Yuridik ta’lim sohasidagi yangiliklar hamda imkoniyatlar


Download 0.71 Mb.
Sana17.08.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1667824
Bog'liq
Maqola


Yuridik ta’lim sohasidagi yangiliklar hamda imkoniyatlar.

Bugungi kunda Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida “Davlat-huquqiy faoliyat”, “Yuridik xizmat” va “Sud-huquqiy faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha 2 yillik dastur asosida ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Respulikadagi barcha yuridik texnikumlar qatori Samarqand viloyati yuridik texnikumida ham o‘qitishning kredit-modul tizimi joriy etilgan hamda o‘quvchilarning ta’lim trayektoriyalari aniqlanib, o‘qitish to‘laligicha yangicha tizimda olib borilmoqda.


2020-yildan boshlab yuridik texnikumlarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari orqali amalga oshirish amaliyoti yo‘lga qo’yilgan.
TDYU bilan o‘zaro hamkorlikda 21 nomda yangi avlod darsliklari yaratildi hamda bugungi kunda o‘quvchilar ulardan samarali foydalanmoqda.
Yuridik texnikumning iqtidorli va faol o‘quvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari eng yuqori bitiruvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravariga teng “Adliya vaziri stipendiyasi” har oy to‘lab berilmoqda.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini hayotga keng tadbiq etish maqsadida yuridik texnikum o‘quvchilaridan iborat ko‘ngillilar (volonter) guruhlari “Street law”, “Adolat qanotlari” loyihalari faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda 50 dan ortiq faol o‘quvchilarimiz doimiy ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 705-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 17-son qaroriga asosan yuridik texnikum bitiruvchilari uchun bir qator imtiyozlar joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 705-son qaroriga asosan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, yuridik texnikum bitiruvchilari hududiy adliya boshqarmasi boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan, Respublika komissiya xulosasiga ko‘ra, yakka tartibdagi suhbat asosida:
-Toshkent davlat yuridik universiteti;
-Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
-Qoraqalpoq davlat universiteti;
-Samarqand davlat universiteti;
-Namangan davlat universiteti;
-Termiz davlat universitetining “Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga 2-bosqichdan o‘qishga qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 17-son qaroriga asosan  2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.
Bundan tashqari yuridik texnikum bitiruvchilari TDYUning Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya va Qozog‘iston davlatlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi asosida ham 2-bosqichdan ta’lim olishlari imkoniyati yaratilgan.
Samarqand viloyati yuridik texnikumini muvaffaqiyatli tamomlagan hamda ushbu berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan bitiruvchilarimizdan: Bahromova Laylo, Xushvaqtov Shoxrux, Yo‘ldoshev Maqsud, Tolibov Dilmurod, Ochilova Shaxrizoda, Abdusamatov Azimjon, Xo‘janafasov Safarbek, Mahmudov Hasan, Oydinova Sitora va.b lar hozirgi kunda OTMlarining “Yurisprudensiya” yo‘nalishida ta’lim olishmoqda.


Samarqand viloyati yuridik texnikumi xodimlari:
G.Mamanazarova
N.Ismoyilova
N.Jurayeva



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling