Zoologiya yakuniy javoblar Ҳайвонларнинг ҳозирги замон систематикаси


Download 74.76 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi74.76 Kb.
#1176845
  1   2   3
Bog'liq
Zoologiya yakuniy javoblar





Zoologiya yakuniy javoblar
1.Ҳайвонларнинг ҳозирги замон систематикаси.
Hayvonlami taksonlarga ajratish bilan sistematika fani shug'ullanadi. Hayvonlar sistematikasida asosiy taksonlar tip, sinf, turkum, oila, avlod va turdan iborat. Ular orasida tur eng kichik, tip esa eng yirik takson hisoblanadi. Bitta turga kiruvchi hayvonlaming tuzilishi va hayot kechirish tarzi o'xshash bo'lib, umumiy arealni egallaydi. Muayyan tur o'zining morfologik, fiziologik, ekologik va irsiy xususiyatlari bilan boshqa turlardan farq qiladi. Bir turning individlari bir-biri bilan erkin chatishadi va ulaming nasli serpusht bo'ladi. Bir qancha umumiy belgilari bilan bir-biriga o'xshash bo'lgan turlar bitta avlodga birlashtiriladi. Avlodlar o'z navbatida oilalarga va oilalar turkumlarga, turkumlar sinflarga, sinflar tiplarga birlashtiriladi. Tirik mavjudotlaming xilma-xilligi sistematikaga yana bir qancha qo'shimcha tushunchalar kiritishni taqozo etadi. Chunonchi, barcha tiplar bitta hay vonot dunyosiga kiritiladi. Hay vonot dunyosi bir hujayralilar va ko'p hujayralilar kenja dunyolariga ajratiladi. Hayvonot dunyosining o'zi ham prokariotlar, zamburug'lar va o'simliklar dunyolari ЬДап birga organik olam, ya’ni tirik mavjudotlar olamini tashkil etadi. Bulardan tashqari turli taksonlar uchun oraliq taksonlar ham kiritilgan. Ular takson nomidan oldin “katta”, takson nomidan so'ng “kenja” so'zlarini qo'shib ishlatiladi. Masalan, kenja avlod, katta avlod, kenja oila, katta oila, kenja turkum, kenja sinf, katta sinf, kenja tip, kenja tur kabi iboralardan foydalaniladi.
2. Бир ҳужайрали ҳайвонларнинг умумий тавсифи.
Tanasi bitta hujayradan iborat. Bu hayvonlar morfologik jihatdan ko’p hujayrali hayvonlarni tanasini tashkil etuvchi hujayralarning bittasini tuzilishiga o’xshashdir, lekin fiziologik jihatdan esa u yaxlit organizmdir. Agarda ko’p hujayrali organizmning hujayralari ma’lum to’qimalar tarkibiga kirib, muayyan vazifani bajarishga ixtisoslashgan bo’lsa, bir hujayrali hayvon tanasini tashkil etuvchi yagona hujayra esa shu hayvon uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy jarayonlarni o’zi bajarishga moslashgan. Bir hujayralilarning tanasi ikki asosiy qismdan, ya’ni sitoplazma va yadrodan iborat. Sitoplazma tashqi tomondan nozik elastik parda - pellikula (membrana) bilan o’ralgan.Sitoplazma ikki qavatdan, ya’ni parda ostida joylashgan ancha quyuq, tiniq ektoplazmadan va donador, ancha suyuq endoplazmadan iborat. Sitoplazmasida bir hujayrali hayvonlar uchun xos bo’lgan ixtisoslashgan turli shakldagi maxsus organoidlar, jumladan harakatlanish organiodi, ovqat hazm qiluvchi vakuolalar, qisqaruvchi vakuollari bo’ladi.Qisqaruvchi vakuol bitta yoki ikkita bo’lib, moddalar almashinuvida hosil bo’lgan ortiqcha birikmalarni suv bilan birga qo’shib, tashqariga chiqarib, hujayra ichida osmotik bosimni tartibga solib turadi.Harakatlanish organoidining uch xili farqlanadi, ya’ni yolg’on oyoqlar (psevdopodiylar), xivchinlar va kiprikchalar. Harakatlanish organellalari protoplazmatik o’simtalar hisoblanibdi.Oziqlanishi autotrof, geterotrof va miksotrof usulda.Ko’payishi jinssiz va jinsiy. Jinssiz ko’payish usullari: ikkiga bo’linish, kurtaklanish, shizogoniya. Jinsiy ko’payish kopulyasiya (izogam, anizogam va oogam kopulyasiya) va kon’yugasiya usuli bilan amalga oshadi. Noqulay sharoitda bir hujayrali hayvonlar sistaga (qalin po’stga) o’raladi.
3. Содда ҳайвонлар кўпайиш усуллари
Hayvonlar jinssiz va jinsiy ko'payadi. Jinssiz ko'payish soddaroq tuzilgan umurtqasiz hayvonlarda uchraydi; va asosan ikki xil usulda boradi. Bir hujayrali hayvonlarda jinssiz ko'payish ona organizmning teng ikkiga bo'linishi, tuban ko'p hujayralilarda esa 20 kurtaklanish orqali sodir boiadi. Kurtaklanishdaona organizmidakichikroq kurtakcha hosil bo iadi. Kurtakcha o ‘ sib, yangi organizmni hosil qiladi. Ko‘p marta boiinish orqali ko'payishda ona organizmi juda ko‘p boiaklarga boiinadi, har qaysi boiakdan yangi organizm hosil boiadi. Bu xildagi boiinish yassi va halqali chuvalchanglar uchun xos. Hayvonlaming jinssiz ko'payishi ulaming tanasida juda ko‘p sonli ixtisoslashgan, lekin boshqa hamma to‘qima va organlami hosil qila oladigan hujayralaming boiishi bilan bog‘liq. Urug‘lanish jarayonida urug* hujayra tuxum hujayra ichiga kirib, uning yadro va sitoplazmasi bilan qo‘shilishi natijasida ikkita hujayradan bitta yangi hujayra - zigota hosil boiishidan iborat. Zigotadan embrional rivojlanish jarayonida yangi organizm hosil boiadi. Jinsiy ko‘payish jinssiz ko‘payishga nisbatan organizm uchun bir qancha afzalliklarga ega.

4.  Кинетопластида синфи


Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkum i. Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog'langan maxsus organi - kinetoplast bo'ladi. Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi. Asosiy ko'pchilik turlari parazit hayot kechiradi. Bodolar (Bodo) 10-25 mkm kattalikdagi ikki xivchinli hayvonlar, sitoplazmasining xivchinlari asosida joylashgan qismida pellikulasi bo'lmaydi. Bu joy orqali bakteriyalami yutib, oziqlanadi. Parazit kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi tripanozomalar (Trypanosoma) urug'i vakillari ayniqsa, katta ahamiyatga ega (11-rasm). Ulaming tasmaga o'xshash yassi tanasi 20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo'nalgan. Xivchin yupqa to'lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. Uyqu kasali tripanozomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda og'ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanozomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan (11-rasm), lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo'ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo'lgan bu parazitlaming ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi vakinetoplasti bor. Leyshmaniyalaming ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum. Tropik leyshmaniya (Ltropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, sumnkali pendinka yarasini paydo qiladi. Bu yara O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida yomon yara yoki pashshaxo'rda nomi bilan ham ma’lum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo bo'ladi, keyinchalik shish yiriklashib sumnkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib ketadi, lekin uning o'm i chandiq bo'lib qoladi.
5. Chlorophyta типи, волвокслар
Volvox aureus koloniyasi 500-1000 hujayradan tashkil topgan, diametri 500-850 mkm, V.globatoresa 20 minggacha hujayradan iborat boiib, diametri 2 mm ga yetadi. Volvokslar koloniyasining asosiy qismini hujayralaming o ‘zi ajratib chiqaradigan quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig‘iz po‘stni hosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya ichi quyuq massa bilan to iib turadi. Koloniyani tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilgan. Volvoks koloniyasidagi juda ko‘p hujayralar orasida faqat bir qism (4- 10 ta) hujayralar boiinish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar koloniyaning pastki tomonida joylashgan boiib, ular vegetativ hujayralar deb ataladi. Vegetativ hujayralar ketma-ket bir necha marta bo ‘linib, yosh koloniyalami hosil qiladi. Volvoks koloniyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo‘linmasdan tuxum hujayra (makrogameta)larga aylanadi, 5-10 hujayralar urug1 hujayralam i hosil qiladi. M akrogam etalar hujayralam ing bo'linmasdan yiriklashuvi natijasida, mikrogametalar esa hujayraning palintomik usulda 256 bo‘lakka bo'linishi natijasida hosil bo'ladi
6. Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfi haqida ma’lumot bering, ular turlarining alohida belgilari va xususiyati haqida
. Qalqondor xivchinlilar (Dinoflagellata yoki Peridenea) turkumi. Yakka yashovchi ikki xivchinli hayvonlar, dengiz va chuchuk suv havzalarida juda keng tarqalgan. Ko'pchiligi planktonda hayot kechiradi. Qalqondor xivchinlilaming xivchinlari tanasining markaziy qismidan boshlanadi. Ulardan biri orqa tomonga cho‘zilgan, ikkinchisi esa tananing o ‘rta qismini o'rab turadigan “belbog"’ deb ataladigan ekvatorial chuqurcha ichida turadi. Qalqondorlaming kletchatkadan iborat po‘sti boiadi. Bu po'st m aium tartibda joylashgan va choklar orqali bir-biri bilan birikadigan bir necha plastinkalardan tuzilgan. Sitoplazmada juda ko'p xlorofill saqlovchi disksimon xromatoforlar bo'ladi. Fotosintez jarayonida hosil bo'lgan kraxmal zarrachalari sitoplazmada tarqalgan. Chuchuk suv va dengizlarda seratsium (Ceratium) avlodi vakillari keng tarqalgan. Chuchuk suv seratsiumi S.hirydinella tanasidagi to'rtta uzun o'simtalardan biri tanasining oldingi (apikal), qolgan uchtasi orqa (antapikal) tomonga qaratilgan. Dengiz seratsiumlarida bunday o'simtalar ayniqsa, kuchli rivojlangan bo'lib, tana yuzasini kengaytirish va suvda muallaq turish uchun xizmat qiladi. Suvi bir muncha iliq bo'lgan tropik va subtropik dengizlarda tun yog'duchisi Noctiluca miliaris juda ko'p uchraydi. Uni yoz faslida Qora dengizda ham uchratish mumkin. Tun yog'duchisi yumaloq tanasining diametri 2 mm keladi.
7.O’simliksimon xivchinlilar kenja sinfi haqida hamda vakillari
Bu kenja sinfga yashil rangli, yorug‘lik ta‘sirida fotosintez qiladigan xivchinlilar kiradi.

Download 74.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling