YOZMA NAZORAT SAVOLLARI (4 BALL)
Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Xalqaro moliya doimiy o’zgarib turuvchi Xalqaro pul tizimining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining holati va o’zgarishini, Xalqaro moliyaviy bozorlar, Xalqaro moliyaviy korporasiyalar, Xalqaro bank va investision faoliyatni o’zida aks ettiradi. Jahon moliya tizimining asosiy ishtirokchilari banklar, transmilliy korporasiyalar, portfel investorlar va Xalqaro rasmiy qarz beruvchi donorlar hisoblanadi.
Xalqaro moliya- Xalqaro moliyaviy resurslar va ularning global harakatini tavsiflovchi tushunchadir. Jahon savdosining shiddatli o’sib borishi, ishlab chiqarish masshtabi va ixtisoslashuvining rivojlanishi, kapitallarning xalqaro oqimini, davlatlararo tovarlar, xizmatlar va mehnat resurslarining harakatini rivojlanishi Xalqaro moliyaning rivojlanishi va Xalqaro moliyaviy bozorlarning shakllanishi, davlatlararo moliyaviy munosabatlarni tobora murakkablashuvi uchun sharoit yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |