Zbekiston respublikasi madaniyat va turizm vazirligi
Download 361.72 Kb.
|
mukarrama turg\'unboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siz me’morsiz, Mukarramxon, Shakllarga hukmingiz o‘tgan; Siz yaratgan qasr benuqson, San’atingiz kamolga yetgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA TURIZM VAZIRLIGI RESPUBLIKA MARKAZIY KO‘ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI “Mukarrama Turg‘unboyeva – milliy raqs san’atimiz fidoyisi” Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 110 yilligiga Metodik-bibliografik qo‘llanma Muqaddima Siz me’morsiz, Mukarramxon, Shakllarga hukmingiz o‘tgan; Siz yaratgan qasr benuqson, San’atingiz kamolga yetgan. H.G‘ulom Yillar o‘tsada insonlar qalbida muxrlanib qolgan tuyg‘ular hamon o‘z kuchini ko‘rsatarkan. Mukarrama Turg‘unboyeva ijodida o‘zbek professional raqsi o‘zining yuqori bosqichiga erishdi. Uning raqsi soxta holatlardan, quruq maqomlardan holidir. Raqqosaning raqsini tomoshabin soddaligi, oddiyligi uchun sevadi. Raqsdagi soddaliq bu olijanoblik tuyg‘ulari, xususiyatlari, hayotning to‘g‘ri aks etishidir. Soddalik insonga go‘zallik baxsh etadi. Mukarrama Turg‘unboyevaning raqslari, ulardan eng sho‘xlari ham, birgina ozod bo‘lgan tananiyag hayotiy shodligini, harakatlardan zavqlanishni, chuqur insoniy his-tuyg‘ularnigina emas, balki tuyg‘u va ijodiy fikr egasi bo‘lgan insonning qadr-qimmatini ulug‘lashdan iboratdir. Raqqosaning ko‘zlari jo‘shqin kechinmalarni o‘ziga itoat qildiruvchi, turli-tuman his-tuyg‘ularning bir-biriga bog‘lovchi fikrlar bilan yonib turadi. Turg‘unboyevaning o‘yinlari insonning eng yashirin, eng samimiy tuyg‘ularini qo‘zg‘atuvchi, eshitgan sari zavqlantiruvchi musiqadir. Agar uning raqsini tasviriy san’at bilan taqqoslab ko‘rsak, uning yaratgan san’at asarlari nafis, go‘zal, murakkab rasmlarni eslatadi. Bu rasmda qalamning har bir chizig‘i kerak, agar biror chiziq o‘chirib tashlansa obraz buziladi. O‘zbek professional raqslari Turg‘unboyeva ijrosida insonning cheksiz tuyg‘ulari, g‘oyat kuchli kechinmalari va teran o‘y-fikrlarining rango-rang xazinasidir. Mukarramaxonim o‘zining nafis talanti, o’zbek san’atni rivojlantirishdagi oliy xizmatlari bilan xalq mexr – muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Ijodkorning talanti va mahoratida o‘zbek xalqining eng yaxshi xislatlari; fikrning ravshanligi, kechinmalarning teranligi, his-tuyg‘ularning sofligi, kamtarlik, mehnatsevarlik, mehribonlik, insonni maftun etuvchi shirin so‘zlik tuyg‘ulari betakror raqslarida o‘z aksini topgandi. Mukarram Turg‘unboyeva boshlab bergan yo‘l bugungi kunda Respublikamizda kundan-kunga o‘sib borayotgan o‘zbek milliy raqs san’ati rivoji uchun ulkan xizmat qilmoqda. O‘zbek sahna raqsi va uning rivojlanish yo‘llari haqida so‘z ketganda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan yuksak professional ansambllarni ko’z oldimizga keltiramiz. Bu ansambllarni tashkil qilgan mashxur Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim va shogirdlari bo‘lmish o‘zbek xoreografiyasi taniqli namoyondalari Mukarrama Turg‘unboyeva, Isoxor Oqilov va Gavxar Raximovalarni tashkil qilganlar. Hozirda Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oily maktabida taxsil olayotgan talaba qizlar M.Turg‘unboyeva ijro etgan va sahnalashtirgan raqslarning barchasini mukammal o‘rganadi hamda shu raqslar asosida har yili may oyida M.Turg‘unboyeva tavallud topgan kunda o‘tkaziladigan “Mukarrama Turg‘unboyeva” nomidagi raqs tanlovida qatnashishi mumkun. Download 361.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling