Yuqori sinf ona tili darslarida so‘z takibini o`quvchilarga o‘rgatishda aktdan foydalanish usullari ” mavzusidagi malaka ishi


Download 153.74 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi153.74 Kb.
#139505

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI



Narziyeva Ra'no Zaripovnaning

Yuqori sinf ona tili darslarida so‘z takibini o`quvchilarga o‘rgatishda AKTdan foydalanish usullari



mavzusidagi
MALAKA ISHI
Yo‘nalish (guruh) Ona tili va adabiyot

Tinglovchining ish joyi Kattaqo`rg`on tuman 54-maktab

Kafedra mudiri _____________ Utanov U.

Imzo

Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________ Uralov R.



Imzo

Tinglovchi _____________ Narziyeva R.



Imzo

Samarqand – 2020-yil



MUNDARIJA



Malaka ishi mazmunining bayoni

bet



Ilovalar

bet



Tinglovchining malaka oshirish davrida o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo‘yicha bajarilgan ishlari

bet



Tinglovchining o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan yo‘l xaritasi

bet



Taqdimot slaydlari





Reja

I. Kirish

II. Asosiy qism : 1 Bo`lim. Rang tasvir darslarida ranglar bilan ishlash

1.1 Rang tasvir darslarida ranglar jilosi

1.2 Inson gavdasini rang tasvirda ishash yo`llari

2 Bo`lim. Shaxsni o`xshatib aks ettirish va yo`llari

2.1 Shaxsni o`xshatib aks ettirish

2.2 Rangli fonda qiyofachini yarim gavdasi bilan ishlash

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

V.Taqdimot


KIRISH

Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning rivojlanishiga va mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq.

Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday texnologiya ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanadi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari shundan iboratki, ma’lum mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.

O‘qituvchining faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik dars ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materialini o‘zlashtirishga sharoit yaratadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov o‘quvchi tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib shunday yozadi: “SHuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizni ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq,”1 .

Tarbiya deganda avvalo, yosh avlodning kelajak hayotga tayyorlash tushuniladi. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Biz tarbiya jarayoni haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu tayyorlash, maxsus tashkil qilingan tarbiya faoliyatlari bilan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi.

Bugungi ta’limning rivoji o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirib borishini taqozo etmoqda.

SHunday ekan, ta’lim jarayonida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi har bir murabbiy o‘quvchilarni barkamol inson qilib etishtirish uchun ularning xalq insonparvarligi chashmalaridan, umumbashariy qadriyatlardan bahramand bo‘lishlariga e’tibor berib, urf-odatlarimizni, milliy qadriyatlarimizni, buyuk mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini yaxshi bilishi va ularni darslarga tadbiq etishi lozim.

Bu qo‘llanmada ta’lim texnologiyalari, rivojlantiruvchi, muammoli ta’lim texnologiyalari va ularning ona tili va adabiyot darslarda qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi.

Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir.

O‘qituvchi dars jarayonida pedagogik texnologiya asosida o‘quvchilarning ongidagi ilg‘or kuchlarga tayanib, ijodiy kamolotiga yordam berish natijasida darslarni tashkil etishlari lozim.

O‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan zavqlanish, o‘quv faoliyatiga mas’uliyatli yondashish hamda o‘zaro hamkorlikda ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga undashi kerak. Bu esa pedagogik ta’sirni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro aloqa vositasi “ko‘prik”ni vujudga keltiradi.

Ma’lumki, pedagogik texnologiya- ta’lim jarayonida oldindan rejalashtirilgan va to‘laligicha loyihalashtirilgan, muayyan vaqtga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq ta’lim oluvchi shaxsiga qaratilgan, faollashtirilgan usullar va zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalangan holda o‘quv maqsadiga erishishni kafolatlaydigan ta’lim berish jarayonidir.

Pedagogning jonli nutqi, shaxslarning o‘yinlari, jamoatchilik harakatlari tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. Ammo tegishli tarbiyaviy vazifalarni hal etish uchun ularni albatta murabbiy pedagog ishining muayyan sistemasiga kiritish kerak. Tarbiya natijasining samarali bo‘lishi tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga va ularning uyg‘unligini ta’minlashga bog‘liq.

Texnologiyalarni qo‘llaganda, o‘quvchi bilimini kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash, mosini tanlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi dialektikasini chuqur tahlil qilish ishlariga ahamiyat berishimiz kerak. Ta’lim texnologiyalari quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:


  1. Zamonaviy -an’anaviy o‘qitish elementlaridan foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar;

  2. Pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar;

  3. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar;

  4. O‘quv jarayonini samarali boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiya;

б. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari;

V. Xususiy o‘quv predmetlariga tegishli texnologiyalar.

Zamonaviy an’anaviy ta’lim. XVII asrda YA.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p qo‘llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda.

Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: Hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.

O‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Muammoli o‘yinlar, tayanch signallar kanspektlari texnologiyalari va boshqalar.

O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o‘quvchi shaxsining sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.

Bulardan tashqari xususiy (o‘quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud.

1 Bo`lim. Maktab tizimida ona tili fanini o’qitishning maqsad va vazifalari

1.1 Maktabda Ona tili fanini o`qitish

O’zbek tili mustaqil O’zbekiston Respublikasining davlat tili, uning umumiy o’rta ta’lim maktablarda o’qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko’ra to’g’ri, o’rinli va samarali foydalanish malaka va ko’nikmalarni singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda maktab ona tili kursining tutgan o’rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi o’ta muhim vazifa bo’lib turgan bir sharoitda bu fanning o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabda ona tilini o’qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o’rtasida bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. CHunki kishilar o’z faoliyatlarini barcha sohalarda bir-birlari bilan faol munosabatda bo’ladilar. Ular doimo o’zlarini o’rab turgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to’g’risida fikr yuritadilar va o’z fikrlarini bir-birlariga ma’qul qiladilar.2

Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar o’rtasida fikr almashish bo’lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to’xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro’yobga chiqadi SHuning uchun avvalo, har bir kishi undan fodalanishni bilishi va avvalo uni egallab olishi zarur. Tilni o’rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o’zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o’rgatish bilan birga uning serqirra imkoniyatlarini nutqda foydalanish me’yorlarini ham o’rgatadi.

Ma’lumki, til hodisalari alohida-alohida hodisalar emas, balki o’zaro chambarchas bog’langan hodisalardir. Respublikamizdagi taniqli tilshunos olim

G.Ne’matov, uslubshunos olim A.K.Gulomov ta’limotiga asoslanadigan bo’lsak, nutq faoliyati quyidagi uch tarkibiy qismdan iborat.

{ TIL } - { SO’ZLASH QOBILIYATI } - { NUTQ }

Maktab ona tili ta’limi ushbu zanjirning birinchi xalqasi - til imkoniyatlari - til birliklarining avvaldan barqarorlik, doimiylik va majburiylik xususiyatlaridan foydalanilgan holda, ikkinchi va uchinchi xalqalari - so’zlash qobiliyati va nutqni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitish sari yo’naltirilgan bo’lishi kerak. SHuning uchun tilning turli sathlari - fonetika, lug’at, morfologiya. Sintaksisni alohida-alohida o’rganish tilnning tizimiy yaxlitligiga xilof bo’lib, bu sathlar hamisha uzviy bog’liqlikda o’rganilishi, har bir sath birligini o’rganish, shu sath birligining amaliy qo’llanilishi bo’yicha bilim, malka va ko’nikmalarini mukammallashtirish bilan birga olib borilishi lozim.

Boshlang’ich sinfning ona tili kursi o’quvchilarni til fani haqida dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiradi. 5-sinfdan boshlab ona tilining izchil kursini o’rgatish ko’zda tutiladi.

Maktablarda ona tili o’qitish amaliyati shuni ko’rsatdiki, har bir til sathini alohida-alohida o’rgatishdan oldin shu sathlarni birlashtiruvchi, ularnining o’zaro chambarchas bog’liqligini kursatuvchi bir bo’lim - «Muqaddima» bo’limini kiritishga zaruriyat sezilmoqda.

Turkiy tillar shu jumladan o’zbek tili o’qitish metodikasida, 5-sinflarda o’quv yilining boshida «Sintaksis va punktuatsiya»dan o’quvchilarga zaruriy bilimlar berish -yillardan beri amaliyotda sinab ko’rilmoqda. Ammo uzoq yillik tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, «Muqaddima»ni faqat «Sintaksis va punktuatsiya bilan chegaralash samarli ijobiy natijalar bermaydi. Mazkur bo’lim sintaksis va punktuatsiyaga oid zaruriy masalalar bilan bir qatorda mustaqil va yordamchi so’zlar, yordamchi so’zlarning vazifalari, so’z tarkibi (morfemika), sodda, qo’shma va juft so’zlar kabilarni ham o’z ichiga qamrab olmog’i lozim.


1.2 Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va usullari

Rivojlantiruvchi ta’lim ma’lum bir vaqtda, o‘quvchining ta’limiy, tarbiyaviy, ma’naviy, ruhiy va jismoniy rivojlantirish hamda uni tez o‘zgaruvchan dunyoda jamiyatga, hayotga moslashuvini ta’minlovchi ta’lim nazariyasidir.

O‘z kelajagini o‘ylagan har bir davlat jamiyat hayotidagi shaxsga taalluqli barcha ijtimoiy ta’sirlarni insonning rivojlanishi uchun, uning o‘zligini anglashi va namoyon qila olishi uchun maqsadli ravishda yo‘naltira olgan bo‘lishi kerak.

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalar qo‘llanganda, o‘quvchilar qiziqishining ortishiga, bilimlarning ko‘nikmaga aylanishiga, bilim sifat-samaradorligining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarning aqliy rivojlanishlari, ma’naviy fazilatlarini rivojlantirib borishga asos yaratadi. Bu davrda bolaga beriladigan bilimlar vositasida shaxsning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy dunyosini o‘stirib rivojlantirib borish-ta’limda bolaning rivojlanish jarayonini tashkil etishning asosiy ko‘rinishlaridan biridir.

Boshlang‘ich ta’limda amaliy faoliyat va turli qiziqarli vositalar asosida kerakli bilimlar singdirilib boriladi. Bu faoliyat jarayonida o‘quvchi biron bir natijaga erishishi, obrazlar orqali tasavvur qilishi, o‘z qo‘li bilan biron narsalarni yaratishi, ijod qilishi orqali rivojlantirilib borilgan bola o‘z menini anglay boshlaydi.

Rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi-O‘quvchilarda mantiqiy, tanqidiy, tahliliy, ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir.

Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi-shaxsning individual kamol topishi uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi.

Rivojlantiruvchi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari- o‘quvchilarda topshiriqlarni echishga oid nazariy tushuncha va amaliy ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy yo'nalishlari:



  1. Muammoli ta’lim.

  2. Evristik ta’lim.

  3. Tadqiqotchilik ta’lim.

  4. IMEN (TRIZ) (ixtirochilik Masalalarini echish nazariyasi)

Ri voj I anti ruvchi ta’lim texnol ogiyasi ni ng etakchi tamoyi llari:

inkorporatsiya(tizimli faoliyat ko‘rsatish)-turli fanlarga oid bilimlarni umumlashtirish;

moslanuvchanlik-ta’lim shakli, usuli va usullarining turli ta’lim muassasalarida qo‘llanuvchanligi;

uyg‘unlik-muayan o‘quv predmetiga oid o‘quv materiali mazmunining shaxsini rivojlantirish shakl, usuli vausullar bilan uyg‘unligi;

yaratuvchanlik-turli ta’lim muassasalari pedagoglarining pedagogik texnologiyalarini yaratish imkoniyatlari;

tabiiylikka asoslanish- genetik va ijtimoiy jihatlarga muvofiq o‘quvchilarning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishdan iboratdir.



  1. Bo`lim. Axborot kommunikatsion texnologiya va usullarning ona tili darslarida qo‘llanilishi

2.1 AKTdan ona tili fanidan foydalanish
“FSMU” TEXNOLOGIYASI- munozarali masalalarni hal etishda, baxs- munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (o‘quvchilarning o‘quv- seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o‘quvchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklari baholash va bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.

Maqsad- Ushbu texnologiya o‘quvchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.

O`tkazish texnol ogiyasi :

Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi.

1 -bosqich

-trener o‘quvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni, yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;

-trener o‘quv mashg‘ulotida avval har bir o‘quvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida o‘quvchilarga ma’lumot beradi;

-mashg‘ulot davomida har bir o‘quvchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi.



  1. bosqich

Har bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining 4-bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatilgan:

F- fikringizni bayon eting.

S- fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.

M- ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.

U- fikringizni umumlashtiring.

Tarqatma materialning taxminiy nusxasi.

Har bir o‘quvchi yakka tartibda qog‘ozdagi FSMU-ning 4-bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi.


  1. bosqich

Har bir o‘quvchi o‘z qog‘ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, trener ularni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi;

trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining



  1. bosqich yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;

trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda

4-bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi.



  1. bosqich

-kichik guruhlarda avval xar bir o‘quvchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;

  • guruh a’zolari FSMU ning 4-bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;

  • Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir o‘quvchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlanishi mumkin.

  1. bosqich

  • kichik guruhlar umumlashtirilgan fiklarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhlarning aynan nima uchun, shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin.

  1. bosqich

  • trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi;

-quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojat qiladi:

-ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz?

-ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanilishi qanday samara berdi?

Namuna:


Ona tili fanining o‘quv dasturida “Tasviriy ifoda” mavzusi berilgan bu mavzuni o‘tishda «Tasviriy ifoda» lar ham o‘zbek tili ifoda vositalarining bir ko‘rinishi ekanligi, og‘zaki va yozma nutqda tutgan o‘rni haqida qisqa izoh beradi. Tasviriy ifodani o‘quvchilarning o‘zlari topishga jalb qiladi. Misol uchun, she’r o‘qib beradi.

«Ko‘rdim, SHukur Burxon» asari Ko‘rdim: SHukur Burxon “Hamza”dan chiqib,

Asta piyodalab ketdi bir kuni.

Bir yon gavjum ko‘cha, bir yon rastalar,

olomon...

Ko‘pchilik bilmadi uni.

Repetitsiya o‘tgan. Mana u borar,

CHarchoq, tund...

Parvosiz harakat aro.

Hozirgina ulug‘ shoh Edip edi,

Endi fuqarodan battar fuqaro.

Ustoz! Zamonlarlarning donish makrini

Ko‘chada grimsiz ko‘rsatishmi bu?!

Kecha yig‘lab sizga talpingan jonlar

Bugun tanimasdan o‘tarlar, yohu!

SHe’rni o‘qituvchi ifodali qilib o‘qib beriladi. So‘ngra she’rda tasvirlangan holatni tasavvur qilish va o‘zida qanday bir tuyg‘ular sezganligini gapirib berish so‘raladi, tasviriy ifodalar aniqlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bayonini umumlashtirib, adib “zamonlarning do‘nish makrini” deya ko‘plab o‘xshatishlar, jonlantirishlardan foydalanib, o‘ziga xos tarzda nafis, go‘zal ifodalab bergani, o‘zbek tilining boy ifoda vositalaridan o‘rinli va unumli foydalangani, o‘zbek tili

imkoniyatining beqiyosligi she’rda o‘z ifodasini topganligini aytib o‘tadi. O‘qituvchilar yuqoridagi bosqichlar asosida o‘quvchilarning fikrlarini umumlashtiradi.

“IKKI QISMLI KUNDALIK” TEXNOLOGIYASI- bu pedagogik texnologiya bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o‘qib chiqilgan mavzu bo‘yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.

Maqsad: o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otish, yozma nutqni rivojlantirish.

O'tkazish bosqichlari:



  1. bosqich. O‘quvchilarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan matn o‘qish uchun taklif etiladi.

  2. bosqich. Hamma matn bilan tanishganiga ishonch xosil qilib, daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.

  3. bosqich. O‘quvchilarga, daftarni chap tomoniga muallif sitatalar (g‘oyalari, fikrlari)ni yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.

  4. bosqich. O‘ng tomonga o‘quvchi mazkur sitataga berilgan o‘zini izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan matn haqidagi tushunchasini umumlashtirib beradi.

  5. bosqich. Topshiriqni shu qismi tugagandan keyin o‘quvchilarga (o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan sitatalarni va ularga yozilgan izohni o‘qish taklif etiladi. Sitata va ularning izohi o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur sitataga o‘z izohini berishga ruxsat etiladi.

  6. bosqich. O‘quvchilar sherik (uchliklar yoki kichik guruhlar) bo‘lib ham ishlashlari mumkin. Muammoli ta’lim texnologiyasi Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta’lim yo‘nalishi sanaladi.

Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g‘oya yotadi.

Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.YA.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.

Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega.


  1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.

  2. Muammoning qo‘yilishi.

  3. Muammoning echimini topish.

Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish o‘qituvchiga bog‘liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi.

Muammoli ta’lim o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.

Muammoli o‘qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga

tadqiqiy,

evristik,

muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi.

Bunda:


  • nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha;

  • shakllantirilmagan savol bilan;

  • ortiqcha ma’lumotlar bilan;

  • o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;

  • yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish;

  • olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;

  • hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash;

  • «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.

Muammoli vaziyatlarda echimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini to‘plash, qayta ishlash, echim modelini aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash va ularni tanlangan echim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va echim modeli o‘rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni echimini topish, yangi echim modelini yaratishdan iboratdir.

2.2AKTlar orqali muammoli ta’lim yo‘nalishida beriladigan topshiriqlardan namunalar

Bu kabi texnologiyalarni qo‘llashda, dars va mashg‘ulotda qaysi darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazarda tutilganiga bog‘liqdir.

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining muammoli ta’lim yo‘nalishi keng qamrovli bo‘lib, o‘quvchilarni o‘ylashga, muhim xulosalar chiqarishga qaratilgan.

Dars jarayonlarida o‘qitishning muammoli topshiriqlardan foydalangan holda darslarni tashkil etish- o‘quvchilarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyati oshirish bilan birga tashabbuskorlik tuyg‘ulari ortib, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi amalga oshadi, yaratuvchanlikka undaydi, yaratuvchanlikni o‘rgangan bola boshqa har qanday sohaga hech qiyinchiliklarsiz erishadi.

Ma’lumki, ona tili fanining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishda so‘z, gap, uning tuzilishi haqida bilim bersa, adabiyot fani ko‘proq og‘zaki bayon qilish, ifodali o‘qish, asar mohiyatini so‘zlash, ijodiy insholar yozish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.

Muammoli o‘qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar asosan o‘quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi.

Bunda muammoli ta’lim texnologiyasida ko‘rsatilgandek, :


  • nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha;

  • shakllantirilmagan savol bilan;

  • ortiqcha ma’lumotlar bilan;

  • “bir lahzada” topish kabi topshiriqlar asosida ona tili faniga murojat qilamiz.

Ona tili fanining ayrim mavzular asosida muammoli topshiriqlarning qo‘llanilishi haqida to‘xtalib o‘tsak:

  1. Fonetika bo‘limi bo‘yicha muammoli topshiriqlar

  1. topshiriq. p-b tovush juftlari ishtirokida so‘zlar yasang. So‘zning tub va ko‘chma ma’nolarini sharhlang.

Namuna:

1) parda-barda 2) a) past-tub so‘z, (o‘rin-joy pastda) past- bast b) bo‘y-bast, qomat, bo‘yi past( past-ko‘chma ma’noda

pastkash, razil).


  1. topshiriq. t-d tovush juftlari ishtirokida so‘zlar yasang. Ushbu so‘zlar yordamida jumla quring.

Namuna:

  1. tosh-dosh tog‘-dog‘

  2. Mana bu erga tosh yotqiziladi.

SHuncha qiynog‘-u azoblarga dosh berib kelgan yigit, bu yog‘iga ham bardoshi etar ....

  1. topshiriq. Bir tovush ortirib, yangi so‘zlar yasang. Namuna:

ot-ota, otam, hotam, ihotam

tor-tort, torti, tortiq,

ort-orti, ortiq, kabi.


  1. topshiriq. Bir tovushni o‘zgartirib, yangi so‘z yasang. So‘zlar ma’nosini sharhlang.

Namuna:

tosh-tesh, tish, tush, to‘sh; to‘ p-to‘r, to‘s, to‘l to‘z, to‘y, to‘k, to‘q; do‘q-lo‘q; liq-miq, jiq, ziq, siq, tiq v.h.



  1. topshiriq. Berilgan so‘zdan bir tovush kamaytirib, yangi so‘z yasang. Namuna:

toshir-oshir, oshi, osh. tortish-torti, tort, ort, ot.

  1. topshiriq. Bir tovush o‘zgarib, qofiyadosh so‘zlar yasang.

Namuna: bo‘ladi, to‘ladi, so‘nadi, qo‘nadi, jo‘nadi v.h.

  1. topshiriq. z-sh tovush juftlari yordamida tovushdosh so‘zlar yasang. Ularga zid ma’noli so‘zlar toping.

Namuna:

  1. zil-sil 2) zil-engil, qiz-o‘g‘il, qis-och

zim-sim ziq-siq qiz-qis

  1. topshiriq. Qo‘sh undoshli so‘zlarning guruhlang.

Namuna:

arra patta yakka




alla

amma

marra

darra

shartta

bitta

to‘rtta

sakkiz

issiq

yassi

massa

hassa




  1. topshiriq. YOzilishi har xil, ma’nosi bir xil so‘zlar ro‘yxatini tuzing.

Namuna:

arava-aroba

kaptar-kabutar

asta-sekin

azob-aziyat

g‘arib-miskin

10-topshiriq. Talaffuzi o‘xshash, lekin ma’nosida farqi bor so‘zlar toping. Namuna:

zulmat-zumrad kuldon-guldon xijolat-tijorat muzey-muzday muroj aat-munoj ot



  1. topshiriq. Qo‘sh undosh so‘zlarni guruhlang.

Taassuf, toabad, manfaat, badiiy, murojaat, maorif, muomala, muammo, Surayyo, Muhayyo, Muazzam.

  1. topshiriq. Qo‘sh undosh va bir bo‘g‘inli so‘zlar toping. Kimki 2 daqiqada eng ko‘p so‘z topsa, o‘yin g‘olibi sanaladi.

Namuna:

barg qavm hajm




rubob-arbob

chopon-cho‘pon

himmat-qimmat

tambur-tanbur

hamroh-gumroh
sharq qavs hajv

g‘arq qarz hazm

farq qars jazm v.h.

Leksikologiya bo‘limi bo‘yicha muammoli topshiriqlar



  1. topshiriq. Teskari o‘qilganda ham mazmuni o‘zgarmaydigan so‘zlar toping.

Namuna:

bob

kiyik

arra

dod

ko‘k

amma

tit

kichik

aka

non

kuchuk

ana

tot

qozoq

alla

tut

qoloq

aza

pop

qiziq




shosh

qiliq







quruq







  1. topshiriq. -iy, -viy so‘z yasovchi qo‘shimchalari yordamida so‘zlar yasang, so‘z birikmalari va gaplar tuzing.

Namuna:

  1. ilmiy, ruhiy, ma’naviy, mafkuraviy, badiiy, Fuzuliy, lug‘aviy, ashyoviy, hajviy, jismoniy, dunyoviy, nasriy, aqliy, kimyoviy, axloqiy samoviy, nasimiy, lisoniy,fazoviy

  2. dunyoviy ilmlar kimyoviy moddalar hajviy hikoyalar

samoviy jismlar ashyoviy dalillar

  1. Sud raisi jinoyat ishi bilan bog‘liq ashyoviy dalillar bilan tanishib chiqdi.

  1. topshiriq. Nutqlar o‘rniga bitta harf qo‘ying. Hosil bo‘lgan so‘zlarga ma’nodosh va uyadoshlar tanlang.

Namuna:










1) .il

...ul

.ol

2) ma’nodoshlari

bil

bul

bol

bil-o‘rgan

dil

gul

lol

dil-ko‘ngil

jil

kul

mol

jil-qo‘zg‘al

zil

pul

sol

r

i

o

-

il

z

yil

tul

tol

bul-shul

nil

shul

qol

bol-asal ....

sil

qul

hol v.h.







  1. uyadoshlari

do‘l-jala, yomg‘ir, sel, qor... mol-sigir, ho‘kiz, buqa, novvos, buzoq ....

  1. topshiriq. “Zinapoya” o‘yini.

Tik terilgan so‘zning har bir harfidan yangi so‘z yasang, so‘zlar ko‘rinishi “zinapoya” shaklida bo‘lsin. Hosil qilingan so‘zlar ishtirokida birikmalar va gaplar tuzing.

Namuna:





o

























q



















s

i
















x

o

b













o

h

z

o












b

o

s

h

c

h

i




  1. topshiriq. Bir so‘z tanlab u so‘zning bosh harfidan harf soniga teng so‘zlar topish.

Namuna:










a

b

d

g

j

alp

bazm

davr

ganch

jabr

avf

bast

dahl

ganj

jalb

ark

bank

dard

gard

jazm

asp

band

dast

gasht

jan

azm

barq

dasht

gerb

jahd

avj

barg

dafn

gips

jahl

ayb

baxt

daho

gird

jild

adl

baxs

dong

grek

jism

aks

bahr

ding

graf

jiPs

arz

berk




gurs

juft




  1. topshiriq. “Piramida” o‘yini.

Ixtiyoriy so‘zlar ishtirokida yangi so‘z yasang, birinchi so‘zning biror harfi keyingi yangi so‘zlarda ishtirok ettirib, ketma-ketlikda joylashtiring. So‘zlar ko‘rinishi “Piramida” shaklida bo‘lsin (har safar o‘ng va chap tomonda orttiriladi).

tot


qozoq

bazmgoh


  1. topshiriq. Ot so‘zningbarcha ma’nolarini sharhlang. So‘zning har bir ma’nosiga ma’nodosh va uyadoshlar toping.

Ot - uy hayvoni:

Jinsi: ayg‘ir, baytal, biya.

YOshi: qulun, toy, do‘nan, g‘unon, ot.

Turi: saman, jayron, yo’rg‘a, bedov, qorabayir, tulpor, qirchang‘I, chopqir,

Ot - ism, nom: Dinora, Gulchehra, Zulxumor, Muzaffar, Zebo; laqablar, taxalluslar: Mosh, Targ‘il, Qorako‘z, To‘rtko‘z, Arslon, YO’lbars, “Oazis”, “Tyan- SHan”, “Ilga”, “Bahor”, “Rekord”.

Ot - harakat: otmoq, uloqtirmoq, irg‘itmoq, itqitmoq.

Ot - so‘z turkumi: Morfologiya.

Uyadoshlari: sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi v.h.

Ot - harakat, buyruq fe’li, ma’nosi - otish, o‘q uzish.

Uyadoshlari: miltiqdan otmoq, to‘pponchadan otmoq, pulemyotdan otmoq, nagandan otmoq.



  1. topshiriq. Ko‘z so‘zining o‘z va ko‘chma ma’nonalari bilan so‘z birikmasi hosil qiling. Ularning ma’nosini sharhlang. Zid ma’noli so‘zlar toping.

Namuna:


o‘z ma’nosi

ko‘chma ma’nosi

ishning ko‘zi derazaning ko‘zi buloqning ko‘zi buloqning ko‘zi aqlning ko‘zi

1) shahlo ko‘z

qora ko‘z qisiq ko‘z ko‘k ko‘z bo‘ta ko‘z

o‘tkir ko‘z yog‘ochning ko‘zi

munchoqning ko‘zi uzukning ko‘zi ....



  1. shahlo ko‘z - qisiq ko‘z qora ko‘z - ko‘k ko‘z o‘tkir ko‘z - xira ko‘z “ko‘zi ochildi” - “ko‘zi yog‘ bosdi”

Ona tili fani fan xususiyatidan kelib chiqqan holda, mantiqiy davomini topish bo‘yicha “bir lahzada topish” vazifalarini bajarishi mumkin.

Jumladan, mavzu mazmuniga qarab, o‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun mantiqiy savollar beriladi.



  1. Fikrning eng kichik bo‘lagi-?

  2. Erga tushmay sinadi -?

  3. Muomala vositasining eng kichik bo‘lagi -?

  4. U kim, bu-?

  5. Til-dil...?

  6. Matnning oliy ko‘rinishi -?

  7. Jamiyatda qonuniy zaruratlardan biri-?

Javoblar: 1) Gap 2) Ko‘ngil 3) so‘z 4) Nima 5) ko‘zgusi 6) Insho 7) Fikr almashish.

SHuningdek, o‘quvchilar fikrini umumlashtirish, dam olish daqiqasi uchun maqolardan ham foydalanish mumkin.

Maqollarning boshlang‘ich qismi o‘qib eshittiriladi, o‘quvchilar uni davom ettirishlari kerak.


  1. YAxshi so‘z jon ozig‘i _ (yomon so‘z bosh qozig‘i)

  2. Ona yurting omon bo‘lsa, ^ (rangi ro‘ying somon bo‘lmas)

  3. Uzma do‘stlik torini _ (uni bog‘lash qiyin)

  4. Ishsizning kuni o‘tar _ (ishchining ishi bitar)

  5. To‘g‘ri odam ... (egri so‘zdan or qiladi)

  6. YAxshi bilan yursang etarsan murodga ... (yomon bilan yursang qolarsan uyatga)

  7. O‘ziga boqma, ... (so‘ziga boq)

  8. Do‘st so‘zini tashlama, ... (tashlab boshing qashlama)

  9. SHirin so‘z bilan ilon inidan chiqar ... (yomon so‘z bilan pichoq qinidan chiqar)

  10. To‘g‘ri uzadi ... (egri tuzadi)

  11. Avval o‘yla . (keyin so‘yla)

  12. Ko‘p bilgan oz so‘zlar, . (oz so‘zlasa ham soz so‘zlar).

“So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor” maqolini izohlang. Bu muammoli topshiriqda o‘quvchilar o‘zlarining turlichi fikrlarini aytishadi. O‘qituvchi eng to‘g‘ri javobni, so‘zning qudrati buyuk ekanligi haqida o‘quvchilarning javoblaridan umumlashtiradi.

Xulosa
Xulosa qilish mumkinki, aqliy zakovati bilan axloqiy kamolotini bilan uyg‘unlashtira olsakgina, biz jamiyat uchun kerakli shaxsni tarbiyalagan bo‘lamiz.

Yuqori sinflarda ona tili fanini o'qitishning AKT va interfaol usullaridan foydalanish orqali Yuqori sinf o’quvchilarning barcha oquv fanlari bo’yicha bilim va ko’nikmalarini o’stirish Yuqori sinf o’qituvchilaridan o’qitish jarayoniga katta mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Chunki endigina o’z ona tilisini o’rganayotgan, harflarni bir-biriga qo’shib, so’zlarni esa bir-biriga qo’shib gap yasashga o’rganayotgan, matnni ifodali o’qish qoidalari bilan tanishayotgan, matematik ifodalar bilan tanishib, qo shish va ayirish amallariniorganayotgan Yuqori sinf o’quvchisiga bir vaqtning o’zida ta'lim va tarbiya berish, ularga sharqona odob-axloq, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik kabi insoniy fazilatlar haqidagi tushunchalarni singdirish bilan birga ularning ularni o rab turgan borliq yuzasidan tushunchalarini o’stirish bir muncha murakkablikni o’z ichiga oladi.



  1. O’quvchilarning talim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, har tamonlama yetuk, intellektual salohiyatli barkamol shaxsni voyaga yetkazishda o'qitishning interfaol usullaridan foydalanishning samarali usul, vosita va shakllaridan foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolardan biridir.

  2. Oo'quvchilarni o'qitishda interfaol usullardan foydalanish asosida ta’lim jarayonini tashkil etish natijasida kafolatlangan maqsadga erishiladi; o’quvchilarning talabi, ehtiyoji, uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi; o’quv faoliyati faollashadi; bilimlarni mustaqil egallash malakasi shakllanadi; erkin, mustaqil fikrlashga o’rganadi.

  3. Yuqori sinf o’quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg’ulotlarini tashkil qilish, o’qitish prinsiplari va metodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiq.

  4. Ta’lim jarayonida o’qitishning interfaol usullari, mashg’ulotlarning rang- barang, qiziqarli tarzda tashkil etilishiga olib kelishi bilan birga o’quv materiallarining chuqur o’zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratadi. Shunday ekan, har bir o’qituvchi o’qitishning interfaol usullarini izlab topishi va ta’lim jarayoniga joriy etishi lozim bo’ladi.

  5. Yuqori sinflarda ona tili faninio’qitishning interfaol usullarini qo’llash yuzasidan qat’iy dars tuzilmasi mavjud emas. Chunki, bu o’qitishning interfaol usullarini barcha turdagi darslarda birdek qo’llab bo’lmaydi. Shunga qaramasdan ta’limni interfaol usullar, o’qitishning interfaol ta'lim texnologiyalari asosida tashkil etishda didaktikaning umumiy qoidalariga rioya qilinishi shart.

  6. Interfaol usullardan foydalanish o’qituvchidan har bir dars uchun nafaqat o’zining pedagogik maqsadlari, o’quvchilarning ham identiv o’quv maqsadlarini to’g’ri belgilab olishni, dars jarayonida o’qitishning samarali usullaridan oqilona foydalanishini talab etadi.

V. Har bir fan xususiyatidan kelib chiqib, har bir o'quv predmeti uchun mos va samarali metodni tanlab olish va undan oqilona foydalana bilish boshlang'ich sinf oqituvchisidan yuksak mahorat va tajribani talab etadi.

S. Boshlang ich sinf ta'lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishda ta'lim printsiplaridan oqilona foydalanish va o'quvchilarning bilim saviyasi va qiziqishlarini alohida e'tiborga olish zarur.



  1. Bo'lajak boshlangich sinf oqituvchisidan barcha ta'lim texnologiyalarini o'zlashtigan holda, o'qitishning interfaol usullarini ularga tadbiq etish uchun ijodkor va o'ziga talabchan, izlanuvchan va yaratuvchan bo'lishni talab etadi.

  2. Yuqori sinflarda ona tili faninio'qitishning interfaol usulllarini qo'llash, uning o'z xususiyatlarini hisobga olish va ijtimoiy va gumanitar fanlar uchun eng maqbul usullarni tanlab olish, shuningdek, tabiiy-matematik fanlar xususiyatini ham hisobga olish darsni samarali tashkil etishda muhim omillardan biridir.

Biz tajriba-sinov mashg’ulotlarini olib borish jarayonida shunga amin bo'ldikki, darslarda interfaol metodlarni qo’llash, yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish, dars qismlarida sport o’yinlaridan, turli xil musobaqalardan yoki qiziqarli o’yinlardan foydalanish o’quvchilarda, nafaqat, chuqur bilim va ko’nikmalarini hosil qilishda, balki insoniy fazilatlarini o’stirib borishda samarali natijalar beradi.

Yuqori sinf o’quvchilarining qiziqarli o’yinlarni o’ynashga bo’lgan qiziqishlaridan unumli foydalanib, dars jarayonlarida, mavzuga oid mashqlar bajarishda, qolaversa, uy vazifalarini tekshirishda ko’proq interfaol metod va qiziqarli o’yinlardan foydalandik.

Qo’llagan usullarimiz orqali o’quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini o’stirishga harakat qildik. Natija esa yomon bo’lmadi.

Yuqori sinflarda ona tili fani darslarida interfaol usullardan, AKTdan qiziqarli o’yinlardan foydalanganimizda o’quvchilarning, avvalo, o'qish darsiga bo’lgan qiziqishlari ijobiy tomonga o’zgardi. Ona tili faniga qiziqmagan o’quvchilarda darsga qiziqish uyg’ota oldik.

Eng asosiysi, tuli xil qobiliyatlari, talant qirralarini rivojlantirishga, bilim va ko’nikmalarni tez o’zlashtirib olishlariga, o'quv fanlari darsi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, sharqona odob-axloq normalarini rivojlantirishga erishdik.

Bundan tashqari, boshlang'ich sinf oquv predmetlari darslarida qiziqarli o’yinlar o’tkazish, sinf o’quvchilarini kichik guruhlarga bo’lib ishlash kabi usullardan foydalanganimizda o’quvchilarning mashg’ulot davomida erkin harakat qila olishga, o’zlarida his etayotgan tortinchoqlik, uyatchanlik, biladigan narsasini aytib berishga jur'at eta olmaslik kabi salbiy xarakterlaridan qutulishga, erkin fikrlash, mustaqil ravishda xulosa chiqarish, fikr-mulohazalarini va xulosalarini erkin bayon eta olish, kamtarlik, rostgo’ylik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi qobiliyatlarini shakllantirishga va uni rivojlantirishga erishdik.

Boshlang'ich ta'lim kursi darslarida olib borgan tajriba-sinov ishlarimiz orqali biz quyidagi natijalarga erishdik:


  • og’zaki nutqlari rivojlantirildi;

  • lug’at boyliklari oshirildi;

  • boshlang'ich ta'lim o'quv fanlaridan qo’shimcha mashqlar ko’nikmalari rivojlanritildi;

  • fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi;

  • tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  • dunyoqarashlari kengaytirildi;

  • o’z ona tilisiga bo’lgan mehr-muhabbatlari oshirildi;

  • bilim va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan qiziqishlari oshirildi;

  • mashg’ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi;

  • o’zlashtirish ko’rsatkichlarining oshirilishiga erishildi;

Boshlang'ich sinf barcha o'quv predmetlari darslarini interfaol usullardan,

didaktik o’yinlardan foydalangan holda tashkil etish o’quvchilarning jajji qalblarida milliy iftixor va milliy g’ururni shakllantirish bilan birga kamtarlik, rostgo’ylik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirish hamda komil inson bo’lib yetishishlarida katta yordam beradi.

Yuqori sinflarning, nafaqat ona tili darslarida balki boshqa har qanday dars turlari davomida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash, o'qitishning interfaol usullaridan foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashish juda ham katta samarali natijalar berishiga ishonch hosil qildik.

Demak, yuqoridagilarni tajribada qollab, organib, oquvchilarning konikma, malaka me’yorini quyidagicha belgilash mumkin:



  1. Nimani o'qidim? (o'qiganda) 10 %

  2. Nimani eshitdim? (eshitganda) 20 %

  3. Nimani ko'rdim? (ko'rganda) 30 %

  4. Nimani eshitdim va ko'rdim? 50 %

  5. Muhokama, bahs-munozara. V0 %

  6. Shaxsan o'zim bajardim. SO %

V. Ustoz bilan birga bajardim. 90 %

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, interfaol usullarni qo llab dars o'tilganda sinfda, o'zlashtirmaydigan o'quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o'quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi.

Oquvchilarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o'rganishlariga imkon yaratiladi.

Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda interfaol usullarning tutgan o’rni muammosini ilmiy adabiyotlar tahlili asosida o’rganish va tajribalarni umumlashtirgan holda ma’lum xulosalarga keldik va o’qituvchilar uchun quyidagicha uslubiy tavsiyalar beramiz.

Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishda barcha boshlang'ich sinf o'quv fanlariga oid darslarni turlicha tashkil etish mumkin. Bu esa darsning samaradorligini oshiradi, bolalarni darsga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi.

Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishda har bir fan va unga oid qo’shimcha mashq va mashg'ulotlar bajarish orqali o’quvchlarning bilim va ko’nikmalarini oshirish bo’yicha quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:



  1. Har bir Yuqori sinf o’qituvchisi o’z fanini chuqur bilishi kerak.

  2. O’quvchilarning ruhiyati, xarakter-xususiyatlari bilan yaqindan tanishgan bo’lishi lozim.

  3. Mavzuga oid qo’shimcha mashqlar bajarishda interfaol usullardan unumli foydalanish lozim.

  4. Vaqtni yo’qotmaslik uchun darsni loyihalab olish zarur.

  5. Mavzu yuzasidan har xil ko’rgazmali qurollar, tarqatmali materiallar, krassvordlar, rebuslar, skanvordlar, test savollari tayyorlay bilishlari lozim.

  6. Dars jarayonida o’qituvchi asosiy figurani emas, balki o’quvchi asosiy figurani tashkil etishi kerak.

V. O’quvchilarni ko’proq guruhlarda ishlashga yo’naltirish, ularni mazkur mavzular bo’yicha o’z fikrini qo’rqmay, tortinmay, erkin va mustaqil bayon etishga , mushohada yuritishga yo’naltirish lozim.

  1. Mavzuga oid qo’shimcha mashqlar bajarish jarayonida boshqa fanlarni shu mavzu bilan integratsiyalab, ya'ni bog’lab olib borish lozim.

Agar o’qituvchilar yuqorida ta'kidlab o’tganlarimiz asosida darslarni tashkil etib borsalar, o’quvchilarning boshlang'ich sinf o'quv kursi bo’yicha bilim darajalarining kengayishiga, ularni har bir mavzuga befarq bo’lmasligiga, o’zarining mavzu bo’yicha erkin va mustaqil mushohada yurita olishlariga erishish mumkin bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO‘YXATI



  1. Abdullaev A.B. Qo’shma gap sintaksisi. Buxoro 1989.

  2. Abduraxmonov R. Ergash gapli qo’shma gaplar masalasi. O’zbek tili grammatikasi va punktuattsiyasi Toshkent 1959.

  3. Abduraxmonov R. Qo’shma gaplarning tarixiy taraqqiyoti xaqida. 1960 35-41- b.

  4. Asqarova M.A. Qo’shma gapning ko’chirma turi xaqida. O’zbek tili va adabiyoti masalalari 1691, 1-son. 35-42-b.

  5. Asqarova M.A. Xozirgi zamon o’zbek tilida qo’shma gaplar Toshkent 1960.

  6. Karimov I.A. Barkamol avlod o’zbekiston taraqqiyotining poydevori (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 9-sessiyasida so’zlagan nutqi)

  7. Ne’matov H. Fe’llarda mayil va zamon kategoriyalarining munosabati. j o’zbek tili va adabiyoti 1-son. 31-34-b.

  8. Ne’matovH. v.b. ijodiy matn ustida ishlash Toshkent 1997-y.

  9. Sayfullaeva R.R. Ergash gaplarning tasnifi. O’zbek tili va adabiyti 1989 5-son 21-25-b.

  10. Sayfullaeva R.R. Xozirgi o’zbek adabiy tilida qo’shma gaplarning shakl vazifaviy talqini Toshkent 1993.

  11. Sayfullaeva R.R. Xozirgi o’zbek tilida qo’shma gaplarning formal, funktsional talqini Toshkent 1994.



1 H.A.KapHMOB. roKcaK MatHaBHaT - eHrH^Mac Kyn. T.: “MatHaBH^T”. 2008. 61-6eT.

2 A.Q.G’ulomov., M.Qodirov. Ona tili o’qtish metodikasi. T., «Universitet», 2001 yil, 29-bet.

Download 153.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling