Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 376.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.06.2020
Hajmi376.55 Kb.
#117693
  1   2   3   4
Bog'liq
ozbekistonda maxalliy boshqaruv tizimi demokratik yonalishlarida uchinchi sektor masalasidagi qonuniy siljishlar.


 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT 

UNIVERSITETI 

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi 

 

Qo‘lyozma huquqida 



ASQAROV O’TKIRBEK  SHUKURULLO o’g’li 

 

O‘ZBEKISTONDA  MAXALLIY BOSHQARUV TIZIMI DEMOKRATIK 

YO‘NALISHLARIDA 

 (UCHINCHI SEKTOR MASALASIDAGI QONUNIY SILJISHLAR).  

 

 

5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi 

bo‘yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan 

 

 

 

 

 

BITIRUV MALAKAVIY  ISH 

 

                           

      Ish rahbari: 

 dots. Sh.Asqarov 

                                                                

                           

 

 

 



ANDIJON-2015 

 

 



 

Mundarija 

   Kirish. ………………………………………………………………………3                                                                                                   

 

I  bob.  “Uchinchi  sektor”ning  moxiyati,  fuqarolik    jamiyati  qurilishi  va  

rivojidagi roli 

1.1 “Uchinchi  sektor”  atamasining  ijtimoiy  mazmuni  va  fuqaroli  jamiyati 

kurilishida itiroki moxiyati…………………..……………………….........6                                                          

1.2 Ijtimoiy va iqtisodiy  rivojlanishning fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi uzviy 

bog‘liqligi. …………………………………………………………………16                                

II  bob.  Fuqarolik  jamiyati  barpo  etishning  xalqaro  tajribalari  va 

Uzbeksitonning strategik yondashuvi. 

2.1  Fuqarolik  jamiyati  barpo  etishning  omillari  va  istiqbollari  masalasida  xalqaro 

tajriba……………………………………………………………………………21 

2.2    Mustaqil  O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  qurish  strategiyasi  va 

taktikasi………………………………………………………………………….28                                                                            

2.3    O‘zbekistonda  “uchinchi  sektor”ning  faoliyatini  tashkil  etishning  huquqiy 

asoslari. …………………………………………………………………………38                                                  



 

 Xulosa………………………………………………………………………....41 

 

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..46 

 

 

 



 

 

 



   

 

 



 

Kirish. 

Mustaqillikning dastlabki kunidanok Mustaqil O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov  

O‘zining  “O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li”  asarida 

mamlakatimizda  sodir  etiladigan  tarixiy  o‘zgarishlarni  belgilar  ekan,    biz 

“demokratik  odil,  xuquqiy  fuqarolik  jamiyat  sari  borishimizni”  takidlagan  edilar.  

Bugungi  kun    ijtimoiy  yo‘nalishimizning  asosi  bo‘lmish,  demokratiyani 

modernizatsiya  kilish  va  fuqarolik  jamiyatini  yanada  chuqrlashtirish  vazifasi 

qo‘yilgan. Bunda ayniqsa  fuqarolik jamiyatining kuchli institutsional organlariga 

etibor aloxida qaratilmoqda.   

    Bunda  institutsional  organlar    sarasiga    aynan  nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

kirib,  jumladan  ular  O‘zbekistonning  siyosiy-    huquqiy,  ijtimoiy  –  iqtisodiy  va 

madaniy  hayotida  juda  katta  va  beqiyos  muxim  vazifalarni  amalgo  oshirishlari 

lozim. Biz tadqiq qilayotgan mavzu aynan shu muxim masalaga qaratilgan bo‘lib, 

jaxon  miqyosida  bugungi  ilmiy  terminalogiyaga  “uchinchi  sektor”  tarzida  kirgan 

organlarni  taxlil qilmoqdamiz. 

    Mavzuning  dolzarbligi.        O‘zbekiston  Respulikasi  Mustaqillikning  dastlabki 

yillaridan  boshlab,  o‘z  Konstitutsiyasini  qabul  qilar  ekan  nodavlat  notijorat 

tashkiloti  faoliyati  doirasiga  kiradigan  prinsipial  masalalrini  mustaxkamlab 

kiritganini  ko‘ramiz.  Demakki    masala    bugun  yoki  endigina  topilgan  va 

tushinilgan bo‘lmay balki  o‘z negizlariga Mustaqilligimizning birinqi kunlaridan 

oshlab  I.A.Karimov  tamonidan  belgilanganini    bilish  mumkin.  Undan  tashqari 

fuqarolik  jamiyati  qurilishining    tarixiy  nazariy  negizlari  shuningdek  bugungi 

kundagi  ilg‘or  jamiyatlar  erishgan  tajribalarga  ko‘ra    NNT  lariga  etibor  bermay 

yoinki ularni  rivojlantirmay kerakli maqsadga etib bo‘lmasligini isbotlab turibdi. 

SHu  bois  biz  “Uchinchi  sektor”  va  davlat  o‘rtasidagi  munosabatlarni  rivojlanish 

masalasini  chuqur  va  keng  taxlil  qilishga  urinib  ko‘rmoqdamiz.  Prezident 

I.A.Karimov takidlaganidek “Fuqarolik institutlari, nodavlat- notijorat tashkilotlari 

xozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy 



 

manfaatlarni  himoya  qilishning  muxim  omiliga  aylanmoqda,  fuqarolarning  o‘z 



saloxiyatlarini  ro‘yobga  chiqarishi, ularning ijtimoiy,  sotsial- iqtisodiy  faolligi va 

huquqiy  madaniyatini  oo‘irio‘  uchun  sharoit  yaratmoqda,  jamiyatda  manfaatlar 

muvozanatini ta’minlashga ko‘nikishmoqda.”

1

 



   Tadqiqotning  maqsad  va  vazifalari.      Fuqarolik  jamiyati  institutlarini 

rivojlantirishdan  asosiy  maqsad  jamiyat  a’zolarining  manfaatlari  o‘rtasidagi 

muvozanatni ta’minlash va himoya qilishdan iborat. Bunda hat bir sektorning o‘z 

o‘rni va roli aniq belgilangan va taqsimlangan bo‘lmog‘i zarur. Fuqarolik jamiyati 

institutlari  yani  “uchinchi  sektor”    tashkilotlari  o‘z  moxiyatiga  ko‘ra  fuqarolarni 

o‘zini  anglashga,  ijtimoiy  munosabatlarda  o‘zini  o‘zi  boshqarishga  qaratilgan, 

ixtiyoriy  tarzda  birlashgan,  muayyan  bir  maqsadga  erishishni  nazarda  tutgan 

nodavalt  shaklidagi  tashkilotlardir.  Prizidentimizning  fikrlaridan  kelib  chiksak 

“Kuchli  davaltdan  –  kuchli  jamiyat  sari”  degan  tamoilning  amaliy  ifodasi”...  dir,  

demak  bizning  maqsadimiz  “uchinchi  sektor”ning      nazariy  va  amaliy  jixatini 

o‘rganishdir.  

Bundan  kelib  chiqib  oldimizga  qo‘ygan  maqsadimiz,  -“uchinchi  sektor”ning 

shakillanish va rivojlanish xolatlarini o‘rganish; 

    -Prezident  I.A.Karimov  tomonidan  O‘zbekistonda    fuqarolik  jamiyati 

institutlarini shakillantirish, jumladan NNT larni  ijtimoiy sherikchilik tomonlarini 

taxlil qilish; 

 -  Ijtimoiy  sherikchilik  va  uning  tarkibida  “uchinchi  sektor”ning  roli  va  o‘rniga  

bo‘lgan  davlatimizning  xalqaro  tajriba  va  o‘z  imkoniyatlarimiz  darajasidagi 

konseptual strategiyani ko‘rib chiqish; 

-    ijtimoiy  dastur  va  loixalarni  amalga  oshirishda  davlat  va  fuqarolik  jimiyati 

institutlari hamkorliigni taxlil etish; 

-    mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  ijtimoiy  sherikchilikning  zarurati  va 

ahamiyatini o‘rganish; 

                                                 

1

 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислохатларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 



ривожлантириш концепцияси. Тошкент 2010 йил. 42 бет.  

 

    fuqarolik  jamiyati  institutlarining  tashkil  topishdagi  muammolar  va  ularni 



bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha  o‘z fikirlarimiz asosida takliflar ishlab chiqish. 

     Tadqiqot  ob’ekti  va  predmeti.      O‘zbekistonda  faoliyat  olib  borayotgan 

“uchinchi  sektor”  yani  nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  jamoat  birlashmalarini  

tabiatlarini o‘rganish tadqiqotimiz ob’ekti sifatida belgilanib, O‘zbekistonda kuchli 

fuqarolik  jamiyati  barpo  qilishda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  jamoat 

birlashmalari yoki “uchinchi sektor”ning jamiyatimiz hayotidagi faollik darajasi va 

uning  dinamikasi  masalalarini  ilmiy  taxlil  bilan  o‘rganish  tadqiqotimiz 

predmetidir. 

     

   Tadqiqotning  amaliy  ahamiyati;          Tadqiqot  yurtimizda  sodir  etilayotgan 

kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda davlat organlari  bilan “uchinchi sektor” 

yani  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  jamoat  birlashmalarining  ijtimoiy 

sherikchilikdagi  faoliyatini  va  axamiyatini  tadqiqi  etishga  qaratilgan.  Unda  ilgari 

surilayotgan takliflar va tadbirlar rejalari asosida kelgusida  O‘zbeksitonda davlat 

va “uchinchi sektor”  xamkorilgini tobora kengaytirish va kuchli fuqorolik jamiyati 

sari ijtimoyi sherikchilik asoslariga utib borish masalalariga javob topishga ko‘mak 

buladi.  Ijtmioiy  sherikchilik  institutlarini  shakillanishi  va  rivojlanishida  ularni 

tabiatini o‘rganish va tadqiq qilish imkoniyatlarini kengaytirish axamiyatiga molik 

bo‘la oladi. SHunindek tadqiqot xulosalari, taklif  va tavsiyalari jamiyat a’zolarini 

ijtimoiy  ma’rifiy  yo‘naltirilishida,  dasturiy  rejalar  ishlab  chiqilishida  malum 

axamiyat kasb etishi mumkin. 



Tadqiqotning  tuzilishi.    Bitiruv  malakav  ish  kirish,  ikki  bob  va  besh  bo‘lim,  

xulosa va faydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 



 

 

 

 

 

 

 

 



 

I  bob.  “Uchinchi  sektor”ning  moxiyati,  fuqarolik    jamiyati  qurilishi  va  

rivojidagi roli. 

1.1.“Uchinchi  sektor”  atamasining  ijtimoiy  mazmuni  va  fuqaroli  jamiyati 

kurilishida itiroki moxiyati. 

  

    O‘zbeksiton  mustaqillikka  erishgandan  boshlab  o‘z    ichki  siyosiy  qurilishida 



ulkan  o‘zgarishlarni  jaxon  andozalaridan  kelib  chiqqan  xolda  joriy  etmoqda. 

SHunday yangilanishlardan biri 1992 yilgi qabul qilingan Konstitutsiyamiz bo‘lib 

uning  mazmun  moxiyati  to‘laligicha  halqaro  demokratik  qurilishning  talablariga 

to‘la  javob  berishidir.    Demokratiyaning  xozirda  qo‘yayogan  talablaridan  biri  

jamiyat a’zolarining siyosiy xayotda faol va tengxuquqlilik asosida ishtirok etishi, 

boshqaruvni  shaxslar    individlar  xoxish  irodasiga  ko‘ra  emas  balki  keng 

jamoatchilik  ishtiroki  tomon  siljishi  talab  etilmoqda.  Jumladan  jaxonning  ilg‘or 

davaltlari  va  jamiyatlari    o‘tayotgan  ijtimoiy  sherikchilik  andozalari  bilan 

shakillantirish  kundan  kunga  o‘z  afzalliklarini  ko‘rsatib  bormoqda.  Bunda 

jamoatchilikni  ishtirok  etishi  yangi  yo‘sinlarda  yani  noananaviy  tarzda  nodavlat 

notijorat tashkilotlari va jamoa birlashmalarining keng ishtiroki o‘z aro shartnoma 

va kelishuvlar tarzida joriy bo‘lishiga o‘tib borilmoqda.  

   Mamlakatimiz  demokratik  yangilanish  jarayonida  chinakam  mustaqillikni 

taminlash,  insonlar  va  jamiyat  qonuniy  manfatlarini  joriy  etish,  olib  boriliyotgan 

o‘zgarish  va  ishlarni  huquqiy,  tashkiliy,  moddiy,  ma’naviy  xolatlarini  amalga 

oshirish va quvvatlashga yo‘naltirilgan 200 dan ortiq qonun va normativ hujjatlar 

qabul  qilindi.  Bu  yo‘nalshda    nodavalt  va  notijorat  tashkilotlari  xamda  jamoat 

birlashmalari  faoliyatlari  rivolantirishga  qaratilgan,  fuqarolik  instituti  tarzidagi 

ishlarini  kuchaytirishga  qaratilgan  qonunlarni  aloxida  aytish  mumkin.  Bunda 

“Nodavalt  –  notijorat  tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonun 

qabul qilinishi muxim ahamiyat kasb etib bordi. 


 

   Xususan  yaqin  10-15  yil  moboynida    ilmiy  siyosiy  terminlar  sarasiga  kirib 



kelayotgan  “uchinchi sektor” atamasi o‘z mazmun moxiyaiga ko‘ra ijtimoiy fanlar 

atamalariga  kirib  keldi.    “Uchinchi  sektor”  nomi  bilan  fuqarolik  jamiyati 

institutlarining    Davlat  vakolatli  organlari  bilan  ijtimoiy  sherikchilik  orqali 

jamiyatimizda demokratik o‘zgarishlarni jadallashtirish keng va chuqur xolda joriy 

etib,  dolzarb  muammolarini  xal  qilinmoqda.  Bunda  aynan  davalt  vakolatlari 

mavjud  bo‘lgan,  lekin  bajarilish  samaradorligi  kam  xollarda  “uchinchi  sektor” 

tashkilotlari samaraliy faoliyat olib borish imkoniyatlari ishga tushirilmoqda. Ayni 

paytda  bunday  ijtimoiy  sherikchilik  davlat  va  jamiyat  manfaatdorligini  samarali 

namoyon etib bormoqda va ta’minlash imkoniyatlariga egadir. Odamlar kayfiyati 

mamlakatda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarish  va  yangilanishga  munosabatidan  bilinib 

boradi,  bunda  qilinayotgan  ishlarning  to‘g‘ri  yoki  nourin  ekanligiga  baxo  berish 

mumkin.  

         “Uchinchi  sektor”  tashkilotlari  va  davaltning  o‘z  aro  hamkorligi  asoslarini 

institutsional  xolatini o‘rganishda biz ularning aniq vazifalarini  jamiyat extiyojlari 

darajasida yechimini  amalga oshirish tizilmalarini tushinishimiz kerak. Hozircha 

bularni yagona tizimlangan va shakillangan modeli mavjud bo‘lmay har bir davlat 

va  jamiyatlar  o‘zlari  uchun  aloxida  va  xilma  xil  tarzda  joriy  etib  bormoqdalar. 

Ijtimoiy  sherikchilik  joriy  etilgan  jamiyatlarda  aksariyat  xolda  ikki  taraflama  va 

ko‘p joylarda uch taraflama kelishuvlar asosida tuzilgan shartnomalar asosida ish 

bormoqda.  Fuqarolik  jamiyatlari  qurilishi  va  takomillashishida  ijtimoiy 

sherikchilik  aynan  ikki  tamonlama  bo‘lmog‘i    taklif  etilmoqda.  Bunda  NNT 

tashkilotlari  va  jamoat  birlashmalari  bir  tamodan  “uchinchi  sektor”  va  davlat 

vakolatli  organlari  ikkinchi  tamondan  sodir  etiladi.    Xozircha  turli  davlatlarda 

turlicha kechmoqda.  

    Jumladan bundan sherikchilik biror bir hurmatli yoki imtiyozli yuqori tamonidan 

belgilab  berilgan  emas.  Yevroppada  o‘n,  yuz,  yillar  moboynida  Sharqda  keyingi 

15-  20  yil  davomida  shakillanib  bormoqdaki  unga  xali  xam  to‘la  shakil  berildi 

deya  olmaymiz.  “Sektor”,    “asosiy”  kabi  atamalar  xazircha  aniq  anglash  uchun 

ko‘p  joylarda  xatto  shakillanmaganligini  etirof  etish  mumkin.  Demak    taklif 


 

etilayotgan    “uchinchi  sektor”    nodavalt  va  notijorat  tashklotlari  va  jamoat 



birlashmalari  yagona  sektorga  birlashtirilgan  xolda  olinishi    asosan  ijtimoiy 

sherikchilik    nazaryasining  kirib  kelishi  bilan  bog‘liqdir.  Ularning  institutsional 

soxalari  rivojlangan  joylarda,      masalan    ijtimoyi    xizmat  ko‘rsatish,  ekologiya, 

xalqaro  ko‘mak  va  yordam  soxalarida  muvofaqiyatlar  va  imkoniyatlar  kattaligini 

ko‘ramiz.  Demak  bu  jarayonnig  imkoniyatlari  boshqa  soxalarga  yoyilganda 

undanda katta muvofaqiyatlarga erishish mumkindir. 

      Shunga qaramasdan “uchinchi sektor”  atamasi kirib kelishi va uni qo‘llashga 

xarakatlar  na  faqat  ilimda  balki  notijorat  nodavalt  tashkilotlariva  jamoat 

birlashmalariga nisbatan olinganda, ularga nisbatan munosabatni davlad va jamiyat 

munosabatida keskin ijobiy tomon siljitishga imkon beradi. 

      Umuman  olganda  “uchinchi  sektor”  tashkilotlarini  birlikda  institutsional 

asoslariing  ayrib  jixatlarini  tashkil  etish  va  faolligini  taminlash  uchun  kerakdir. 

Birinchidan  ularni  ro‘yxatga  olish  faoliyatlarini  kuzatib  borish,  ichki  va  tashki 

amaliyotini  korreksiya    qilish  kabi;  ikkinchidan,  “uchinchi  sektor”  ning  jamiyat  

uchun  axamiyatli  qarorlarni  qabul  qilinishida  ishtirokini  huquqiy  va  amaliy 

jihatdan  taminlash;  uchinchidan,  notijorat  va  nodavlat  tashkiloti  va  jamoatchilik 

birlashmalarining eng nozik joyi bo‘lgan moliyalash tizimini aniq ravshat ishlashi 

imkoniyatini belgilab olish; to‘rtinchidan, davlat tazimini nazorat qilishda ishtiroki 

masalalrini  aniq  belgilay  olish;  va  beshinchidan  ikkinchi  va  uchunchi  sektor 

o‘rtasidagi o‘zaro axborat va komunikatsiya ayriboshlashni muvofiqlashtirishdir. 

       Umuman olganda  quydagi tashkilotlar nodavalt notijorat tashkilotlar tafsifiga 

kiritilishi  mumkin  bo‘lib    bular;  1  jamoat  birlamalari,    2  ijtimoiy  fondlar,  3 

Asossatsialar,  4    o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari.  Bularning  barchasi  o‘z 

faoliyatida  davalt    tamonidan  chiqarilgan    qonunlar  vakolati  doirasida  xarakat 

qilgan xolda o‘z moddiy  mablag‘lariga va vazifalariga ega bo‘la oladilar. Ammo 

ularning  barcha  faoliyati  jamoatchilik  va  qonun  tamonidan  olib  borilishi  talab 

etiladi. 

       Jumladan jamoat tashkilotlari tizimiga kuydagilar kiradi: 



 

1  Siyosiy partyadan, ularning jamiyat siyosiy xayotidagi o’rni beqiyos bo‘lib 



jamiyat  ijtimoiy  siyosiy  yo‘nalishini  belgilashdan  deyarli  inkor  etib 

bo‘lmaydigan  katta  vakolatlargi  egadir.  Buni  saylov  qonunchiligidan  xam 

ko‘rsak bo‘ladi. 

2  Ommaviy  xarakatlar,    bunda  jamiyat  manfatlarining  bazi  bir  jixatlaridan 

kelib  chiqilgan  xolda  aloxida  zarurat  tufayli  tuzilgan  birlashmalarni  aytish 

mumkin.  Masalan    ekologik  xarakat,  yoshlar  xarakatlari  va  boshqalar. 

Bundagi  imkoniyat  jamiyatni  mobil  xolatga  zarur  vaqtida  tez  keltirishga 

yo‘naltirilgandir. 

3  Kasaba uyushmalari,  tarixiy ijtimoiy o‘zaro qo‘llov xarakati bo‘lib, kishilar 

o‘z  mexnat  yo‘nalishlaridan,  kasbiy  yakinligidan,  o‘zaro  munosabat  va 

muloqatda  xamjixatligi  va  manfaatlari  o‘z  yaqinligidan  tashkil  topgan. 

Bunday  birlamaning  potensiali  o‘ta  kuchli  bo‘lib  unga  nisbatan  bazi  bir 

kuchli  davaltlar  o‘z  iqtisodiy  siyosatlarini  ishlab  chiqishga  olib 

kelgan.(AQSH) 

4  Xotin  kizlar  jamiyatlari,  xar  qandan  kishilik  tizimida  aloxida  o‘ringa  ega 

bo‘lishi  shart  bo‘lgan  jamiyatning    deyarli  yarmidan  ko‘pini  tashkil 

qiladigan  a’zolari  uyushmalaridir.  Bunda  xarakat  deyarli  XVIII    asrning 

ikkinchi yarmidan boshlab  XIX asrning boshlarida yuqoriga qarab ko‘tarila 

bordi.  XX  asrga  kelganda  o‘zining  eng  yuqori  cho‘qqisiga  chiqib  olishi 

sababli jamiyatlar  ijtimoyi siyosiy xayotida aloxida o’rin tuta boshlagan. Bu 

jamiyatlar o‘z imkoniyatlari ila ijtimoiy xayotda katta o‘zgarishlar qilishga 

qodirdir. 

5  Yoshlar  va  bolalar  tashkilotlari,  “uchinchi  sektor”  tarkibida  istiqbolni 

belgilovchi  omil  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Yoshlarga  nisbatan  davlat 

sektorining munosabati uning kelajagini belgilaydi. Yoshlarga va bolalarga 

nisbatan  hokimiyat  olib  borgan  siyosatning  qanchalik  ularga  qaratilgani 

shunchalik  ularning  erkin  va  vatanparvar  bo‘lishini  belgilaydi.  Aynan  shu 

jixat davaltning jamiyatning kelajigidir. 



10 

 

6  Faxriylar    va  nogironlar  tashkilotlari,  davalt  va  jamiyatning  naqadar 



insoniyligini  o‘zligini  anglashga  intilishini,  jamiyatda  qadriyatlarning    qay 

darajada  qadirlanishini  ko‘rsatgan  xolda  Prezident  I.A.Karimov  tairi  bilan 

aytganda “Tarixiy o‘tmishsiz  kelajak yo‘q” iborisini isbot dalili bo‘ladi. 

7  Ilmiy texnikaviy jamiyatlar,  xar bir davlat o‘z kelajagini kecha bugun ilm 

fan  rivoji  bilan  yuksaltira  olganligi  barchaga  malumdir.  Bugungi  kunda 

nufuzli  va  hurmatli  davaltlar  birinchi  galda  kuch  qudrati  ila  emas  balki 

jamiyat  a’zolarining  aqli  farosati  bilan  belgilanmoqda.  Xalqaro  termin 

sifatida  olingan  “I  .G.”  –  (intelligence    quotient  -    aqliy  rivojlanish 

koeffitsienti) deyarli kegingi   barcha xarakatlarga xam taluqlidir. 

8  Madaniy,  ma’rifiy,  ma’naviy  jamiyatlar,  markazlar,  birlashmalardir. 

Insonlar  birligi  yashaydigan  barcha  jamiyatlarga  ta’luqli  bo‘lib  insonni 

boshqa  maxluqotlardan  ajralib  turishi  omilidir.  Bunga  nafaqat    kishilar 

ongliligi  balki  qalbining  mazmuni  va  moxiyatidan  kelib    chiqadigan 

moxiyati kiradi. Zero inson qalbi uning o‘zligini belgilovchi asosiy omildir. 

9  Fizkultura  va  sprot  jamiyatlari    “sog‘  tanda  sog‘lom  aqil”  iborasining 

mazmuni kishilarni doimo o‘z umrini o‘z sog‘lig‘ini qadirlashga chaqirgan.  

“Nafsni    jilovalash”  qanchalik  ruxiy  xolatga  moil  bo‘lsa  shunchalik    kishi 

tanini  nazorat  qilishga  xam  bog‘liqdir.  Tan  solig‘i  doimo  aqil  sog‘lig‘iga 

poydevordir shu bois  fizkultura va sprot jamiyatlari olib boradigan faoliyat 

individual xolat bo‘lsada  jamiyatning mustaxkamligini belgilaydi. 

10 Ko‘ngilliy  jamiyatlar,  ijtimoiy  uyushmalar  bularning  barchasi  o‘z  xarakati 

bilan davlat vakolatidagi faoliyatini kuchaytirib,  hokimiyat nazaridan yoki 

etiboridan chetda qolishi mumkin bo‘lgan muammolarni yuzaga olib chiqa 

oladi va xal qilishda faol ishtirok etadi.  ( “Bunyodkor”  talabalar xarakati, 

“Vatanparvar” jamiyatlari). 

  Shuningdek    “uchinchi  sektor”  tarkibiga  yana  bir  qator    tashkilotlar  jumladan, 

jamg‘armalar,  assosatsialar,  yurtdoshlar  uyushmalari    va  fuqarolarning  qator 

boshqa birlashmalari jamoa uyushmalari kiradi.  



11 

 

     Bularning  barchasi  kishilarning  birgalikda    hayot  kechirish    va  faoliyat  olib 



borish  tarixiy  shakli  asosida  paydo  bo‘lgan  insonlarning  birlashgan  yig’indisi 

asosida vujudga kelgandir. Jamiyatlar turli ijtmoiy qatlamalardan iborat bo‘lganligi 

tufayli tabaqalar, turkumlar, vujudga kelgan, M: mulkdorlar, ziyoliylar, dehqonlar,  

yoshlar,  ayollar,  qariyalar    va  boshqalardir.  Bunday  bo‘linish  jamiyatlar  ijtimoiy 

iqtisodiy  moxiyatidan, tabiyi turkumlanish va turli xil imkoniyatlarga ega bo‘lish 

tartibidan  kelib  chiqib  adolat  tarozisini  turli  pallalarga  turlicha  joylashtiradi. 

Oqibatda  ijtimoyi  adolat  buzilgandek  bo‘ladi.  Bu  adolat  buzilishi  “sarobini”  

to‘g‘ri  ko‘rsatishda  va  adolat  tartibini  ijtimoyi  tenglik  asoslarga  keltirishda  

“uchinchi sektor”ning urni, ijtimoyi sherikchilikni tashkil etish va rivojlantirishda  

ro’li juda kattadir. 

    Adolatli jamiyatni tashkil etishda insonlar manfaatli guruxlarining ijtmioy xatti 

xarakatlarini  belgilashda  kishilar  manfaati  va  extiyoji  asosiy  omilldir.  Bunda 

manfaatlar bilan  uyushish va birlashish kishilar fazilatiga xos xolatga aylandi va 

oqibatda  inson  hulqi  keltirib  chiqaruvchi  dushman  xislat,  shahsiy  manfaatlaring 

jamoa  manfatlari  bilan  almashinishi  joriy  bo‘la  boradi.  Oqibatda    ijtimoiy 

munosabatlar,  ijtimoiy  munosabatlar  zamirida  ijtimoiy  xarakatlar,  ijtimoiy 

harakatlar negizida  nodavlat notijorat tashkilotlar va jamoa birlashmalari vujudga 

keldi.  Ularning  jamiyatlar  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  xayotida  faol  ishtirok  etishi 

oqibati jadallashib bordi.  

    Bugun  jaxonnig  nufuzli  davaltlari  shu  jumladan  Mustaqillikka  erishgan 

O‘zbekistonimizda sodir bo‘layotgan demokratik tartiblarning modernizatsiyalash 

jarayoni  uning  zamirida    kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari  yo‘naltirilgan  isloxiy 

yo‘nalishimiz    davlat  va  jamiyatning  “uchinchi  sektori”    o‘rtasidagi  ijtimoiy 

sherikchilik  munosabatlarining  kengayishi  sodir  bo‘lmoqda.  Davlat  siyosiy 

tizimining vujudga kelishi va rivojlanib borishida manfaatlar guruxi uning a’zolari 

bo‘lgan  kishilar  boshqa    guruhlar  bilan  siyosiy  institutlar  yordamida  o‘zaro 

munosabatlarini  ixtiyoriy  tarkib  topdirgan  xolda  mutanosiblashtirishi  muqarrar 

adolatli jamiyatga olib borishini aytish mumkin. 



12 

 

  Albatta buning negizida ijtimoiy adolat yotishi kerak, bunda birinchi galda ishlab 



chiqarish  vositalariga  xususiy  mulkchilikning  bo‘lishi  zarurati,  ikkinchidan, 

jamiyat  individlarining  erkin  va  shaxsiy  mustaqilligi  kafolatlari  talab  etiladi. 

Uchinchidan,  davlat xokimiyatining yagona manbayi xalq bo‘lib u o‘z suvereniteti 

va ustuvorligiga  ega bo‘lishi shart,  to‘rtinchidan,  fuqarolarning  davlat va  jamiyat 

faoliyatining  barchasidan  xabardor  bo‘lishi  talab  etiladi.  Beshinchidan,  ijtimoiy 

fikir  va  so‘z  erkinligi  bo‘lishi  sharti,  shuningdek  ettinchi,    qonunlarning  adolatli 

bo‘lishi va ularnnig  jamiyat  qonunchiligida  ustinligi  so‘zsiz bo‘lishi  talab  etiladi. 

Shundagina    Nodavlat  va  notijorat  tashkilotlari  va  jamoa  birlashmalari  faoliyati 

jamiyat subuti va talabi darajasida bo‘la olishiga erishish mumkin. 

    “Uchinchi sektor”ning  ijtimoiy moxiyatiga qaralsa jamiyatning barcha jabha va 

hayotiy zarur jarayonlarida ishtirok etishi va o‘z tasirini o‘tkaza olish imkoniyatlari 

mavjud ekanligini ko‘ramiz. Masalan, jamiyat siyosiy xayotidagi tartiblarga kirib 

borish shartlari, xokimiyat  vakolatlarini nomarkazlashtirish  orqali, xokimiyatlarni   

bo‘linishlari natijasida, jamiyatda siyosiy plyuralizm va so‘z erkinligini to‘la qonli 

jariy  etilishi  tufayli,  Davlat  ishlarida  bevosita  va  bilvosi    fuqarolarning  ishtirok 

etishiga keng  ligitim yo‘l ochish va nixoyat yana qonun ustivorligi va uning oldida  

barchaning tengligi tamoili negizida. 

      Ko‘rinib turibdiki bugungi kunda sodir etilayotgan siyosiy isloxatlarning keng 

qamrovli  joriy  bo‘lib  borishi  “uchinchi  sektor”  tashkilotlarini  sekin  asta  jamiyat 

boshqaruvi  tamon  ko‘tarib  boradi.  Inson  sodir  etayotgan  isloxiy  o‘zgarishlarning 

bir  yoqlama  olib  borilshi  benuqson  sodir  bo‘ladi  deb  aytish    xatodir.  Bu 

kamchilikni  bartaraf  etib  borishda  yana  o‘sha  “uchinchi  sektor”ning 

imkoniyatlaridan  yani  jamiyat  a’zolarining  xayotiga  bevosita  kirib  borish 

vositalaridan  foydalanish  mumkin.    Kishilarni  jamiyatga  nisbatan  munosabatini 

mutadillashtirishda,  ma’naviy  asoslar  tasiri  kattaligini  Prezident  I.A.Karimov  

“Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”

1

  asarida  to‘liq  bayot  etganlar.  Bunda 



birinchi  galda  jamiyat  a’zolari  mafkuraviy  jixatdan  erkin  va  bir  mafkuraning 

taziyqi  ostida  bo‘lmasliklari  shartidir.  Ikkinchidan  jamiyatda  na  faqat  fikir  yoki 

                                                 

1

 Каримов И.А. Юксак маънавият -енгилмас куч. Тошкент 2008 йил. 



13 

 

so‘z erkinligi balki etiqod vijdon erkinligi bo‘lishi zarur, bunda fuqarolik jamiyati 



institutsional    organlari  juda  katta  ish  xududiga  egadirlar.  Shundan  so‘ngina 

jamiyat  sekin  asta  tamaddunga,  yuksak  madaniyatga  ega  bo‘lib  boradiki,  bunda 

sivilizatsiya talablari,  madaniyatlilik va axloqlilik davlat tamonidan emas, jamiyat 

a’zolari xayot extiyojiga aylanganlik talablaridan kelib chiqqan xolda sodir bo‘ladi. 

     Yuzaki  qaraganda  bu  fikirlar  “utopiyaga”  o‘xshab  ko‘rinadi,  ammo 

insoniyatning    tarixiylik  rivojlanish  darajasiga  qarab  bu  xayol  emas  balki  xayot 

ekanligini tushinasan.  

    Fuqarolik  jamiyati  tashkiliy  jixatlarining  birinchi  galdagi  vazifasi,  eng  ko‘zga 

ko‘ringan tarafi bu siyosatdir. SHunda biz fuqarolik jamiyatining samarali ish olib 

borayotgan institutsional tashkilotlaridan birini ayta olishimiz mumkin, bu siyosiy 

partiyalardir.  Dunyo  tajribasi,  tarix  voqeyliklari  shu  shakildagi  “uchinchi  sektor”  

tashkilotlaridan birining faoliyati naqadar jamiyatlar siyosiy tizimlarini o‘zgartirib 

yuborganini aytish mumkin. Xususan O‘zbekistonimizning mustaqilligi davriga 24 

yil  bo‘lgan  bo‘lsada  siyosiy  partiyalarning  faoliyati,    bundan  ikki  yuz  yil  avval 

bunday o‘zgarishlarni o‘z jamiyatlarida boshlagan Yevroppa, AQSH kabi davlatlar 

tartibini olib  kirayotganimizni  ayta  olamiz.  Demak  bunday  tizim  jamiyat  a’zolari 

mentaliteti  yoki  ma’rifiy  darajasiga  bog‘liq  bo‘lmagan  xolda  fuqarolik  jamiyati 

institutsional organi sifatida kirib kelishi mumkin ekan. 

    Siyosiy  partiyalarning  xokimiyatga  intilishi,  undan  o‘z  a’zolari  manfaatlari  va 

extiyojlari uchun foydalana olishi shuningdek uni bevosita va bilvosita nazorat qila 

olish imkoniyatlari keng ekanligini ko‘ramiz. Partiyalar na faqat xokimiyat uchun 

kurash yoki faqat yuqoriga intilish balki jamiyat a’zolari bilan, ular partiya a’zosi 

yoki  a’zosi  emasligidan  qa’tiy  nazar,  yuzma-yuz  ishlash  vostitalari  va 

imkoniyatiga egadir. Fuqarolarning fikirlarini o‘rganish orqali davlat siyosiy dastur 

va  rejalarini  ishlab  chiqishga  va  aksincha  davlat  reja  va  dasturlarini  ularga 

yetkazish  va  tushintirib  shakillantirish  qudratiga  egadir.  Bunda  partiyalar 

jamiyatning  yiriq  qatlamlarini  birlashtirish  va  faollashtirish,  ularni  quch  quvatini 

birlashtirgan  xolda  jamiyat  vazifalarini  intigratsiyalash    vazifasini  bajara  oladi. 

Boshqa,  turli  jamoatchilik  tashkilotlari  tuzish,  yoshlar  oqimini  shakillantirib 


14 

 

tashkilik  etakchilik  qilish,  jamiyatga  zaruriy  qadirlar  tayorlash  ishini  joriy  qilish, 



ularni jamiyat boshqaruv mansablariga olib chiqish kabi funksiyalarni xam aytish 

mumkin. 


      “Uchinchi  sektor”  tashkilotlarining  birinchi    navbatda  institutsional  tarifiga 

yondoshilsa  ikkinchi  fursatda  uning  o‘z  a’zolarining  manfatlaridan  kelib  chiqib  

boshqa guruxlar bilan o‘zaro munosabatlarda, sodir etiladigan va amalga oshirilishi 

kerak    jarayonlarni  kelishuvini  ixtiyoriylik  asosida  birlashtirish  mumkinligina 

aytish  zarur.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  aksariyat  xollarda  o‘z  a’zolari 

manfaatlarini  ifoda  etgan  xolda,  bir  yoki  bir  necha  zaruriy  muammolarga 

qaratilgan    faoliyat  tashkil  etadi.  Bu  o‘z  o‘zidan  davlat  ichki  tizimidagi 

muvozanatni  saqlashga  va  muammolarni  sekin  asta  albatta  bartaraf  etishga 

qaratilan  yo‘nalish  sari  etaklaydi.    O‘z  a’zolari  bilan  ishlashda  individuallik 

bularning xar biridagi asosiy tamoiyllardan biridir, negaki xar bir a’zo avvalo o‘z 

manfaati va extiyojlari tufayli bu yerga kelganligini esdan chiqarmaydi. 

     Bularnin  barchasi  fuqarolik  jamiyati  institutsional  organi  talablaridan  kelib 

chiqqan  xolda  jamiyat  a’zolarini  birlashtira  oladi.    Tashkilotga  yoki  jamiyatga 

majbur qilib xek kim  tortilmasligi va undagi a’zolikning ixtiyoriligi, moddiy yoki 

biron  bir  tezda  sodir  bo‘ladian  balandparvoz  vadalarning  yo‘kligi  manfaatlari  bir 

kishilarni birlashishga va ularning manfatlari va extiyojlarini bir tizimga keltirishga 

olib boradi. Tizimli g‘oya va fikirni shakillantirilishi oqibatida tashkiliy ishlar ichki 

va  tashqi  vazifalar  dasturiy  shakillari  tuzilishiga  katta  yo‘l  ochadi.  Jamiyatga 

zaruriy  bo‘lgan  xaqqoniy  va  to‘g‘ri  komunikativ  axborot  tizimini  shakillantirib 

nojo‘ya  turli  tuman  mish  mishlardan  saqlaydi.    Eng  muxim  fazilatlardan  biri  va 

asosiysi  a’zolarining  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  madaniyatlarini 

muloqot  va  munosabat  madaniyatini  shakillantirishda  misilsiz  imkoniyatlarga 

egadir.   

      Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bir tarif berishga xarakat qilgan va yangi 

ilmiy  terminalogik  atama  sifatida  ishlatishga  kirgan  “uchinchi  sektor”  organlari 

fuqarolik jamiyati kurilishida institutsional organ sifatida keng tushinchani kamrab 

oladi.    Uning  jamiyat  qurilishida,  yangilanishida,  modernizatsion  rivojlanishida, 


15 

 

siloxiy  ko‘tarilishlarida    o‘rni  cheksiz  imkoniyatlarga  egadir.  Faqat  bu  organ  va 



tashkilotlarning davlat organlari bilan  qa’tiy ajratib olingan xolda bilishimiz talab 

etiladi.  Negaki davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutsional tashkilotlari 

o‘rtasida    ijtimoiy  sherikchilik  negizida  bir  maksad  yo‘lida  ish  olib  boradiyu, 

ammo  xar  biri  o‘z  funksiyasini  aniq  bilib  bajargan  xolda  xaqqoni  sherikchilik 

bo‘ladi.    Qilinayotgan  ish  bir  maqsad  bir  ammo  uni  bajarish  uchun  xar  birining 

o‘ziga yarasha vazifasi funksiyasi, xissasi, imkoniyatlari, tamoillari mavjuddir. Bu 

talablardan  kelib  chiqib  bajarilgan  ishgina  aniq  maqsad  sari  bora  oladi. 

Maqsadimiz  fuqarolik  jamiyati  qurish  bo‘lar  ekan    “uchinchi  sektor”  ning 

funksional xolatini to‘g‘ri tushinishimiz zaru. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


16 

 


Download 376.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling