“yuqori kuchlanish texnikasi”fani bo’yicha texnika xavfsizligi. Sinov va o‘lchov uskunalari. Sinov transformatorini darajalash


Download 143.98 Kb.
bet2/6
Sana05.04.2023
Hajmi143.98 Kb.
#1275936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ЮКТ 1-лаборатория иши

Sinov sharoitiga talablar: Sinov sharoitini izolatsiyaning ishlash sharoitiga maksimal yaqinlashtirish va aniqroq natija olish uchun bir qancha shartlar bajarilishi kerak:

  1. Sig‘imi elektr maydon shakliga ta’sir ko‘rsatuvchi va tashqi elektr magnit maydon ta’sirini bartaraf etish uchun katta o‘lchamli predmetlarni sinov va o‘lchov olib borilayotgan joydan uzoqlash-tirish kerak. Buning uchun zaminlangan yoki o‘zga kuchlanish ostidagi o‘lchami katta uskunalar sinov obyektidan ma’lum bir masofada bo‘lishi kerak. Misol uchun kuch-lanishi 220 kVdan yuqori kuchlanishda sinov o‘tkazilsa, qayd etilgan masofa sinov obyekti o‘lchamiga nisbatan 2-3 marta katta bo‘lishi kerak.

  2. Tashqi maydonning o‘lchash natijalariga ta’sirini bar-taraf etish uchun sinov maydoni maxsus o‘tkazuvchi ekran – Faradey qafasi ichiga olinadi. Ekran ishonchli zaminlangan bo‘-lishi kerak. Bu haqiqatan ham tashqi maydon ta’sirini va elektromagnit maydon tarqalishini bartaraf etadi.

  3. Asosiy talablardan yana biri bu – sinov jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va zaminlash jamlamasining qarshiligi 0,5 Om dan katta bo‘lmasligini ta’minlash.

  4. Potensiallarning taqsimlanishini tekislash uchun inshoat-ning poliga setka to‘shalishi va sinalayotgan obyekt ham aktiv qarshilikli folgalar yordamida yer ustidagi nuqtalarda zaminlanishi kerak.

  5. Sinash maydoni shunday tanlanishi zarurki, sinalayotgan obyektdan – laboratoriya devorlari va doimiy to‘siqlarga hamda elektr qurilmalarining zaminlangan qismlarigacha bo‘lgan maso-fa tavsiya etilgan normaga mos kelishi va oldinda ko‘zda tutilmagan yo‘nalish bo‘yicha razryadlanishning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.



1. Yuqori kuchlanish uskunalari

    1. Impulsli kuchlanish generatorlari

Yuqori kuchlanish elektr qurilmalarining izolatsiyasi yashin urilishida impuls kuchlanish ta’siriga tushib qoladi. Ma’lumki, izolatsiyaning razryadlanish kuchlanishi impuls shakliga va uning davom etish vaqtiga bog‘liqligi uchun sinov impulsini normallash zarur. Izolatsiyani sinash uchun qo‘llaniladigan normallashgan aperiodik impulslarni impuls kuchlanish generatori (IKG) uskunasi yordamida olish mumkin. Impuls kuch-lanish generatorining sxemasi va elementlarining parametrlari ma’lum bo‘lsa, uning chiqishidagi kuchlanish shaklini quyidagi formula yordamida topish mumkin:
U =nU0( - ) (1)

bu yerda: T1  (Kp + Rdg)(Sg + Sx); T2  Cx(Rf + Rdg)


Rdg – IKG pog‘onalarining tinchlantirish (dempferlash) qarshiliklarining yig‘indisi.
Kuchlanish impulsining fronti T2 bilan aniqlaniladi. Impuls frontining davom etish vaqti tf kuchlanishning, maksimal kuchlanishning 90% va 30% qiymatlariga teng bo‘lgan vaqtlari orasidagi farqdan 1,67 marta katta deb aniqlanadi.
Agar tf vaqt ichida impulsning tashkil etuvchisi (T1>>T2) so‘nmasa, unda (1) o‘rniga = 1- ni yozishimiz mumkin. Frontning hisobiy uzunligini quyidagi tenglamalarni yechib topish mumkin:
0,3 = 1- ; 0,9 = 1- , bundan tf = 3,22T2  3,2Cx(Rf + Rdg)
tf= =1,67(t2–t1) (2)
Impulsning uzunligi ti amalda T1 doimiy vaqt bilan aniqlanadi.

ti = 0,69T2  0,69(Kp + Rdg)(Sg + Sx) (3)


Yuqoridagi (2) va (3) formulalarda IKGning parazit sig‘imlari hisobga olinmagan, chunki ularni hisobga olish qiyin va noaniq.


IKGda dastlab kondensatorlar katta rhimoya>>rso‘ndirish qarshiliklar orqali bir vaqtda zaryadlanadilar. Natijada, toq sonlar bilan belgilangan tugunlar potensiali nolga, juft sonlar bilan belgilangan tugunlar potensiali esa transformator kuchlanishi (Uo)ga teng bo‘ladi. 2 - 3, 4 - 5 va hokazo tugunlariga ulangan qo‘sh shar (QSH) uchqun oraliqlari (Uo) shunday tanlanadiki, Uo kuchlanishi birinchi UO da uchqun hosil qilsin. Natijada 3-tugun 2-tugun potensialini oladi, 4-tugun potensiali esa 2Uo ga ko‘tarilib, ikkinchi Uo da uchqun hosil qiladi, 6-tugun potensiali 3Uo ga keltiriladi va h.k. Ketma-ket Uo lar teshilishi kondensator S lar ketma-ket ulanib, n tugunda nUo qiymatli kuchlanishni hosil qiladi va ajratuvchi Uo da uchqun hosil bo‘-lishiga olib keladi. Shuning bilan sig‘imning to‘plagan energiya impulsi sig‘imining R1 qarshilik orqali zaryadlanishi, S1 ning esa zaryadsizlanishi boshlanadi. S2 sig‘im zaryadlanib bo‘lgandan keyin u ham R2 qarshilik orqali zaryadsizlana boshlaydi. S2 sig‘imning zaryadlanish vaqti sinov obyektida hosil bo‘lgan to‘lqin frontini, S1 va S2 sig‘imlarning R2 qarshilik orqali zaryadsizlanishi esa bu to‘lqin uzunligini aniqlaydi.




    1. Download 143.98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling