Zbekiston milliy universiteti jizzax filiali qurbonov sharofjon


Download 22.23 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi22.23 Kb.
#148664
Bog'liq
Biznes rejalashtirish amaliy 1-nazorat savoli


O’zbekiston Respublikasi

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

JIZZAX FILIALI

QURBONOV SHAROFJON

OLIMJON O’G’LI

«AMALIY MATEMATIKA » fakulteti

- «IQTISODOYOT

(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)» yo’nalishi

141-20 guruh 1-bosqich talabasi

1-Amaliy mashg`ulot. Bozor iqtisodiyoti va biznes


Sirojiddin Saitov

  1. Bozor iqtisodoyotining afzalliklari va kamchiliklari.

Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham,barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.

Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanish kerak. Chunki, ko’pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklari ;

1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi.Raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri — markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.

3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporastiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, susqashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti millionlab kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, bozor iqtisodiyoti o’zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud.

1) Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining ‘asayib borishiga olib keladi.

2) Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’p mayda firmalarga emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.

Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham ‘utur etkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.

Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.

Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan biri - shundan iboratki, u ijtimoiy iste’mol qilinadigan ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.

Tovarlar hajmi bilan ‘ul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi va bu - pulning qarsizlanishi - inflyastiya bilan birga boradi.



©SH.O.Qurbonov2020
Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling