Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek


Download 205.84 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi205.84 Kb.
#1189426
Bog'liq
Yadro


Yadro
Yadro hujayraning genetik materiali boʻlgan DNKni oʻzida saqlaydi. Shuningdek, yadroda oqsillar jamlanuvchi hujayra mexanizmlari ribosomalar sintezi ham amalga oshadi. Yadroning ichida xromatin (oqsil atrofida oʻralgan DNK) nukleoplazma deb nomlanuvchi jelyesifat suyuqlik ichida saqlanadi.
Nukleoplazmani oʻrab turuvchi yadro qobigʻi ikki qavat membrana: tashqi va ichki membranadan tarkib topgan. Ushbu membranalarning har biri ikki qavat fosfolipiddan tashkil topgan boʻlib, dumchalari ichkariga yoʻnalgan fosfolipid qoʻshqavatini hosil qiladi. Yadro qobigʻining ana shu ikki qavati orasida joy mavjud boʻlib, u toʻgʻridan toʻgʻri endoplazmatik toʻr bilan ulangan boʻladi.
Yadro teshikchalari yadro qobigʻidagi kichkina kanalchalar boʻlib, yadroga moddalarning kirib, chiqishini tartibga soladi. Har bir teshikning atrofida oqsillar toʻplami boʻlib, yadro teshikchalari kompleksi deb ham nomlanadi. Ayni shu komlekslar moddalarning yadroga kirishi va chiqishini tartibga solib turadi.
Agar siz yadroning mikroskopda olingan suratiga ahamiyat bersangiz, uning ichidagi qora dogʻlarni koʻrasiz. Bu qora dogʻlar yangi ribosomalar jamlanadigan joy, yaʼni yadrochadir.


Ribosoma qanday hosil boʻladi? Baʼzi xromosomalar ribosomal RNK (ribosomalar hosil qilish uchun oqsillar bilan birlashuvchi strukturaviy RNKning bir turi)ni transkripsiyalovchi DNK qismlariga ega boʻladi. Yangi ribosomal RNK ribosomaning birlikchalarini hosil qilish uchun yadrochada oqsillar bilan birikadi. Bu turdagi RNKlar yadro teshikchalari orqali sitoplazmaga koʻchiriladi. Sitoplazmada ular oʻz funksiyasini bajaradi.
Baʼzi bir hujayralarda yadro ichida bittadan koʻp yadrocha boʻlishi mumkin. Misol uchun, sichqondagi baʼzi hujayralar yadrosida 666 tagacha yadrochani koʻrish mumkin. Prokariotlarda yadro yoʻqligi sababli yadrocha ham boʻlmaydi. Prokariot hujayralarda ribosomalar sitozolda hosil boʻladi.
Ribosomalar
Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, ribosomalar oqsil sintezini amalga oshiruvchi hujayra qismidir. Ribosoma RNK va oqsillardan hosil boʻlib, har bir ribosoma katta va kichik birlikchalar deb nomlanuvchi ikkita alohida RNK-oqsil kompleksidan tashkil topgan. Katta qism kichik qismning ustida joylashadi va informatsion RNK ikkitasining orasidan oʻtadi. (Ribosoma gamburgerga oʻxshab ketadi.)
Download 205.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling