.  OITS 

qurbonlarining  o‘limiga  virus  emas aynan shu kasallik sabab bo‘ladi. OITS kasalligida 

ko‘pincha  markaziy  asab  tizimi  jarohatlanadi,  bu  esa  turli  ruhiy  va  nevrologik 

kasalliklarni  keltirib  chiqaradi.  Bu  kasallik  yosh  bolalarda  ancha  tez  zo‘rayadi.  OIV 

yuqtirganlik  to‘g‘risidagi  tashxis  faqat  laboratoriya  yo‘li  bilan  amalga  oshirilishi 

mumkin. 


OITS  bedavo  dard,  bu  kasallikning  to‘la  davosi  aniqlanmagan,  biroq  immunitet 

tizimini  shikastlashda  davom  etishiga  chek  qo‘yuvchi  antiretrovirus  ARV  preparatlari 

mavjud. ARV vositalari OITSga chalingan kimsalarga ancha uzoq davr hayot kechirish 

imkonini beradi.  

 

II-“

 

Sog‘lom hayot” guruhi.



1-o‘quvchi: 

Butun  jahon  Sog‘liqni  Saqlash  tashkiloti  tomonidan  OITS  bo‘yicha 

butun dunyoda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunda jahon bo‘yicha 42 

millon kishi OIV infeksiyasiga chalingan bo‘lsa, har  yili ularning safiga  yana 2  millon 

700 ming nafar kishi qo‘shiladi. O‘tgan davr mobaynida qariyb 2 millonga yaqin odam 

bu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.  

 

2-o‘quvchi: 

Dunyo bo‘yicha kasallikni o‘ziga yuqtirgan insonlarning asosiy qismini 

15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o‘ziga 

yuqtirganlarning  yarmi  15  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  va  ularning  ko‘pchiligi  onasi 

homiladorlik paytida tug‘ilish va ko‘krak suti bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar. 

 

3-o‘quvchi

Dunyoning ko‘pgina davlatlarida OITS infeksiyasini boshqa shaxslarga 

yuqtirganlik  uchun  javobgarlik  berilgan,  ayrim  davlatlarda  buning  uchun  og‘ir  jazo 

tayinlangan. 


http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     

https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     



https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, bila turib boshqa shaxsga 



OIV kasalligini  yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz  yilgacha  ozodlikdan mahrum qilish 

bilan jazolanadi. 

 

Boshlovchi:  Barakalla  o‘quvchilar!  Endi  ishtirokchilarimizdan  “Ha”  yoki  “Yo‘q” 

o‘yini  orqali  OITSni  qanday  yo‘llar  orqali  yuqishi  hamda  qanday  yo‘llar  orqali 

yuqmasligini  yanada  to‘liqroq  ma’lumotlar  orqali  bilib  olsak.(Har  bir  guruh 

ishtirokchilariga bittadan savol berib boriladi). 

 1. OITS virus orqali tarqaladi. 

 2. OITSni davolash mumkin. 

 3.  OITS  shunday  holatki,  unda  inson  a’zolarining  boshqa  kasalliklarga  qarshilik 

ko‘rsata olish qobiliyati susayadi. 

4. OITS qon quyish orqali yuqadi. 

5. OITS boshqalar foydalangan ignalarni ishlatish orqali yuqishi mumkin. 

6. OITS umumiy idishdan foydalanish va yo‘tal orqali yuqishi mumkin. 

7.  OITS  quchoqlashish,  qo‘l  berib  ko‘rishish,aksirish,oshxona  jihozlari, 

sochiqlar,suzish havzalaridan foydalanish orqali yuqishi mumkin. 

8. OITS onadan homilaga o‘tadi. 

9. OITS yuqqach,faqat bir necha yildan so‘nggina o‘z belgisini namoyon etadi. 

10. Kontraseptiv tabletkalar OITS yuqishi xavfini pasaytiradi. 

11. Kishini tashqi ko‘rinishiga qarab ushbu kasallikni yuqtirgan yoki yuqtirmaganini 

aniqlash mumkin. 

12. Insonlar o‘zaro suhbatlashganda yuqishi mumkin. 

 

Boshlovchi: Barakalla aziz o‘quvchilar! Endi ishtirokchilarimiz quyidagi shartlarni 

bajaradilar:  

I-guruh  ishtirokchilari  sog‘lom  hayot  tarzini  yartishimiz  uchun  nimalarga  e’tibor 

berishimiz kerak? 

 Agar  siz  ustunchadagi  yashirin  so‘zlarni  topsangiz  sog‘lom  hayot  tazriga  yo‘l 

topasiz.(O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga yashirin so‘zlarni yozadilar) 

 


http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     

https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     



https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

 



1.  Sog‘lom turmush tarzi  

2.  Sport bilan shug‘ullanish  

3.  Ozodalik  

4.  Mehr  

5.  Tabiatni asrash  

6.  Parxez  

7.  Hurmat  

8.  Teran aql 

9.  Yaxshilik 

10. 10.Ezgulik 

11.  To‘g‘rilik 

12.  Axloqlilik 

13.  Mehnatsevarlik 

14.  Shirinsuxanlik 

 

Ikkinchi  guruh  ishtirokchilari  esa  “O‘z  yo‘lingni  o‘zing  tanla” plakatiga mavzuni 



aks ettiruvchi rasm chizadilar va matn yozadilar.(O‘quvchilar ma’lum vaqt davomida o‘z 

tasavvurlaridan  kelib  chiqib  plakatga  rasm  chizadilar.  Guruhlar  taqdimoti  izohlar, 

guruhlarni olqishlash bilan o‘tadi). 

 

……………….. tarzi 



 

…… bilan shug‘ullanish 

 

………….lik 



 

Me….. 


 

………….. asrash 

 

…….xez 


Teran………… 

 

Yax…………. 



 

Ez………….. 

 

To‘g‘…………. 



 

Ax…………….. 

 

Meh…………… 



http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     

https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

http://nambiolog.zn.uz    https://t.me/nambiolog     



https://t.me/nambiolog_bot

   https://t.me/biolog_group

 

(Tadbirda  qo‘shimcha tazrda  OITS  bilan  kasallangan  insonga  salbiy  munosabatda 



bo‘lish  natijasida  bemor  tushkunlikka  tushib  qolishi,shuning  uchun  ularga  samimiy 

munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi videorolikni namoyish etiladi). 

 

Boshlovchi: Azizlar! Bugungi tadbirdan asosiy  maqsadimiz shuki bunday bedavo 

kasallikka  chalinmaslik  uchun  sog‘lom  turmush  tarziga  rioya  qilaylik,  o‘zimizni  va 

yaqinlarimizni  turli  xastaliklardan  extiyot  qilaylik.  Salomatligimizga  bee’tibor 

bo‘lmaylik. 

 OIV degan vaboga xech kim duchor bo‘lmasin,  

 Quvonch to‘la ko‘zlar xech g‘am-anduhni ko‘rmasin, 

 Bo‘ling doim salomat, bizga erur shu eng oliy baxt 

 Hayotingiz nurlarga to‘lsin,hamroh bo‘lsin baxtu-saodat! 



 

 

 



 

Download 370.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling