Zaxiriddin Muhammad Bobur va Boburiylarning qoldirgan ma`naviy va ma`rifiy merosi va ular tomonidan qurdirilgan imoratlar va maqbaralar haqida qisqacha ma`lumotlar berilgan


Download 24.21 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi24.21 Kb.
#1175658
  1   2
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar merosi Sharipov Sardor Samandarov


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA BOBURIYLARNING MEROSI (“540-yilligi”) Sharipov Sardorbek Baxrom o`g`li Samandarov Abbos Qodir o`g`li Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti 4-kurs talabalari www.sardorbeksharipov9999@gmail.com www.samandarovabbos8@gmail.com
Annotatsiya: Zaxiriddin Muhammad Bobur va Boburiylarning qoldirgan ma`naviy va ma`rifiy merosi va ular tomonidan qurdirilgan imoratlar va maqbaralar haqida qisqacha ma`lumotlar berilgan. Ana shunday buyuk asarlardan biri “Boburnoma” asari haqida qisqacha ma`lumot berilgan. Kalit soʻzlar: Amir Temur, Bobur, "Boburnoma", Hindiston, Temuriylar, Boburiylar,Pokiston, Afg`oniston, Movarounnahr, Barlos, Agra, Toj Mahal. Ulug‘ bobomizning sertashvish hayoti va jo‘shqin faoliyati siyosiy jihatdan inqirozga uchragan Temuriylar davlatining so‘nggi davriga to‘g‘ri keldi. Ushbu davr barcha azob-uqubatlarini boshdan kechirish Bobur Mirzo chekiga tushdi. Tarix maydonida kechgan turli qarama-qarshiliklardan so‘ng Bobur Kobul sari yo‘l oldi. Ona yurt sog‘inchi va qaytish istagi unga bir umr hamroh bo‘lsa-da, hozirgi Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning tarixiy hududlarida ulkan saltanat barpo etdi. Tarix zarvaraqlarida bu davlat Boburiylar sulolasi nomi bilan bitildi.Bobur ota-bobolarining ilm-ma'rifat va mamlakat obodligi yo‘lidagi ezgu ishlarini davom ettirib, kelgusi avlodlarga katta meros qoldirdi. Hindistonlik tarixchilar Bobur hukmronlik davrini turlicha talqin qilsa-da, u asos solgan sulola ushbu mamlakat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini e'tirof etadi. Bobomiz harbiy yurishlar bilan birga, Agra va Dehlida yirik bog‘lar, ariq va hammomlar qurdirdi, masjid, maktablar bunyod etdi. Ilm-ma'rifatga katta e'tibor qaratdi. Bugungi kunda Bobur va Boburiylarga taalluqli ko‘plab moddiy boylik va asarlar, qo‘lyozmalar dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Masalan, unga tegishli noyob qilichi Nyu-Yorkning Metropoliten muzeyida saqlanadi. Bobomizga in'om qilingan Ko‘hinur olmosi esa Buyuk Britaniya qirollik oilasi tomonidan tasarruf etiladi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi Boburning tarixiy ashyolari dunyo muzeylari va shaxsiy kollektsiyalardan joy olgan. Shuningdek, Hindistonda ham Bobur va Boburiylarga tegishli buyumlar, tarixiy manbalar juda ko‘p. 1528-yilda yozilgan “Devoni Bobur”ning asl qo‘lyozmasi va 1640-yilda chizilgan “Shahzoda Doro Shukuhning to‘y marosimi” miniatyurasining nusxalari shular jumlasidan. Ushbu noyob asarlar nusxalari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida mamlakatimizga olib kelindi.1 Ushbu sulola vakillari tomonidan qoldirilgan bebaho ma'naviy meros hind va o‘zbek xalqlari boyligi. Rampur Raza kutubxonasida saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar sulolasiga oid tarixiy ashyolar madaniy ildizlarimiz, tariximiz o‘xshashligidan dalolat. Ma’lumki, butun dunyo bo’yicha o’zbek davlatchiligi tarixiy dalillarni yaxshi o’rganmasdan turli sulolaviy shajaralarni mo’g’ul xonliklari avlodlariga olib borish urf tusiga kirgan. Bu borada sohibqiron Amir Temurni ham mo’g’ul deb yuritishga xorijiy tarixchilar odatlanib qolishgan aslida esa, Amir Temur o’zbek xalqi tarkibiga kirgan “barlos” urug’idan bo’lgan. Barloslar haqida Rashididdinning “Oltin daftar” kitobida, “Moʻgʻullarning maxfiy tarixi” kitobida ba'zi maʼlumotlar uchraydi. Rashididdining fikricha, “barloslar” nirun moʻgʻullarning Borjigin urugʻidan tarqalgan. Rashididdinning yozishicha, barlos etnonimi Chingizxon davridan beri mavjud boʻlib, Chingizxon oʻgʻli Chigʻatoyga 4 000 kishilik qoʻshin ajratganida, ularning koʻpchiligi barlos urugʻidan boʻlgan. Moʻgʻul tilidan tarjima qilinganida “barlos” soʻzi “yoʻgʻon”, “kuchli” deb tarjima qilinadi. Abulgʻozixon fikricha esa, barlos soʻzi “sarkarda” degan maʼnoni beradi.2 Boburning ham shajarasi Amir Temurga borib taqalgandan keyin u ham butun dunyoda mo’g’ul xoni sifatida tanildi. “Bobur haqli ravishda Mo‘g‘ullar imperiyasining asoschisi sanaladi, garchi imperiyani mustahkamlash ishini uning nabirasi Akbar bajargan bo‘lsa ham. Bundan tashqari, Bobur keyingi ikki avlodni ilhomlantirgan kuchli yetakchilikni ta'minladi”.3 Boburning mashhur asarlaridan biri “Boburnoma” hisoblanadi. U “Voqeoti Bobur”, “Boburiya”, “Tuzuki Bobur”, “Voqeanoma” nomlari bilan atalgan. Boburning oʻzi esa “Vaqoye” va “Tarix” nomlarini ishlatgan. Boburnoma oʻzida bayon qilgan voqealarga koʻra, 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494-1504), Afgʻoniston (1504-1524) va Hindiston (1524-1530) dagi hukmronlik davriga boʻlinadi. Boburnoma fanning qator sohalari uchun nihoyat darajada muhim ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga oʻzbek adabiyoti tarixida badiiy prozaning eng birinchi buyuk namunasi hisoblanadi. U asar adabiyotimizda proza janrini rivojlantirishga uzoq ijobiy taʼsir etib kelmoqda. Boburnoma Turkiston tarixidan ham hikoya qiluvchi asar edi. Unda Turkiston oʻlkasining xalqi, urf-odatlari, daryolari, suvlari, xoʻjaligi, mevalari, kasb-hunarlari, choʻl-adiri, togʻlari, oʻsimliklari, hayvonot olami haqida koʻp ma'lumotlar keltirilgan.Xususan, XV-XVI-asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turk-moʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va boshqa turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "Boburnoma"da Fargʻona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.4 Xalqlar o‘rtasidagi ma'naviy-ma'rifiy, ilm-fan sohasidagi yaqinlik buyuk ajdodlar qurdirgan imoratlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, Dehlidagi Humoyun maqbarasi, “Qizil qal'a”, “Ko‘hna qal'a”, Agradagi “Toj Mahal” va Akbarshoh maqbarasi kabi majmualar Hindiston va O‘zbekiston umumiy tarixi, madaniy an'analari haqida so‘zlaydi. Qayd etish darkor, zamonaviy Pokiston hududida ham Boburiylar tomonidan qurilgan 10 dan ortiq mashhur inshoot saqlanib qolgan. Jumladan, Shoh Jahon davrida qurilgan Akbar saroyi, Avrangzeb hukmronligi davrida Lahorda qad ko‘targan Badshoxi masjidi Boburiylar salohiyatidan darak beradi. Xususan, 1673-yilda qurilgan Badshoxi masjidi kattaligi jihatidan dunyoda 1986-yilga qadar birinchi o‘rinda turgan edi. Boburiylar sulolasining buyuk namoyandalaridan Akbarshoh davri obidalardan biri – Lahor qal'asidir. U 1566-yilda barpo etilgan. Jahongir humronligi davrida qurilgan “Xiron-minor”, Jahongir maqbarasi, Shoh Jahon hukmronlik yillari barpo etilgan Shoh Jahon masjidi va Shalimar bog‘lari jahon me'morchiligining nodir durdonalari hisoblanadi. Shalimar bog‘lari 1981-yili YuNESKO ro‘yxatiga kirilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda ta'kidlash joiz, Pokiston hududida Boburiylar tomonidan bunyod etilgan inshootlarning katta qismi Lahor shahrida joylashgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu shahar o‘z davrida boburiylarning yirik ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy markazlaridan hisoblangan. Yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tariximizni, buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ularni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda.5 Toj Mahal. Shoh Jahon hukmronligi davrida bunyod etilgan me`moriy obidalarining eng noyob namunasi, dunyoning yetti mo`zijasidan biri hisoblangan Toj Mahal maqabarasidir. Bu bino Mumtoz Mahal Begim vafotidan so`ng, uni xotirasiga bag`ishlab Jamna daryosi bo`yiga qurilgan yodgorlik, bu obida sof muhabbat va sadoqat ramzi sifatida butun jahon ahlini hozirgacha hayratga solib keladi.Muarrix Abdulhamid Lohuriyning guvohlik berishicha, bu bino 12 yil davomida qurilgan, uning qurilishiga 50 lak6 rupiy mablag` sarflangan.7 1983-yilda Toj Mahal YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan: “Hindistondagi musulmon san'atining durdonasi va jahon merosining umume'tirof etilgan durdonalaridan biri”.8

Download 24.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling