Yuk avtomobillarini ishlatishda ulardan foydalanish samaradorligini baholash


Download 39.98 Kb.
bet1/5
Sana18.01.2023
Hajmi39.98 Kb.
#1099603
  1   2   3   4   5
Bog'liq
maqola qahramon


Masodiqov Q.
q.masodiqov@ferpi.uz
Xujamqulov S.
s.xujamqulov@ferpi.uz
Ferghana polytechnic institute
YUK AVTOMOBILLARINI ISHLATISHDA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Kalit so’zlar: avtomobil, transport, yuk, ekspluatatsiya, yuk tashish, tijorat.
Mamlakatimiz rivojlanishida avtomobilsozlik sanoatining ahamiyati juda katta. Avtomobil transporti davlat iqtisodiyotini muvaffaqiyatli rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlarning muhim tarkibiy qismidan biridir. Avtomobil transporti nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ham ega.
Bugungi kunda yuk oqimlari O‘zbekiston Respublikasi orqali o‘tishini hisobga oladigan istiqbolli xalqaro transport yo‘laklari shakllanayapti, o‘zbek avtoyuktashuvchilarining xalqaro transport kommunikastiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishi orqali multimodal yuk tashishlar rivojlanayapti.
O‘zbekiston iqtisodiyotining dinamik o‘sishi bevosita uning yuk va passajirlarni tashish hajmi ortishi bilan bog‘liq. Savdo va yo‘lovchi tashish jamiyatda qamrab olingan. O‘tgan besh yil mobaynida yuk aylanmasi hajmi 1,5 marta, yo‘lovchi aylanmasi 1,45 marta o‘sdi. Transportda yuk tashishning umumiy hajmi, avtotransport vositalaridagi ulushi, umumiy yuk tashish jarayoni hajmi bilan bog‘liq. Bugungi kunda avtotransport vositalariga to‘liq yuk hajmining 90% dan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Avtomobillarda yuk tashish jarayoni mobaynida zamonaviy talablar asosida yangi logistik normalari uchun tashish jarayoni tashkil qilingan. Iqtisodiyotning dinamik o‘sishini ta’minlashning muhimligi yangi zahiralarni qidirish, tashish jarayonidagi hizmatni takomillashtirish, tashish hajmining o‘sish su’rati, yuk avtomobillaridan foydalanish jarayonida samaradorligini orttirish, intellektual va informatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali erishiladi. Bu foydalanish jarayonidagi yangi yondashuv avtotransport vositalarini hayot siklidagi yangi bosqichlarini bir-biriga bog‘liqliligini aniqlaydi.
O‘zbekiston asosan xalq-ho‘jaligi yuklarini tashishda avtomobil va temir yo‘l transportidan foydalaniladigan davlatlar qatoriga kiradi. Ayni paytda, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi transport sektorining hissasi 9% hisoblanadi[1-2]. Avtomobil transportidagi yuk aylanmasi hajmi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan 1,25 marta yuqori. Yevroittifoq 2001-2010 yillarda yuk aylanmasini 38%ga oshganini tashkil etganini tasdiqladi, o‘rtacha iqtisodiy o‘sish esa 1,34% ni tashkil etgan. Yalpi ichki mahsulot 2020-yilgacha o‘rtacha yillik 8% da ushlab turish uchun har yili yuk tashish 8,3% o‘sishi lozim. Shu sababdan avtomobil transporti orqali har yili yuk tashish ko‘rsatkichi 10,5% ni tashkil etishi lozim.
Shunday qilib, xalqaro ekspertlar hisobiga ko‘ra mamlakatni dengiz portiga erkin kirish yo‘li yo‘qligi, ayniqsa transport tariflarini sezilarli tebranishi 1% dan 8-9% gacha eksport va import tovarlarida tashish xarajatlari ulushini oshiradi.
Mutahasislarning fikricha 2020 yilga kelib umumiy yuk aylanmasini qondirishda xususiy sektorlar uchun 56000 dan (yuk aylanmasini 8%ga o‘sishi) 62000 donagacha (yuk aylanmasini 10%ga o‘sishi) yuk mashinalari parkini oshirish kerak.

Download 39.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling