“yuqori kuchlanish texnikasi”fani bo’yicha texnika xavfsizligi. Sinov va o‘lchov uskunalari. Sinov transformatorini darajalash


Download 143.98 Kb.
bet1/6
Sana05.04.2023
Hajmi143.98 Kb.
#1275936
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ЮКТ 1-лаборатория иши

1- LABORATORIYA ISHI.

YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI”FANI BO’YICHA TEXNIKA XAVFSIZLIGI.SINOV VA O‘LCHOV USKUNALARI. SINOV TRANSFORMATORINI DARAJALASH




Ishdan maqsad: yuqori kuchlanishni o‘lchashda va sinashda qo‘llaniladigan o‘lchash va sinov asboblari, shu jumladan sinov transformatori va o‘lchash uskunalarining hamda impuls kuchla-nishlar generatorlarining ishlash prinsipi va o‘lchash usullari bilan tanishish. Sinov transformatoridan foydalanib elementlarning o‘lchash chegarasini tekshirish va xarakteristikalari bilan tanishish.
Yuqori kuchlanish uskunalarining izolatsiyasi ekspluatatsiya jarayonida faqat ishchi kuchlanish ta’sirida bo‘lib qolmasdan balki kuchlanish impulsining (kommutatsiyali va chaqmoqli) ta’sirida bo‘lib qolishi mumkin.
Sistema elementlari izolatsiya konstruksiyalari va ularni izolatsiyalovchi elementlarning ishlash qobiliyati va ishonchliligi to‘g‘risida fikr yuritish uchun ularni laboratoriya yoki sanoat (dala) sharoitida sinash kerak. Sanoat chastotasida o‘zgaruvchan kuchlanishda sinovlar o‘tkazilayotganda yuqori kuchlanishning amplitudaviy, ta’sir etuvchi qiymatlarini o‘lchash bilan birga sinov kuchlanishining shaklini nazorat qilishga ham to‘g‘ri keladi. Bu laboratoriyada kuchlanish turlarining manbai – transformatorlar va transformatorlar kaskadi, to‘g‘rilagich uskunalari, elektrostatik generatorlar, chaqmoq va kommutatsiya impuls kuchlanishi generatorlari hisoblanadi.
Yuqori kuchlanishdagi o‘lchash asboblari – sharli o‘lchash razryadlagichlari va elektrostatik voltmetr sinalayotgan obyektlarga bevosita ulanadi hamda kuchlanishni o‘lchash vaqtida yuqori kuchlanish ostida bo‘ladi. Ancha yuqori kuchlanishlar, toklar hamda tez kechayotgan jarayonlarni o‘lchash ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi va uni amalga oshirish uchun maxsus apparaturalar va qurilmalar (kuchlanishni bo‘lgichlar, sharli razryadlagichlar, amplitudaviy voltmetrlar, ossillograflar)ni qo‘llashni taqozo etadi. Past kuchlanishdagi o‘lchash asboblari esa yuqori kuchlanish zanjiriga kuchlanishni bo‘lgich yoki pasaytiruvchi transformator yordamida ulanadi.
Sharli o‘lchov razryadlagichlari yuqori kuchlanishni bevosita o‘lchash yoki yuqori kuchlanishni o‘lchashga mo‘ljallangan boshqa o‘lchov asboblari va uskunalarini darajalashda qo‘l-laniladi.
Asosan darajalash sharli razryadlagich yordamida o‘lchana-yotgan kuchlanish bilan sinalayotgan uskunalarning o‘lchash zanjiriga ulangan o‘lchash asboblarining ko‘rsatishi orasidagi bog‘lanishni o‘rnatish hisoblanadi.

Download 143.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling