Yumshoq to’qimalarning shikastlanishi


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1719943
  1   2   3   4
Bog'liq
tibbiyot (1)



YUQORIDAN TUSHIB KETISH, JIDDIY 
SHIKASTLANISH VA XUSHDAN 
KETISH
Tayyorladi: Jo’raqulov Farrux


Reja:
1. Shikastlanish turlari.
2. Ochiq yopiq sinish.
3. Shikastlanganda birinchi tibbiy yordam.
4. Jarohatlar va ularni davolash.


Lat eyish yumshoq toʻqimalar 
jarohatlanishining eng engili 
hisoblanadi. Lat eganda epidermis 
qavati zararlanmay qoladi, ammo 
dermaning qon tomir va hujayralari 
jarohatlanadi. Zararlangan tuzilmalarda
qon asosan dermada toʻplanadi. 
Yumshoq toʻqimalarning yopiq jarohatlanishi koʻpincha toʻmtoq 
travma natijasida vujudga keladi, bu turdagi jarohatlarning 
asosiylari bu – lat eysh, gematoma va ezilishdir. 
Lat eyish
Bu esa lat egan joyning koʻkimtir-qizgʻish rangda kurinishiga sabab 
boʻladi. Bundan tashqari lat egan joyda shish va ogʻriq kuzatiladi. 


Teri ostida katta hajmdagi yumshoq 
toʻqimalar jarohatlanganda yirik qon 
tomirlar butunligi buziladi. Bu esa 
katta hajmda va tezroq qon quyilishiga 
olib keladi. 
Gematoma
Yirik suyak singanda, ya'ni son suyagi singanda oʻzida bir necha litr qon 
hajmini saqlovchi gematomalar hosil boʻladi. Bu esa oʻz navbatida 
shokning rivojlanishiga olib keladi. 
Yumshoq toʻqimalar jarohatlangan sohasi chegarasida qon turli hajmda 
yigʻilishiga gematomalar deb ataladi. Gematomalar faqatgina yumshoq 
toʻqimalar jarohatlanganda hosil boʻlmaydi, balki ular suyaklar singanda 
yoki biror-bir a'zoda qon tomir jarohatlanganda ham vujudga keladi. 


Ezilishlar shunday jarohatki, bunda tashqi fizik faktor kuchlarining ichki 
organizm tuzilmalariga uzatilishi natijasida organizm eziladi yoki organizm 
qismlarining ikki yoki bir nechta yuzalar orasida qolib ezilishi kuzatiladi. Bunday 
turdagi jarohatlanish teri butunligi buzilmasdan turib, organizm katta hajmdagi 
toʻqimalarni jarohatlanishiga olib keladi. 
Ezilishlar 
Ma'lum bir kuch ta'sirida ezilishlarda ichki 
organlarning ezilishga yoki yorilishiga v massiv 
ichik qon ketishlarga olib keladi. parenximatoz 
organlar, ya'ni jigar va taloq oʻzi oʻki hajmdagi 
qon tutadi. Shuning uchun ular ezilganda yoki 
yorilganda juda kuchli qon ketish yuzaga keladi. 
Bu esa shok holatining rivojlanishiga olib 
keladi. Suyak tizimi jarohatlanganda ezilish 
bilan birga keladi. 


Yumshoq toʻqimalarning yopiq 
jarohatlanishi ichida eng koʻp lat 
eyishlar uchraydi. Dala sharoitida 
koʻpincha bunday holatlar shoshilinch 
tibbiy yordam koʻrsatishga muhtoj 
emas. Lekin shuni bilmoq kerakki, lat 
eyishning borligi ichki jarohatlanish 
yoki qon ketish borligidan dalolat 
beradi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling