“Yoshlar oitsga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi
Download 370.38 Kb. Pdf ko'rish
|
“Yoshlar-OITSga-qarshi”-tarbiyaviy-tadbir-ssenariysi@nambiolog.zn .uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sog‘lom hayot”
- “XXI asr vabosi”
- 3-o‘uvchi
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
Namangan viloyat Mingbuloq tumani xalq ta’limi boʻlimiga qarashli 43 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Qaxorova Gulchexra “Yoshlar OITSga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi Tadbir zali “Yoshlar OITSga qarshi” shiori ostidagi turli xil plakatlar bilan bezatilgan. Sahnaga boshlovchi chiqib keladi. Sog‘lom oilaning sog‘lom bolasi, Yurtning iftixori, gul-u lolasi. Sensan Vatanimning suyangan tog‘i, Ey zakiy dilbandim, elim ardog‘i! Boshlovchi: Assalomu alikum qalbi qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan aziz ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar. “Yoshlar OITSga qarshi” nomli tadbirimizga hush kelibsiz! Bugun 1-dekabr jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurashish kunini nishonlaydi. Salomatlik-kishilar turmush darajasi va sifatining ko‘rsatkichidir va shu jihatdan inson salohiyatini rivojlantirish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir fuqaroning salomatligi ham davlatning strategik maqsadi, milliy xavfsizlgining garovi sanaladi. Ham jismonan, ham ma’naviy sog‘lom avlodning turmush tarzini yaratish davr taqozosidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik” nomli asarida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurashamiz. Har taraflama sog‘lom avlodga ega bo‘lgan xalqni hech qachon yengib bo‘lmaydi” deb ta’kidlaganlar. Darhaqiqat, sog‘lom avlodni shakllantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston OITSga qarshi kurashishga qaratilgan say-harakatlarni har tomonlama qo‘llab – quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir. http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
Biz avval OITS haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsak. OITS qanday kasallik va qanday yo‘llar orqali yuqadi? Bu haqida “Sog‘lom hayot” hamda “Sog‘lom jism” guruhlarini taklif etsakda ularni tinglasak. (Sahnaga uchta o‘quvchidan iborat guruh ishtirokchilari chiqib kelishadi).
1-o‘quvchi: OIV- Odamning immunitet tanqisligi virusi OITSni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanib, bu infeksiya inson tanasining kasalliklarga qarshi himoya qobiliyatini ishdan chiqaradi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi virusni 1983-yil OITS bilan kasallangan insonlardan Amerikalik olim Robert Gallo va Fransiyalik Lyuk Montan’elar mustaqil ravishda aniqlaganlar. Hozir OITS deyarli barcha davlatlarda tarqalganligi uchun u “XXI asr vabosi” deb ataladi. 2-o‘quvchi: Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 3-4 haftadan 5-6 oy, hatto 5-7 yilgacha davom etadi, so‘ng OIV infeksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘ladi. Bunda kamquvvatlik, ishtaxaning pasayishi, kechalari terlash, uzoq vaqt sababsiz tana haroratining ko‘tarilishi, limfa bezlari, jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi, terida toshmalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ich ketishi, sababsiz o‘pka shamollashlari holatlari, odamning keskin ozib ketishi, xavfli o‘smalarning rivojlanishi yuzaga keladi. Ba’zan OITS bilan kasallangan insonlar sog‘lom ko‘rinishlari va o‘zlarini bardam-baquvvat his etishlari mumkin. Biroq ular shunday kasallikni boshqalarga yuqtirishlari mumkin. Kasallikning avj olish davrida bemor gepatit, sil, nafas yo‘llari va oshqozon ichak tizimini zararlovchi turli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi. OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi OITS hisoblanadi. OITSga chalingan shaxslar zaiflashib qoladilar, chunki ularning tanasi kasallikka qarshi qobiliyatini yo‘qotgan bo‘ladi va buning natijasida inson hayotdan ko‘z yumadi.
Kasallik uch xil yo‘l bilan yuqadi. Birinchi - tabiiy jinsiy yo‘l bilan. Ikkinchi - sun’iy yo‘l ya’ni teri va shilliq qavat butunligining buzilishi bilan kechadigan muolajalarda nostril tibbiy va notibbiy asboblardan foydalanganda, soqol olish uskunalari va tish yuvish vositalari umumiy ishlatilganda, teriga tatuaj qilib rasm
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
solganda, kosmetika muolajalarida, tekshirilmagan qon va qon mahsulotlari quyilganda, a’zo va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda. Uchinchisi- OIVni yuqtirib olgan homilador ayoldan homilaga yoki chaqaloqqa yuqishi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, u so‘lak, ko‘z yoshi ter, siydik tarkibida ham aniqlangan, lekin ularda virus konsentrasiyasi juda kam miqdorda bo‘lgani sababli kasallik chaqirish qobiliyatiga ega emas. OITS organizmning infeksiyaga va saraton kasalliklariga qarshi kurashiga to‘sqinlik qiluvchi yuqumli kasallikdir. OITS qurbonlarining o‘limiga virus emas aynan shu kasallik sabab bo‘ladi. OITS kasalligida ko‘pincha markaziy asab tizimi jarohatlanadi, bu esa turli ruhiy va nevrologik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasallik yosh bolalarda ancha tez zo‘rayadi. OIV yuqtirganlik to‘g‘risidagi tashxis faqat laboratoriya yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
OITS bedavo dard, bu kasallikning to‘la davosi aniqlanmagan, biroq immunitet tizimini shikastlashda davom etishiga chek qo‘yuvchi antiretrovirus ARV preparatlari mavjud. ARV vositalari OITSga chalingan kimsalarga ancha uzoq davr hayot kechirish imkonini beradi.
Butun jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS bo‘yicha butun dunyoda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunda jahon bo‘yicha 42 millon kishi OIV infeksiyasiga chalingan bo‘lsa, har yili ularning safiga yana 2 millon 700 ming nafar kishi qo‘shiladi. O‘tgan davr mobaynida qariyb 2 millonga yaqin odam bu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Dunyo bo‘yicha kasallikni o‘ziga yuqtirgan insonlarning asosiy qismini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o‘ziga yuqtirganlarning yarmi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularning ko‘pchiligi onasi homiladorlik paytida tug‘ilish va ko‘krak suti bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar.
Dunyoning ko‘pgina davlatlarida OITS infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun javobgarlik berilgan, ayrim davlatlarda buning uchun og‘ir jazo tayinlangan.
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, bila turib boshqa shaxsga OIV kasalligini yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
o‘yini orqali OITSni qanday yo‘llar orqali yuqishi hamda qanday yo‘llar orqali yuqmasligini yanada to‘liqroq ma’lumotlar orqali bilib olsak.(Har bir guruh ishtirokchilariga bittadan savol berib boriladi). 1. OITS virus orqali tarqaladi. 2. OITSni davolash mumkin. 3. OITS shunday holatki, unda inson a’zolarining boshqa kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyati susayadi. 4. OITS qon quyish orqali yuqadi. 5. OITS boshqalar foydalangan ignalarni ishlatish orqali yuqishi mumkin. 6. OITS umumiy idishdan foydalanish va yo‘tal orqali yuqishi mumkin. 7. OITS quchoqlashish, qo‘l berib ko‘rishish,aksirish,oshxona jihozlari, sochiqlar,suzish havzalaridan foydalanish orqali yuqishi mumkin. 8. OITS onadan homilaga o‘tadi. 9. OITS yuqqach,faqat bir necha yildan so‘nggina o‘z belgisini namoyon etadi. 10. Kontraseptiv tabletkalar OITS yuqishi xavfini pasaytiradi. 11. Kishini tashqi ko‘rinishiga qarab ushbu kasallikni yuqtirgan yoki yuqtirmaganini aniqlash mumkin. 12. Insonlar o‘zaro suhbatlashganda yuqishi mumkin.
bajaradilar: I-guruh ishtirokchilari sog‘lom hayot tarzini yartishimiz uchun nimalarga e’tibor berishimiz kerak? Agar siz ustunchadagi yashirin so‘zlarni topsangiz sog‘lom hayot tazriga yo‘l topasiz.(O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga yashirin so‘zlarni yozadilar)
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
1. Sog‘lom turmush tarzi 2. Sport bilan shug‘ullanish 3. Ozodalik 4. Mehr 5. Tabiatni asrash 6. Parxez 7. Hurmat 8. Teran aql 9. Yaxshilik 10. 10.Ezgulik 11. To‘g‘rilik 12. Axloqlilik 13. Mehnatsevarlik 14. Shirinsuxanlik
Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa “O‘z yo‘lingni o‘zing tanla” plakatiga mavzuni aks ettiruvchi rasm chizadilar va matn yozadilar.(O‘quvchilar ma’lum vaqt davomida o‘z tasavvurlaridan kelib chiqib plakatga rasm chizadilar. Guruhlar taqdimoti izohlar, guruhlarni olqishlash bilan o‘tadi).
……………….. tarzi …… bilan shug‘ullanish
………….lik Me…..
………….. asrash
…….xez
Teran…………
Yax…………. Ez…………..
To‘g‘…………. Ax……………..
Meh…………… http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group
(Tadbirda qo‘shimcha tazrda OITS bilan kasallangan insonga salbiy munosabatda bo‘lish natijasida bemor tushkunlikka tushib qolishi,shuning uchun ularga samimiy munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi videorolikni namoyish etiladi).
kasallikka chalinmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilaylik, o‘zimizni va yaqinlarimizni turli xastaliklardan extiyot qilaylik. Salomatligimizga bee’tibor bo‘lmaylik. OIV degan vaboga xech kim duchor bo‘lmasin, Quvonch to‘la ko‘zlar xech g‘am-anduhni ko‘rmasin, Bo‘ling doim salomat, bizga erur shu eng oliy baxt Hayotingiz nurlarga to‘lsin,hamroh bo‘lsin baxtu-saodat!
Download 370.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling