Zamonaviy elektron qurilmalar ishonchliligini oshirish va ta’minlash usullari


Download 119.67 Kb.
bet1/26
Sana09.06.2023
Hajmi119.67 Kb.
#1472281
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН




ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALAR ISHONCHLILIGINI OSHIRISH VA TA’MINLASH USULLARI.

  1. Zamonaviy elektron qurilmalarni yig‘ishda ishonchlilikni oshirish va ta’minlash usullari.

Elementlar va komponentlar ishonchliligini saqlash hamda oshirish tadbirlari ularni loyixalashtirish, ishlab chiqarish, saqlash va elektron qurilmalar tarkibida ishlatish vaqtida amalga oshiriladi. Umuman elektron texnika ishonchliligi darajasi loyixalashtirish va ishlab chiqarish jarayonida amalga oshadi. Ishlatish davridagi ba’zi tadbirlarni qo‘llash orqali elektron qurilmalar ishonchliligini nafaqat ishlab chiqarishdagi darajasida ushlab turish, balki ishonchliligini oshirish ham mumkin. Bunday ishonchlilikka avvalo, doimiy ravishda buziladigan elementlarga qo‘shimchalar kiritish orqali erishiladi.


Elementlar va komponentlar loyixalashtirishda ishonchlilik har xil yo‘llar bilan ta’mnlanadi.
Bu yo‘llarga quyidagilar kiradi:

  • mahsulotni optimal ko‘rinishlarini tanlash;

  • mahsulotga ishlatiladigan materiallarni to‘g‘ri tanlash;

  • effektiv ximoya ko‘rsatkichlaridan foydalanish;

  • maxsulot konstruksiyasining texnologikli;

  • elementlarni ishlatish sharoitida ularni qanday tayyorlanganligini xisobga olish;

  • elektr sxemalarni yaratishda elementlar ko‘rsatkichlarini xisobga olish;

  • elementlar ishlashda elektr va issiqlik rejimlarini yengillashtirish ko‘rinishini yaratish;

  • elektron texnika elementlardan foydalanish vaqtida yuqori va past xaroratlardan, namlikdan, tebranishlar va boshqa ta’sirlardan ximoyaqilish.

  1. Elektron qurilmalarni ishlab chiqarishda ishonchlilikni oshirish va ta’minlash usullari.

Element va komponentlar ishonchliligi ko‘p jixatdan ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Elementlar buzilishining 30% ga yaqini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni buzilishi, sifatsiz xomakilardan foydalanish va boshqa sabablar oqibatida kelib chiqadi. Texnologik jixatdan yangi, zamonaviy usullarni qo‘llash chiqarilayotgan maxsulotni ishonchliligini oshishini ta’minlaydi.
Misol uchun elektr ulanishlarni qo‘lda qalaylashga nisbatan, bosma platalarni qalay eritilgan vannaga solish, elektr ulanishlarni sifatini oshishini ta’minlaydi.
Ilm va fanning yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslangan avtomatlashtirishgan ishlab chiqarish jarayonidan foydalanish maxsulotlarni ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishi kompleks avtomatlashtirishdir. Bunda mahsulot ishlab chiqarishning barcha jarayonlari avtomatlashtiriladi (xomaki ishlab chiqarish, detallarni tayyorlash, maxsulotni yig‘ish, nazorat qilish va boshqalar). Sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari chiqarilayotgan maxsulotlarning ishonliligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu xizmat xodimlari ishonchlilikni nazorat va amaliy masalalarini yaxshi bilishlari, ishlash usullari va sinash usullari natijalarini baholashni bilishlari kerak. Bu tadbirlarni to‘g‘ri bajarilishi texnologik jarayondagi kamchiliklar, loyixalashtirishdagi xotolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
Elektron qurilmalardagi element va komponenetlarni ishonchliligi ishlanish (foydalanish) jarayonida quyidagi usullarni ta’minlaydi.

- profilaktika tadbirlarini ilmiy asoslangan usullar orqali


sifatli bajarish;
-maxsulotlar buzilishini prognoz qilishni qo‘llash;
-xizmat ko‘rsatuvchilarni yaxshi tayyorlash;
-ishlatish jarayonini tashkil etish darajasini oshirish.




  1. Download 119.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling