Zulfiya qurolboy qizining "kelin" va "rashk" hikoyalarida fojiaviylik


Download 27.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1798607
  1   2
Bog'liq
Saubatov Sanjar Asqar o`g’li



Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
884 
ZULFIYA QUROLBOY QIZINING “KELIN” VA “RASHK” 
 HIKOYALARIDA FOJIAVIYLIK 
 
Saubatov Sanjar Asqar o`g’li 
Qoraqalpoq davlat universiteti Adabiyotshunoslik 
o`zbek adabiyoti 2-kurs magistranti 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada o`zbek adabiyotining yirik vakili Zulfiya Qurolboy 
qizining “Kelin” va “Rashk” hikoyalari qahramonlari misolida ularda kechayotgan ichki 
kechinmalar va fojiaviy hayoti haqida fikr bildiriladi 
Kalit so`zlar: fojia, fojiaviylik, ichki kechinma, “Kelin”, “Rashk” hikoyalari tahlili 
Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarini o'qir ekanmiz, undagi qahramonlarning hayoti 
chigal va iztiroblarga to`la tasvirlangan. Misol uchun yozuvchi qalamiga mansub 
“Rashk” va “Kelin” hikoyalari mavzu jihatdan va undagi ayol obrazlarining taqdiri 
o`xshashligi jihatdan farq qilmasa ham, lekin o`ziga xos individual xususiyatlarga 
egaligi bilan bir-biridan ajralib turishi va ayollarning fojiaga to`la hayoti ochib berilgan. 
Ularning turmush o`rtoqlari o`z ayoliga nisbatan qilgan hurmatsizliklari biri 
ikkinchisini takrorlamaydi. 
“Rashk” hikoyasidagi Xosiyat kelinning eri Sherali ham, “Kelin” hikoyasidagi 
Xoldor kelinning eri Fayzimurod ham o`z oilasiga xiyonat qiladi va xotinini tashlab 
ketadi. Lekin bu fojiaviy taqdirni ikki kelin ikki xil qabul qiladi, turmush o`rtog’lariga 
nisbatan munosabatlari ham turlicha bo`ladi. “Kelin” hikoyasidagi Xoldor turmush 
o`rtog’i kechalari uyiga kelmay qo`ygan bo`lsa ham indamay ishlarini qilib yuraveradi. 
Hattoki erining cho`ntagidan begona bir ayolning manzili yozilgan qog’ozni topib olsa 
ham hech kimga aytmaydi, eridan ham bu manzil kimniki ekanligini so`ramaydi ham. U 
tabiatan “soddagina, to’porigina, indamas, kamsuqum, mehnatkash ayol. Ertalabdan 
kechgacha qaynota-qaynonasining xizmatini va ro`zg’or tashvishlari deb yelib-yugurib, 
charchamaydi”. To`rt farzandi bilan ovvora bo`lib o`ziga qarash xayoliga ham 
kelmaydi. Qaynonasi Muslim momo farzandining cho`ntagidan chiqqan begona ayol 
manzilini qidirib topib, o`g’lining ikkinchi xotini – Oygulni ko`rganda bu ikki ayolni bir-
biriga solishtiradi. Shunda kelini Xoldorning hissiz ko`zlari-yu mehnatdan qavarib qop-
qora bo`lgan qo`llari, tirnoqlari ko`z oldiga keladi. “Kelinim bechora ertalabdan 
kechgacha huzur-halovat yo`q, go`r bo`larmidi”, deydi ichida. Xoldor bechora hatto 
erini durustroq tergashni ham eplolmaydi. Muslim momo bir kuni keliniga qattiq 
tayinlaganidan keyin eri ishdan qaytgach bir haftadan beri qayerda yurganini so`rab 
surishtirmoqchi bo`ladi. Ammo eri bo`lsa “men bilan ishing bo`lmasin. Molning tagini 
tozalab, tappi yopib yuraver. Shundan boshqa narsa qo`lingdan kelmaydi” deb baqirib 
beradi. 
“Rashk” hikoyasidagi Xosiyat kelin esa Xoldordan farqli o`laroq, yoshligidan juda 
go`zal bo`lgan. Yangi kelinlik davrida hamqishloqlari kelinchakning chiroyini ko`rishga 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
885 
kelaverib, bezor qilishadi. Turmush o`rtog’i Sherali ham doimo ayolining atrofida 
parvona bo`ladi. Lekin birin-ketin uch farzandni dunyoga keltirib, Xosiyat o`zgarib 
ketadi. Avvalgi husnidan va chiroyidan asar ham qolmaydi. U ham Xoldor kelin kabi 
erta tongdan kechgacha ro`zg’or tashvishlari bilan ovvora bo`ladi: sigir sog’ish, hovli 
supurish, non yopish, uy tozalash, tushlik ovqat, kechki ovqat, mollarning tagini 
tozalash, tezagini yig’ib tappi qilish va boshqalar. Turmush o`rtog’ining butkul o`zgarib 
ketganligini sezgan eri Sherali har zamonda uni tanqid qiladi. Birinchi marta “Sal 
o`zingga qarab yursang bo`lmaydimi?”, deganida Xosiyat e`tabor ham bermaydi. Yana 
bir safar: “Tuzukroq ko`ylaging yo`qmi? Egningdagining rang-ro`yi qolmabdi-ku” deya 
aytgan e’tiroziga Xosiyat ham keskin javob beradi: “Atlas ko`ylak kiyib, mol tagini 
tozalaymanmi?”, deb javob berdi. Uchinchi bor Sherali ayoliga “Ustingdan tezakni hidi 
kelyapti, bor yaxshilab yuvib kel”, deb yarim kechasi ayolini tashqariga chiqarib 
yuborgandan keyin Xosiyat o`zini xo`rlangan, ayollik nafsoniyati toptalganini va 
qo`lidan hech narsa kelmaydigan bechoraday his qiladi o`zini. U bu oilaga kelin bo`lib 
tushganidan beri birinchi marta yig’laydi. Xosiyatni yozuvchi Xoldorga nisbatan 
aqlliroq qilib tasvirlaydi. U turmush o`rtog’ining nima xohlayotganini darrov 
tushunadi. Erining gaplari ta’sir qilib, ertasiga Xosiyat yangi ko`ylagini kiyib, pardoz-
andoz qilib ko`chaga chiqadi. Lekin u o`zini boshqacha his qiladi, qo`li hech bir ishga 
kelishmaydi, uydagilar ham undagi bu o`zgarishdan hayron qolishadi. O`sha kuni ovqat 
solaman deb qaynonasining xitoy chinnisidan yasalgan idishini sindirib qo`yadi. 
Qaynonasining bir og’iz gapi Xosiyatdagi barcha o`zgarishlarni yo`q qiladi: “Sen qosh-
ko`zingni bo`yaguncha ishingga puxta bo`l”, deb baqiradi. Xosiyat obrazida ayollarga 
xos noziklik, shirin orzular, his-tuyg’ular bor. Buni muallif birgina xolat orqali 
ko`rsatadi. Bu ayolning birgina orzusi bor edi. U erining unga atir-upalar, taqinchoqlar 
sovg’a qilishini, o`zidan yoqimli ifor taralishini xohlardi. Buni bo`lsa hech kimga 
aytmas, faqat bir o`zi qolganida ichidan o`tkazib qo`yardi. Lekin o`zi bunday narsalarga 
pul sarflashni xohlamas undan ko`ra ro`zg’origa ishlatishni xohlardi. Turmush o`rtog’i 
bo`lsa ayolining istagini tushunmasdi. Birinchi hikoyamizdagi Xoldor erining ikkinchi 
ayoli borligini,erining Xoldor bilan birga yashashni xohlamasligini bilib ham indamay, 
har kungi ishlarini qilib yurardi. Turmush o`rtog’i bolalarini o`zi bilan olib ketmoqchi 
bo`lsa ham qarshilik ko`rsatmasdi. Ammo ikkinchi hikoyamizda ayolimiz Xosiyat kelin 
erining begonga ayolga ilakishib qolganini sezgach ich-ichidan siqiladi, rashk qiladi. 
Erining o`sha ayolni uyiga olib kelganida xo`rligi kelib yig’laydi. Ikkalasining bog’da 
bir-biriga suykalib turganini ko`rib o`zini tutolmaydi. O`zining bunday fojiaviy 
taqdirini bilgan ayol hovlida bog’langan quturgan itni qo`yib yboradi. It oshiq-
ma’shuqlar o`tirgan tomonga qarab qattiq hurib ketadi. Xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki bu ikkala ayol ham garchi bir xil vaziyatga tushgan holda tasvirlangan bo`lsa 
ham ikki obraz bir-biriga also o`xshamaydi. Xoldor haddan ziyod sodda, jahl nimaligini 
bilmaydi, atrofdagilarning unga nisbatan qilgan ishlari nafsoniyatiga ham tegmaydi, 
hech kimga qarshilik ham qilmaydi. Xosiyat esa nisbatan aqlliroq, o`zligini anglagan, 
o`zgalarning munosabatini, tanqidlarni to`g’ri qabul qiladi va kerakli xulosani 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
886 
chiqaradigan o`z g’ururini poymol qilmaydigan ayoldir. Yozuvchi bu ikki ayol obrazini 
tasvirlash orqali kitobxonlarni o`ylashga, fikr yuritishga, mulohaza qilishga chorlaydi. 
Qahramonlar xatti-harakatini, qaysi qaharamon qandayligini kitobxonning o`zi 
anglashiga havola qilgan. 

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling