Zoologiya yakuniy javoblar Ҳайвонларнинг ҳозирги замон систематикаси
Download 74.76 Kb.
|
Zoologiya yakuniy javoblar
Ko'payishi. Jinssiz ko‘payish infuzoriyalar tanasining kp‘ndalangiga teng ikkiga bo‘linish yo‘li bilan boradi. Ko'pchilik infuzoriyalaming makronukleusida jinssiz ko ‘payishda mitozga o'xshash jarayon sodir bo'ladi. Dastlab xromosomalar hosil bo'ladi, ulaming soni ikki marta oshadi, lekin yadro bo'linmaydi. Yadro bo'linmasdan xromosomalar sonining ortishi endomitoz deyiladi. Ko'payishi. Jinssiz ko‘payish infuzoriyalar tanasining kp‘ndalangiga teng ikkiga bo‘linish yo‘li bilan boradi. Ko'pchilik infuzoriyalaming makronukleusida jinssiz ko ‘payishda mitozga o'xshash jarayon sodir bo'ladi. Dastlab xromosomalar hosil bo'ladi, ulaming soni ikki marta oshadi, lekin yadro bo'linmaydi. Yadro bo'linmasdan xromosomalar sonining ortishi endomitoz deyiladi.
12. Bir hujayralilarning ko’payish xillari haqida Bir hujayralilarning 70000 dan ortiq turi m aium bo'lib, ular Sarkomastigoforalar, Sporalilar, Miksosporidiyalar, Mikrosporidiyalar va Infuzoriyalar tiplariga ajratiladi. Sarkodalilar hujayrasida bitta yoki bir necha yadrosi bor. Chuchuk suvlarda va tuproqda yashovchi turlarida qisqaruvchi vakuoli bo'ladi. Ular barcha bir hujayralilarga o'xshash butun tana sirti orqali nafas oladi. xivchinlilar faqat ikkiga bo'linish orqali jinssiz ko'payadi, bunda dastlab yadro mitoz usulda bo'linadi, so'ng tanasi oldingi tomondan orqaga qarab asta-sekin bo'linadi. Xivchini esa yosh hujayralardan biriga o'tadi; ikkinchisida esa yangidan hosil bo'ladi. 13.Uyqu kasalligini keltirib chiqaruvchi tur nomini ayting va sistematikasini yoritib bering Uyqu kasali tripanozomasi tabiatda yovvoyi hay vonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanozomani se-se pashshasi (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamlarga yuqtirishi aniqlangan. Pashshalar ichagida tripanozoma bo‘yiga bo‘linib ko'payadi va tana suyuqligi orqali avval uning so‘lak bezlariga, so'ngra hartumiga o'tib oladi. Pashsha so'lagidan qonga o'tgan parazitlar qon plazmasida yana jinssiz bo'linib ko'payadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se-se pashshasi esa kasallik qo'zg'atuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi. Parazit kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi tripanozomalar (Trypanosoma) urug'i vakillari ayniqsa, katta ahamiyatga ega (11-rasm). Ulaming tasmaga o'xshash yassi tanasi 20-70 mkm keladi. 14. Gregarinalarning tuzilishi haqida Gregarinalar 500-1000 tumi o'z ichiga oladi. Hamma gregarinalar umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Asosiy ko'pchilik turlari bo'g'imoyoqlilar, asosan hasharotlaming ichagida yashaydi. Ayrim vakillari halqali chuvalchanglar, ignaterililar va qobiqlilarda ham uchraydi. Ttizilishi. Gregarinalar xilma-xil shaklda; kattaligi 10 mkm dan 16 mm gacha bo'ladi. Tana shakli va kattaligi ulaming qaysi organda parazitlik qilishiga ko'p jihatdan bog'liq. Ichakda yashovchi gregarinalar ancha yirik (16 mm gacha) duksimon; tana bo‘shlig'idan olingan vakillari esayumaloq shaklda bo‘ladi. Ancha murakkab tuzilgan gregarinalaming tanasida yadrosi joylashgan eng yirik oxirgi bo'limi deytomeritdan va undan oldingi bo'limi protomerit deyiladi. Jinssiz ko'payish faqat kam sonli arxegregarinalar hamda neogregarinalar turkumlari vakillarida kuzatilgan. Asosiy ko'pchilik gregarinalar, xususan haqiqiy gregarinalar turkumi vakillari faqat jinsiy yo'l bilan ko'payadi. 15. Kokksidiyasimonlar sinfining turkum va turlari, ularning hayot tarzi haqida Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma-xil tuzilgan 2400 ga yaqin tumi o ‘z ichiga oladi. Har xil halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Koksidiyasimonlaming bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar va baliqlarga katta ziyon yetkazadi. Ular orasida bitta turi odamda ham 56 parazitlik qiladi. Quyida koksidiyasimonlaming eng muhim turkumlari va turlari keltiriladi. Koksidiyalar (Coccidiida) turkum i. Koksidiyalar hayvonlaming ichagi, jigari, bo ‘yragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi. Tanasi yumaloq yoki oval shaklida. Jinssiz va jinsiy ko‘payishi doimo to‘g ‘ri gallanib turadi. Jinssiz ko'payishi ko‘p marta bo‘linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya deb ataladigan ikkigabo‘linish orqali sodir bo'ladi. Eymeriya (Eimeria) koksidiyalari. Eymeriya urug'ining juda ko'p turlari har xil umurtqali hayvonlar, quyon, echki, qo'y va yirik shoxli mollar, uy parrandalarida parazitlik qiladi. Hayvonlar koksidiyalaming oosistalarini suv yoki yem orqali yuqtiradi. Oosistalar juda kichik bo'ladi. Quyonlarda parazitlik qiladigan eymeriya oosistalari uzunligi 12 mkm dan 35 mkm ga yetadi. Har bir oosistada 4 tadan sporoblast (sporosista) bor. Har qaysi sporosista ichida esa 2 tadan ingichka chuvalchangsimon harakatchan sporozoitlar bo'ladi. Oziq yoki suv bilan ichakka tushgan oosistalar va sporosista!ar qobig'i yemirilib, sporozoitlar ichak bo 'shlig 'iga chiqadi. 16. Mikrosporidiya va miksosporidiya tiplari haqida, ularning o’ziga xos belgilari Mikrosporidiyalar hujayra ichida parazitlik qiladi; asosan har xil bo‘g ‘imoyoqlilami, ba’zan umurtqali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900 ra yaqin tur kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bo'lishi bilan ular qisman miksosporalilarga o'xshab ketadi. Lekin miksosporidiyalar sporasi yuqorida qayd qilinganidek ko‘p hujayrali, mikrosporidiyalaming sporasi bir hujayrali bo'ladi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4-10 mkm) bo'lib, qattiq po'st bilan qoplangan. Spora ichida spiral o'ralgan ipcha va ikki yadroli murtak (sporoplazma) bor (19-rasm). Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilarga asosan baliqlarda, ba’zan sudralib yuravchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan, hamma suv havzalarida uchraydi. Ayrim 68 miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, ulaming chavoqlari (yosh baliqlar)da og'ir kasallik paydo qiladi va baliqchilik xo‘jaliklariga katta ziyon keltiradi. Yadrolari vegetativ va generativ yadrolarga bo'linadi. . Generativ hujayralar yadrosining bir necha marta bo'linishi bilan ko'p yadroli sporoblastlar shakllanadi. Har bir sporoblast ichida 2 tadan ko'p yadroli sporahosil bo‘ladi. Vegetativ yadrolari o'sish va moddalar almashinuvi, generativ yadrolar esa ko'payish funksiyasini bajaradi. Generativ yadrolar atrofiga sitoplazma ajralishi natijasida juda ko'p generativ hujayralar hosil bo'ladi. 17. Infuzoriyalartipining ko’payish jarayonini tushuntirib bering Infuzoriyalar -- eng murakkab tuzilgan bir hujayrali hayvonlar. Ulaming harakatlanish organoidlari tana sirtida joylashgan juda ko p kipriklardan iborat. Ayrim infuzoriyalarda kipriklar hayotning ma’lum bir davrida hosil bo'ladi. Hamma infuzoriyalarda differensiyalashgan, tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan aniq farq qiladigan bitta katta yadro — makro- nukleus va bitta yoki bir necha - mikronukleus, ya’ni kichik yadro bo‘ladi. Katta yadro vegetativ yadro, kichik yadro generativ yadro deyiladi. Infuzoriyalaming jinsiy ko'payishi boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Konyugatsiya deb ataladigan bunday ko'payish ikkita infuzoriyaning bir-biriga yaqinlashuvi, ular о ‘rtasida muvaqqat bog ‘lanishning hosil bo ‘Iishi va yadrolar almashinuvi tariqasida boradi. Ko'pchilik infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida, ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ular orasida parazitlik qilib yashovchi turlari ham bor (20-rasm). Infuzoriyalar tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Ular kiprikli infuzoriyalar va so'ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi. KIPRIKLI INFUZORIYALAR; Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko'pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hayvonlar: tanasining kattaligi 30-40 mkm. dan 1 mm. gacha va undan ham yirikroqbo'ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi. So‘ruvchi infuzoriyalar o'troq yashovchi o ‘nlab yirtqich turlardan iborat. Ular yakka yoki koloniya boiib yashaydi. Biron substratga maxsus poyacha orqali yopishib oladi. Bir qancha infuzoriyalar substratga poyachasiz yopishib yashaydi. So‘ruvchi infuzoriyalaming yetuk davrida hech qanday kiprikli apparati, og‘zi, halqumi bo‘lmaydi 18. Chuchuk suvda yashovchi suvoyka qaysi tip vakili va sistematikasini yoritib bering 19. Bir hujayralilar filogeniyasi Bir hujayrali hayvonlar haqiqiy - ixtisoslashgan organoidlar va yadroga ega bo'lganeukariot (haqiqiy yadroli)organizmlar. Bu jihatdan ular prokariotlardan farq qiladi. Shuning uchun ulami hujayraning paydo bo'lishiga qadar uzoq davom etgan organik olam evolyutsiyasi natijasida kelib chiqqan, deyish lozim. Hayvonot dunyosi evolyutsiyasida bir hujayrali hayvonlar eng avval paydo bo'lgan tuban tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Evolyutsiyajarayon86 I ida bu hayvonlaming tuzilishi tobora murakkablasha borgan. Xilma-xil yashash muhitiga moslanish natijasida turlar soni ham orta borgan. Bir hujayralilaming (masalan, infuzoriyalaming) progressiv rivojlanishi hozir ham davom etmoqda. Bir hujayralilar kenja olamiga mansub boigan tiplar o ‘rtasidagi filogenetik munosabatlar hamda ular orasida eng qadimgi tuban tuzilishga ega boigan vakillari to‘g ‘risida turli fikrlar mavjud. Infuzoriyalar bir hujayralilar orasida eng murakkab tuzilgan boisa, sporalilar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar parazit hayot kechiradi. Shuning uchun bu to‘rt tipga mansub boigan organizmlami eng qadimiy hayvonlarga kiritish mumkin emas. Ayrim zoologlaming fikricha sarkodalilar, xususan chig'anoqsiz amyobalar eng qadimgi hayvonlar hisoblanadi. Chunki bir qancha organoidlar (og‘iz, poroshitsa, pellikula)ning rivojlanmaganligi, tana shaklining doimiy boimasligi, harakatlanish organoidining ixtisoslashmagan soxta oyoqlardan iborat ekanligi ulami morfologik jihatdan eng sodda hayvonlar ekan- ‘ ligini ko‘rsatadi. Lekin 1941 yilda Pasher dastlabki organizmlar atrof muhitning anorganik moddalari bilan oziqlangan boiishi kerak; shuning uchun dastlabki organizmlar o'simliklarga o ‘xshash avtotrof oziqlangan, degan fikmi o ‘rtaga tashlaydi. Keyinchalik bu fikmi boshqa bir qancha zoologlar ham quvvatladi. Ular fikricha ko ‘pchilik sarkodalilar о ‘z taraqqiyot sikli davomida xivchinli stadiyalami o ‘tadi. Masalan, foraminiferalar va radiolariyalar xivchinli gametalar hosil qiladi. Buni sarkodalilaming qadimiy ajdodlari tuzilish belgilarining takrorlanishi deb tushuntiriladi 20.Ko’p hujayralilar klassifikatsiyasini yoriting. Ko‘p hujayralilar (Metazoa) kenjadunyosi fagotsitellasimonlar - Phagocytellozoa, tuban ko‘p hujayralilar - Parazoa va haqiqiy ko‘p hu- , jayralilar - Eumetazoa deb ataladigan uchta bo'limga ajratiladi. Fagotsitellasimonlar bo ‘limiga faqat ikkita tumi birlashtiruvchi plastinkalilar (Placozoa) tipi, tuban ko‘p hujayralilar (Parazoa)ga g ‘ovaktanlilar (Spongia) tipi kiradi. Fagotsitellasimonlar va g'ovaktanlilar tanasidagi hujayralaming ixtisoslashmaganligi, nerv sistemasi rivojlanmaganligi va bir xil hujayralami ikkinchi xildagi hujayralarga oson aylanishi bilan boshqa ko‘p hujayralilardan keskin ajralib turadi. Haqiqiy ko‘p hujayralilar (Eumetazoa) bo'limi juda ko'p tip vakillarini birlashtiradi. Ular tanasi hujayralari muayyan vazifani bajarishga ixtisoslashgan, haqiqiy nerv sistemasi rivojlangan. Bu bo'lim ham o'z navbatida radial simmetriyalilar yoki ikki qavatlilar (Radiata) hamda ikki tomonlama simmetriyalilar (Bilateria) kichik bo'limlarga ajratiladi. Radial simmetriyalilarga bo'shliqichlilar va ninaterililar tipi kiradi. Ikki tomonlama simmetriyali hay vonlami ham о 'z navbatida tana bo ‘ shliqqa ega bo' lmagan parenximatoz hayvonlarga (yassi chuvalchanglar, nemertinlar, mollyuskalar tipi); birlamchi tana bo'shliqlilarga (to'garak chuvalchanglar, tikanboshlilar tipi), ikkilamchi tana bo ‘shliqlilar, ya’ni selomik hayvonlarga (halqali chuvalchanglar, ignaterililar, xordalilar tipi) va aralash tana bo 'shliqlilar (bo 'g 'imoyoqlilar tipi)ga ajratish mumkin. Embrional tuzilishiga binoan selomli hayvonlami ham birlamchi og'izlilar (Protostomia) va ikkilamchi og'izlilar (Deuterostomia) guruhiga ajratiladi. 21. G’ovaktanlilarning ko’payishi va rivojlanishi Ko'payishi va mvojlanishi. G'ovaktanlilar jinssiz va jinsiy ko'payadi. Jinssiz ko'payishi tashqi va ichki kurtaklanish yo'li bilan boradi. Tashqi kurtaklanish tanasi sirtida bo'rtiq paydo bo'lishidan boshlanadi. Bo'rtiqda ektoderma va endoderma qavvatlari, paragastral bo'shliq va oskulum hosil bo 'ladi. Kurtak ko 'pincha ona organizmdan ajralib ketmasdan koloniya hosil qiladi. Alohida individlar orasidagi chegara yo'qolib ketganidan koloniyani tashkil etuvchi individlar sonini oskulumlar soniga qarab aniqlash mumkin. Chuchuk suv g'ovaktanlisi bodyaga (29-rasm) ichki kurtaklanish orqali ko'payadi. Yozda bodyaga tashqi kurtaklanish va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Lekin kuzda mezogleyasidagi amyobotsit hujayralar to'planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki kurtakni hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o'ralgan hujayralar massasidan iborat. Qishda ona bodyaga halok bo'lib, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o'tirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi. 22. G’ovaktanlilarning tuzilish tiplari va ularga xos belgilar Ihzilishi. Tana shakli xaltaga yoki chuqurroq qadaxga o'xshash, lekin bir qancha turlari muayyan shaklga ega bo'lmaydi. Tanasi sirtidagi juda ko'p mayda teshikchalar orqali paragastral tana bo ‘shlig4 tashqi muhit bilan bog'langan. Bu bo'shliq tanasining yuqori tomonidagi teshik - oskultim orqali tashqi muhitga ochiladi. Tanasi ikki qavat bo'lib joylashgan hujayralar - tashqi ektoderma va tana bo'shlig'ini qoplab turadigan endodermadan iborat. Ektoderma va endoderma oralig'ida mezogleya deb ataladigan strukturasiz qavat joylashgan. Ko'pchilik g'ovaktanlilar mezogleyasi qalin bo'lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan. G'ovaktanlilar tuzilish xususiyatiga ko'ra askon, sikon va leykon deb ataladigan guruhlarga bo'linadi . Askon tuzilishi eng sodda g'ovaktanlilar uchun xos. Bunday g ‘ovaktanlilaming mezogleyasi qalin bulmaydi. 1. Ohak skeletli g ‘ovaktanlilar (Calcarea, yani Calcispongia) sinfi. Skeleti to‘rt o ‘qli, uch o ‘qli yoki bir o‘qli ohak ignalardan iborat. Dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan joylarida uchraydi; tanasi uncha yirik boimaydi. Askon, sikon yoki leykon tipida tuzilgan. Asosiy turlari Sycon, Leuconia urugiariga kiradi (27-rasm). 2. Shishasimon skeletli g ‘ovaktanlilar (Hyalospongia) sinfi. Kattaligi 50 sm gacha, dengizlarning chuqur qismida yashaydigan hayvonlar. Tanasi naysimon, xaltasimon, ba’zan qadahsimon yoki silindr shaklda. Yakka holda yashovchi turlari sikonoid tuzilgan. 23. G’ovaktanlilarning tanasi hujayralari va ularga xos funksiyalari haqida Mezogleyada yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar va amyobotsitlar joylashgan (28-rasm). Yulduzsimon hujayralar tayanch elementlar - kollensitlar hisoblanadi. Skleroblastlar ichida skelet elementlari hosil boiadi. Amyobotsitlar harakatchan hujayralar bo‘lib, ulami xoanotsitlardan olingan oziqni hazm qiluvchi hujayralar va ixtisoslashmagan rezerv hujayralar - arxeotsitlarga ajratish mumkin. Arxeotsitlar barcha ko‘rsatilgan hujayralami, shu jumladan jinsiy hujayralami ham hosil qilish xususiyatiga ega. Odatda g‘ovaktanlilaming nerv sistemasi bo‘lmaydi. Ayrim zoologlar mezogleyada o'simtalari orqali o'zaro bog'langan yulduzsimon hujayralami aniqlashgan. Lekin ulaming nerv funksiyasi aniqlanmagan. 24.Gidraning otuvchi hujayralari haqida to’liq ma’lumot bering. Epiteliy-muskul hujayralar orasida otuvchi hujayralar joylashgan. Otuvchi hujayralar uch xil bo'ladi. Pinetrantlar deb ataladigan otuvchi hujayralar ichida otuvchi kapsulasi bor. Kapsula suyuqligida orqaga biroz egilgan ilmoqchali mayda tukchalarga ega bo'lgan sanchiluvchi nayza - stilet bo'ladi. Otuvchi hujayra ustida maxsus sezgir tukcha - knidotsel joylashgan (34-rasm). Knidotsel 18 ta barmoqsimon o'simtalar - mikrovorsinkalar bilan о 'ralgan. О ija yoki dushman xivchinga tegib, ketganida xivchin mikrovorsinkalargategib otuvchi hujayrani qo'zg'atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga nayzaga o'xshab sanchiladi. Kapsula ichidagi suyuqlik tola ichidagi nay orqali o'lja tanasiga oqib o'tadi. Suyuqlik mayda hayvonlami falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; uning o ‘miga boshqasi hosil boiadi. Volventlar deb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar suyuqligi kuydirish xususiyatiga ega. Ulaming ipi o'lja tanasidagi tuklarga o‘ralib qolib, uni ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar - glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Bu iplar yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib ushlab turadi. Otuvchi hujayralar paypaslagichlarda ayniqsa ko‘p bo'ladi. 25.Gidraning ko’payishi va rivojlanishi Gidralar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssizko‘payish kurtaklanishdan iborat. Gidra tanasining o‘rta qismida bo‘rtiq (kurtak) hosil bo‘ladi (35-rasm). Kurtak o ‘sib, uning uchki qismida og‘iz teshigi va paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Kurtak ona organizmidan ajralib, suv tubiga tushadi va mustaqil yashay boshlaydi. Gidraning jinsiy ko‘payishi kuzda sovuq tushishi oldidan boshlanadi. Ko'pchilik gidralar ayrim jinsli, ayrim interstitsial hujayralar bevosita tuxum hujayraga aylanadi yoki ko‘p marta bo‘linib, spermatozoidlami hosil qiladi. Gidra tanasining jinsiy hujayralar hosil bo'ladigan qismi bo ‘rtib chiqadi. Odatda tananing tovonga yaqinroq joyida tuxum, og ‘izga yaqinroq joyida urug‘ hujayralar hosil bo‘ladi. 35.Dengiz gidroid poliplari haqida Gidroid poliplar koloniyasi kurtaklanish orqali gidrantlami va blastostil deb ataladigan meduza hosil qiladigan individlami hosil qiladi. Blastostil shaklan o'zgargan gidrant bo'lib, undan paypaslagichlari va og‘iz teshigining bo'lmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma qobiq-gonoteka bilan o'ralgan. Uning uchki qismida qopqoqchasi boiadi. Blastostil kurtaklanish orqali jinsiy nasi -meduzalami hosil qiladi. Obeliya koloniyasida meduza ana shu usulda hosil bo iadi. Ko'pchilik gidroidlarda meduzalar bevosita gidrantlardan kurtaklanish orqali hosil boiadi. Obeliya koloniyasidagi blastostillarda hosil boiadigan meduzalar qopqoqcha ochilishi bilan suvga chiqib suzib ketadi. Meduzalar ayrim jinsli, ularda jinsiy hujayralar shakllanadi. Meduzalar ham poliplarga o'xshash tuzilgan, lekin tanasi soyabon shaklida bo iadi 36.Meduzaning muvozanat saqlash va sezgi organlari haqida Meduza soyaboni chetida muvozanat saqlash organi - statotsitlar va ko‘zga o'xshash sezgi organlar joylashgan (37-rasm). Bu organlar epiteliyli chuqurchalardan iborat. Chuqurchalar tashqi epiteliyni tana ichiga botib kirib ektodermadan ajralib chiqqan yopiq pufakcha - stototsistni hosil qiladi. Pufakcha devori sezgir epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy hujayralaridan bin to‘g‘nog‘ich boshchasiga o'xshab pufak bo‘shlig‘iga botib kiradi. To‘g ‘nog‘ich boshchasi ichiga bitta yoki bir necha ohak toshchalar ajralib chiqib, statolitlami hosil qiladi. Bu xildagi tuzilish barcha muvozanat a’zolari uchun xos boiadi. Pufakchadagi sezgir hujayralar uzun sezgir qilchalar bilan ta’minlangan. Qilchalar statolitlar ta’sirda qo'zg'aladi. Statotsistlar soyabon cheti muskullarini qo‘zg‘atib turadigan organ hisoblanadi. Statotsistlari kesib olingan meduza harakatlanmaydi. Barcha hayvonlarda statotsistlarning tuzilishi asosan o'xshash bo'ladi. 37.Gidroidlarning jinsiy ko’payishi va nasl almashinuvini yoriting Gidroid meduzalar faqat jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Yetilgan jinsiy hujayralar meduza tanasi devorini yorib suvga chiqadi va suvdaurug'lanadi. Ayrim gidropoliplar koloniyasi polimorf bo'ladi; ya’ni ularda gidrant meduzadan tashqari kurtaklanish orqali nematoforlar ham bo'ladi. Nematoforlarning paypaslagichlari va og'zi bo'lmaydi, lekin juda ko'p otuvchi hujayralari bo'ladi. Ular himoya funksiyasini bajaradi. Urug'langan tuxum hujayra to ‘liq bir tekis bo 'linib, blastula hosil qiladi. Blastuladan ikki qavatli gastrulaning hosil bo'lishi odatda migratsiya orqali sodir bo'ladi. Bunda blastulaning keyingi qutbidagi hujayralaming bir qismi blastula bo'shlig'i - blastotselga ko'chib o'tib, uni asta-sekin to'ldiradi. Rivojlanishning bu davrida lichinka g'ovaktanlilaming parenximulasiga o'xshab ketadi. Keyinchalik blastula bo'shlig'idagi ayrim hujayralarning yemirilishi tufayli gastrula bo'shlig'i shakllanadi. Bu davrda bushliqichlilar lichinkasi planula deyiladi. 39.Ssifoid meduzalar sinfining klassifikatsiyasi Klassifikatsiyasi. Ssifomeduzalar sinfi 5 turkumga bo'linadi. Stavromeduzalar (Stauromedusae) turkumi o'troq yashovchi bir necha turlami o'z ichiga oladi. Meduzalar poyachasi yordamida substratga yopishib yashaydi. Hayot siklida nasi almashinish boimaydi. Planula li121 chinkasi bevosita yosh meduzaga aylanadi. Asosiy vflkillaridan lyutsemariya (Lucemaria) va Haliclystus ni ko‘rsatish mumkin. Kubomeduzalar (Cubomedusae) - mayda meduzalar, soyaboni chetida to‘rttadan ropaliyalari va paypaslagichlari joylangan. Iliq suvli dengizlaming uncha chuqur bo‘lmagan joylarida uchraydi. Ayrim meduzalar, masalan, Avstraliya va Indoneziya qirg'oqlari yaqinida tarqalgan Chiropsalmus meduzasi odam uchun xavfli, ulaming “kuydirishi” oiimga sabab bo'lishi mumkin. Coronata turkumi turlari uncha ko‘p emas, dengizning chuqur qismida uchraydi. Soyaboni halqa egat orqali markaziy disk va periferik “toj”ga bo‘lingan. Semaeostomeae turkumi soyaboni disksimon yassi, soyabon chetida juda ko‘p paypaslagichlari bo'ladi. Bu turkumga deyarli hamma dengizlarda keng tarqalgan dengiz laganchasi aureliya (Aurelia aurita), shimoliy dengizlarda tarqalgan qutb meduzasi (Cyanea capillata) kiradi. Ayrim vakillari (Pelagia) qorong'ida kuchli nur tarqatadi. Ildizog‘iz meduzalar (Rhizostomida) turkumiga ancha yirik, tropik dengizlarda, keng tarqalgan meduzalar kiradi. Soyaboni chetida paypaslagichlari bo'lmaydi. Ozig'ini og'iz xartumlari orqali suvdan filtrlab oladi. Qora dengizda ildizog'iz meduza Rhizostoma pulmo uchraydi. Ayrim turlari tuzlangan holda iste’mol qilinadi. 40.Ssifoid meduzlar sinfining ko’payish va rivojlanishi Ko'payishi va rivojlanishi. Ko'pchilik ssifoid meduzalar ayrim jinsli. Jinsiy bezlar taqasimon shaklda bo'lib, oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan tuxumlar va spermatozoidlar gastrovaskulyar sistema orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralar suvda urug'lanadi. Urug'langan tuxum hujayra to'liq va bir tekis bo'linadi. Gastrulyatsiya invaginatsiya orqali sodir bo'ladi. Gastrulyatsiyaning bu xili yuksak bo'shliqichlilar, ya’ni ko'pchilik ssifoid meduzalar va olti nurli korall poliplar uchun xos bo'ladi; urug'langan tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Lichinka substratga yopishib, mayda polip - ssifistomni hosil qiladi (41-rasm). Ssifistomda asta-sekin paypaslagichlar hosil bo'ladi. Ssifistom kurtaklanish orqali yangi ssifistomlami hosil qilishi mumkin, ayrim turlarda yosh ssifistomlar ajralibketmasdan koloniya hosil qiladi. Ssifistom ko'ndalangiga kurtaklanish orqali strobilaga aylanadi. Strobila chetlari chuqur kesilgan bir necha diskdan iborat. Disklar ketma-ket strobiladan ajralib chiqib, efiralarga yosh meduzalarga aylanadi. Efiralardan meduzalar rivojlanadi 41. korall polipining tuzilishi va hayot kechirishi. Korall rifflari haqida Tanasi gidropoliplarga o'xshash, lekin ularga nisbatan murakkab tuzilgan. Yakka poliplar silindrsimon tanasining yassi tovon qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koloniyali poliplarda esa har qaysi individ tovon orqali koloniyaning poyasiga yoki shoxiga yopishadi. Og'iz teshigi har bir polip tanasining uchki qismida joylashgan. Og'iz teshigi sakkizta (sakkiz nurlilar kenja sinfi), yoki olti karra miqdorda paypaslagichlar bilan o'ralgan Og‘iz nayga o'xshash uzun halqumga ochiladi. Halqum davori gastral bo'shliqqa osilib turadi. Halqum og‘iz diski devorining polip tanasiga botib kirishidan hosil bo ‘lganligi tufayli ektoderma epiteliysi bilan qoplangan. i. Korall poliplar jinssiz va jinsiy ko'payadi. Yakka yashovchi poliplar (aktiniyalar) ba’zan bo'linib ko'payadi, koloniyali turlari esa kurtaklanadi. Korall poliplar odatda ayrim jinsli. Jinsiy bezlari septalar endodermasi va mezogleyasi o'rtasida joylashgan. Spermatozoidlar septa epiteliysidan tana bo‘shlig‘iga, undan og‘iz teshigi orqali suvga chiqib ketadi; urg'ochisining og‘zi orqali kirib, tuxum hujayrasini urug'lantiradi. Ko'pchilik aktiniyalaming rivojlanishi gastral bo'shliqdapolip yetishib chiqqungacha davom etadi. Ayrim aktiniyalar tuxumi suvda urug'lanadi. Tuxumdan kiprikli planula lichinkasi rivojlanib chiqadi. Planula oldingi tomoni bilan substratga yopishib olib, polipga aylanadi. Korall riflari. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining tropik qismida rif hosil qiluvchi (madrepor) korallar tarqalgan. Ulaming bo'yi ancha baland bo'lib 2 m, ba’zan 4 m ra (Acropora) yetadi. Korall riflarining ohak skeleti ancha og'ir; ular suvning sayoz joylarida rivojlanadi. Avstraliya, Indoneziya, Okeaniya sohillaridagi riflar keng tarqalgan. Riflar Qizil dengizda ham uchraydi. Korallar qishda harorat 20° dan pastga tushmaydigan suvlarda ayniqsa, barq urib rivojlanadi. Riflar tanasida bir hujayrali suv o'tlari simbioz yashaydi. 42. Sakkiz nurlilar kenja sinfi haqida Sakkiz nurlilarning 8 ta paypaslagichi va 8 ta septasi bo'ladi, Skeleti mezogleyada hosil bo‘ladi. Kenja sinfga alseonariya (Alcyonaria), Gorgonariya yoki muguzsimon korallar (Gorgonaria) va dengiz patchasi (Pennatularia) turkumlari kiradi (43-rasm). Alseonariyalar eng sodda tuzilgan; ular skeleti mezogleyada tarqoq joylashgan ignalardan iborat. Ular tropik dengizlaming uncha chuqur bo‘lmagan qismida ko‘proq, mu’tadil va qutb dengizlarda kamroq uchraydi. Shimoliy dengizlarda Gersemia urug ‘i vakillari tarqalgan. Gorgonariyaning daraxtsimon koloniyasi o‘qi shoxsimon moddadan iborat. Ayrim korallar skeletida yod bo'ladi, shuning uchun qadimda ulardan dorivor preparat sifatida foydalanilgan. Qizil korall (Corallium rubrum) O'rtayer dengizida 50 m dan chuqurroqdauchraydi. Uning ohak skeleti qizil, alvon rangli yoki qo'ng'ir-qizg'ish tusda bo'ladi. Qizil korallardan maydataqinchoqlar tayyorlangan. Dengiz patchasining koloniyasida poliplar ikki qator bo'lib joylashgan. Koloniyaning bosh o'qi birlamchi polip hosil qiladi. Dengiz patchasi tanasining pastki qismi bilan suv tubidagi qumga yoki loyga kirib oladi. 43. Bo’shliqichlilar filogeniyasi Bo‘shliqichlilar orasida gidrozoylar eng tuban tuzilishga ega boigan hayvonlar hisoblanadi. Ulaming tanasi ikki qavatli qopchaga o'xshash boiadi; ektodermal halqumi va tana bo‘shlig‘i to‘sig‘i rivojlanmagan. Gidrozoylar orasida hech shubhasiz dengiz gidroidlarini eng qadimgi hayvonlar deyish mumkin. Ulaming meduza davri keyinroq paydo boigan. Chunki meduza polipga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Meduza davrining paydo boiishi o‘troq yashovchi poliplarning tarqalishini osonlashtiradi. Hozirgi ayrim bo ‘shliqichlilar ikkilamchi marta meduza davrini yo ‘qotgan. Gidrozoylar orasida sifonoforalar keyinroq paydo boigan. Ular tanasidagi individlar ixtisoslashib, polimorf koloniyani hosil qiladi. Evolyutsiya davomida ssifomeduzalaming polip stadiyasi murakkablashmasdan meduza stadiyasi murakkablashib borgan. Bu hodisa meduzalami erkin harakat qilishi bilan bog‘liq. Korall poliplar evolyutsiyasi ularda metagenezning boimasligi tufayli o‘troq yashashga moslashuv yo‘nalishida borgan. Korall poliplar tuzilishida ham bir qancha murakkablashuv belgilari paydo boigan. Chunki ulaming hazm qilish sistemasi ektodermal halqum va endodermal ichakka bo‘lingan. Oshqozon devorida to'siqlar paydo boiishi ichakning hazm yuzasini kengaytiradi. Korall poliplar va ssifomeduzalaming tuzilishi umumiy plani gidrozoylargao‘xshashbo‘lganidan, bu sinflar gidrozoylar bilan genetik jihatdan bogiangan deyish mumkin. 44. Taroqlilar ko’payishi va klassifikatsiyasi Taroqlilar - germafrodit hayvonlar; faqat jinsiy ko'payadi. Jinsiy bezlari kolbasasimon bo'lib, gastrovaskulyar sistemasining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar endodermani yorib meridional naylarga, u yerdan og‘iz orqali suvga chiqadi. Tuxumlari suvda urug‘lanadi; to‘liq lekin notekis maydalanadi. Natijada murtakning bir qutbi tez maydalanayotgan mikromerlardan, ikkinchi qutbi sekin maydalanayotgan makromerlardan iborat bo‘ladi. Mikromerlar ektodermani, makromerlar endodermani hosil qiladi. Halqumi birlamchi og‘iz - blastopor ektodermasini tana bo'shlig'iga botib kirishi tufayli hosil bo ‘ladi. Klassifikatsiyasi. Taroqlilar paypaslagichlilar (Tentaculata) vapaypaslagichsizlar (Atentaculata) kenja sinfiga bo'linadi. Ko‘pchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi. Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tasmaga o'xshash uzun bo'ladi. M asalan, zuhro kamari (C e stis veneris)ning uzunligi 1,5 m ga yaqin (46-rasm). Ayrim taroqlilaming tanasi tana o'qi bo'ylab yassilashgan bo'lib, ulaming suzishi va og'iz tomoni bilan o'rmalashini yengillashtiradi (masalan seloplana - Coeloplana). 45. yassi chuvalchanglar tipi haqida umumiy ma’lumot va klasssifikatsiyasi Yassi chuvalchanglar - eng tuban tuzilgan bilateral simmetriyali hayvonlar. Ulaming tanasi orqali faqat bitta simmetriya chizig'ini o'tkazish mumkin. Ko'pchilik yassi chuvalchanglaming tanasi cho'ziq boiib, dorzo-ventral (orqa-qorin) yo‘nalishida yassilashgan. Yassi chuvalchanglar - uch qavatli hayvonlar. Ontogenezda ularning to‘qima va organlari uchta murtak varaqlaridan, xususan tana qoplagichini hosil qiladigan ektodermadan, ichakni hosil qiladigan endodermadan va ular oraligida joylashgan mezodermadan kelib chiqadi. Yassi chuvalchanglar tanasi to'qimalari bir necha qavat boiib joylashib, ichki organlami xaltaga o‘xshash o'rab turadigan teri-muskul xaltasini hosil qiladi. Teri-muskul xaltasi sirtqi epiteliy va uning ostida yaxlit qavat boiib joylashgan muskul tolalaridan iborat. Odatda muskullar ham halqa va bo'ylama muskul qavatlarini hosil qiladi. Yassi chuvalchanglaming tana bo'shlig'i boimaydi. Ulaming ichki organlari atrofi mezodermadan hosil boiadigan g'ovak biriktiruvchi to'qimadan iborat parenxima bilan to'lgan. Parenxima tayanch, zahira oziq moddalami to'plash vazifasini ham bajaradi. Parenxima moddalar almashinuvida ham ahamiyatga ega; unda har xil hujayralar joylashgan. Yassi chuvalchanglaming ichagi sodda tuzilgan boiib, ektodermal oldingi ichak-halqumdan va endodermal o'rta ichakdan iborat. Orqa ichak va orqa chiqaruv teshigi boimaydi. Bir qancha parazit turlarining ichagi yo'qolib ketadi. Nerv sistemasi bir juft oldingi gangliylardan va ulardan orqaga qarab ketuvchi nerv stvollaridan iborat. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan boiib, keng tarmoqlangan naychalar sistemasidan iborat. Naychalaming parenximada joylashgan uchi berk qismi bir tutam kipriklarga ega boigan yulduzsimon hujayralar bilan tutashgan. Naylar maxsus chiqarish (ekskretor) teshik orqali tashqi muhitga ochiladi. Jinsiy sistemasi germafrodit boiib, jinsiy hujayralar hosil qiladigan jinsiy bezlardan va jinsiy hujayralami o'tkazadigan naychalar - jinsiy yoilardan iborat. Qon aylanish va nafas olish sistemalari rivojlanmagan. Yassi chuvalchanglar tipiga kiprikli chuvalchanglar, so'rg'ichlilar, monogeneyalar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar sinfi kiradi. 46. Kiprikli chuvalchanglar turkumlari haqida Kiprikli chuvalchanglarning tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan cho‘ziq bargsimon shaklda bo‘ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi, ayrim turlari quruqlikda ham uchraydi. Kiprikli chuvalchanglarning tana uzunligi bir necha mm dan bir necha sm ga yetadi. Ayrim turlari (oq planariya) tanasining oldingi qismida paypaslagichga o'xshash kalta o‘simtasi bo'ladi (47- rasm). Tanasi silindrsimon hujayralardan iborat kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ayrim turlarida sitoplazmaning yadro joylashgan qismi parenximasiga chuqur botib kirishi tufayli alohida hujayralar orasidagi chegara yo'qolib ketadi. Tana qoplag'ichining bu tipi botib kirgan epiteliy deyiladi. Jinsiy sistemasi-germafrodit, odatda murakkab tuzilgan. Ko'pchilik chuvalchanglarda jinsiy bezlari rivojlangan. Jinsiy bezlar juda xilma-xil tuzilgan. Quyida ko'p shoxli va uch shoxli chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi keltirilgan.kopayishi. Ko'pchilik kiprikli chuvalchanglar faqat jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Har xil sistematik guruhlarning embrional rivojlanishi turlicha bo'ladi. Odatda tuxum hujayrasi to'liq, lekin notekis bo'linadi. 47.So’rg’ichlilar (trematoda) sinfi haqida So‘rg‘ichlilar sinfiga 400 dan ortiq tur kiradi. Hamma vakillari umurtqali va umurtqasiz hayvonlaming ichki organlarida parazit yashaydi. Kattaligi bir necha mm, ba’zan bir necha sm gacha, baliqlarda parazitlik qiladigan ayrim so ‘rg ‘ichlilaming uzunligi 1,5 m ga yetadi. {Didymozoidae oilasi turlari). TVizilishi. Tana shakli kiprikli chuvalchanglarga o'xshash bargsimon, lekin parazit yashashga moslanish belgilari mavjud. Yassi tanasining sirtida kipriklari bo‘lmaydi; og‘iz va qorin so‘rg‘ichi deb ataladigan ikkita so‘rg‘ichlari yordamida yopishib yashaydi. Og'iz so‘rg‘ichi tanasi oldingi uchida bo‘lib, uning о‘rtasida og'iz teshigi joylashgan, og‘iz so‘rg‘ichidan orqarokda joylashgan, qorin so‘rg‘ichi faqat yopishish uchun xizmat qiladi. Jinsiy sistemasi. Ko'pchilik so'rg'ichlilar germafrodit; jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so'rg'ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug'dondan iborat. Urug'donlardanbittadan urug' yo'li boshlanadi. Qorin so'rg'ichidan key142 inroqda urug* yoilari qo‘shilib, urug1 chiqarish nayini hosil qiladi (53- rasm). Bu nay urug'lantiruvchi organ ichidan o‘tadi. Urugiantiruvchi organ maxsus xaltacha - jinsiy kloakada joylashgan. 2ta kenja tipga bo`linadi 1,Digenetik ya’ni ikkita xo‘jayinda rivojlanadigan so‘rg‘ichlilar (Digenea) kenja sinfi. Digenetik so‘rg‘ichlilar deyarli barcha vakillarining ikkita so‘rg‘ichi bo‘ladi. Rivojlanish sikli juda murakkab bo'lib, nasi almashinuv orqali boradi'. So‘rg‘ichlilaming asosiy ko'pchilik turlari ana shu kenja sinfga kiradi. 2. Aspidogastrlar (Aspidogaster) kenja sinfi. Aspidogastrlarning 40 ga yaqin turi ma’lum. Ulaming yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so'rg'ich chuqurchalariga bo'lingan. Aspidogastrlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin hayot siklida nasi gallanishi bo'lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conshicola ikki pallali molyuskalardan baqachanoqning yurakoldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi. 48. So’rg’ichlilar jinsiy sistemasi haqida batafsil ma’lumot bering. Ko'pchilik so'rg'ichlilar germafrodit; jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so'rg'ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug'dondan iborat. Urug'donlardanbittadan urug' yo'li boshlanadi. Qorin so'rg'ichidan keyinroqda urug* yoilari qo‘shilib, urug1 chiqarish nayini hosil qiladi (53- rasm). Bu nay urug'lantiruvchi organ ichidan o‘tadi. Urugiantiruvchi organ maxsus xaltacha - jinsiy kloakada joylashgan. Tuxumdoni bitta; urug‘donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg‘ochilik jinsiy bezlarining yoii ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko‘p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo‘llari bitta ko‘ndalang nayga birlashadi va ootipga kelib qo‘shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to‘lgan bo‘lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug‘ qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po‘choq bezlari ham o'rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug'lanadi. В uning uchun kuyikish organi bachadonga kiritiladi. Urug‘lar bachadondan urug' qabul qilgichga va undan ootipga о‘tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug' hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to'planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o'rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po'choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum bachadonga tushadi; u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. 49. Jigar qurtining rivojlanish sikli So‘rg‘ichlilaming hayot sikli juda murakkab bo'lib, nasi almashinish orqali boradi. Jigar qurti (Fasciola heratisa)ning rivojlanishi quyidagicha boradi. So'rg'ichlilaming voyaga yetgan davri marita deyiladi. Jigar qurtining maritasi jigaming o't yo'llarida parazitlik qiladi va shu joyga tuxum qo'yadi. Tuxumlari o't yo'li orqali ichakka, so'ngra xo'jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tasodifan suvga tushib qolgan tuxumlardan kipriklar bilan qoplangan mikroskopik lichinka - miratsidiy rivojlanib chiqadi. Miratsidiyning ikkita oddiy ko'zchasi, nerv gangliysi va bir juft protonefdiylari bo'ladi (54- rasm). Miratsidiyning tanasi keyingi qismida maxsus partenogenetik tuxumlari, ya’ni murtak hujayralar bo'ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli hartum bor. Xartum uchiga maxsus lichinka bezining yo'li ochiladi. Miratsidiy o'z tanasidagi zahira glikogen hisobiga yashaydi. Miratsidiyning bundan keyingi rivojlanishi oraliq xo'jayini tanasida davom etadi. Bunday xo'jayin chuchuk suvlarda uchraydigan har xil qorinoyoqli mollyuskalar hisoblanadi. Jigar qurtining lichinkasi kichik chuchuk suv shillig'i mollyuskasi-Lymnaeatruncatula tanasida rivojlanadi. 50. Monogeniyalar va ularning ahamiyati. Monogeneyalar, ya’ni ko'p so'rg'ichlilar - baliqlar terisi va jabralarida yashaydigan ektoparazitlar. Ba’zan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar qovug'i va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Monogeneyalar tanasi cho'ziq va yassi bo'lib, keyingi tomonida yopishuv diski joylashgan (56-rasm). Diskda xo'jayin tanasiga yopishish uchun zarur bo'lgan bir qancha ilmoqlari, so'rg'ichlari yoki ikki tavaqali klapanlari bo'ladi. Bunday yopishuv organlari ulami tez harakatlanadigan baliqlar tanasidan tushib ketmasligiga yordam beradi. Ahamiyati. Monogeneyalar baliqchilikka katta ziyon keltiradi. Ular orasida ayniqsa, chuchuk suv baliqlari jabrasida parazitlik qiladigan Dactylogyridae oilasi vakillari katta patogen ahamiyatga ega. Ular teridagi shilimshiq modda va epiteliy, ba’zan qon bilan oziqlanib, baliqlami yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Gyrodactylidae oilasi vakillari ham katta ziyon keltiradi. Volga daryosida osetrsimon baliqlarga nitsha (Nitzchia sturionis) katta ziyon keltiradi. Bu parazit sevryuga balig'i iqlimlashtirilganida Orol dengiziga ham kelib qolganligi va mahalliy osetrsimon baliqlarda (baqra) parazitlik qilishga o'tganligi ma’lum. 51. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi. Jinsiy sistemasi germafrodit, so‘rg‘ichlilarnikiga o‘xshash tuzilgan. Tasmasimon chuvalchanglaming har bir bo‘g‘imida jinsiy organlar takrorlanadi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlaming (Caryophyllaeus) jinsiy sistemasi bitta bo'ladi. Quyida tanasi ko'p bo'g'imlardan iborat bo'lgan qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning jinsiy sistemasini ko'ribchiqamiz. Bo'yindankeyin joylashgan yoshbo'g'imlaming jinsiy organlari rivojlanmagan. Bunday organlar tanasining o'rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlangan bo'ladi. Bu bo'g'imlarda erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan juda ko'p urug'donlar; ulardan boshlanadigan urug' chiqarish naylari va naychalar birlashib, hosil qiladigan umumiy urug' yo'lidan iborat. Uryg' yo'li bo'g'im chetidajoylashgan kuyikish organi ichidan o'tadi. Kuyikish organi muskulli naydan iborat bo'lib, u yon tomondagi chuqurcha - jinsiy kloakaga kirib turadi 52. Qo’y miya qurti va exinokokk qurtlaining zarari haqida Q o'y miya qurti (Milticeps multiceps, 60-rasm) asosiy xo'jayini, asosan cho'pon itlari, oraliq xo'jayini qo'y va boshqa ba’zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuvalchangning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bo'lib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya qurtining pufaksimon finnasi yong'oqdek yoki undan kattaroq bo'ladi; uni senur deyiladi. Senur devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo'ladi. Bunday pufak qo'y va boshqa hayvonlar miyasi yarimsharlaridan birida hosil bo'lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik “gir aylanma” yoki “tentak kasali” deyiladi. Miya qurti bolalar orasida ham uchrab turadi. 53. Nematodalar va ularning hazm qilish sistemasi haqida Nematodalar turli xil muhitda yashashga moslashgan bir necha o'n ming turlami o'z ichiga oladi. Ulami Yer yuzining deyarli barcha havzalarida va suv tubidagi balchiqda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlaming asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz o'tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvonlar va o'simliklaming turli organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula ularni har qanday zararli moddalar ta’siridan himoya qilib, xilma-xil muhit sharoitida yashashga imkon beradi. Nematodalarning harakatlanish tarzi ham barcha muhitga to'g'ri keladi. Hazm qilish sistemasi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan; odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o‘simtalar-lablarbilan o'ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og'iz bo'shlig'i (stoma) va halqumga bo'linadi (66-rasm) Ayrim yirtqich va zooparazitlar stomasida kutikula о 'simtasidan iborat tishlar bo'ladi. O' simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi. Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan hosil bo'ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o'rta ichakka o'tadi. O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo'ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariya parazitining keyingi ichagi berk, anal teshigi bo'lmaydi. 54. Nematodalar jinsiy sistemasi va rivojlanishi Nematodalar odatda ayrim jinsli bo‘lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy sistemasi tanabo‘shlig‘ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg‘ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo‘ladi (66-rasmga qarang). Urg'ochisi jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo‘li deyiladi. Tuxumdonda hosil boigan tuxumlar tuxum yoiida urugianadi va xaltaga о‘xshash kengaygan bachadonga o‘tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga oc&iladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi urug‘don deyiladi. Urug‘don birmuncha yo‘g‘onlashib, urug‘ yo'lini hosil qiladi. Urug‘ yo‘li kalta va keng nay - urug1 pufagiga ochiladi. Uryg‘ pufagida urug1 to‘planadi. Urug1 pufagi bir muncha tor va muskulli urug1 to‘kuvchi nayga, upyg1 to‘kuvchi nay orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloakaichida kutikulyar spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalaming urug‘lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik nematodalar erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo‘ladi. Bursa erkak nematodalami urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. Rivojlanishi. Ko'pchilik turlarining hayot siklida nasi almashinish kuzatilmaydi. Faqat ayrim vakillarida (masalan, baqa o‘pkasi paraziti (Rhabdias bufonis)da geterogoniya ko'zatiladi. Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim nematodalaming tuxumi oraliq xo'jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra to'liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan nematodaga o‘xshash bo'ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o ‘zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi. Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo'lishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralaming hosil bo'lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to'xtaydi va shundan so‘ng hujayralar soni umr bo‘yi doimiy bo'lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va kolovratkalar uchun xos. 55. Rishta va bug’doy nematodasi haqida Rlshta - Dracunculus medinensis tropik va subtropik mamlakatlardii lurqalgan.Tanasi ipga o'xshash, uzunligi 32-100 sm. Rishta oyoq, ba’zan qo'l Icrisi ostidagi biriktiruvchi to'qimada parazitlik qiladi. Oyoq yoki qo‘lning rishta bilan zararlangan joyi terisidaho‘l yara hosil bo'ladi. Yaradan rishtaning bir uchi chiqib turadi. Tanasining qolgan qismi yara ostida kalavaga o'xshab o'ralib yotadi. Rishta tirik lichinkalar tug‘ib ko‘payadi. Rishta bilan zararlangan odam oyog'ini suvda yuvadigan bo'lsa, lichinkalar suvga tushadi va ulami sikloplar yutib yuboradi. Siklop tanasida lichinka biroz o‘sadi. Odam lichinka bilan zararlangan siklop bo'lgan suvni qaynatmasdan ichganidarishtani yuqtiradi. Odam tanasida lichinka bir yil davomida voyaga yetadi. Rishta yirtqich hayvonlar oyog ‘i terisi ostida ham parazidik qiladi. Aholini vodoprovodlar orqali ichimlik suv bilan ta’minlash va boshqa ко‘rilgan chora-tadbirlar tufayli O'zbekistonda rishta aholi o'rtasida tugatilgan. Rishta bilan zararlanish yovvoyi hayvonlar o'rtasida saqlanib qolgan. ordamida bo'rtma nematodalariga qarshi kurash olib boriladi. Bug‘doy nematodasi - Anguina tritid bug'doy va ayrim boshoqli ekinlarga ziyon keltiradi. Zararlangan bug'doy boshoqlarida don o'rniga nematodaning bo'rtmasi hosil bo'ladi. Bo'rtma ichida 15-17 minggacha anabioz holatidagi nematoda lichinkalari bo'ladi. Quruq donlarda lichinkalar 20 yilgacha tirik saqlanishi mumkin. Lichinkalar don bilan nam tuproqqa tushganida suv shimib bo'kkan bo'rtmadan tuproqqa chiqadi va bug'doy maysalari ildizi orqali barg qo'ltig'iga kirib oladi. Bug'doy boshoq chiqaray otganida gul tugunchasiga o‘tib oladi; ana shu joyda oziqlanib, voyaga yetadi vako‘payadi. Urug‘langan urg‘ochi nematodalar 2500 gacha tuxum qo'yadi, har bir tuxumdan invaziyali lichinka chiqadi. Har bir donda 6- 8 urg'ochi nematodalarning nasli rivojlanadi Nematodalar sinfi ikkita kenja sinfga boiinadi. Adenoforalar (Adenophorea) kenja sinfi Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi 56. banktoft ipchasi va trixina parazitlari zarari to’grisida . Bankroft ipchasi - Wuchereria bancrofti subtropik va tropik mamlakatlarda tarqalgan. Odamlarda elifantiaz - (fil kasalligi) paydo qiladi. 174 Voyaga yetgan parazit limfatik bezlar va tomirlarda yashaydi. Limfa yo‘li bekilib qolishi tufayli limfa to‘xtab qolib, zararlangan joy juda yo‘g‘onlashib ketadi. Urg‘ochi nematoda limfa tomirlarida juda ko‘p tirik lichinkalar tug‘adi. “Kechki mikrofillariy” deb ataladigan lichinkalar kunduzi ichki organlarga o‘tib oladi; faqat kechasi periferik tomirlarda paydo bo'ladi. Kechqurun yoki kechasi pashshalar qon so'rganida lichinkalar pashshaning oshqozoniga va undan tana bo‘shlig‘iga o‘tib olib, biroz o‘sadi va so'ngra xartumi asosida to‘planadi. Pashshalar qon so‘rish uchun terini teshganida ular dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So'ngra o‘zlari faol harakat qilib xo'jayin tanasiga kiradi.Trixina - Trishinella spiralis hayotining bir qismini ichakda, qolgan qismini muskullarda o'tkazadi. Trixina turli hayvonlar (yirtqichlar, juft tuyoqlilar, hasharotxo'rlar, kemiruvchilar)ni zararlaydi. Voyaga yetgan trixina ingichka ichakda yashaydi. Urg ‘ochisi ichak bo ‘shlig ‘ida tirik lichinkalar tug'adi. Lichinkalar limfa, so‘ngra qon tomirlari orqali tananing har xil joylariga borib qoladi. Lichinkalar ko‘ndalang targ ‘il muskul tolalariga o‘tib, 2 haftagacha oziqlanganidan so'ng spiral buraladi va biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsulaga o'raladi. Bir yildan so'ng devoriga asta-sekin ohak modda to 'planish tufayli kapsula oqish tusga kiradi. Odam va hayvonlar trixinakapsulasi bo'lgan go'shtni yeb zararlanadi. Ichakda kapsuladan chiqqan lichinka juda tez o'sa boshlaydi; 3 kundan so'ng voyaga yetadi. Urg'ochi trixina urug'langach, ichak devoriga boshi bilan yopishib oladi. Trixina ikki oy yashab, 2000 gacha lichinka tug'adi. Shunday qilib, trixinaning hayot sikli faqat bitta organizmda о‘tadi. Bu organizm parazit uchun oraliq hamda asosiy xo'jayin bo'ladi 57. Qilbosh chuvalchang, bolalar gijjasi va odam askaridasining organizmga keltiruvchi zararli oqibatlarini bayon eting. Qilbosh chuvalchang - Trichocephalis trichiurus uzunligi 35-50 mm, ko‘richakda, ba’zan yo‘g‘on ichakda yashaydi. Tanasining oldingi ipga o‘xshash ingichkalashgan qismi orqali ichak devorining shilimshiq qavatiga kirib oladi (qarang: 69-rasm). Odam qilbosh chuvalchang tuxumlari bilan ifloslangan suv va oziq-ovqatdan zararlanadi. Bu chuvalchang ayrim mamlakatlarda (masalan, Italiyada) ancha keng tarqalgan, Lekin odam sog‘ligiga katta ziyon keltirmaydi. Bolalar gijjasi (Enterobius vermicularis) mayda -5-10 mm uzunlikdagi parazit. Erkagi tanasining keyingi uchi spiral buralgan; urg‘ochisiniki bigizga o'xshash o‘tkirlashgan.Gijja asosan bolalaming ingichka va yo‘g‘on ichagi bo‘shlig‘ida yashaydi. Urg‘ochisi umgiangandan so‘ng orqa ichakning keyingi qismiga tushadi. Tuxumlami orqa chiqaruv teshigi atrofidagi teriga qo ‘yadi. Tuxum ichida tez kunda lichinkalar rivojlanadi. Ana shunday tuxumlar iflos q o l va oziq-ovqat bilan yana ichakka tushib qolganida ulardan lichinkalar chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini qichitib, kishinijudabezovta qiladi. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) ning erkagi urg‘ochisidan katta farq qiladi. Erkagi urg‘ochisidan kaltaroq (15-25 sm), ancha xipcha va dumi qorin tomonga spiral buralgan. Urg‘ochisining tanasi uzunroq (20-40 cm) va yo‘g‘on boiadi. Askarida bilan zararlangan kishilaming qorni og‘riydi, ishtahasi yo‘qoladi; katar kasalligi paydo boiadi. Askaridalar ichakda juda ko‘p boisa ichak bo‘shlig‘ini bekitib qo‘yib, peritonitga olib keladi. Bolalar ichagidagi askarida oshqozon va halqum orqali harakat qilib, og‘iz va burunga ko'tarilishi hatto u yerdan nafas yoilariga o ‘tib, bolani bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin. Ichakdagi askaridalami santonin va ichni suradigan boshqa dorilar yordamida haydaladi. 58. to’garak chuvalchanglar filogeniyasi. Ko'pchilik olimlaming fikricha filogenetik jihatdan to'garak chuvalchanglar kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. Bu ikki guruh о 'rtasida о 'xshashlik tuban tuzilishga ega bo 'lgan vakillarda ко 'proq ко ‘zga tashlanadi. Og'izaylangichlilar va qorinkipriklilaming tanasida kipriklar bilan qoplangan joylaming bo'lishi, protonefridiylari, halqumi va jinsiy bezlarining tuzilishigaко'rakiprikli chuvalchanglarga yaqin turadi. To'garak chuval- , changlaming nerv sistemasi prinsip jihatdan kiprikli chuvalchanglamikidan farq qilmaydi. Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashganligini bilamiz. Yassi chuvalchanglar orasida faqat to'g'ri ichaklilarda og'iz teshigi ana shunday terminal, ya’ni tanasi uchki qismida joylashgan. Ayrim jinsli xususiyatini hisobga olmaganimizda to'garak chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi (xususan, og'izaylangichlilarda sariqdonlaming bo'lishi) ham kiprikli chuvalchanglarga o'xshash bo'ladi. Birlamchi tana bo'shlig'i, orqa ichak va anal teshigining rivojlanganligi bilan to'garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Lekin bu belgilar progressiv evolyutsiya tufayli paydo bo'lganligidan to'garak chuvalchanglami kiprikli yassi chuvapchanglardan kelib chiqqanligi to'g'risidagi nazariyaga monelik qila olmaydi. Ayrim to'g'ri ichakli kiprikli chuvalchanglar parenximasi lakunlari (tana bo'shlig'i qoldiqlari) juda keng bo'lib, ulaming ichida parazit infuzoriyalar suzib yuradi. To'garak chuvalchanglaming birlamchi tana bo'shlig'i ana shunday lakunlaming yiriklashuvi vao'zaroqo'shilishidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. To ‘garak chuvalchanglar tipi ayrim sinflari tuzilishida kiprikli chuvalchanglardaih keskin farq qiluvchi belgilar paydo bo'lgan. Bu belgilar kutikulaning qalinlashuvi, kipriklaming yo 'qolishi, hujayra tarkibining doimiy bo'lishi (nematodalar, og'izaylangichlilar), halqa muskullaming bo‘lmasligi, halqum atrofi nerv halqasining bo'lishi, protonefridiylar о'miga bo'yin be185 zlarining paydo bo'lishi, og'izaylangichlilar halqumining chaynovchi halqumga aylanishi, teri-muskul xaltasining alohida muskullarga ajralib ketganligi va boshqalardan iborat. Keltirilgan belgilar asosan alohida organlarga tegishli bo'lganidan to'garak chuvalchanglar tuzilishining umumiy xususiyatlariga ta’sir etmaydi. 59. Nemirtinalarning tashqi va ichki tuzilishi. Tashqi tuzilishi. Tanasi cho'ziq, odatda silindr shaklida, ba’zan dorzo-ventral (orqa-qorin) yo'nalishda yassilashgan. Kattaligi l-2sm dan 2 m gacha, ba’zan 30 m ga yetadi. Ko'pchiligi qoramtir tusli, ba’zi vakillari yashil, qizil, pushti yoki chipor tusda bo'ladi. Og'iz teshigi tanasi oldingi qismining qorin tomonida joylashgan. Tanasining eng uchki qismida joylashgan teshigidan uzun xartumi dambadam chiqarilib turiladi (75, 76- rasmlar). Tanasi xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan (76-rasm) Epiteliy ostida bazal membrana, uning ostida esa muskullar joylashgan. Ichki tuzilishi. Ichagi to‘g‘ri nay shaklida bo‘lib, tana bo'ylaB joylashgan. Ektodermal oldingi ichak qizilo‘ngach deyiladi. Endodermal o‘rta ichakning ikki yonida yon o'simtalar, ya’ni cho'ntakchalar hosil bo‘ladi. Orqa ichak ektodermadan kelib chiqqan bo'lib, anal teshigiga ochiladi. Nemertinalar yirtqich hayot kechiradi, mayda hayvonlar (chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar) bilan oziqlanadi. Xartumi yordamida o‘ljasini tutadi. Lekin xartum hazm qilish sistemasi bilan bogiiq emas. U tanasining orqa tomonida joylashgan maxsus qin ichiga joylashgan naydan iborat. Xartum qin ichiga xuddi qo‘lqopning teskari ag‘darilgan barmoqlari singari kirib turadi. 60. Ko’ptuklilar tashqi tuzilishi Ko ‘ptuklilar - tanasi har xil о ‘simtalar bilan ta’minlangan hayvonlar. Ulaming bosh qismi - akronda bir juft palpalari bo'ladi. O'troq yashovchi ko'ptuklilaming palpalari juda ko'p sonli shoxlangan yon o'simtalami hosil qiladi. Bu o'simtalar “jabralar” deyiladi. Ko'ptuklilar tanasining har bir bo'g ‘imida bir juftdan sodda tuzilgan harakat organlari -parapodiylar bo iadi. Tashqi tuzilishi. Tanasi cho'ziq, silindrsimon yoki biroz yassilashgan. 5 dan 800 gacha halqalar, ya’ni segmentlardan iborat. Oldingi og'izoldi bo'limi - prostomium va oxirgi anal boiim i pigidium boshqa tana bo'limlaridan farq qilib, tananing metamerlashmagan (halqalarga bo'linmagan) qismi hisoblanadi. Erkin yashovchi tuban tuzilgan vakillarida tana halqalari bir xilda tuzilgan ya’nii gomonom bo'ladi. O'troq hayot kechiradigan halqalilar tanasining turli qismlari har xil sharoitda bo'lishi tufayli halqalarining kattaligi va tuzilishi ham har xil bo'ladi. Chunonchi, о' troq ко 'ptuklilar tanasining oldingi qismida naydan chiqib turadigan juda ko'p o'simtalari bor; tananing keyingi nay ichidagi qismida esa o'simtalar rivojlanmagan. Ko'ptuklilar bosh bo'limi og'izoldi - prostomiumdan va bosh - peristomiumdan iborat Peristomium ko'pincha bir necha (2-3) tanabo‘g‘imlarining qo'shilishidan hosil bo‘ladi. Uiijhg qorin tomonida og'iz teshigi joylashgan. Bitta yoki bir necha tana bo'g'imlarini qo'shilib bosh bo'limini hosil qilishi sefalizatsiya deyiladi. Bu jarayon bo'g ‘imoyoqlilarda ham sodir bo ‘ladi. Prostomiumda bir juft paypaslagichlar, ya’ni palplar va bir juft yoki ko'proq tuyg'u organlari - antennalar joylashgan. 61. Ko’ptuklilarning qon aylanish va nerv sistemasi haqida Qon aylanish sistemasi organlari tananing orqa va qorin tomoni bo‘ylab joylashgan qon tomirlaridan iborat. Orqa qon tomiri ichak ustidan, qorin qon tomiri esa ichak ostidan o‘tadi. Qon tomirlari bo‘shlig'i birlamchi tana bo'shlig'i qoldig'i hisoblanadi. Ikkala qon tomirlari ham peritoneal epiteliy ostidan o‘tadigan mayda tomirlar va lakunlar hamda selom devorini aylanib o‘tadigan halqa tomirlar bilan bogiangan. Halqa tomirlar har bir halqada bittadan ba’zan bir nechtadan bolib joylashadi. Nerv sistemasining markaziy qismi bir juft bosh gangliylari, ulardan chiqib halqumni aylanib o'tadigan ikkita halqum atrofi konnektivalar va bir juft qorin nerv stvolidan iborat (82-rasm). Ikkita har xil gangliylami birlashtiradigan nerv stvollari konnektivalar, bitta halqadagi gangliylami birlashtiradigan nerv stvollari esa komissuralar bo'ladi. Tuban ko'ptuklilarda qorin nerv stvollari bir-biridan uzoqroq joylashgan; ularning nerv hujayralari bir tekis tarqalgan. Birmuncha murakkab tuzilgan ko‘ptuklilarda qorin nerv stvollari o‘zaro yaqinlashib, ularda har bir bo‘g ‘imda bittadan nerv tuguni, ya’ni gangliyalar paydo bo'ladi. Ikkala gangliyalar ko'ndalang nervlar - komissuralar bilan bog‘lanadi. Bu xildagi nerv sistem asi nerv narvon i deyiladi. 62. ko’ptuklilar ekologiyasi va amaliy ahamiyati. Ekologiyasi. Ko‘ptuklilar-turlarga eng boy bo‘lgan halqali chuvalchanglar sinfi. Ular asosan dengizlarda yashovchi 5300 ga yaqin tumi o ‘z ichiga oladi. Ko‘ptuklilar orasida suvda suzuvchi, dengiz tubida о ‘rmalab, yoki balchiqqako‘milib oluvchi hamda ingichka nay ichida o'troq yashovchi turlari bor. Ayrim turlari parazit hayot kechiradi. Ko‘ptuklilarning bir necha turi chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Ko ‘ptuklilaming kattaligi bir necha mm dan 3 m gacha bo ‘ladi. Ko ‘pchilik turlari sohil yaqinida suv tubida, ko‘pincha 1000 m dan chuqurroq, ba’zan 8000 m gacha chuqurlikda uchraydi. Planktonda hayot kechiradigan turlarining tanasi shaffof bo'ladi. Suv tubida hayot kechiradigan turlari suv o‘tlari orasida o‘rmalab yuradi; qum yoki loyni kavlab kirib oladi. Qum chuvalchangi huddi shunday hayot kechiradi. Dengiz tubida maxsus naychalarda yashaydigan o‘troq ko‘ptuklilar ayniqsa xilma-xil bo‘ladi. Amaliy ahamiyati. Ayrim tropik turlari, masalan, palolo (Eunice virides) oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Suv tubida yashaydigan turlari ovlanadigan baliqlar, qisqichbaqalar va boshqa hayvonlaming asosiy ozig‘i hisoblanadi. Ko‘ptuklilardan Nereis diversicolor 1939-40 yillarda Qora ilcngi/dan Kaspiy dengiziga introduksiya qilingan. Ko'ptuklilar kezib yuruvchilar va o‘troq yashovchilar kenja sinflariga bo'linadi. Kezib yuruvchilar (Errantia) kenja sinfi. Bu kenja ;*infga bosh qismi - prostomium yaxshi rivojlangan, tana halqalari birmuncha gomonom bo‘lgan halqali chuvalchanglar kiradi. Parapodiylari yaxshi rivojlangan; odatda jabralarga ega bo‘ladi. 0 ‘troq halqalilar (Sedentaria) kenja sinfi. Boshi kuchsiz rivojlangan yoki reduksiyaga uchragan. Parapodiylari kuchsiz rivojlangan. Tanasi ko'pincha bir necha geteronom halqalardan iborat. Jabralari tanasining ma’lum qismida, ko'pincha, boshida joylashgan. Odatda naycha ichida yashaydi. Chaetopterus urug'i vakillari tunda shu’lalanadi. Qumchuvalchang Arenicola marina 30 sm gacha kattalikda, qumda uya qazib yashaydi. Serpula (Serpula), spirorbus (Spirorbus) ohak nay ichida yashaydi. Amfitrit (Anphitrite) va sabellariya (Sabellaria) ning bosh qismida uzun jabra o'simtalari bo'ladi 63. Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilishi Kamtuklilar teri-muskul xaltasining tuzilishi ko‘ptuklilarnikiga o‘xshaydi. Epiteliy ostida teri-muskul xaltasining tashqi halqa qavati, uning ostida bo'ylam a qavati joylashgan. Selom bo‘shlig‘i dissepimentlar va qorin mezenteriysi bilan alohida kameralarga bo‘lingan; orqa mezenteriysi bo'lmaydi. Ovqat hazm qilish sistemasi ixtisoslashgan, halqum, qizilo'ngach, muskulli oshqozon, o'rta va orqa ichak bo'limlariga bo'linadi (89-rasm). Yomg'ir chuvalchanglai'ida qizilo'ngach kengayib jig ‘ildonni hosil qiladi. Qizilo‘ngachga morrenov bezi deb ataladigan uch juft bezlaming yo'li ochiladi. Bezlar ajratib chiqaradigan ohak oziq tarkibidagi gumus kislotasini neytrallashtiradi. O'rta ichakning ustki qismi, uning bo‘shlig‘iga botib kirib, ichakning ichki hazm qilish yuzasini kengaytirish vazifasini bajargan tiflozolni hosil qiladi 64. Zuluklar sinfi haqida, ularning klassifikatsiyasi Zuluklar sinfiga asosan hayvonlaming qonini surib ektoparazitlik qiladigan yoki yirtqich hayot kechiradigan halqali chuvalchanglar kiradi. Ular dengiz, chuchuk suv, ba’zan quruqlikda yashaydi. 400 ga yaqin turi ma’lum. Yashash muhiti zuluklarning tashqi va ichki tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi tuzilishi. Zuluklarning tuzilishi boshqa halqali chuvalchanglardan keskin farq qiladi. Ulaming tanasi dorzoventral (orqadan qorin tomonga) yo‘nalishda sezilarli yassilangan (91-pacm). Terisida hech qanday o‘simta (parapodiylar, qillar, paypaslagichlar, jabralar) bo'lmaydi. Faqat sodda tuzilgan qadimgi zuluklar va qildor zuluklarning dastlabki beshta halqalarida kamtuklilarnikiga o‘xshash qillar bo'ladi Zuluklar ikkita kenja sinfga bo ‘linadi. 1.Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi Tanasining oldingi beshta halqasida parapodiylar qoldig‘i - qillar saqlanib qolgan. Selom va qon tomirlari bo‘ladi. Bitta turkumi (qildor zuluklar Acanthobdellida), ikkita turi ma’lum. Acanthobdella peledina shimoliy o'lkalar va Sibir ko‘llarida, A. ivanovi Kamchatka ko‘llaridagi baliqlarda parazitlik qiladi. 2.Haqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi Tcrisida qillar bo‘lmaydi. Selomi reduksiyaga uchragan. Qon aylanish sistemasi to‘liq yoki qisman reduksiyaga uchragan 2 turkumga bo‘linadi. 1. Xartumli zuluklar (R h yn ch o b d ellid a ) turkumi. Erkin yashovchi asosan, baliqlarda parazitlik qiluvchi zuluklar. Muskulli xartumi bolishi bilan boshqa zuluklardan farq qiladi. Xartumini og‘zidan chiqarab, o'ljasini tutib oladi. Ayrim xartumli zuluklar baliqlargajiddiy zarar yetkazadi. B^iq zulugi - Piscicola geometra (90-rasm) karpsimonlar qonini so‘rib, yosh baliqlarga katta ziyon keltiradi. Ba’zi turlari issiqqonli hayvonlarda (mas., qushlarda) parazitlik qiladi. Ayrim xartumli zuluklar nasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish instinktiga ega. Erkin yashovchi yirtqich zuluk Glossiphonia mentaria tuxumdan chiqqan naslini qorin tomonida olib yuradi. Bu zuluk chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan; qo‘ng‘ir-ko‘kish rangli, kattaligi 3 sm ga yaqin; har xil mollyuskalami tutib yeydi. 2. Jag‘Ii zuluklar (Gnathobdella) turkumi. Og'iz bo‘shlig‘ida uchta maxsus valigi - jag'lari bor. Jag‘lari ko‘pincha xitin tishchalar bilan qoplangan. Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis, (92-rasm) Ukraina va Kavkazda uchraydi. Bu zulukni tromb hosil bo‘lishi bilan bog'liq qon tomirlari kasalliklari: gipertoniya, sklerozning boshlang'ich davrlari, insultning oldini olish va boshqalami davolashda foydalaniladi. Zulukning soiak bezlaiidan qimmatbaho dorivor modda girudin olinadi. Qon so‘rayoggan zulukka qon ichki organlardan oqib kelishi tufayli kasal odamning ahvoli yaxshilanishi qadimdan ma’lum. Tibbiyot zulugi maxsus zavodlarda ko‘paytiriladi. 65. Zuluklarning ahamiyati Dorivor zulukning shifobaxsh ta’siri uning so’lagiga asoslangan — unda bioaktiv moddalar mavjud. Asosiy tarkibiy qism — bu girudin, u qon ivishini oldini oladi va qon tromblarini rezorbsiya jarayonini rag’batlantiradi. Girudin va so’lakning boshqa bioaktiv tarkibiy qismlari bakteritsid (patogen mikroblarni o’ldiradi), shuningdek bakteriostatik (bakteriyalar ko’payishi va rivojlanishini oldini oladi) ta’siriga ega. Ushbu moddani aniqlash davomida olib borilgan izlanishlar tibbiyotda antikoagulyantlarni qo’llay boshlash amaliyotiga asos solgan . Zuluklarning so’lagi tarkibida gialuronidaza fermenti mavjud bo’lib, u faol moddalarni organizmning to’qimalariga chuqur kirib borishiga imkon beradi — 10 sm`gacha. Shuningdek, bu ferment biriktiruvchi to’qimalarni parchalaydi, shu sababli chandiqlarning so’rilib ketishini kuchaytiradi. 66. Molluskalarning tashqi va ichki tuzilishi Ko‘pchilik mollyuskalaming tanasi bo'g'imlarga bo'linmagan. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarda metamerlik tuz.ilishga xos bo'lgan belgilami ko‘rish mumkin. Tanasi bosh, gavda va oyoq deb ataladigan uch bo'limdan iborat. Faqat ikki tavaqali mollyuskalarda bosh bo'limi bo'lmaydi. Harakatlanish organi qorin devoridan hosil bo‘lgan yagona o‘simtadan iborat.Mollyuskalar ikkilamchi tana bo ‘ shliqli hayvonlar bo ‘ lib, selom qoldig ‘i yurakoldi xaltasi (perikardiy) va jinsiy bezlari bo'shlig'idan iborat. Ichki organlari oralig'ini esa biriktiruvchi to‘qima to'ldirib turadi. Mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan o'ralgan. Mantiyasi bilan tanasi oraligida mantiya bo'shlig'i hosil boiadi. Bu bo'shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayirish, orqa chiqaruv va jinsiy bezlaming teshigi ham ana shu bo'shliqqa ochiladi. 223 Tanasining orqa tomonida mantiyadan hosil boigan chig‘anog‘i joylashgan; chig‘anoq tanani himoya qilib turadi. Bir qancha mollyuskalaming chig‘anog‘i tarixiy taraqqiyot davomida yo'qolib ketgan. 67. Molluskalarning klassifikatsiyasi Mollyuskalar xilma-xil tuzilgan eng qadimgi hayvonlar guruhi hisoblanadi. Ular quyidagi xususiyatlari bilan boshqa hayvonlardan ajralib turadi. Ko'pchilik mollyuskalar bilaterial simmetriyali hayvonlar. Biroq bir qancha turlarida organlarining joylanishi o'zgarib, tana simmetriyasi ikkilamchi buzilib assimetrik shaklga kiradi. Ko‘pchilik mollyuskalaming tanasi bo'g'imlarga bo'linmagan. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarda metamerlik tuz.ilishga xos bo'lgan belgilami ko‘rish mumkin. Tanasi bosh, gavda va oyoq deb ataladigan uch bo'limdan iborat. Faqat ikki tavaqali mollyuskalarda bosh bo'limi bo'lmaydi. Harakatlanish organi qorin devoridan hosil bo‘lgan yagona o‘simtadan iborat. Mollyuskalar ikkilamchi tana bo ‘ shliqli hayvonlar bo ‘ lib, selom qoldig ‘i yurakoldi xaltasi (perikardiy) va jinsiy bezlari bo'shlig'idan iborat. Ichki organlari oralig'ini esa biriktiruvchi to‘qima to'ldirib turadi. Mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan o'ralgan. Mantiyasi bilan tanasi oraligida mantiya bo'shlig'i hosil boiadi. Bu bo'shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayirish, orqa chiqaruv va jinsiy bezlaming teshigi ham ana shu bo'shliqqa ochiladi. Tanasining orqa tomonida mantiyadan hosil boigan chig‘anog‘i joylashgan; chig‘anoq tanani himoya qilib turadi. Bir qancha mollyuskalaming chig‘anog‘i tarixiy taraqqiyot davomida yo'qolib ketgan. Qon aylanish sistemasi ochiq boiib, qoni tomirlar orqali oqishi bilan birga lakunlar va sinuslar deb ataladigan naylar orqali ham oqib o‘tadi. Yuragi qorincha va boimacha deb ataladigan ikki yoki undan ko'proq kameralarga boiinadi. Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataladigan jabralardan iborat. Faqat quruqlikda hayot kechiradigan va bir qancha chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari o‘pka orqali nafas oladi. Ayirish organi halqali chuvalchanglaming metanefridiylariga o'xshash tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sif'oni deb ataladigan mantiyabo‘shlig‘iga ochiladi. Nerv sistemasi tanasining har xil qismida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan iborat. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalaming nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi hamda tanabo'ylab yo‘nalgan nerv tolalaridan iborat boiadi. Dengizda hayot kechiradigan mollyuskalaming lichinkalari troxofora yoki troxoforaga o'xshash yelkanii lichinka - veligerdan iborat. Mollyuskalar tipiga xilma-xil tuzilgan 150000 ga yaqin tur kiradi. Ко‘pchilik mollyuskalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ular orasida quruqlikda yashaydigan turlari ham ko‘p. Bu tip yonbosh nervlilar va chig'anoqlilar kenja tipiga ajratiladi. 68. Chig’anoqlilar kenja tipi haqida CHIG‘ANOQLILAR (CONCHIFERA) KENJA TIPI Tanasi chig'anoq ichidajoylashgan. Chig‘anog‘i yaxlit yoki ikki tavaqali boiadi. Nerv sistemasi tarqoq tugun tipida tuzilgan. Yon nerv stvollari orqa ichakdan keyinroqda tutashgan boiadi. Ko‘zlari va paypaslagichlari boshida joylashgan. Muvozanat saqlash organlari rivojlangan. Chig'anoqlilar monoplakoforalar, qorinoyoqlilar, kurakoyoqlilar, plastinkajabralilar va boshoyoqlilar sinflariga boiinadi. MONOPLAKOFORALAR (MONOPLACOPHORA) SINFI Monoplakoforalar qazilma qoldig‘i kembriy, silur va devon yotqiziqlarida uchraydi. Ulaming chig‘anog‘i qubba, likopchayoki spiralsimon shaklda 228 bo‘lgan. Bu sinfning yagona tirik vakili neopilina - Neopilina galatheae 1952 yilda Tinch okeanning Sharqiy qismida 3590 m chuqurlikda topilgan. Neopilina tanasi diametre 3 sm gacha bo'lgan konusga o ‘xshash chig'anoq bilan qoplangan. Chig‘anoqning uchki qismi bir oz oldinga surilgan, pastki qismi esa doira shaklida kengaygan. Tanasi kichkina bosh, ancha baland gavda va diskka o‘xshash kengaygan oyoqdan iborat (98- rasm). Boshi tanasining oldingi tomonida bo‘lib, gavdasidan aniq ajralmagan; unda og‘iz teshigi joylashgan 69. Qorinoyoqli molluskalar haqida va ularning ahamiyati Qorinoyoqlilaming ко‘pchilik vakillari dengizlarda hayot kechiradi, bir qancha turlari chuchuk suv havzalarida va quruqlikda yashashga o ‘tgan. Ular orasida parazit turlari ham uchraydi. Qorinoyoqlilar juda xilma-xil boiib, oldjabralilar, orqajabralilar vao'pkalilar kenja sinflariga ajratiladi. Qorinoyoqlilar tanasi asimmetrik tuzilgan. Bosh qismi tanasidan aniq ajralib turadi. Yagona oyog‘i keng va yassi tovondan iborat (99-rasm). Chig‘anog‘i yaxlit boiib, ayrim vakillarida reduksiyaga uchragan. Qorinoyoqlilaming asimmetrik tuzilishi tanasining o‘ng tomonida joylashgan mantiya kompleksi organlarining reduksiyaga uchrashi, shuningdek ichki xaltasining chig‘anoq shakliga mos holda spiral buralganligida o‘z ifodasini topadi Qorinoyoqlilarning amaliy ahamiyati. Oldjabralilar orasida ignaterililar (dengiz yulduzlari, dengiz tipratikanlari, goloturiyalar) da parazitlik qiluvchi turlari uchraydi. Parazit yashash tufayli ulaming tuzilishi ham o'zgargan: chig'anog'i, mantiyasi, oyog'i, ba’zi vakillarida hatto ovqat hazm qilish, qon aylanish va nerv sistemasi yo'qolib ketgan. Qorinoyoqlilar xilma-xil oziqlanadi. Ko'pchilik vakillari o'simlikxo'r hisoblanadi. Ular orasida chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va boshqa mollyuskalar bilan oziqlanadigan yirtqichlari ham ko'p uchraydi. Bir qancha Yevropa mamlakatlarida tok shillig'i iste’mol qilinadi. Ayrim dengiz qorinoyoqli mollyuskalari, masalan, trubach va sohil shillig'ini ham iste’mol qilsa bo'ladi. O'rta va Janubiy mintaqalarda turli shilliq qurtlar poliz ekinlari va bog'larga katta ziyon keltiradi. 70. Molluskalar ekologiyasiva ahamiyati alish uchun ham foydalanadi. Ekologiyasi. Mollyuskalar kam harakat qiladigai hayvonlar bo‘lib, ko‘pincha suv tubidagi loyqada yashaydi. Bir qancha turlari bissus iplari yordamida suv tubidagi narsalarga yopishib oladi. Ular mantiyabo‘shlig‘i orqali juda ко‘p suvni filtrlab o‘tkazadi. Shuning uchun plastinkajabralilar suvni tabiiy tozalab beruvchi biofiltratorlar hisoblanadi. Ayrim plastinkajabralilar oyoq bezlari toshlarni erita oladigan suyuqlik ishlab chiqaradi. Ular bu bezlar yordamida toshlarni teshib, uning chuqurchasiga kirib oladi. Toshteshar mollyuskalar Pholas, Lithophaga avlodlarida uchraydi. 71. To’rtjabralilar va ikkijabralilar kenja sinfi va molluskalar filogeniyasi Boshoyoqlilar ikkita kenja sinfga bo'linadi. To‘rtjabralilar (Tetrabranchia) kenja sinfi Eng qadimgi sodda tuzilgan boshoyoqlilar. Jabralari, yuragi bo‘lmalaii va buyragi to'rttadan, ko‘p kamerali tashqi chig'anoqqa ega bo'lgan. Hozirgi tirik vakillari Nautilus urug'iga kiradi. To'rtjabralilardan ammonitlar qazilma holda uchraydi. Ikkijabralilar (Dibranchia) kenja sinfi Jabralari, yurak bo'lmachalari va buyraklari ikkitadan, chig'anog'i mantiya ostida joylashgan yoki batamom reduksiyaga uchragan. Bu ketija sinf ikki turkumga ajraladi. 1. 0 ‘noyoqlilar (Decapoda). Paypaslagichlari 10 ta bo'lib, ulardan ikkitasi uzun tutqich paypaslagichlardan iborat. Tanasi torpedasimon; yon tomonida suzg'ichlari rivojlangan. Bu turkumga karakatitsa Sepia officinales, gigant kalmar Architeuthes va kalmar Loligo misol bo'ladi (113, 114-rasmlar). Qirilib bitgan turlari belemnitlar urug'iga kiradi. 2. Sakkizoyoqlilar (Octopoda). Suv tubida hayot kechiradi. Tanasi xaltaga o'xshash, chig'anog'i reduksiyaga uchragan. Paypaslagichlari 8 ta, tutuvchi paypaslagichlari bo'lmaydi. Hozirgi vakillarining ko'pchiligi organavtlar - Argonauta va osminoglar Octopus avlodiga kiradi. mOLLYUSKALAR FILOGENIYASI Ko'pchilik olimlaming fikriga qaraganda, mollyuskalar halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. Darhaqiqat, mollyuskalarning embrional rivojlanishi, xususan, tuxum hujayrasining maydalanishi, mezodermaning hosil bo'lishi, shuningdek troxofora lichinkasi ulami halqali chuvalchanglar bilan qarindoshligini ko'rsatadi. Bundan tashqari eng sodda tuzilgan yonboshnervlilar va monoplakoforalarning tuzilishida metamerlik xususiyati yaqqol ko'zgatashlanadi. Bu xususiyatni’nautilusdaktenidiy jabralar, buyraklar va yurak bo'lmalarining soni 2 juftdan bo'lishi ham isbot qiladi. Biroq bir qancha zoologlaming fikricha mollyuskalar chig'anog'i va organlarining metamerligi birlamchi emas, balki ikkilamchi paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. Masalan, faqat buyrak teshigi oldida joylashgan osfradiyga ega bo'lgan bir juft jabralar haqiqiy, boshqalari esa nafas olishni jadallashtirish uchun ikkilamchi tarzda keyinchalik kelib chiqqan. 72. Bo’gimoyoqlilar tipi haqida umumiy ma’lumot. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi nihoyatda xilma-xil tuzilgan, har xil muhitga moslashgan 2,0 mln.dan ortiq umurtqasiz hayvonlar turlarini o ‘z ichiga oladi. Ular hamma dengiz, okean va chuchuk suv havzalarida, ayniqsa Yer yuzining quruqlik qismida keng tarqalgan; tuproqda, o‘simlik va hayvonlar tanasida, turli organik qoldiqlarda ham uchraydi. Bo‘g‘imoyoqlilar issiq va nam tropik iqlimli o'lkalarda ayniqsa ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. Bu hayvonlami suvsiz jazirama issiq sahrolarda, Arktika va Antarktidaning qahraton sovug‘ida ham uchratish mumkin. Turlarining xilmaxilligi va yer yuzida tarqalishi jihatidan bo‘g‘imoyoqlilar boshqa hamma hayvonlami birga qo‘shib hisoblaganda ham bir necha marta ustun turadi. Bo‘g‘imoyoqlilaming tanasi qattiq va pishiq kutikula bilan qoplangan. g‘lanib ketishiga yo‘l qo'ymaydi. Bo‘g‘imoyoqlilar tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Tana bo‘g‘imlarining tuzilishi vao'lchamihar xil (geteronom) bo'ladi. Kutikula har bir tana bo‘g‘imida to'rtta plastinka - skleritlami hosil qiladi. Orqa plastinka ter git ikki yon plastinkalar pleyrit va ostki qorin plastinkasi stemit deyiladi. Kutikula qalin va qattiq bo‘lganligidan hayvonlami erkin harakatlanishiga to ‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun skleritlar bo ‘g‘imlari oralig‘ida juda yupka egiluvchan kutikula parda yordamida o‘zaro qo‘shilgan. Bo‘g‘imoyoqlilaming tanasi bosh, ко‘krak va qorindan iborat uchta bo‘limga bo‘linadi. Tana bo‘shlig‘i aralash - miksotseldan iborat. Embrional rivojlanish davrida ko‘p hollarda dastlab segmentlarga ajralgan ikkilamchi tana bo‘shlig‘i - selom shakllanadi. Lekin keyinchalik uning devori yemiriladi; selomik xaltalar bir-biri va birlamchi tana bo ‘shlig ‘i qoldiqlari bilan aralashib ketib, aralash tana bo‘shlig‘i, ya’ni miksotselni hosil qiladi. Miksotselda ichki organlar joylashgan Nafas olish organlari jabra, о‘pka yoki traxeyalardan iborat. Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o'xshash tuzilgan bo'lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya’ni bosh miya, halqumni aylanib o'tadigan nerv tomirlari - konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar va qirilib ketgan trilobitasimonlar kenja tiplariga bo‘linadi. 73. Bo’g’imoyoqlilar tipi klassifikatsiyasi 74. Qisqichbaqasimonlarning tana bo’g’imlari, ularning o’simtalari va vazifasi haqida Bo 'g'imoyoqlilar kiradi. Tana bo'g'imlari va bo'limlari. Qisqichbaqasimonlarning tanasi ko'p sonli bo'g'imlardan iborat. Eng tuban tuzilgan ayrim vakillarida tana bo'g'imlari bir xilda, ya’ni gomonom bo'lishi tufayli bosh, ko'krak vaqor265 in bo‘limlarini ajratib bo‘lmaydi. Ko'pchilik qisqichbaqasimonlarda esa tana bo‘g ‘imlari har xil tuzilgan; tanasi bosh, ко‘krak hamda qorin bo‘limlariga ajraladi. Har bir bo‘g‘imda bir juftdan o‘simtalar bo‘ladi. 0 ‘simtalar oddiy holda ikki shoxli; kelib chiqishiga ko‘ra parapodiylarga mos keladi. Ko‘p hollarda o'simtalaming faqat bitta shoxi rivojlanadi. Ikki shoxli o‘simtalar qisqichbaqasimonlami boshqabo‘g‘imoyoqlilar orasida eng tuban tuzilganligini ko‘rsatadi. Evolyutsiya jarayonida qisqichbaqasimonlaming tashqi ko‘rinishi turli darajada o‘zgargan; chunonchi bo‘g‘imlar soni kamayaborib, ulaming geteronomligi ortgan, oyoqlar bir shoxli bo‘lib qolgan, ayrim tana bo‘limlari birga qo‘shilib ketgan. Ko‘pchilik vakillarida bosh bilan ко‘krak qo‘shilib, yaxlit boshko‘krakni hosil qiladi. Bosh qismi halqali chuvalchanglaming prostomiumiga mos keladigan akrondan va to'rtta tana bo‘g‘imlaridan tashkil topgan bo'lib, 5 juft o'simtalarga ega. Birinchi jufti bir shoxli, ba’zan ikki shoxli kalta mo‘ylovlari, ya’ni antenullalari halqali chuvalchanglaming palpalariga mos keladi. Ikkinchi juft mo‘ylovlari - antennalari esa halqali chuvalchanglaming birinchi tana bo‘g‘imi parapodiylaridan hosil bo‘lgan. Antennalar bir shoxli, ba’zan ikki shoxli bo‘ladi. 2-4 - bosh bo‘g‘imlarining o‘simtalari halqali chuvalchanglaming parapodiylaridan kelib chiqqan; ular og‘iz organlari xususan, bir juft yuqori jag‘lar (mandibulalar), ikki juft pastki jag‘lar (birinchi va ikkinchi maksillalar)ni hosil qiladi. Jag‘lar oziqni ushlab turish va chaynash uchun xizmat qiladi (116-rasm). Ко‘krak va qorin bo‘g‘imlarining soni va shakli har xil bo‘ladi. Yuksak qisqichbaqasimonlar ko'kragi 8, qorin bo‘limi 6 bo‘g‘imdan, butun tanasi esa 18bo‘g‘imdan iborat (akron bungakirmaydi). Qorin bo‘limining oxirgi bo‘g‘imi anal plastinka, ya’ni telsonni hosil qiladi. Tuban qisqichbaqasimonlaming telsonida furka deb ataladigan bir juft ayri o‘simtasi bo ‘ladi. 75. Qisqichbaqasimonlarning nafas olish sistemasi haqida Nafas olish sistemasi. Bir qancha mayda qisqichbaqasimonlarning maxsus nafas olish organlari bo'lmaganligi sababli faqat terisi orqali nafas oladi (sikloplar). Ko'pchilik turlari esa jabra orqali nafas oladi. Qisqichbaqasimonlamnng jabralari halqali chuvalchanglamiki singari teri bilan bog‘liq oyoqlar protopoditi epipoditdan kelib chiqqan plastinkaga о‘xshash shoxlangan o‘simtalardan iborat. Jabralar aksariyat hollarda ko‘krak oyoqlarida joylashgan. 0 ‘n oyoqli qisqichbaqasimonlarning jabralari boshko‘krak qalqoni ostidagi maxsus jabra bo‘shliqlarida joylashgan. Daryo qisqichbaqasi jabralari 3 qator bo‘lib jag‘oyoqlar va yurish oyoqlar asosida joylashgan. Birinchi pastki qator jabralar ko‘krak oyoqlar protopoditda, ikkinchi qatori oyoqlaming boshko‘krak qalqoniga qo‘shilgan yerda, uchinchi ustki qatori tanasining yon devorida joylashgan. Bunday jabralar hamma tomoni ingichka jabra ipchalari bilan qoplangan o‘q sterjenga o‘xshaydi. Birmuncha oddiy tuzilgan jabralar protopoditlarda joylashgan plastinkalarga о ‘xshash bo'ladi (yonlab suzuvchilar, suv xo‘tigi). Suv boshko‘krak qalqonining bir cheti bilan tana oralig‘ida hosil bo‘ladigan tirqish orqali jabra bo‘shliqlariga kiradi; ikkinchi chetdagi xuddi shunga о‘xshash tirqishdan chiqib ketadi. Suv ikkinchi va uchinchi juft jag‘ oyoqlarining harakati tufayli jabralami yuvib turadi. Gemolimfa bilan to‘lgan tana bo‘shlig‘i ana shu jabralar ichiga ham kiradi. Jabralaming juda yupqa kutikulasi orqali gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. 76. Qisqichbaqasimonlarning jinsiy sistemasi va ko’payishi Jinsiy sistemasi va ko‘payishi. Germafroditlik faqat o‘troq hayot ^echiradigan mo'ylovoyoqlilar orasida uchraydi. Boshqa qisqichbaqasinionlar esa ayrim jinsli bo ‘ladi. Ко ‘pchilik turlarida jinsiy dimorfizm ham yaxshi rivojlangan. Ayrim qisqichbaqasimonlarda erkaklarining (masalan, aI'temiya jabraoyoqlisi) shakli o'zgargan antenna yoki antennullalari urg‘ochisini tutib turish vazifasini bajaradi. Daryo qisqichbaqasi erkaginjng qorin qismi urg ‘ochisinikiga nisbatan ingichka; birinchi va ikkinchi juft 0yoqlar esa kopulyativ (kuyikish) organiga aylangan. Tuban qisqichbaqalarning erkaklari urg‘ochilaridan kichikroq. Ayrim parazit turlar va mo`ylo‘ylov oyoqli qisqichbaqalaming erkaklari urg‘ochilariga nisbatan juda kichik. 77. Qisqichbaqasimonlarning sezgi organlari Sezgi organlari. Qisqichbaqasimonlarning tuyg'u, hid bilish (kimyoviy sezgi), ko‘rish va m uvozanat saqlash organlari yaxshi rivojlangan. Antenna, antennullalar va oyoqlari yuzasida joylashgan sezgir tuklar va qilchalar tuyg‘u vazifasini bajaradi. Sezgir hujayralar ana shu tukchalaming asosidagi gipoderma epiteliysi ostida joylashgan. Kimyoviy sezgi (hid bilish) organlari antennalarda joylashgan juda ham yupqa kutikulali tuklardan iborat. Ko‘rish organlari, oddiy tuzilgan bitta nauplius va ikkita murakkab fasetkali ко ‘zlardan iborat. Nauplius ko ‘z nauplius lichinkalar uchun xos bo‘Isa-da, voyaga yetgan qisqichbaqasimonlarning ko‘pchilik turlarida ham uchraydi. Bunday ko‘z antennullalar о‘rtasida boshning peshona qismida joylashgan. N au p liu s ko‘z chuqurcha shaklidagi ikki yoki to'rtta qadahchalardan tarkib topgan. Chuqurcha devorida qora pigment bilan qoplangan bir qavat retinal (sezgir) hujayralar, uning tashqi botiq tomonida numi sindiradigan g av h a r linza joylashgan. Nerv tolalari — retinal hujayralarning orqa tomonidan chiqadi. Shuning uchun nauplius ko‘z invertirlangan (teskari ag‘darilgan) hisoblanadi. Fasetkali ko zlar juda ко p mayda ko zchalar ommatidlardan iborat. Daryo qisqichbaqasining ko‘zida 3000 dan ko'proq ommatidlar bo'ladi. 78. Qisqichbaqasimonlarning tullashi Tbllashi. Qisqichbaqalaming tullasbi murakkab fiziologik o‘zgarishlar natijasida sodir bo‘ladi. Tullash oldidan gemolimfa va to‘qimalarda har xil organik (oqsiUar, lipidlar, uglevodlar) va mineral moddalar (tuzlar) to ‘planadi, moddalar almashinuvi jarayoni tezlashib ketadi. Tarkibidagi moddalaming bir qismini gemolimfaga o‘tishi tufayli eski kutikula tobora yupqalashib boradi. Shuning bilan birga eski kutikula ostidan gipoderma hisobidan yangisi hosil bo‘la boshlaydi. Yangi kutikula uchun zarur bo‘lgan moddalar gemolimfa va to‘qimalardan olinadi. Tullash davrida eski kutikula yorilishi natijasida hosil bolgan teshikdan hayvon sirg‘alib chiqadi. Eski kutikular qini - ekzuviy esa bo‘shab qoladi. Yangi kutikula egiluvchan va yumshoq bo‘lganidan hayvon tez o‘sadi. Hayvon tanasi hajmining yiriklashuvi asosan organizmda suv almashinuvining о ‘zgarishi, to ‘qimalarga ко ‘p miqdorda suv shimilishi hamda to ‘qima va organlami tashkil etuvchi hujayralarning bo‘linib ko‘payishi natijasida sodir bo‘ladi. Tullashdan keyin mineral tuzlaming ko‘p miqdorda to‘planishi natijasida kutikula tez vaqt ichida qattiqlashib qoladi va hayvon o'sishdan to'xtaydi. Hayvonlaming tullashi gormonal sistema nazorati ostida boradi. Bu jarayon sinus bezlarining neyrosekretor hujayralari va bosh qismida joylashgan endokrin bezi gormonlari muhim ahamiyagga ega. Endokrin bezi gormonlari tullashni tezlashtiradi; ko‘z poyachalarida joylashgan neyrosekretor hujayralaming gormonlari esa endokrin bezi gormonlari ta’sirini to'xtatib turadi. Tullash davrida endokrin bezi gormonlari ko‘p ishlab chiqariladi. Tullash tamom bo‘lgandan so‘ng bu bez gormonlari kamayib, ko ‘zlaming poyachasidagi neyrosekretor hujayralar gormonlari ko‘p ishlab chiqarila boshlanadi. 79. Yuksak qisqichbaqasimonlar sinfi (Malacostraca) Yuksak qisqichbaqasimonlar ko‘krak va qorin bo‘g‘imlari sonining doimiyligi hamda qorinoyoqlaiining bo‘lishi bilan boshqa qisqichbaqasimonlardan farq qiladi. Ulaming boshi 4, ko'kragi 8, qorin bo‘limi esa 6-7 bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo'limi telson bilan tugaydi. Bir qancha qisqichbaqasimonlarda akron, 4 ta bosh bo‘g‘imlari bitta ko‘krak bo‘g‘imi bilan birikib murakkab boshko‘krak, ya’ni bosh kapsulasini hosil qiladi. Yuksak qisqichbaqalaming 14000 dan ko‘proq turi bo‘lib, ular 14 turkumga ajratiladi. Quyida eng asosiy turkumlarga tavsif berilgan. Tengoyoqlilar (Isopoda) turkumi. Tengoyoqlilaming tanasi dorzoventral (orqadan qorin tomonga) yassilashgan. Bosh bo‘limi jag‘lar va bitta, ba’zan ikkita ko‘krak bo‘g‘imlarining birikishidan tashkil topgan. Boshida yirik fasetkali ko‘zlari joylashgan. Karapaksning qalqoni bo‘lmaydi. Ko‘krak oyoqlarining hammasi bir xil uzunlikda, bir-biriga o‘xshash tuzilgan va bir shoxli bo‘ladi. Qorin bo‘limi ko‘kragiga nisbatan ancha qisqa; uning bir necha yoki hamma bo‘g‘imlari telson bilan birikib ketadi. 5 juft oldingi qorin oyoqlari asosiy kalta bo‘g ‘imdan va ikkita kengaygan bargsimon yupqa qobiqli jabra varaqchalaridan iborat. 80. Xelitsiralilar kenja tipi va klassifikatsiyasi Xelitseralilaming tanasi boshko‘krak va qorindan iborat. Boshko‘krak yettita bosh va ko‘krakbo‘g‘imlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Unda 6 juft, ba’zan 7 juft bir shoxli oyoqlar joylashgan. Qorin bo‘limida oyoqlari o'zgarib ketgan yoki butunlay rivojlanmagan. Ayrim vakillarining qomi oldingi va keyingi bo'limlarga bo'lingan bo'ladi. Antennula va bosh bo‘lagi(akron)ning yo‘qligi bilan xelitseralilar boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Boshko'krakning birinchi juft oyoqlari oziqni maydalash va ezish vazifasini bajaradigan xelitseraga, ikkinchi jufti esa sezish va ba’zan tutish vazifasini bajaradigan pedipalpaga aylangan. Odatda pedipalpasi boshqa yurish oyog'lariga juda o'xshab ketadi. Xelitseralilar 70000 dan ortiq bo‘g‘imoyoqlilami o‘z ichiga oladi. Ko'pchilik vakillari quruqlikda hayot kechiradi. Bu kenja tipga qilichdumlilar, qisqichbaqachayonlar, ya’ni gigant qalqondorlar va o‘rgimchaksimonlar sinfi kiradi. QILICHDUMLILAR (XIPHOSURA) SINFI Qilichdumlilar - juda kam uchraydigan qadimgi dengiz hayvonlari. Paleozoy erasida keng tarqalgan, keyinchalik qirilib ketgan. Hozirgi davrda ulardan faqat 5 tori tarqalgan. Uzunligi 50-90 sm ga yetadi. 81. O’rgimchaksimonlarning ayirish va nafas olish sistemasi haqida (ARACHNIDA) Ayirish sistemasi bir juft shoxlangan - malpigi naychalaridan iborat. Naychalaming yo‘li ichak bo‘shlig‘iga, uning o‘rta va orqa bo'limi chegarasida ochiladi. Malpigi naychalarining tuzilishi hasharotlamikiga o‘xshash bo‘lsa-da, ektodermadan kelib chiqqanligi bilan ulardan farq qiladi. 0 ‘rgimchaksimonlaming ayirish mahsuloti zarrachalar shaklidagi guanin moddasidan iborat. Shunday qilib, о‘rgimchaksimonlar ham hasharotlar singari moddalar almashinuv mahsulotlarini quruq kristall zarrachalar shaklida ajratib, namlikni tejab sarflaydi. Ulaming bu xususiyati quruqlikda yashash uchun muhim ahamiyatga ega. N erv sistem asi. Yirik va o'rtacha kattalikdagi o'rgimchaksimonlaming nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Bosh miyasi ko' zlami idora qilib turadigan oldingi bo ‘lim - prototserebrum va xelitserani idora qiladigan keyingi bo‘lim - tritotserebrumdan iborat. Akron o'simtalari - antennullalaming yo'qolib ketishi tufayli miyaning oraliq bo'limi - deytotserebrum rivojlanmagan. Qorin nerv zanjirining tuzilishi tana bo ‘g ‘imlarining rivojlanishiga mos keladi. Tanasi ko'p bo ‘g ‘inrii vakillari (masalan, chayonlar)da qorin nerv zanjirining ko‘krak bo'limidagi nerv tugunlari birga qo'shilib, yirik boshko'krak nerv tugunini hosil qiladi. Nerv zanjirining qorin bo'limida 7 ta kichikroq nerv tugunlari bo'ladi. 82. Chayonlar turkumi va ularning ahamiyati Chayonlar (Scorpiones) turkum i. Chayonlaming tanasi yaxlit boshko‘krak vako‘pbo‘g‘imli qorindan iborat. Pedipalpasi qisqichsimon bo'ladi. Qorin bo'limi 12 bo‘g‘imli bo‘lib, 7 bo‘g‘imli keng oldingi va 5 bo‘g‘imli ingichka keyingi qoringa bo'linadi (140-rasm). Keyingi qorin bo'limi bo'g'imlari o'zaro harakatchan qo'shilgan bo'lib, uchki qismi - telsonda bir juft zahar bezlari va nayzasi joylashgan. Nayzasining uchiga zahar bezlarining yo'li ochiladi. Chayonlar zaharli nayzasidan o'ljasinio‘ldirish va dushmanlardan o‘zini himoya qilish uchun foydalanadi. Chayon o‘ljasini pedipalpasi bilan tutib oladi, va qomini yelkasi ustidan oshirib, uning tanasiga nayzasini sanchadi. Chayonlar odam uchun uncha xavfli emas, lekin tropik mamlakatlarda uchraydigan chayonlar zahari odamlar, ayniqsa bolalar organizmiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Chayonlar - issiqsevar, janubiy mintaqalarda keng tarqalgan yirtqich hayvonlar. Ular kunduzi toshlar ostida yoki daraxtlaming kovagida va boshqa pana joylarda yashirinib, tunda ovga chiqadi. Chayonlar - eng qadimgi о‘rgimchaksimonlar. Ulaming turi 600 dan ortiq. Bir necha turi Markaziy Osiyoda uchraydi. Ko‘pchilik turlari mayda. Bizning mintaqamizda chipor chayon Buthus eupeus keng tarqalgan. Uning uzunligi 6,5 sm ga yetadi. 83. Falangalarning yashash muhiti va oziqlanishi falangalar (Solifugae) turkumi. Ko'pchilik solpugalar - tungi yirtqich hayvonlar; kunduzi ular har xil pana joylarga, toshlar orasiga, kemiruvchilar iniga yoki o'zlari kovlagan inlarga yashirinib oladi. Kechasi ov qilishga chiqqan solpugalami sun’iy yorug'lik, ayniqsa ultrabinafsha nurlar jalb qiladi. Faqat ayrim turlari kunduzi ham ov qiladi. O'rta Osiyo hududida tarqalgan, uncha katta bo‘lmagan oqish tillarang kunsevar solpuga kunduzi faol hayot kechiradi. 313 Solpugalar juda ochko ‘z bo ‘lib, hasharotlar, ko ‘poyoqlar, о ‘rgimchaklar, zaxkashlar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Yirik turlari hatto qushlaming jo‘jasiga, mayda kaltakesaklarga yoki kemiruvchilaming bolasiga ham hujum qilishi mumkin. Ular o‘z o'ljasini tez ushlab, terisini xelitseralari yordamida yirtib, jarohatiangan joyga hazm qilish shirasini tomizadi. Hazm shirasi ta’sirida suyulgan oziqni so‘rib oladi. Solpugalar hech yeb to‘ymaydigan hayvonlar. Ular qo‘ldaboqilgandato‘yib, qomi yorilibketgandan so‘ng ham xelitseralari harakatdan to'xtaguncha ovqat yeyaverishgan. Ko ‘pchilik solpugalar tropik, subtropik va mo ‘ ’ tadil iqlimli hududlarda, asosan quruq dasht va cho‘llarda hayot kechiradi. Bu turkumga 60 dan ortiqroq tur kiradi. Ular ayniqsa Afrika qit’asida, Janubiy-G‘arbiy va 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan. 0 ‘rta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Rossiyaning janubiy hududlarida Galeodes urug‘i vakillari ko‘p uchraydi. Ular orasida 5 sm keladigan oddiy solpuga - Galeodes araneoides keng tarqalgan. 0 ‘rta Osiyo cho‘llarida qo‘ng‘ir-sarg‘ish qora tukli kaspiy solpugasi Galeodes caspius keng tarqalgan. 84. O’rgimchaklar turkumining hayot tarzi, ahamiyati va vakillai haqida Hayot kechirish xususiyatlariga ko‘ra o‘rgimchaklami daydilar va o‘troq yashovchilar, ya’ni to‘r to'quvchilarga ajratish mumkin. Daydi o‘rgimchaklar tutuvchi to‘r to‘qimaydi, oijasini yerda yoki o‘simliklar ustiga chiqib olib poylaydi. Ko‘pchilik o‘rgimchaklar uyada yoki to‘ri ustida o'troq hayot kechiradi. Tutqich to'rlaming katta-kichikligi va shakli juda xilma-xil, har bir to‘r o‘zigaxos boiadi. O'troq о‘rgimchaklaming tutqich to'ri ini yaqinida yastanib yotadi yoki daraxtlar va butalaming shoxlari orasiga tortilgan boiadi. Zaharli o‘rgimchaklardan 0 ‘rta Osiyo, Yevropaning janubida keng tarqalgan biy-tarantul (Lycosa singoriensis) ni ham ко‘rish mumkin. Biy 25-35 mm kattalikda bo‘lib, tanasi qalin tuklar bilan qoplangan. U chuqur vertikal inlarda yashaydi. Inining ostiga to‘r to‘shaydi. Biy ko'proq nam, yerosti sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda uchraydi. Biy chaqqanida og‘riq sezilsa-da, uning zahari odam uchun xavfli emas. , qushxo'r о ‘rgimchaklar (140-rasm) 7-8 yildan 20 yilgacha umr ko‘radi. 85. Kanalar va ularning zararlari tog’risida kanalar qon so‘rish bilan birga odamlar uchun xavfli boigan toshmali va qaytalama terlama, kana ensefaliti, tulyaremiya; yirik shoxli mollarda uchraydigan piroplazmoz kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlami tarqatadi. Odam va hayvonlar terisida qichima kana Sarcoptes scabei (144- rasm) parazitlik qiladi. Kana mikroskopik kattalikda (0,15-0,3 mm) boiib, terming shox qavatida o‘ziga yo‘l ochadi. Qichima kana bilan zararlangan teri juda qichishib, yara hosil qiladi. Husnbuzar kanasi Demodex folliculorum (144-rasm) odam terisidagi yog‘ bezlari va soch xaltasida parazitlik qiladi. Ba’zan bez ko'payib, yuzda va terining turli joylarida husnbuzar toshib ketishiga sabab boiadi. Parazit kanalar orasida tayga kanasi (Ixodes persulcatus) Uzoq Sharqda, ut kanasi (I. ricinus) esa Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. 86. Tuban tuzilgan ko’poyoqlilarning ichki tuzilishi (MYRIAPODA) Ichki tuzilishi. Ко ‘poyoqlilaming ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri nay shaklida boiadi va hamma bo‘g ‘imoyoqlilarnikiga o'xshash boiimlardan iborat (qarang: 145-rasm). Og'iz teshigi boshining pastki tomonida jag iarining о‘rtasida joylashgan bo‘lib, ichakning oldingi qismi - halqumga ochiladi. Kivsyaklaming uch juft soiak bezlari boiadi. Bu bezlaming har qaysisi alohida yo‘1 bilan og‘iz bo‘shlig‘iga yoki og‘iz teshigi yoniga ochiladi. Ko‘poyoqlilar jag iarining yoniga ochiladigan 2 juft bezlarini hasharotlaming ipak bezlariga tenglashtirish mumkin. 0 ‘rta ichak ancha uzun. Oziq o‘rta ichakda hazm boiadi va so‘riladi. Orqa ichak esa juda kalta boiadi. Ко‘pchilik ко‘poyoqlilar yirtqich hayot kechiradi. Ular orasida o‘txo‘rlari kam uchraydi. 87. Ko’poyoqlilar klassifikatsiyasi Ko'poyoqlilar sinfi simfillar, paurodalar, ikki juftoyoqlilar, laboyoqlilar deb ataladigan 4 kenja sinflarga ajratiladi. Simfillar (Symphyla) kenja sinfi. Bir necha mm kattalikdagi ko‘poyoqlilar. Tuproqda, to ‘kilgan barglar va toshlar ostida yashaydi. Og‘iz apparati 3 juft jag'lardan iborat. Boshida traxeya sistemasining ikkita nafas teshigi bo'ladi. Ko'zlari rivojlanmagan. Tanasi 15 ta bo‘g‘imdan tashkil topgan; yurish oyoqlari esa 12 juft. Tipik vakili skolopendrella -Scolopendrella immaculata (146-rasm) uzunligi 8 mm ga yaqin, 0 ‘rta Osiyo va janubiy Yevropada keng tarqalgan. Pauropodalar (Pauropoda) kenja sinfi. Pauropodalar juda mayda (1-2 mm), keng tarqalgan ko‘poyoqlilar (qarang: 146-rasm). Chiriyotgan o‘simlik qoldiqlari va tuproqning ustki qatlamida shuningdek, to‘kilgan barglar ostida uchraydi. Boshqa ko‘poyoqlilardan bo‘g‘imlarining kamligi (7-10 ta) hamda ikkala mo'ylovlarining ham ikki shoxli bo‘lishi bilan farq qiladi. Tundra va sahro mintaqalaridan boshqa hamma yerda tarqalgan. 350 dan ortiq tumi o‘z ichiga oladi. Ikkijuftoyoqlilar (Diplopoda) kenja sinfi. Laboyoqlilar (Chilopoda) kenja sinfi. Geofillar (Geophilomorpha), yani mingoyoqlilar turkumi. (Himantharia) tuproqda 1-1,5 m chuqurlikka kirib olishi aniqlangan. Skolopendralar (Scolopendromorpha), ya’ni katta qirqoyoqlilar turkumi. Pashshatutarlar, ya’ni uzunoyoqlilar (Scutigeramorpha) turkumi. 88. Hasharotlar sinfining umumiy tavsifi 89. Hasharotlarning bosh bo’limi haqida tavsif bering Hasharotlaming tanasi bosh, ко‘krak va qorin bo‘limlaridan tashkil topgan (147-rasm). Boshi akron va 4 bo‘g‘imdan, ko‘kragi 3 bo‘g‘imdan, qorin bo‘limi 6-11 bo‘g‘im va telsondan iborat. Bosh qismining bo‘g‘imlari birga qo1 shilib ketgan bo‘lib, umumiy xitin kutikula bilan qoplangan. Boshi harakatchan, ko'krakdan ingichka buyin orqali aniq ajralib turadi. Boshining oldingi uchi ostki tomonida og ‘zi joylashgan (148-rasm). Boshining ikki yonida bir juft murakkab ko‘zlari, ulaming o‘rtasida ba’zan bir necha mayda oddiy ko‘zchalar yakka-yakka bo‘lib joylashgan. Boshida 4 juft o‘simtalari bo‘ladi. Ulardan birinchisi antennalar, ya’ni mo‘ylovlar akron bilan bog‘liq. Mo‘ylovlar xilma-xil tuzilgan, shakligako‘raqilsimon, ipsimon, arrasimon, taroqsimon, patsimon, tizzasimon, to‘g‘nog‘ichsimon bo‘ladi (149-rasm). Birinchi tanabo‘g‘imi (interkalyar bo‘g‘im) hasharotlarda to‘liq reduksiyaga uchragan. Qolgan uch juft o'simtalar esa 2, 3, 4-tana bo‘g‘imlariga tegishli. Bu o‘simtalar og‘iz teshigi atrofidajoylashib, og‘iz apparatini hosil qiladi. 90. Hasharotlarning og’iz organlari turi tavsifi g‘iz teshigi atrofidajoylashib, og‘iz apparatini hosil qiladi. Hasharotlaming og'iz organlari oziq xili va oziqlanish usuliga muvofiq har xil tuzilgan. Ко ‘pincha hasharotlar lichinkasi va voyaga yetgan davrida turlicha oziqlanganligi sababli ulaming og'iz organlari ham har xil tuzilgan bo‘lishi mumkin (150-rasm). Og‘iz organlarining kemiruvchi,kemiruvchiso ‘ruvchi, so ‘ruvchi, sanchib so ‘mvchi, yalovchi va boshqa xillari mavjud. Og‘iz organlarining tuzilishi va ishlashi o‘rtasida umumiy o‘xshashlikbor. Shuning uchun og‘iz organlarining barcha ma’lum xillari sodda tuzilgan yagona og‘iz organidan kelib chiqqan deyish mumkin. О ‘z navbatida bunnavbatida bunday sodda tuzilgan og'iz organi ham bo'g'imoyoqlilaming odatdagi tana bo'g'imlari o'simtalaridan hosil bo'lgan. Suvaraklar, chigirtkalar, qo'ng'izlar, kapalaklaming qurtlari va boshqa hasharotlar uchun xos bo'lgan kemiruvchi og'iz organ eng qadimiy, ya’ni birlamchi hisoblanadi. Chunki quruqlikda paydo bo'lgan qadimgi hasharotlar dastlab birmuncha qattiq organik qoldiqlar — detritlar bilan oziqlangan; keyinchaiik ular yirtqichlik va o'simlik to'qimalari bilan oziqlanishga o'tishgan. Kapalaklaming so‘ruvchi og‘iz organi - hartumi ham suyuq nektar bilan oziqlanishga moslashgan, lekin kemiruvchi-so‘ruvchi og‘iz organiga nisbatan kuchli o‘zgargan. Bu tipdagi og‘iz organida yuqori lab, yuqori jag'lar va pastki lab (2-maksillalar) redukdiyaga uchragan. Pastki lab faqat plastinkadan iborat bo ‘lib, unda uch bo ‘g ‘imli pastki lab paypaslagichlari joylashgan. 1-juft jag‘laming har qaysisi uzun tarnovga о ‘xshash о ‘ simtaga aylangan. Chivinlar va qandalalaming og‘iz qismlari hayvonlar terisini yoki o'simlik po'stini teshib, qonni yoki o'simlik shirasini so'rishga moslashgan sanchib so'ruvchi apparatga aylangan. Chivinlaming pastki lablari uzun tarnovchaga aylangan. Uning ustini xuddi shunga о ‘xshash ustki lab yopib olishi tufayli naysimon g‘ilof hosil bo‘ladi. Bu g‘ilof ichida ustki va pastki jag‘lar hamda gipofarinks hisobidan hosil bo‘lgan 5 ta o'tkir qillar joylashgan . 91. Hasharotlarning ko’krak bo’limi Hasharotlaming ko‘kragi oldingi, o ‘rta va orqa ko‘krak deb ataladigan uchta bo‘g‘imdan tuzilgan, har bir ko‘krak bo‘g‘imi 4 ta xitin qoplag‘ich - skleritlardan iborat. Orqa skleriti tergit qorin skleriti sternit va ikkita yon skleritlar pleyrit deyiladi. Yon tomondan ko‘krak bo‘g‘imlarida esa bir juftdan qanotlari joylashgan. Oyoqlari sternit bilan pleyritlar, qanotlari esa tergitlar bilan pleyritlar tutashgan joyda ko‘krak bo‘g‘imlariga kelib qo‘shiladi. Ko'krak oyoqlar ham bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘lib, asosiy bo‘g‘imi chanoq, undan keyingi kalta bo‘g‘imi o'ynog'ich, yo'g'on va yirik bo'g'imi son; ingichka va uzun bo'g'imi boldir, oxirgi b o'g'im i panja deyiladi. Panjalar ham 5 tagacha mayda bo'g'imlardan iborat. Panjalar ikki yoki ba’zan bitta timoq bilan tugaydi. Harakadanish usuli va yashash muhiti ta’sirida oyoqlar turli darajada o'zgarishga uchraydi.Yuqorida keltirilgan tavsif yuguruvchi tipdagi oyoqlarga tegishli. Suvaraklar, qo'ng'izlar, qandalalar, pardaqanotlilar, kapalaklar, chumolilar va boshqa juda ko'pchilik hasharotlaming oyoqlari xuddi shunday tuzilgan. Chigirtkalar, chirildoqlar, temirchaklaming oyoqlari sakrovchi tipda bo'lib, keyingi oyoqlarining son va boldir bo‘g‘imi kuchli rivojlangan. Yer qazuvchi buzoqboshilaming oyoqlari kalta kurakka o‘xshash, o‘tkir xitin tishchalar bilan ta’minlangan. Suv qandalalari va qo ‘ng ‘izlarining orqa oyoqlari kengayib uzun tuklar bilan qoplangan eshkakni hosil qiladi. Gul changini yig'uvchi arilar orqa oyog‘ining boldir qismida maxsus chuqurchadan iborat savatcha hosil bo‘ladi. Beshiktebratarlaming oldingi oyoqlari tutuvchi organga aylangan. 92. Hasharotlarning qorin bo’limi va qanoti tuzilishi Qorin bo‘limi har xil sondagi bo‘g‘imlardan iborat. Eng tuban tuzilgan hasharodar (masalan, Proturd) turkumining vakillarida qorin bo ‘limida 11 tabo‘g‘imbo‘lib, oxirgi bo‘g‘imitelson bilan tugaydi. Yuksak hasharotlaming qorin bo'limidagi bo‘g‘imlar soni 4-5 tagacha qisqarishi mumkin. Qorin bo'limida odatda oyoqlari bo'lmaydi. Biroq tuban tuzilgan Protura turkumiga mansub bo‘lgan qanotsiz hasharotlaming birinchi uchta qorin bo‘g‘imlarida juda mayda qorinoyoqlar saqlanib qolgan. Hasharotlaming qanotlari ko‘krak qismining yon tomonidagi tana qoplag'ich burmasidan kelib chiqqan. Qanot juda yupqa ikki qavat plastinkaga о ‘xshash bo‘lib, har ikkala qavat о ‘rtasida juda tor tirqish bo‘ladi. Bu tirqish tana bo‘shlig‘ining davomi hisoblanadi. Qanotlardagi to‘rlar xitin naychalardan iborat. Naychalar orqali traxeyalar va nerv tolalari o‘tadi. To‘rlar qanotlar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Qanotdagi to‘rlaming shakli sistematik guruhlami aniqlashda katta ahamiyatga 338 ega. Qanot bo‘ylab joylashgan to‘rlar kostal, subkostal, radial, median, kubital, anal va yugal deb ataladi 93. Hasharotlarning tana qoplag’ichi Tana qoplag‘ichi hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari uchta asosiy qavat: kutikula, gipoderma va bazal membranadan tashkil topgan (155-rasm): Kutikula gipodermadan hosil bo‘ladi va uch qavatdan iborat. Kutikulaning sirti epikutikula lipoprotein moddalardan hosil bo‘lgan va suvning organizmdan buglanishiga yo‘l qo'ymaydi. Suvda va tuproqda yashovchi hasharotlaming kutikulasi qisqichbaqasimonlamikiga о‘xshash tuzilgan bo‘lib, lipoproteinli epikutikula hosil qilmaydi. Kutikulatarkibigakiradigan oqsil moddalar uni pishiq qiladi. Kutikula sirtida joylashgan har xil о ‘simtalar, tuklar yoki qillar gipodermadan hosil bo‘ladi. Ular termoregulyatsiya, sezgi, muhofaza qilish va boshqa funksiyalami bajaradi. Hasharotlar tana qoplag'ichining rangi har bir tur uchun individual xususiyatga ega. Tana rangi ko‘pincha gipodermadagi bo‘yovchi pigmentga bog ‘liq. Hasharotlaming tana qoplag ‘ichida hid taratish, mum ishlab chiqarish va tullash bezlari bor. 94. Hasharotlarning nafas olish sistemasi haqida Ко‘pchilik hasharodaming yaxshi rivojlangan traxeyalar sistemasi bo‘ladi. Faqat ayrim, asosan tuban tuzilgan hasharotlaming traxeyalari rivojlanmagan; ular tana qoplag‘ichi orqali diffuziya yo‘li bilan nafas oladi. Nafas olish sistemasi tanasining ikki yonida joylashgan nafas olish teshiklari yoki stigmalardan boshlanadi. Stigmalar 10 juft yoki undan kamroq bo‘ladi. Ular o‘rta va orqa ko‘krak hamda 8 ta qorin bo‘g‘imlarida joylashgan. Stigmalar ochib va yopib turuvchi maxsus moslama bilan ta’minlangan. Stigmalaming teshigi tanada ko'ndalang joylashgan yo‘g‘on va ko‘ndalang traxeya naylariga ochiladi. Bu naylar tanabo'ylab o'tuvchi ikkita asosiy traxeyalar orqali o‘zaro tutashgan. Asosiy traxeya naylaridan birmuncha ingichkaroq naylar boshlanadi; ular ham ko‘p marta ketma-ket shoxlanib, ingichka naylarni hosil qiladi. Bu naylar hamma organlami o‘rab turadi. Naylar ko‘p marta shoxlanadi va uchki hujayralar bilan tamom bo ‘ladi. Traxeyalar hatto ayrim hujayralaming ichigaham kirib boradi. Ba’zan traxeyalaming ayrim qismlari kengayib havo xaltachalarini hosil qiladi. Bundan tashqari yaxshi uchadigan ко ‘pchilik pardaqanotlilar, pashsha va boshqa hasharotlaming qorin bo‘shlig‘ida havo xaltachalari boiadi. Ana shu havo xaltachalari tufayli hasharotlaming traxeya sistemasida havo almashinadi. Xaltachalar hasharotlar tanasining solishtirma og ‘irligini kamaytiradi. Havo xaltachalari hasharotlar uchayotganida sarf bo‘ladigan rezerv havo saqlanadigan joy ham bo‘lib xizmat qiladi. Stigmalarda yopib ochuvchi apparatning bo‘lishi tufayli qumqlikda yashovchi hasharotlaming nafas olish jarayonida suv bug'lanishi keskin kamayadi. Stigmalar juda qisqa vaqt ochilganida ham kislorodning diffuziyasi havoga nisbatan yuqori bo‘lgani tufayli traxeyalarga kirishga ulguradi; suv bug‘i esa traxeyalardan chiqishga ulgurmaydi. Traxeyalar hasharotlaming embrional rivojlanishi davrida ektodermadan hosil bo‘ladi. Traxeya naylari bir qavat epiteliy hujayralaridan iborat; traxeolalardan tashqari hamma traxeya naylarining ichki yuzasi xitin modda bilan qoplangan. Traxeya naylarining ichki yuzasida xitin moddadan iborat spiral yo‘g‘onlashuv paydo bo‘ladi. Faqat traxeolalarda bunday yo‘g‘onlashuv bo‘lmaydi. Spiral yo‘g‘onlashuv traxeyalami doimo ochiq bo‘lishiga imkon beradi, nafas chiqarishdan keyin ham naylar devori yopishib qolmaydi. 95. Hasharotlarning qon aylanish sistemasini izohlab bering Hasharotlaming og‘iz bo‘shlig‘i yuqori lab va boshqa og‘iz organlari bilan o‘ralgan. Suyuq oziq bilan oziqlanadigan turlarda esa og'iz bo‘shlig‘i ingichka nayni hosil qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ining keyingi tomonida pastki lablar asosiga 1-3 juft so‘lak bezlarining yo‘li ochiladi. So'lakdagi fermentlar oziq tarkibidagi tez hazm boladigan kraxmal va shakarga ta’sir ko‘rsatadi. Qon so‘ruvchi hasharotlar so ‘lagi tarkibida qonni ivishiga qarshilik qiladigan moddalar - antikoagulyantlar bo‘ladi. Bundan tashqari so'lakdagi qichitqon moddalar terini qitiqlab, hasharot chaqqan joyga qonni oqib kelishini kuchaytiradi. Arilaming so‘lak bezlari sekret nektar bilan aralashib asal hosil qiladi. Ishchi arilaming maxsus halqum bezlari “asalari suti” deb ataladigan oqsil modda ajratib chiqaradi. Bu modda bilan arilar ona ari rivojlanadigan qurtlami boqishadi. Kapalaklaming qurtlarida so‘lak bezlarining bir jufti o‘z funksiyasini o'zgartirib, ipak bezlariga aylanadi. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotib ipak ipga aylanadi. Qurtlar bu ipdan pilla о ‘raydi. Og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kuchli muskullar orqali bosh qutisi devoriga yopishib turadi. Bu muskullaming qisqarishi tufayli oziq halqumga so‘rib olinadi. Hasharotlaming ichagi oldingi, o‘rta va keyingi bo‘limlardan iborat 96. Hasharotlarning nerv sistemasi va sezgi organlarini yoritib bering Nerv sistemasi. Hasharotlaming nerv sistemasi boshqa hamma bo‘g‘imoyoqlilamikiga o‘xshash qopin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo'lsada, turli darajada murakkablashgan. 0 ‘rta nerv sistemasi halqumusti nerv tugunlaridan hosil bo‘lgan bosh miyadan, xalqumosti va qorin nerv zanjiri hamda nerv tugunlaridan iborat. Hasharotlaming bosh miyasi prototserebmm, deytotserebrum va tritotserebrum deb ataladigan uchta bo'limdan iborat Sezgi organlari. Hasharodaming sezgi organlari xilma-xil va ancha murakkab tuzilgan. Ularda mexanik, tovush, kimyoviy, namlik, harorat, yomg‘lik va boshqa xilma-xil ta’sirotlami qabul qiluvchi mexanoretseptorlar, xem oretseptorlar, term oretseptorlar va fo to retsep to rla r bor. Hasharotlaming retseptorlari juda sezgirligi bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi. Masalan, xemoretseptorlar havoga aralashgan hidli moddalaming ayrim molekulalarini, fotoretseptorlar esa ayrim fotonlami ham qayd qilish xususiyatiga ega. Hasharotlar gravitatsion ta’sir, namlik va hatto elektromagnit maydonining o‘zgarishiga ham sezgir bo‘ladi. Hasharotlar sezgi organlarining morfologik va funksional asosini kutikula bilan bog‘langan sezgi organlar - sensillalar tashkil etadi. Sensillalaming trixoid, bazikonoid, qo‘ng‘iroqsimon, tangachasimon, konussimon, xordotonal va boshqa xillari mavjud. Ular bir-biridan faqat kutikula bilan bog‘langan qismining tuzilishi ЬДап farq qiladi. Trixoid va bazikonoid sensillalaming kutikulyar qismi tana sirtida joylashgan ichi kovak tukcha yoki o‘simta tanacha shaklida bo'ladi. 97. Hasharotlarning ko’payishi va nasl to’g’risida ga’mxo’rligi Nasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik. Hasharotlar nerv sistemasining juda murakkab tuzilganligi ulaming turq-atvorida o‘z aksini topadi. Ularda mavjud bo‘lgan xilma-xil va juda murakkab instinktlar asosan nasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy holda nasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik urg'ochisining lichinkasi uchun oziq bo‘ladigan moddaga yoki uning yaqiniga tuxum qo ‘yishdan iborat. Kapalaklar, chivinlar, qo‘ng‘izlar va boshqa ко‘pchilik hasharotlar nasli to‘g‘risida xuddi shunday g‘amxo‘rlik qiladi. Birmuncha murakkab instinktga ega bo‘lgan hasharotlar o‘z avlodi uchun oziq g‘amlashga tushadi, yosh lichinkalarining rivojlanishi uchun qo‘lay bo‘lgan maxsus pana joy quradi. Bunday harakat instinktlari pardaqanotli hasharotlarda ancha xilma-xil va murakkab bo‘ladi. Ovchi arilar chaqib falajlangan hasharodami о ‘z inlariga keltirib, nasi uchun g ‘amlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinka ana shu oziqni yeb voyaga yetadi. Yakka yashovchi arilar esa tuxum qo‘yish uchun tuproqqa yoki turli yog‘ochlaming ichiga bir necha katakchalardan iborat in quradi. Har bir katakchaga nektar va gul changi solgach, unga bittadan tuxum quyib, inning og‘zini yelimlab tashlaydi. Ko‘payishi. Hasharotlar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Suvaraklar birdaniga 16 ta tuxum qo‘yadi, ular o‘z tuxumlarini maxsus qopchiqka joylab birmuncha vaqt sudrab olib yuradi. Uy pashshasi birdaniga 150 tagacha, hayoti davomida 600 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Asalarining malikasi bir kunda 1000 tagacha, hayoti davomida esa 10000 mln ga yaqin tuxum qo ‘yadi. Ко‘pchilik hasharotlaming tuxumhujayrasi urug ‘langandan so ‘ng rivojlana boshlaydi. Shuning bilan birga hasharotlar orasida partenogenez hodisasi ham keng tarqalgan. Jamoa bo‘lib yashaydigan hasharotlar partenogenez orqali faqat erkaklarini hosil qiladi. Asalarilaming 359 urg'ochisi bir vaqtning o‘zida urag'langan va urug‘lanmagan tuxumlar qo'yadi. Bu hodisa tuxum qo'yiladigan kataklaming tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ishchi arilar tayyorlagan kataklaming bir qismi boshqalariga qaraganda chuqurroq va boshqacharoq tuzilgan. Malikasi tuxumini katakcha tubiga quyish uchun qorin qismini siqib, tuxum qo‘yg‘ichini cho‘zadi. Shu tufayli urug1 qabul qilgichning teshigi bekiladi va jinsiy yo'llardan chiqayotgan tuxumlar urug‘lanmasdan qoladi. Bunday kataklarga qo‘yilgan urug‘lanmagan tuxumlardan faqat erkak arilar chiqadi. Boshqacharoq tuzilgan kataklarga qo'yilgan urug‘langan tuxumlardan esa oziqning mo‘l-ko‘lligi va xiliga qarab urg'ochisi (malikasi) yoki ishchi arilar yetishib chiqadi. Ba’zan hasharotlar geterogoniya (ikki jinslik va partenogenetik nasllarning gallanishi) yo‘li bilan ham ko‘payadi. Bu hodisa odatda urg‘ochisi qanotsiz bo‘lgan hasharotlar orasida uchraydi. 98. Postembrional rivojlanish nima? Tuxumdan chiqqan hasharotlar lichinkasining rivojlanishi turli yo‘nalishda boradi. Tuban tuzilgan mo'ylovsizlar (Protura) turkumi vakillari tuxumidan chiqqan yosh nasli qorin bo‘limidagi uchta oxirgi bo‘g‘imining yetishmasligi bilan voyaga yetgan davridan farq qiladi. Bu bo‘g‘imlar hasharot tullagandan so‘ng hosil bo‘ladi. Bu jarayon ko‘p oyoqlilardagi singari qoldiq anamorfoz orqali rivojlanish deyiladi. Boshqa hamma hasharotlarda tuxumdan chiqqan lichinkasining qorin bo‘g‘imlari to‘liq bo‘ladi; rivojlanishi esa anamorfozsiz boradi. Yopiq jag‘lilar kenja sinfiga mansub bo‘lgan boshqa tuban tuzilgan hasharotlaming tuxumidan chiqqan yosh nasli voyaga yetgan davriga juda o‘xshash bo‘lganidan ulaming o‘sishi va rivojlanishi davomida hech qanday muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Rivojlanish esa metamorfozsiz (o‘zgarishsiz) to‘ppa-to‘g‘ri boradi. Evolyutsion taraqqiyotning birmuncha yuqori pog‘onasida turadigan qanotli hasharotlar metamorfoz orqaU rivojlanadi. Metamorfoz hayvonlar lichinkasining imago (yetuk) davriga o‘tishi davomida sodir bo‘ladigan jarayonlaming majmuidan iborat. Rivojlanish xususiyatiga binoan qanotli hasharotlar gemimetabolik - chala o‘zgarish va golometabolik - to‘liq o‘zgarish orqali rivojlanadigan guruhlarga ajratiladi. 99. Hasharotlarning asosiy xususiyatlarini tavsiflab bering. Jam oa bo‘lib yashovchi hasharotlar. Bir qancha hasharotlar minglab individlardan iborat yirik jamoa (oila) hosil qilib yashash xususiyatiga ega. Odatda jamoa tuzilishi va bajaradigan vazifalari bilan birbiridan farqlanadigan bir necha guruh individlardan tashkil topadi. Jamoaning kelib chiqishi shu jamoa ichida ijtimoiy instinktning paydo bo'lishi bilan chambarchas bog‘liq. Hasharotlar jamoasi funksional jihatdan yaxlit bolganligi tufayli, undagi har qaysi individning mustaqil yashab ketish imkoniyati juda cheklangan. Shu sababdan, ba’zan hasharodar oilasiga “o‘ta organizm” sifatida qaraladi. Birgalikda yashash evolyutsiya davomida individlar orasida mehnat taqsimotini yuzaga keltirgan. Ulardan bir guruhi in qurish, boshqalari oziq yig‘ish, uchinchi guruhlari nasi to‘g‘risida g ‘amxo‘rlik qilish kabi vazifalami bajarishga ixtisoslashgan. Bunday kooperatsiya tufayli tuzilishi hamda bajaradigan vazifalari bilan bir-biridan farq qiladigan individlardan tarkib topgan jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar polimorfizmi yuzaga kelgan (170-rasm). Ко‘pchilik hasharotlar jamoasi bir necha tabaqa-kastalardan tashkil topadi. Termitlar va chumolilar oilasida normal rivojlangan urg'ochi va erkak hasharotlar bilan birga ko'p miqdorda ishchi individlari ham bo'ladi. Ishchilarining soni boshqa jinsiy individlar sonidan bir necha yuz baravar ko'proq; bo'ladi. Ishchilar oilada inni kengaytirish, oziq yig 'ish, lichinkani parvarishlash va boqish bilan bog'liq bo'lgan barcha yumushlami bajaradi. Ayrim hollarda tabaqalanish yanada chuqurlashib borib, kuchli jag'larga ega bo'lgan qo'riqchi individlar (navkarlar) ning paydo bo 'lishiga olib keladi. Oiladagi turli tabaqaga mansub individlar bir-biridan tuzilishi va instinkti bilan farq qiladi. Ishchi va qo'riqchi hasharotlar odatda voyaga yetmagan pushtsiz individlardan iborat. 100. Hasharotlarning inson faoliyatidagi ahamiyati. Hasharotlariing inson faoliyatidagi ahamiyati. Hasharotlardan olinadigan mahsulotlar inson uchun oziq va kiyim-kechak, farmatsevtika va bo'yoqchilik sanoati uchun zarur xomashyo bo‘lib hisoblanadi. Oziqovqat va ipak olish maqsadida kishilar asalari va tut ipak qurtini qadimdan xonaklashtirishgan. Hozir asalarichilik va pillachilik qishloq xo ‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hasharotlardan olinadigan mahsulotlar farmatsevtika va sanoatda, turli xil dori-darmonlar va bo'yoqlar olish maqsadida ham foydalaniladi. Asalari zahari va shpanka pashshadan olinadigan kantaridin moddasidan dori-darmonlar tayyorlanadi. Koksidlar, xususan, meksika koshenilidan karmin bo‘yog‘i, yong ‘oqyasarlardan tanin olinadi; ayrim chervetslardan esa lak va mum tayyorlashda foydalaniladi. 101. Insonlarga va hayvonlarga zarar keltiruvchi hasharotlar haqida . Hasharotlar orasida burgalar, bitlar, ко‘pchilik ikki qanotlilar (chivinlar, iskabtoparlar, pashshalar) (173-rasm) va ayrim qandalalar qon so'rib, odam va hayvonlami bezovta qiladi; hayvonlaming maxsuldorligini keskin kamayib ketishiga sabab bo'ladi. Ikki qanotlilar turkumiga mansub bo'lgan hasharotlar ayniqsa keng tarqalgan bo'lib, ular gnus deb ataladi. Hamma gnuslar ektoparazitlar hisoblanadi. Hasharotlar orasida bo'kalar (ikkiqanotlilar turkumi) endoparazit hisoblanadi. Ulaming lichinkalari uy hayvonlarining terisi ostida, nafas olish yo‘llari va oshqozonida parazitlik qiladi. Bo'kalar uy hayvonlari (qoramollar, qo ‘ylar, echkilar, otlar) ga katta ziyon yetkazadi. Endoparazitlar orasida turli zararkunanda hasharotlaming tuxumlari va qurtlari ichida parazitlik qiladigan yaydoqchilaming lichinkalari foydali hisoblanadi (174- rasm). Ulardan qishloq xo'jalik zararkunanda hasharotlariga qarshi biologik usulda kurashda foydalaniladi. Parazit hasharotlar kasallik tarqatuvchilar sifatida ayniqsa katta ziyon yetkazadi. Ulardan bir guruhi (chivinlar, moshkarlar, iskabtoparlar, qonso'ruvchi pashshalar) kasallik ко'zg'atuvchi mikroorganizmlami og'iz organlari orqali yuqtirsa, boshqalari (bitlar, burgalar, pashshalar) so'lak, axlati yoki boshqa iflosliklar orqali yuqtiradi. Bezgak chivinlari odamlarga bezgak parazitini qon so'rayotganida yuqtiradi. Toshmali terlama kasali ko'zg'atuvchisi bitlaming axlati bilan odam terisiga tushib qoladi va keyin jarohatlangan teri orqali qonga o'tadi. Pashshalar bakteriyalar va gelmintlaming tuxumlarini oyoqlari, xartum i yoki ichagidan chiqadigan axlati orqali yuqtiradi. 102. Hasharotlarning klassifikatsiyasi HASHAROTLAR KLASSEFIKATSIYASI Hasharot] ami klassifikatsiyalashda og‘iz organlari va qanotlarining tuzilishi asosiy o‘rin tutadi. Hasharodar yashirin jag‘lilar va ochiq jag'lilar deb ataladigan ikki kenja sinfga hamda 30 dan ortiq turkumlarga ajratiladi. Yashirin jag‘lilar (Entognata) kenja sinfi. Bu kenja sinfga ancha mayda va sodda tuzilgan hasharotlar kiradi. Ular tuproqda, xas-xashaklar orasida, daraxt to'nkalari va toshlar ostida, shuningdek boshqa semam va qo‘yosh tushmaydigan joylarda hayot kechiradi. Kenja sinfga m o'ylovsizlar (Protura), oyoqdumlilar (Collembola), ikki dumlilar, y a ’ni ayridumlilar (Diplura) turkumlari kiradi Ochiq jagiilar, ya’ni haqiqiy hasharotlar (Ectognata) kenja sinfi. Bu turkumga mansub bo‘lgan hasharotlaming og‘iz organlari boshi oldingi yuzasida, ya’ni og ‘iz teshigining atrofida joylashgan; ко ‘zlari fasetkali, traxeya sistemasi yaxshi rivojlangan. Ochiq jag‘lilar orasida faqat qildumlilar turkumining vakillari birlamchi qanotsiz hasharotlar hisoblanadi. Ochiq jag‘lilar birlamchi qanotsiz hasharotlar (.Apterygota) va qanotli hasharotlar (Pterygota) bo‘limlariga ajratiladi. Birlamchi qanotsizlar bo ‘limi faqat qildumlilar turkumidan iborat. Birlamchi qanotsizlar (Arterygota) bo‘limi. Qanotli hasharotlar (Rterygota) boiimi 103. Chala o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar Bu guruhga mansub hasharotlaming qanotlari doimo yoyilib turadi, qo ‘nganda qanotlarini yig ‘ib ololmaydi. Ular eng qadimgi hasharotlar bo ‘lib, kunliklar va ninachilami o‘z ichiga oladi. Kunliklar (Ephemeroptera) turkumi. Kunliklar uzunligi 10-15 mm keladigan qadimgi qanotli hasharotlar. Orqa qanotlari oldingisiga nisbatan juda qisqa yoki umuman rivojlanmagan. Qorin bo ‘limining uchki qismida ko‘p bo‘g‘imli uchta uzun o'simtalari (2-serki va 1 -paraserki) bo'ladi Bahorilar (Plecoptera) turkumi. Tanasi cho'ziq, mo'ylovlari ko‘p bo‘g‘imli. Voyaga yetgan hasharotlaming og'iz organlari yaxshi rivojlanmagan. Bir juft fasetkali ko'zlari va uchta oddiy ko‘zchalari bo‘ladi. Qanotlari pardasimon. Qomininguchidako‘pbo‘g‘imli ipsimon serkilari bo‘ladi. Bahorilaming 2000 ga yaqin turi ma’lum. Ninachilar (Odonata) turkumi. Ancha yirik qadimgi hasharotlar. Ikkala juft qanotlari ham bir xilda pardasimon tuzilgan. Mo‘ylovlari kalta, ko‘zlari juda yirik bo'ladi. Og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Qorin bo‘limi ingichka va uzun. Lichinkasi suvda rivojlanadi. Lichinkasining pastki lablari o‘zgarib qisqichli niqob hosil qiladi To‘g‘riqanotlilar (Orthoptera) turkumi. Oldingi qanotlari teriga o‘xshash qalinlashgan, uzun ensiz va to‘g ‘ri bo'ladi. Orqa qanotlari esa keng yelpig‘ichga o ‘xshab ust qanotlaming ostiga taxlanib turadi. Og‘iz organlari kemiruvchi, orqa oyoqlari sakrovchi tipda tuzilgan. Ko‘pchilik turlarida ovoz cliiqarish va eshitish organlari rivojlangan. Bu turkumga 20000 dan ortiq tur kiradi. Suvaraklar (Blattoidea) turkumi. Suvaraklaming 4000 dan ortiq turi ma’lum. 0 ‘rta Osiyoda 22 turi tarqalgan. Chala qattiq qanotlilar ya’ni qandalalar (Hemiptera) turkumi. 104. to’liq o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar Qattiq qanotlilar, ya’ni qo‘ng‘izlar (Coleoptera) turkumi. Qattiq qanotlilaming oldingi qanotlari xitinlashgan qalin bo‘lib, ustqanotlari elitrani hosil qiladi. Yupqa pardasimon ostki qanotlari ustqanot ostida taxlanib turadi. Uchayotganda ostqanotlar samolyot parragiga o'xshab aylanadi; ustqanotlar esa ikki tomonga yoyilib, ko'tarish yuzasini hosil qiladi. Ustqanot himoya vazifasini ham bajaradi. Og'iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Ko'pchilik qo'ng'izlaming tanasida sassiq hid tarqatadigan yoki zaharli moddalar ajratadigan bezlar bo'ladi. Bunday moddalar ulami boshqa hayvonlardan himoya qilish vositasi hisoblanadi. Masalan, to 'pchi qo 'ng 'izlar qo 'lansa hidli azotli moddalami havoda portlatib, dushmanlarini qochiradi. 392 Qo‘ng‘izlaming lichinkasi tuproq, suv yoki chirindi moddalar orasida rivojlanadi. Lichinkaning ko‘krak oyoqlari uch juft; g'umbagi erkin tipda bo'ladi. Qo'ng'izlaming 200 mingga yaqin turi ma’lum. Ko'pchilik turlari tuproq yuzasi, tuproq va xazon ostida hayot kechiradi. Ayrim turlari ikkilamchi suvda yashashga o'tgan (suvsuzarlar, suvsarlar). Ular orasida o'simlikxo'rlari, aralash oziqlanadigan turlari va yirtqichlari bor 105. Dehqonchilikka zarar kel;tiruvchi hasharot turlari va tavsifi Zararkunanda qo‘ng‘izlar. Qo'ng'izlar orasida juda ko'p turlari qishloq xo'jalik ekinlarining xavfli zararkunandalari hisoblanadi. Ulardan asosiylarini sanab o'tamiz. Plastinka m o'ylovli qo'ng'izlar (Scarabaeidae) oilasidan may qo'ng'izi (sharq may qo'ng'izi-M elolontha hippocastani) daraxtlarga katta ziyon yetkazadi. Qo'ng'iz lichinkasi tuproqda 3-4 yil hayot kechiradi. Lichinkaning beso ‘naqay tanasi yoysimon bukilgan; boshi yirik va qo'ng'ir tusda bo ‘ladi. Lichinka daraxtlaming ildiziga, voyaga etgan qo‘ng‘iz bargiga ziyon yetkazadi. 106. Asalarilar ahamiyati va o’ziga xos xususiyati A salari (Apis mellifera) - jamoa bo‘lib yashovchi hasharot. Uning har bir oilasida 10000 dan 50000 gacha, ba’zan 100000 gacha ishchi, bitta ona (malikasi) va bir necha yuz erkak ari - trutenlar bo‘ladi. Oiladagi barcha arilar bitta ona arining nasli hisoblanadi, Lekin ular tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Ona va erkak arilar ishchilariga nisbatan yirik, qorin bo‘limi yo‘g‘on va uzunroq bo‘ladi. Erkaklarining mo‘ylovlari ancha uzun, ko‘zlari esa yirik, lekin qanotlari ishchilariga nisbatan kaltaroq (198-rasm). Ona va ishchi arilar qomining uchki qismida chaquvchi nayzasi bo‘ladi. Erkak arilaming zahar bezlari va nayzasi bo‘lmaydi. Ishchi arilar jinsiy voyaga yetmagan urg‘ochilar hisoblanadi. Boshining ikki yonida fasetkali ko‘zlari bor. Ko'zlaming o‘rtasida uchta oddiy ko'zchalar boshining oldingi tomonida esa bir juft mo'ylovlari joylashgan. Ishchi arilar gulning hidi va rangini yaxshi ajrata oladi. UlamijQg fasetkali ko'zlari sariq, ko‘k va odam ko‘zi ilg‘amaydigan ultrabinafsha nurlami yaxshi ajratadi, lekin qizil nurlami farqlay olmaydi. Yuqori jag‘lari kemiruvchi tipda tuzilgan bo‘lib, ishchilar ular yordamida mumdan kataklar yasashadi va changdonlardan gul changini yaSaydi. Pastki lab va pastki jag‘lar suyuq nektarni so‘rishga moslashgan naysimon uzun xartumdan iborat. Orqa oyoqlarining panja qismidagi savatchaga ishchi arilar gul changini yig‘adi. Ular chaqqanida nayzasi teri ostida uzilib qoladi va halokbo‘ladi. 107. Burgalar va bo’kalarning zararlari Burgalar (Aphaneptera) turkumi. Tanasi ikki yon tomondan yassilashgan, qanotsiz hasharotlar. Keyingi oyoqlari kuchli rivojlangan, sakrovchi tipda tuzilgan (193-rasm). Og'iz organlari qon so'rishga moslashgan. Issiq qonli hayvonlar (sut emizuvchilar va qushlar)ning terisida parazitlik qiladi. Faqat voyaga yetgan burgalar qon so'radi. Chuvalchangsimon lichinkasi polning yorig'ida, axlat ichida, qushlar va sutemizuvchilaming inlarida rivojlanadi; chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Odamda odam burgasi - Pulex irritans (193-rasm) parazitlik qiladi. Burgalar о ‘z xujayiniga nisbatan kam ixtisoslashgan. Masalan, odam burgasi boshqa sut emizuvchilaming ham qonini so'radi. Kalamush burgasi Xenopsylla cheopis odamlar orasida o'lat kasalligini tarqatadi. Bo ‘kalarlichinka davrida teri osti to ‘qimalarida parazitlik qiladi (196- rasm). Voyagayetgan hasharotlaming og‘iz organlari rivojlanmaganligidan oziqlanmaydi. Bo‘kalar oshqozon bo'kalari, teri bo ‘kalari va tomoqburun bo'kalari oilalariga ajratiladi. 108. So’nalar va chivinlar oilasi haqida Oddiy chivinlar (Culicidae) oilasi vakillarining og‘iz organlari sanchib-so‘ruvchi tipda; erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi; urg‘ochilari esa qon so'radi. Urg‘ochi chivinlar tuxumlarini tinch oqadigan hovuz va ko‘lmak suvlarga, binolaming suv bosgan yerto‘lalari, nam tuproqlar, hatto suvli bochkalarga qo‘yadi. Qurtlari atmosfera havosi bilan nafas oladi. 401 Buning uchun ular vaqt-vaqti bilan suv yuzasiga ko‘tarilib turadi. Bir mavsumda chivinlaming 4-6 avlodi rivojlanishi mumkin. Qon so‘ruvchi oddiy chivin Culex pipiens va bezgak chivini Anopheles maculipens hammaga ma’lum Oddiy chivin 1. Qo‘nganida qomi substratga nisbatan parallel turadi. 2. Urg'ochisi tuxumlarini to‘p qilib qo‘yadi, tuxumlari qayiqchaga o‘xshash to‘p boiib suv yuzasidaqalqibyuradi. 3. Qurtlarining nafas teshigi nafas olish naychasi uchida joylashgan. 4. Qurtlari suv yuzasiga nisbatan burchak ostida joylashadi. 5. G‘umbaklarining nafas olish naychasi ingichka. Bezgak chivini. 1. Qo ‘nganida qomi substratga nisbatan burchak ostida turadi. 2. Urg‘ochisi tuxumlarini suvga sochib tashlaydi.Tuxumlar suvda yakka-yakka bo ‘lib qalqib yuradi. 3. Qurtlarining nafas olish naychasi yo‘q, nafas teshigi o‘troqjoylashgan. 4. Qurtlari suv yuzasiga nisbatan parallel joylashadi. 5. G‘umbaklarining nafas olish naychasi yo‘g‘on. S o ‘nalar - Tabatiidae oilasiga mansub pashshalaming uzunligi 25 mm ga yetadi; ko‘zlari yirik, qizg‘ish tilla rangda tovlanib turadi. Erkak va urug‘lanmagan yosh urg‘ochi so‘na gul nektari bilan oziqlanadi. Urg‘ochilari faqat urug'langandan so‘ng qon bilan oziqlanishga o‘tib, qoramollar, odam va yovvoyi hayvonlarga hujum qiladi. Ular bu davrda kemiruvchilar, kaltakesaklar va hatto hayvonlarning 2-3 kunlik murdalariga ham hujum qilishi mumkin. Qon bilan oziqlangan so‘nalar 2-4 kundan so‘ng suvga yoki ariqlar bo'yidagi nam tuproqlarga tuxum qo'yadi. Lichinkasi tuproqda rivojlanadi. Bir mavsum195-rasm. K altam o‘ylovikkiqanotlilar. A - so ‘na. В - volfart pashshasi. D - qonxo‘r it pashshasi. E - qonxo'r qo ‘y pashshasi. D E da urg‘ochi so‘na 3500 gacha tuxum. qo'yadi. 109. Pashshalarning hayot tarzi haqida 110. Bo’g’imoyoqlilar filogeniyasi Download 74.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling